Sayfi Saroyi o‘zbek mumtoz adabiyotining iste’dodli vakillaridan biri


Download 32.71 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi32.71 Kb.
#1372962
Bog'liq
Документ Microsoft Word (4)


Munisa, [14.04.2023 15:24]
Tarjimai hol
Sayfi Saroyi - o‘zbek mumtoz adabiyotining iste’dodli vakillaridan biri. Fors, arab tili, adabiyoti, tarixi va xalq og‘zaki she’riy ijodini mukammal o‘rgangan, g‘azalnavis shoir, qasidanavis, epik dostonchi va tarjimon sifatida tanilgan.

1321 yil Xorazm yaqinidagi Qamishli (Sarqamish) qishlog‘ida hunarmand - qurolsoz oilasida tug‘ilgan. Markaziy Osiyoda mo‘g‘ullar istilosi davrida yashagan, o‘z vatanini tark etishga majbur bo‘lgan, umri jahongashtalikda kechgan.

Dastlabki ta’limni o‘z yurtida olgan. Uning ismining ma’nosi “qilich” demakdir, zero, bilimlari qilich kabi o‘tkirdir. So‘ngra u ta’limini Oltin O‘rda Saroyida davom ettiradi. Bu erda u savod olib, she’rlar yozishni boshlaydi.

Urushlar tufayli Sayfi Saroyi dastlab Eronga, keyin Turkiyaga boradi. U umrining oxirlarida Misrga borib, o‘sha joyda taxminan 1396 yil vafot etgan.

Shoirning o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan hissasi bebahodir. O‘zidan oldingi yashab ijod etgan shoirlar ijodini o‘rganib, Sayfi Saroyi quyidagi misralarda ijod maydonini bog‘ gulshaniga, shoirlarni esa shu bog‘dagi qushlarga qiyos qilib, ikki guruhga ajratgan:

Jahon shoirlari, ey gulshani bog‘,

Kimi bulbuldurur so‘zda, kimi zog‘.

Bizgacha shoirning adabiy merosidan bir necha g‘azallari, qasida, qit’a, ruboiyi, masnaviylari, “Suhayl va Guldursun” dostoni (1394) hamda “Gulistoni bit-turkiy”(1390-91) yetib kelgan. “Sindbodnoma” ni o‘zbek tiliga qilingan tarjimasi saqlanib qolmagan. Ayrim asarlari Istanbulda (1926) “Turk adabiyoti namunalari”da berilgan.

Sayfi Saroyi Sa’diyning “Guliston” asarini o‘zbek tiliga birinchi bo‘lib tarjima qilgan, ammo u asl nusхa matniga o‘zining falsafiy-axloqoiy sharhlarini qo‘shib, uni “Gulistoni bit-turkiy” deb atagan. Saadi asarini asos o‘rnida olib, u asarni zamona ruhi va mahalliy muhitini aks ettiruvchi yangi hikoyatlar, qit’a va baytlar bilan to‘ldirgan.

“Gulistoni bit-turkiy” 8 bobdan iborat:

1 - bob "Sultonlar haqidagi hikoyatlar"

2 - bob "Faqirlar axloqi haqidagi hikoyatlar"

3 - bob "Qanoatning foydasi haqidigi hikoyatlar"

4 - bob "Sukutning foydasi haqidagi hikoyatlar"

5 - bob "Ishqdagi yigitlik sifati haqidigi hikoyatlar"

6 - bob "Qarilikdagi zaiflik sifatlari haqida"

7 - bob "Tarbiyaning ta’siri haqida"

8 - bob "Suhbat odoblari haqida", har bir bobda hikoyatlar bor.

Uning ko‘plab hikoyalari didaktik uslubda bo‘lib, ularda pand - nasihat, adolat va osoyishtalik o‘rnatish masalalari muhokama qilinadi. U zolim podsho va amaldorlarni insof va adolatga chaqirib, davlatni qat’iy qonun - qoidalar asosida boshqarish, kishilar xulq - atvorini yaxshilash borasida pand-nasihat qilgan.

Shuningdek, yana bir hikoyatlar to‘plami mashhur - “Iso Mo‘jizasi”. Unda bir odam Iso payg‘ambarimiz oldiga kelib, o‘lgan odamni tiriltirishni so‘raydi. Lekin Iso bu qilmish odamlarga foyda keltirmasligini aytib, bu ishni rad etadi. Biroq odamzod chekinmay, unga tiriltirishni o‘rgatib qo‘yishini iltimos qilaveradi. Iso boshqa rad eta olmay, uni duo qilishga o‘rgatadi. Bu odam uyi tomon ketayotib, suyaklarni topib oladi va tiriltirish duosini o‘qiydi. Suyaklar sherga aylanib, duo qilgan odamni yeb qo‘yadi.

“Guliston bit-turkiy” eski turkiy tilining namunasi sifatida yagona nusxada Gollandiyaning Leypsig universitetida saqlanadi. Fotonusxasi Fanlar Akademiyasi qoshidagi Sharqshunoslik institutida saqlanib keladi.

“Suhayl va Guldursun” dostoni o‘zbek adabiyotidagi epik she’riyati taraqqiyotining munosib namunasi sanaladi. Doston xalq afsonasi “Guldursun” asosiga qurilsa-da, unda real tarixiy voqealar, ya’ni Amir Temurning Xorazmga yurishi ham aks etgan.

Arboblar.uz © 2023 Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha Yagona int

Munisa, [14.04.2023 15:28]


Mumtoz turkcha adabiyotning eng yor?in siymolaridan biri Sayfi Saroyidir. Uning yashab ijod ?ilib o'tgan davri tarihda O'zbekhon o'?li Tinibek va Jonibeklarning ?ukmronligi davriga to'?ri keladi. HIII asrdagi mo'?ullar istilosi mamlakatni izdan chi?argan edi. Bu bos?in tufayli ko'plab kishilar ?irildi. Ko'plab shoirlar o'zga yurtlarga ketib ?oldi. Sayfi Saroyi ?am shulardan biri edi.

SAYFI SAROYI VA UNING


ASARLARI ?A?IDA
06
a046b922e3eba88131d1f2dd83eb06ca.jpgSayfi Saroyi HIV asrda yashab ijod ?ilgan turkiy adabiyot vakillaridan biridir. U adabiyotimizda shoir va tarjimon sifatida o'z o'rniga ega.

Manbalardan ma'lum bo'lishicha, Sayfi Saroyi 1321 yilda ?amishli yurtida tu?ilgan. ?amishli-Horazmdagi ?ishlo?lardan birining nomi. Ammo u nom Volga bo'yida ?am ko'p uchraydi. U ?amishlidan bilimini oshirish uchun Saroyga keladi. Saroy-Oltin O'rda davlatining poytahtidir. Mu?ammad ibn Arabsho?ning yozishicha, «Saroy tutgan o'rni va hal?ining juda ko'p bo'lishi bilan eng katta sha?arlarning birisi edi. U fan markaziga aylandi. Oz va?ti ichida bu erda ko'plab ato?li, mash?ur kishilar to'plandi». Ular orasida ?utbiddin ar-Roziy, Ma'sud Taftazoniy, Kamoliddin at-Turkmaniy, ?ofiz ibn Bazzoziylar bor edi. Shuningdek, mash?ur shoir Kamoliddin Ho'jandiyning ?am HIV asr ohirlarida Saroyda yashab ijod etganligi yahshi ma'lum. Shoir shu erda yashab turgan davrida «Saroyi» degan tahallusini olgan. Sayfi uning ismi bo'lib, «?ilich» degan ma'noni bildiradi. /B.To'hliev. 9-sinf. 189-190-betlar/.

Sayfi Saroyining yashab ijod ?ilib o'tgan davri tarihda O'zbekhon o'?li Tinibek va Jonibeklarning ?ukmronligi davriga to'?ri keladi. HIII asrdagi mo'?ullar istilosi mamlakatni izdan chi?argan edi. Bu bos?in tufayli ko'plab kishilar ?irildi. Ko'plab shoirlar o'zga yurtlarga ketib ?oldi. Sayfi Saroyi ?am shulardan biri edi. U shunday yozadi:

O'sib tupro?im uzra nayzalar, men evdin ayrildim,


Vatandin benishon o'ldimda, o'zga yurtga evrildim.

Nechun menga falak javr ayladi, ?anday guno?im bor?


Ilo?o ayla kam jabring, men elga sodi? ul erdim.

Demak, Sayfi Saroyi Movarounna?rda, Oltin O'rda davlatining poytahti Saroyda yashab ijod ?ilgan. Misr va Turkiyada ?am yashagan. «Guliston bit-turkiy» kitobidagi ?uyidagi misralar shoirning Misr maliklaridan birining hizmatida bo'lganligi, ?arib ?olganligi tufayli o'z vataniga ketish uchun malikdan ruhsat so'raganidan dalolat beradi:

Ilo?iy bu ?ari miskin ?ulingni,
Ba?ishla ko'rguzub to'?ri yo'lingni.

Maliklar rasmidir dilshod ?ilmo?,


?arisa ?ullarin ozod ?ilmo?.

?ari yorli ?uling Sayfi Saroyi,


Fa?iru benavo lutfing gadoyi.

