Sanoq sistemalari haqida umumiy ma’lumot Bull algebrasi. Va, Yoki, yoki emas, emas va va emas mantiqiy amallari
Download 5.42 Mb.
|
5-ma\'ruza Raqamli elektronika. Sanoq sistemalari. Mantiqiy elementlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`rinli (pozitsion) sanoq sistemalari.
- 8 lik sanoq sistemasida 8 ta raqam: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7;
- O`rinsiz (nopozitsion) sanoq sistemalari
5-ma’ruza. RAQAMLI ELEKTRONIKA. SANOQ SISTEMASI, MANTIQIY ELEMENTLAR, MANTIQIY ELEMENT KOMBINATSIYALARI Sanoq sistemalari haqida umumiy ma’lumotBull algebrasi. VA, YOKI, YOKI EMAS, EMAS va VA EMAS mantiqiy amallariDe Morgan qonuni Sanoq sistemasining turlari O`rinli (pozitsion) sanoq sistemalari. O`rinsiz (nopozitsion) sanoq sistemalari O`rinli (pozitsion) sanoq sistemalari.O`rinli sanoq sistemasida raqamlar soni ma`lum miqdorda bo`lib, ular sondagi o`rinlariga qarab turli qiymatni aks ettiradi. Masalan, bizga ma`lum bo`lgan10 lik sanoq sistemasida 10 ta raqam: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9;8 lik sanoq sistemasida 8 ta raqam: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7;2 lik sanoq sistemasida 2 ta raqam; 0, 1;16 lik sanoq sistemasida 16 ta raqam: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, A, B, C, D, E, F mavjud. Odatda, 16 lik sanoq sistemasida yetishmaydigan raqamlar o`rniga lotin alifbosining bosh harflari: A, B, C, D, E, F lar qo`llaniladi.O`rinsiz (nopozitsion) sanoq sistemalariO`rinsiz sanoq sistemasiga qadimgi rim sanoq sistemasi misol bo'la oladi. Bu sanoq sistemasida sonlarni yozish uchun lotin harflari ishlatiladi, ya`ni I harfi har doim birni , V harfi beshni, X-o`nni, L-ellikni, C-yo`zni, D-besh yo`zni, M-mingni va boshqalar. Bu sanoq sistemada 267 soni CCLXVII ko`rinishda ifodalanadi. Bu sanoq sistemasida har bir harf har doim bir xil sonni ifodalaydi. Shuning uchun ham katta sonlarni yozishda yangi - yangi harflarni kiritishga to`g`ri keladi. Qancha yangi harf kiritmaylik shunday sonni uylab topish mumkinki, uni mavjud harflar yordamida ifodalash murakkablashib ketadi.
Masalan
XX=20 CC=200 LX=60 CL=160 Rim sanoq sistemasiga
Ikkilik sanoq sistemasida 2 ta raqam Sakkizlik sanoq sistemasida 8 ta raqam
O’nlik sanoq sistemasida 10 ta raqam
O’n oltilik sanoq sistemasida 16 ta raqam
Umuman ixtiyoriy P sanoq sistemasida raqamlar soni R ta bo`lib, ular 0 bilan R-1 orasida bo`ladi va R-shu sanoq sistemasining asosi deyiladi. 0 dan R-1 gacha bo`lgan raqamlar esa, shu sanoq sistemaning bazasi deb ataladi. Barcha o`rinli sanoq sistemalarida 0 va 1 raqami mavjud bo`lganligi uchun, bu sistemalarning asosi sifatida 10 soni olingan. O`nlik sanoq sistemasi Hindistonda kashf etilgan bo`lib, keyinchalik u arablar orqali Yevropaga tarqalgan. Yuqorida ta`kidlaganimizdek, o`nlik sistemada har bir raqam o`zining sondagi tutgan o`rniga qarab ma`lum qiymatni aniqlaydi. Masalan, 4444 sonida 4 to`rt marta uchraydi va o`ngdan birinchisi 4 ta birlikni, ikkinchisi 4 ta o`nlikni, uchinchisi 4 ta yo`zlikni va to`rtinchi 4 esa 4 ta minglikni ifodalaydi. Download 5.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling