Samarqand veterinariya meditsina instituti toshkent filiali
Download 1.18 Mb.
|
Samarqand veterinariya meditsina instituti toshkent filiali
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSTAQIL ISHI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VETERINARIYA VA CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISH DAVLAT QO‘MITASI SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINA INSTITUTI TOSHKENT FILIALI Veterinariya profilaktikasi va davolash fakultetiguruh talabasining Veterinariya akusherligi fanidan Mavzu: Qo’y, echki, biya va cho’chqalarda jinsiy siklning kechishi xususiyatlari va uni stimullash vositalari MUSTAQIL ISHI Bajardi: Toshboyev R. Qabul qildi: Alimov B.S. 2022
Reja:
Jinsiy sikl nima? Jinsiy sikl davrlari. Hayvonlarda jinsiy siklning kechishi. Jinsiy sikl. Jinsiy qo‘zg‘alish murakkab jarayon bo‘lib, bunda markaziy va periferik nerv sistemasi hamda bir necha ichki sekretsiya bezlari ishtirok etadi. Urg‘ochi hayvon jinsiy a’zolarida o‘zgarishlar ma’lum vaqtlar orasida qaytarilib turadi. Jinsiy a’zo va butun organizmda ko‘zg‘alishning bir bosqichidan ikkinchi bosqichiga o‘tishda ro‘y beradigan fiziologik jarayonga jinsiy sikl deyiladi. Jinsiy sikl uch davrga bo‘linadi: Qo‘zg‘alish davri — jinsiy reflekslarning aniq ifodalangan davri; Reflekslarning tormozlanish davri — ko‘zg‘alish davri qarama-qarshi turadigan faol jarayonlar majmuasi; Tenglashish davri tormozlanishdan keyin paydo bo‘luvchi va qo‘zg‘alish davrining boshlanishiga qadar davom etuvchi, ya’ni jinsiy jarayonning sustlashish davri. Qo‘zg‘alish davrining boshlanishida jinsiy a’zodagi o‘zgarishlar borgan sari kuchayadi — follikulalar yetiladi, bachadon va qindagi shilimshiq pardalar o‘sib, qalinlashadi, bachadon bezlari ko‘plab shilimshiq suyuqlik ishlab chiqaradi. Qo‘zg‘alish davrining rivojlanishi uchun asosiy fenomenda, ya’ni jinsiy mayllik, kuyukish va ovulyatsiya hodisalarida ifodalanadi. Jinsiy mayllik deganda jinsiy yo‘llaridan shilimshiq suyuq modda ajralib chiqish jarayoni tushuniladi, bu jinsiy a’zolarda uchraydigan murakkab funksiyali o‘zgarishlarning belgisidir. Kuyukish deb, urg‘ochi hayvonlardagi erkak hayvonlarga yaqinlashish uchun bo‘lgan qo‘zg‘alishga aytiladi. Ovulyatsiya yetilgan folikulalarning yorilishi natijasida ulardan tuxumhujayralarning ajralib chiqish jarayoni. Fiziologik jarayonning bu murakkab majmuasi qochirilgan hayvonlarda spermatazoidlarning harakat qilishini, tuxumhujayralarning urug‘lanishini va embrionning rivojlanishini ta’minlaydi. Umumiy qo‘zg‘alish — ishtahaning yomonlashishi, sut sifatining va miqdorining o‘zgarishi mazkur davrning ikkinchi yarmidagi xarakterli belgilari hisoblanadi. Reflekslarning tormozlanish davri. Bu davr yorilgan folikulalar o‘rnida sariq tanalarning rivojlanishi, barcha jinsiy a’zolar qo‘zg‘alishining so‘nishi, bachadon bezlarining o‘sib ketishi, jinsiy qo‘zg‘alishning to‘xtashi, ya’ni urg‘ochi hayvonlarning erkak hayvonni o‘ziga yo‘latmasligi bilan xarakterlanadi. Tormozlanish davri boshlanishi bilan asta-sekin umumiy qo‘zg‘alish belgilari yo‘qola boradi. Tenglashish davri yangi folikulalar yetilishining boshlanishi sariq tanalar o‘sib yetilishi hamda shimilib ketishi, jinsiy mayl va kuyukishning to‘xtashi bilan xarakterlanadi. Progesteronning eng muhim biologik xossasi bachadon shilimshiq pardasini yangidan hosil qilishdir. Bu, bachadon bezlarining kuchli ishlashi bilan xarakterlanadi. Bezlarda ishlab chiqarilgan suyuqlik urug‘langan tuxumhujayraning normal birikishi uchun ham zarur. Progesteron bachadon muskullarini bo‘shashtiradi, muskul tolalarining gipertrofiyasini va giperplaziya jarayonini yaxshilash bilan birga bo‘g‘ozlikning normal rivojlanishini ta’minlaydi. Shuningdek, u sut bezlari alveolalarining rivojlanishini kuchaytiradi. Gipofiz gormonlari. Gipofiz bezi oldingi bo‘laklarining gormonlari gonadotrop (jinsiy hujayrani qo‘zg‘atuvchi) gormonlar deyiladi, chunki ular jinsiy bezlarning rivojlanishi va ishlashiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu gormonlarga: follikula ishini kuchaytiruvchi gonadotrop, lyutein hosil qiluvchi gonadotrop va lyuteotrop (progesteron sekretsiyasini kuchaytiruvchi) yoki laktogen gormonlar — prolaktinlar kiradi. Follikula ishini kuchaytiruvchi gonadotrop gormonlar ta’sirida follikulalar o‘sib yetiladi. Bu, lyutein hosil qiluvchi gonadotrop gormonlar bilan birga, ovulyatsiya jarayonini yuzaga keltiradi va sariq tanalar hosil bo‘lishiga yordam beradi. Gipofizning oldingi bo‘lagida ishlab chiqariladigan gormonlar bilan tuxumdon gormonlari o‘rtasidagi eng yaqin o‘zaro boshqarish munosabati mavjud. Estrogenlar follikulalar ishini kuchaytiruvchi gormonlarning ajralib chiqishini biroz to‘xtatib, lyutein hosil qiluvchi gormon sekretsiyasi ishini anchagina tezlashtiradi, bu ovulyatsiya jarayoni va sariq tana ishi uchun juda zarur. Sariq tananing rivojlanish darajasiga qarab, ajralib chiqqan progesteron lyutein hosil qiluvchi gormonlarning o‘zidan ajralib chiqadigan gipofiz bezining ish faoliyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi, natijada u follikulalar ishini kuchaytiruvchi gormonlardan yana ustun keladi. Shunday qilib, gonadotrop gormonlar bilan lyutein hosil qiluvchi gormonlar sekretsiyasi o‘rtasida o‘rin almashish yuzaga keladi va shunga ko‘ra, gipofiz hamda tuxumdonda sodir bo‘luvchi jarayon sikli yaxshi aniqlanadi, bu barcha organizm holati va urg‘ochi hayvon xulqining o‘zgarishiga ta’sir qiladi. Urg‘ochi hayvon normal jinsiy funksiyalaridagi gormonlarning roli jinsiy dominantlikni hosil qilishdan iborat. Nerv-gormonal qo‘zg‘atuvchilari ta’siri jinsiy dominantlikning hosil bo‘lishi dominantlar o‘rnini to‘ldirish nerv regulyatsiyasining asosiy xususiyatlarini tashkil qiladi. Dominant — bu, markaziy nerv sistemasida vaqtincha hukmronlik etuvchi kuchli va uzoq muddat davom etuvchi qo‘zg‘alish jarayonining manbai. Jinsiy jarayon davomida bir necha dominantlik yuzaga keladi: jinsiy dominantlik — aloqa qilish aktini amalga oshirishda organizm kuchini jinsiy a’zolarga sarf etadi; bo‘g‘ozlik dominant bachadondagi homilaning rivojlanishi uchun xizmat qiladi; tug‘ruq dominanti-bachadondagi homilani va uning ustini qoplab olgan pardalarni bachadon ichidan hamda tug‘uruq yo‘llaridan haydab chiqarishga xizmat qiladi; sut hosil qilish dominanti sut hosil qilishda moddalarning o‘zaro almashish jarayonini yuzaga keltiradi. Jinsiy mayllik, kuyukish va ovulyatsiyaning tashqi belgilari. Kuyukish. Yuqorida bayon qilinganidek, hayvonlar tuxumdon gormonlari ta’sirida kuyukadi va bunda jinsiy a’zo qizaradi. Bachadonning shilimshiq pardasida epitelial hujayralar o‘sib yetiladi, bachadon bezlari shoxlanib ko‘payadi. Bez sekretsiyalari kuchayadi, bachadon bo‘yni kanali birmuncha ochiladi, unga kelib tushadigan shilimshiq suyuq modda tufayli u yerdagi quyuq moddalar suyuladi va qinga tushadi. Qinoldi dahlizining bezlari shilimshiq sekretni ko‘plab ishlab chiqaradi. Jinsiy lablar shishadi, jinsiy teshikdan tiniq, ba’zan qon aralash shilimshiq ajralib chiqadi. Shilimshiq cho‘ziluvchan bo‘ladi. Dastlab u tiniq va nisbatan suyuq, kuyukishning oxiriga kelib esa quyuqlashadi va xiralashadi. Biyalarning kuyukishi boshqa hayvonlarga nisbatan ancha sust bo‘ladi. Jinsiy mayllik. Bu jarayon jinsiy markazning qo‘zg‘alishi bilan bog‘liq, bunda hayvonning klinik jihatdan juftlashishga tayyor ekanligi ma’lum bo‘ladi. Urg‘ochi hayvonning tashqi ko‘rinish belgilari uning xulq-atvorining o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. U bezovtalanadi va erkak hayvonga yaqinlashishga intiladi. Erkak hayvon yo‘liqqanda, unda qo‘zg‘alish paydo bo‘lib, orqasini o‘giradi, so‘ngra dumini yuqoriga ko‘tarib, juftlashish uchun harakat qiladi. Bunday belgilar uy hayvonlarining barcha turiga xosdir. Bundan tashqari, kuyukish davrida urg‘ochi hayvonning xulq-atvori tur xususiyatlariga ham bog‘lik. Sigir va g‘unajin bezovtalanib, hadeb ma’rayveradi, bunda u belini egib, dumini ko‘taradi va qaddini siyish uchun rostlaydi, oz-ozdan tez-tez siyadi. Boshqa sigirlarga irg‘iydi va o‘ziga irg‘isa ham indamaydi. Boshini boshqa sigirlarning dumg‘azasiga yoki beliga qo‘yadi. Ishtahasi yo‘qoladi (oziqni yemay qo‘yadi). Bunday hayvon juda ham jahldor bo‘lib qoladi. Suti kamayadi yoki ko‘pincha og‘iz sutiga o‘xshash bo‘lib qoladi (bunday vaqtda emizilgan buzoqlarning ichi ketadi). Sovliqning kuyukishidagi tashqi belgilar sigirnikiga biroz o‘xshash. Ularning jinsiy qo‘zg‘alishi ko‘p ma’rashidan ma’lum bo‘ladi. Sovliq bunday vaqtda bezovtalanadi, dumini qimirlataveradi va boshqa qo‘ylarga irg‘iydi. Urg‘ochi echkilarning jinsiy qo‘zg‘alishi sovliqlarning kuyukishiga nisbatan birmuncha kuchli ifodalanadi. Urg‘ochi cho’chqa haddan tashqari bezovtalanadi va qattiq chiyillab chinqirayveradi. U betoqatlik bilan har tomonga yuradi va to‘g‘ri kelgan cho‘chqaga irg‘iyveradi. Jinsiy lablari shishib ketadi, xususan yosh urg‘ochi cho‘chqalarning jinsiy teshigi ochiladi. Qin dahlizining shilimshiq pardasi va jinsiy lablari atrofidagi terilari qizaradi. Ishtahasi yo‘qolib, vazni keskin kamayib ketadi. Jinsiy qo‘zg‘alish kuchayib ketgan hayvonda harakatsizlanish refleksi hosil bo‘ladi. Biya kuyukkan vaqtida bezovtalanadi, asabi buziladi, serqitiqli, ba’zida jahldor bo‘lib qoladi. U ko‘pincha kishnab chinqira boshlaydi. Dumini ko‘tarib, jinsiy a’zo lablarini bir maromda dam ochib, dam yopib turishi natijasida qinoldi dahlizining shilimshiq pardasi va klitor ko‘rinadi. Biya oz-ozdan tez-tez siyadi va siydik bilan birga shilimshiq modda ham ajratadi. Hadeb orqasini devorga ishqayveradi, bog‘loqlik turganda boshqa otlarga qarab orqasini o‘giraveradi. Ayg‘ir qidiradi va ot kishnasa unda darrov kishnab javob beradi. Biyalar kuyukmagan bo‘lsa, quloqlarini chimirib, tepib, ayg‘irlarni o‘ziga yaqinlashtirmaydi. Urg‘ochi tuyaning kuyukish belgilari unchalik yaxshi bilinmaydi. Erkak tuya yaqinlashgan paytda juftlashish uchun yerga yotadi (urg‘ochi tuyalar yotib juftlashadi). Urg‘ochi tuyalar kuyukmagan paytlarida erkak tuyalarni o‘ziga yaqinlashtirmaydi. Urg‘ochi quyonlarda jinsiy qo‘zg‘alish o‘ziga xos bo‘lib, bir necha kun davom etadi.Urg‘ochi quyon yilning har qanday vaqtida kuyukishi mumkin, biroq ular ko‘pincha qishning isigan paytlarida kuyukadi. Ularning kuyukishi jinsiy sikl davri bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Hayvon yaxshi boqilmasa, asralmasa yoki ko‘p ishlatilsa, shuningdek, jinsiy a’zolari kasallanganda ham unda jinsiy mayllik hamda kuyukish muddati o‘zgaradi yoki mutlaqo kuyukmay qo‘yadi. Sigir va g‘unajinlarning qisqa vaqt davomida kuyukishlariga e’tibor berish, jinsiy qo‘zg‘alishini niqlash va ularni o‘z vaqtida qochirish uchun chora-tadbirlar ko‘rish zarur. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VETERINARIYA VA CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISH DAVLAT QO‘MITASI SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINA INSTITUTI TOSHKENT FILIALI Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti 304-guruh talabasining Veterinariya akusherligi fanidan Mavzu: Sperma. Organizmdan tashqarida spermatozoidlarga tashqi omillarning ta’siri. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling