Savol: Uning ismini yozib bering. Javob
Download 21.94 Kb.
|
Мактаб учун саволлар 15.03.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol
1-tur 1. 1999-yil Xorazmda tavallud topgan yigit o‘z ismini o‘sha yillik yubiley sababli emas, aksincha, burnidagi xoli sababli olgan. Savol: Uning ismini yozib bering. Javob: Jaloliddin. Manguberdi javobi ham qabul qilinadi. Izoh: Jaloliddin Manguberdining 800 yillik yubileyi 1999-yili o‘tkazilgan, uning ham burnida xoli sababli Manguberdi ismini olgan. 2. Bu bolalar yozuvchisi qahramonining noodatiy bosh kiyimi bor edi. U aniq bir rangga ega afsonaviy mavjudotdan transport vositasi sifatida foydalangan. Keyinchalik bu mavjudotni halok qilgan. Savol: Yuqoridagi uch ma’lumotni jam qilib yozuvchining kimligini ayting. Javob: Xudoyberdi To‘xtaboyev. Izoh: Yuqoridagi ma’lumotda adibnning “Sehrli qalpoqcha”, “Sariq devni minib”, “Sariq devning o`limi” asarlariga ishora qilingan. 3. Hayotdan to‘ygan bir inson uyidagi bir predmetga qarab: “Yaxshi qol, sen bilan boshqa ko‘rishmaymiz”, - deydi. Luis Kerrolning ertagida bosh qahramon qiz bu predmetning ortiga sayohat qiladi. Savol: Bu qaysi predmet ekanligni yozib bering. Javob: Ko‘zgu. Izoh: U o‘zini aksiga qarab bu so‘zlarni aytgan. Savolning ikkinchi qismida Luis Kerrolning “Alisa ko‘zgu ortida” ertagi haqida gap ketayotgan edi. 4. Bir o‘zbek maqolida shunday deyiladi: “Bir poyada o‘n ikki qovun. 11 tasini yeyish mumkin, 12-sini esa yo‘q”. Savol: 12-qovun nimani anglatishini yozib bering. Javob: Ramazon oyi. Izoh: Bilamizki ramazon oyida taom yeyilmaydi. 5. Adibning fikricha, kuz mavsumida bulutli ob-havodan keyin paydo bo‘lgan U g‘amgin tabassumga o‘xshar ekan. Go‘yoki U ham yozning issiq kunlarini xotirlab qayg‘urayotgandek. Savol: U o‘rnidagi bir so‘zni yozib bering. Javob. Kamalak. Izoh: Kamalakni ko‘rinishini tasavvur qiling, uning teskarisi g‘amgin tabassumga juda ham o‘xshash. Savol: Gap nima haqida ketayotganligini 3 so‘z bilan yozib bering. Javob: Buyuk Ipak yo‘li. Izoh: Buyuk ipak yo‘li bilamiz Xitoydan boshlanadi, dengizdagisi esa Yaponiyadan. 3. Ushbu yozuvchining birorta hayot chog‘ìdagi surati bizgacha yetib kelmagan. Biz ko‘rib o‘rganib qolgan rasmdagi insonga u haqiqatdan o‘xshash bo‘lganmi yoki yo‘q buni tasdiqlovchi biror manba mavjud emas. U aslida qora tanli bo‘lganmi, qirol bo‘lganmi yoki romantik bo‘lganmi ma’lum emas. Savol: Gap kim haqida bormoqda? Javob: Shekspir. Izoh: Savolda Shekspirning Otello, Qirol Lir va Romeo Julyettaga ishoralar mavjud edi. 4. Hozirgi kunda transport vositalari, xususan, avtomobillar avariyasi oddiy hol sifatida qaraladi. Ammo, 19-asrning oxirlarida AQShning Ogayo shtatida yuz bergan avtomobil avariyasi unchalik halokatli bo‘lmasada hozirga qadar ko‘p eslanadi. Buning birinchi sababi, albatta, tarixdagi ilk 2 mashinaning o‘zaro to‘qnashuvi ekani bo‘lsa ... Savol: Ikkinchi sababni siz yozib bering. Javob: Ogayo shtatida bor bo‘lgan 2 mashinaning to‘qnashuvi. Izoh: Ogayo shtatida bor-yo‘g‘i 2ta mashina bo‘lib, shular ham o‘zaro avariyaga uchragan. 5. Buyuk Britaniyalik musiqachi Devid Boui musiqaning turli yo‘nalishlarida ijod qiladi. Shu sababli muxlislar unga “IKS” deb laqab qo‘yishgan. Bir she’rda IKS svetofor sifatida ishga olinadi. Savol: IKS ni bir so‘z bilan yozib bering. Javob: Xamelyon. Izoh: Boui turli yo‘nalishlarda ijod qilgani uchun “xamelyon” laqabini olgan. Turli ranglarga kira olgani uchun bir she’rda xamelyon svetofor sifatida ishga olinadi. 6. Miloddan avvalgi 327 yilda hind yurishi paytida Makedoniyalik Iskandarning askarlari UNI birinchi marta ko‘rishdi. Strabon UNI shunday ta’riflagan: "U asalarisiz ham asal beradi" Savol: Gap qaysi ekin haqida ketmoqda? Javob: Shakarqamish. 7. Kelinglar, sizlarni yapon tilidagi bilimlaringizni sinab ko‘ramiz. Yapon tilidan kirib kelgan bu so‘z “ko‘rfazdagi katta to‘lqin” ma’nosini anglatadi. Savol: Qaysi so‘z? Javob: Sunami. 8. Dunyoda g‘alati qonunlar juda ko‘p. Shunday qonunlardan biri Kanadaning Sammersayd shahrida amal qiladi. Ushbu qonunga ko‘ra bu mahsulotni qarzga olish ham, qarzga berish ham taqiqlangan. Bizda esa uni zarur odamga berish shunchaki odatiy hol. O‘zingizga notanish hududga borib, butunlay notanish odamdan so‘rasangiz ham hech qachon yo‘q javobini olmaysiz. Savol: Kanadaning Sammersayd shahrida nimani qarzga berish mumkin emas? Javob: Suv, ichimlik suvi. 9. Sizlarga bir topishmoq berib ko‘raman, eshiting: ikkita qo‘l, ellikta oyoq. Hammasi bir yo‘lak bo‘ylab yuguradi. Savol: U nima? Javob: Arra. 10. Versiyalardan biriga ko‘ra, BU viloyatni kelib chiqishi yozda judayam issiqligi va aksincha, qishda judayam sovuqligi tufayli shunday nom bilan atalar ekan. Savol: Siz menga bu viloyat nomini yozib bering. Javob: Jizzax. Izoh: Jiz+issiq, zax+sovuq. Download 21.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling