Sana: Sinf : 8 b mavzu


Download 21.18 Kb.
Sana11.02.2023
Hajmi21.18 Kb.
#1190250
Bog'liq
7 Kimyoviy elementlar davriy qonuni


Sana:
Sinf : 8 B

Mavzu: Kimyoviy elementlar davriy qonuni.


Darsning maqsadi :


a)ta’limiy: O‘quvchilarga davriy qonunni kashf qilish tarixi, davriy qonun kashf qilingunga qadar kimyo fanidagi yig‘ilib qolgan kashfiyotlar, muammolar haqida ma’lumotlar berish. Elementlarning atom massalari bilan xossalari orasidagi bog‘liqlik mavjud ekanligini tushuntirish.
b)Tarbiyaviy: O’quvchilarga axloqiy, iqtisodiy tarbiya berish.


s) Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini orttirish, dunyoqarashini kengaytirish.
g) DTS – talablari.


Dars turi: Yangi bilim berish
Dars uslubi: Ananaviy
Dars jihozi: Darslik, davriy sistema, ko’rgazmali qurollar, kadaskop, kompyuter.
Darsning borishi :

  1. Tashkiliy qism

Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf tozaligini nazorat qilish, manaviyat daqiqasi, fan yangiliklari.


II. Otgan mavzuni so’rash:

  1. 1 moldan olingan ishqoriy metallarning har biri suvdan n.sh.da

o‘lchangan qancha hajm vodorodni siqib chiqaradi?

  1. 4,6 g natriy va 3,9 g kaliydan iborat aralashma suvda eritilganda

ajralib chiqadigan vodorodning n.sh.dagi hajmini hisoblang.

  1. Xlorning: a) kaliy; b) magniy; d) alyuminiy; e) temir bilan biri-

kish reaksiya tenglamalarini yozing.


III. YANGI MAVZU BAYONI
Darsni quyidagi suhbat bilan boshlash o‘quvchilarning faolligini
oshi rish bilan birga, yangi mavzuni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini ort-
tiradi. Nega elementlarni toifalash uchun qilingan ishlar mukammal
qonun bo‘lib shakllana olmadi?
O‘qituvchi bo‘lib o‘tgan suhbatga yakun yasab, o‘quvchilarga quyi-
dagi ijodiy ishni bajarishlarini taklif etadi. Har bir o‘quvchi o‘qituvchi tomonidan berilgan o‘lchamdagi qog‘oz olib, elementlar va ular haqida
quyidagi ma’lumotlarni yozadilar (O‘quvchilar har-xil elementni tanlab
oladi yoki o‘qituvchi tomonidan berilgan elementni oladi). So‘ngra bu
jadvallar elementning atom massasi ortib borishi tartibida joylashtiriladi

Kimyoviy elementlarning atom massalari bilan xossalari orasidagi
bog‘liqlik haqida tushuncha beriladi.
Oddiy jismlarning xossalari, shuningdek, elementlar birikmalari-
ning shakli va xossalari elementlar atom og‘irligining qiymatiga davriy
ravishda bog‘liq bo‘ladi.
Elementning nisbiy atom massalari ortib borishi tartibida joylash-
tirilgan qatorda qanday xossalari davriy ravishda va qanday tartibda
o‘zgaradi? Bu savolga javob topish uchun o‘qituvchi o‘quvchilar diqqatini quyidagilarga qaratadi:
1) Kislorodli birikmalaridagi eng yuqori valentligining o‘zgarishi;
2) Vodorodli uchuvchan birikmalari va bu birikmalardagi valentli-
gining o‘zgarishi;
3) Element hosil qilgan oddiy moddalarning metallik va metalmas-
lik xossalarining o‘zgarishi;
IV. Mustahkamlash:
1. Davriy qonunni kashf qilinishida asosan elementning qaysi xossalari
asos qilib olindi?
2. Elementlarning atom massalari ortib borishi bilan ularning qaysi xos-
salari davriy ravishda o‘zgaradi?
V. Baholash:
VI. Uyga vazifa: 2-3 topshoriqlar.
Download 21.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling