Sana: Sinf: 6 Darsning mavzusi: Miloddan avvalgi III milodiy II asrlarda Xitoy Darsning maqsadi: Ta’limiy


Download 226.46 Kb.
bet1/3
Sana03.02.2023
Hajmi226.46 Kb.
#1155042
  1   2   3
Bog'liq
Sana32


Sana: __________
Sinf: 6
Darsning mavzusi: Miloddan avvalgi III - milodiy II asrlarda Xitoy
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O`quvchilarning miloddan avvalgi III - milodiy II asrlarda Xitoy haqidagi bilimlarini orttirish, ularning davlatchilik haqidagi dunyoqarashlarini kengaytirish, o`sha davrdagi Xitoy aholisi turmush tarsi haqida ma`lumot berish
Tarbiyaviy: Ma`naviyat, madaniyat, sivilizatsiya, davlatchilik haqidagi dunyoqarashlarning yuqori pog`onalarda turishi haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish
Rivojlantiruvchi: o`quvchilar diqqati, xotirasi, nutq madaniyatini rivojlantirish
Kompetensiyalar: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish, Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi, Tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasini shakllantirish.
Dars turi: aralash
Dars uslubi: og`zaki, yozma
Dars usuli: test, “Guruhlar ishi”, “Bingo mashqi”
Dars jihozi: darslik, xarita, test varaqalari, mavzuga oid tushuncha, atamalar yozilgan kartotekalar
Darsning texnologik xaritasi:
I.Tashkiliy qism 3 daqiqa
II. Uy vazifasini tekshirish 12 daqiqa
III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 10 daqiqa
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa
V.O’quvchilarni baholash 3 daqiqa
VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O`quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II.Uy vazifasini tekshirish:
Test sinovi:
1.Qadimgi Xitoyda qachon ilk sivilizatsiyalar vujudga kela boshladi?
A. miloddan avvalgi 3 ming yillik oxirida B. miloddan avvalgi 2-1 ming yilliklarda
C. miloddan avvalgi 4-3 ming yilliklarda D. miloddan avvalgi 5-4 ming yilliklarda
2. Qadimgi Xitoyda ilk sivilizatsiyalar qaysi daryolar bo`yida kurtak yoya boshlagan?
A.Dajla va Frot B.Xuanxe va Ganga C.Yanszi va Nil D.Xuanxe va Yanszi
3.Shan davlati qachon tashkil topgan?
A.mil.avv. 4-ming yillik o`rtasida B. mil.avv. 3-ming yillik
C. mil.avv. 2-ming yillik boshida D. mil.avv. 2-ming yillik o`rtasida
4. Mil.avv. 2-ming yillikda Xitoyda qaysi davlatlar tashkil topgan edi?
A.Shan va Sin davlatlari B.Chjou va Xan davlatlari
C.Sin va Van davlatlari D.Shan va Chjou davlatlari
5.Quyidagi qaysi asrlar “ko`p podsholoklar” davriga oid?
A.mil.avv.VII-V asrlar B. mil.avv.VI-IV asrlar C. mil.avv.V-IV asrlar D. mil.avv.VIII-VI asrlar
6.Qadimgi xitoyliklar sholi va choydan tyashqari yana qanday foydali o`simlikni o`stirganlar?
A.xurmo B.tut C.tol D.shakarqamish

Download 226.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling