Sana :
Sinf : 7-sinf
Dars mavzusi : Minerallarning inson hayotidagi ahamiyati
Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy maqsad :O’quvchilarga minerallarning inson hayotidagi ahamiyati to’g’risida bilim berish ;
b) Tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarda sinfda, guruhlarda ishlashda bir-biriga ko’mak berish, boshqalar fikrini eshitish, hurmat qilish ko’nikmalarini shakllantirish;
c) Rivojlantiruvchi maqsad : O’quvchilarda masalalar yechish ko’nikmasini, laboratoriyada kislotalar bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirish.
Shakllantiriladigan kompetensiyalar:
Tayanch kompetensiyalar: Kommunikativ kompetensiya, shaxs sifatida o’z – o’zini rivojlantirish kompetensiyasi, umummadaniy kompetensiya, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish va foydalanish kompetensiyasi,;
Fanga oid kompetensiyalar: Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish , tushunish va tushuntirish kompetensiyasi, element va kimyoviy birikmalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi, kimyoviy tajribalar o’tkazish va amaliyotda qo’llash kompetensiyasi.
Dars tipi: Yangi bilim beruvchi, ko’nikma hosil qiluvchi.
Darsda foydalaniladigan usullar : «Aqliy hujum », «Domino», «Guruh bilan ishlash », « Modulli usul».
Kerakli jihozlar : AKT, tarqatma savollar, minerallar rasmlari ko’rsatilgan plakatlar, makroelemrntlar, mikroelementlar.
Darsning borishi :
I. Tashkiliy qism (3 min)
1. Salomlashish ;
2. Davomat olish ;
3. Uyga vazifani tekshirish.
II. O’tilgan mavzuni so’rash (10 min)
«Aqli hujum»
1. Raxit bilan og‘rigan bemorlarga D vitamini ishlatmasdan qanday yordam berish mumkin?
2. Nima uchun yaylovda o‘tlaydigan sigirlarning suti doimiy ravishda molxonada bo‘lgan sigirlarning sutiga qaraganda D vitaminiga boyroq?
3. Hammaning ratsionida yetarli miqdorda xom sabzavot va mevalar bo‘lishi kerak. Nega?
4. Bemorga A vitamin tanqisligi tashxisi qo‘yilgan. Nima uchun shifokor bemorga ko‘proq qizil sabzavotlarni (sabzi, pomidor, qalampir) yeyishni tavsiya qiladi?
« Bilimlar hovuzchasi»
Quyidagi rasmda berilgan vitaminlarning yana qaysi oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibida uchraydi ?
Do'stlaringiz bilan baham: |