Ani lutfing bilan dilshod ?il?il,


Ba?ishlab yozu?in ozod ?il?il.

Adib tahminan 1396 yilda vafot etgan.


Sayfi Saroyining o'zbek adabiyoti tara??iyotiga ?o'shgan ?issasi beba?odir. Undan bizgacha, bir ?ancha ?azal, ?asida, ?it'a, ruboiylar, «Su?ayl va Guldursun» dostoni, «Sinbondnoma», «Guliston» kabi asarlarining erkin tarjimalari etib kelgan. Bulardan tash?ari, Sa'diy «Guliston»i tarjimasiga kiritilgan original she'riy parchalar, masnaviylar ?am Sayfi Saroyi ?alamiga mansubdir. Shoir ?azallarida shakl va mazmun birligini birinchi o'ringa ?o'yadi. Shoirning «Shoirlar ta'rifida» degan masnaviysida ijodkorlarga talabchan munosabatda bo'ladi:

Ja?on shoirlari, ey gulshani bo?,


Kimi bulbuldurur so'zda, kimi zo?.

Kimi to'ti tegin chaynar shakarni,


Kimi lafzi bilan o'rtar durarni.

Kimining so'zlari mavzunu shirin,


Kimining loyi?i ta'rifi ta?sin.

Kimi o'zganing ash'orin menim der,


Kimi ?ayvon kabi shal?am cho'pin er.

Kimi ma'ni tuzub vaznin tuzotur,


Kimi vaznin buzub, san'at kuzotur.

Sayfi Saroyining lirik she'rlari mi?dor ji?atdan juda oz. Devon tari?asida tartib berilmagan. Bizgacha undan fa?at «Gulistoni bit-turkiy» asarining kirish ?ismidagi va so'nggi vara?laridagi «Ko'ngul», «Topulmas», «Ko'zlaring», «Taolallo? ze?i surat», «Ul yuzi oy», «Yangi oy», «?amar yuzingdin», «Еrur», «Tutar», «Meningtek nechalar ?ayron», «Ko'rinur» kabi ?azallari va bir «Ba?or tasviri» she'ri etib kelgan. Shu she'rlar ?am shoir she'riyati ?a?ida ma'lum tasavvur uy?otadi.

Munisa, [14.04.2023 15:28]
Sayfi Saroyi she'rlariga nazar solsak, mavzu ji?atdan turlicha ekanligini ko'ramiz. Ish?-mu?abbat, vafodorlik va sado?at mavzulari etakchilik ?ilgani ?olda, odamiylik, inson ?adr-?immati, ijtimoiy mavzular ?am uchraydi. Shoir so'z o'yinlaridan ma?orat bilan foydalanadi. «Еrur» radifli ?azali bu ji?atdan harakterlidir:

Dilbarimning zulfi sunbul, che?rasi gulzor erur,


Bo'yina oshi? sanubar, yuzina gul, zor erur.

O?zi fistu?, ko'rki tangsu?, o'zi mushfi? yor erur,


?usnining chovi Hitou Chin ichinda bor erur.

Asli alchin, so'zlari chin, ko'zlari totor erur,


Ming yashar ?ar kim dudo?i sharbatin totor erur…

Vasfina Sayfi Saroyining ishi ash'or erur,


Andin o'zga birla oshi??a emak osh, or erur.

Sayfi Saroyi ?azallari o'zining o?angdorligi, sodda va o'yno?iligi bilan ?am ajralib turadi.

Yangi oydur ?oshing, ey ko'rka boyim,
?ilur ta'zim yuzungni ko'rsa oyim.

Su ichkanda dudo?ingdan su tomsa,


Bitar ?andu shakar ul erda doyim…

Shoir yahshilikni ilgari suradi. Yomonlik ?ilganga ?am yahshilik ?il deydi:

Yamonlik ?ilgan erga, ezgulik ?il,
?opar it o?zini lu?ma otadur.

Sayfi Saroyining bunday ?arashlari «Gulistoni bit- turkiy»da keltirilgan baytlarda ?am ko'rinadi.

Еtganicha kuching ko'ngul yop?il,
Kim haloyi? senga duo ?il?ay.

Tushgan er ?ojatin ravo ?ilsang,


?a? sening ?ojating ravo ?il?ay.

Yoki:


Sindirur bo'lsa urib oltin ?ada?ni katta tosh,
Sinmas oltin ?iymati, ortmas ba?osi toshning.

Sayfi Saroyi shoir Horazmiyning tabiat go'zalligini mad? ?ilgan bir ?azaliga nazira tari?asida yigirma to'rt baytlik ?asida ?am yozgan. Uning bu ?asidasi Iskandariya ?okimiga ba?ishlangan. U bizgacha etib kelgan o'zbek tilida yozilgan HIV asr ?asidasining ilk namunasidir.

Sayfi Saroyining «Su?ayl va Guldursun» dostoni ?am harakterlidir. Bu doston ?a?ida manbalarda ma'lumot yo'? edi. 1966-67 yillarda far?onalik Kamolhon Sultonov degan kishining ?o'lida sa?langan ?o'lyozma asosida u topildi. Bu ?o'lyozmada Sayfi Saroyiga zamondosh Tu?lihoja Horazmiy, Mavlono Isho? Horazmiy, Mavlono A?mad Urganjiy kabi shoirlarning bir ?ancha ?azallari berilgan. So'nggida Sayfi Saroyining ikki bayti, uch ?it'asi va 82 bayt-164 misradan iborat «Su?ayl va Guldursun» dostoni berilgan. Bu liro-epik asardir. Doston asosida dunyoviy ish? yotadi. Sevgida vafodorlik, mardlik tarannum etiladi. Manbalarda ?ayd etilishicha, doston 1394 yilda yozilgan. Asar Nizomiyning «Hisrav va Shirin», Navoiyning «Me?r va Su?ayl» asarlarini eslatadi. Dostonning ?is?acha syujeti shunday: Amir Temur Urganchga ?ujum ?iladi. Ko'p kishi asir olinadi. Ular orasida Su?ayl ?am bor edi. Temurning ?izi Guldursun Su?aylni ko'rib sevib ?oladi. Guldursun ?orovullarni mast ?ilib, Su?aylni banddan ozod ?iladi. Ular ?ochadilar. Sa?roda ochlik va suvsizlikdan Guldursun ?olsizlanib ?oladi. Uzo? ?ishlo??a suv izlab ketgan Su?ayl ?aytib kelganda Guldursun vafot etgan bo'ladi. Da?shatga tushgan Su?ayl shunday ?arorga keladi:

Menga yahshi bukun yor birla o'lmak,


Na lozim ?am bilan dunyoda ?olmak.

U o'ziga ti? sanchadi va ?alok bo'ladi. SHamol bo'lib, ularning jasadini ?umlar bilan ko'madi.

Su?ayl o? urdi, shu dam ?o'pdi bo'ron,
Aningtekkim, buzuldi charhi davron.

Alar uzra to'kildi, ko'mdi tupro?,


Bu sirni tan?o sa?ro bildi ko'pro?.

Sayfi Saroyining bulardan tash?ari, Sa'diyning «Guliston» asarini tarjimasi ?isoblangan «Gulistoni bit-turkiy» asari ?am etib kelgan. Olimlarimizning ?ayd etishicha, ?ijriy 793, melodiy 1390-91 yillarda tarjima ?ilingan bu asar fors-tojik shoiri Sa'diy Sheroziyning «Guliston» asarining o'zbek tilidagi eng birinchi ijodiy tarjimasidir. Sa'diy bu asarni 1258 yilda yozgan edi.

Sayfi Saroyi «Gulistoni bit-turkiy» asarining ja?on bo'yicha birdan-bir nushasi Leyden universitetining kutubhonasida sa?lanmo?da. Bu ?o'lyozmaning fotonushasi Moskva va Toshkentda ?am sa?lanmo?da. Far?onada topilgan «Yodgornoma»da bor.. Sayfi Saroyi «Guliston»ning asosiy ma?zini olib uni o'z zamonasi ru?ini aks ettiruvchi yangi ?ikoyatlar, ?it'a va baytlar bilan to'ldirib, ona tilida hal?iga ta?dim etadi. Sayfi Saroyi «Guliston»idagi ?ikoyatlar ?uyidagi boblarga bo'lingan:

Munisa, [14.04.2023 15:28]


Birinchi bob-sultonlar ?a?idagi ?ikoyatlar.
Ikkinchi bob-fa?irlar ahlo?i ?a?idagi ?ikoyatlar.
Uchinchi bob-?anoatning foydasi ?a?idagi ?ikoyatlar.
To'rtinchi bob-sukutning foydasi ?a?idagi ?ikoyatlar.
Beshinchi bob-ish?dagi yigitlik sifati ?a?idagi ?ikoyatlar.
Oltinchi bob-?arilikdagi zaiflik sifatlari ?a?ida.
Еttinchi bob-tarbiyaning ta'siri ?a?ida.
Sakkizinchi bob-su?bat odoblari ?a?ida.

?ar ?ikoyatning ohirida masal yoki falsafiy chekinishlar mavjud. Masallar, to'rtlik, baytlar shoirning mulo?azalarini tasdi?lash uchun hizmat ?ilgan.


Asardagi ?ikoyatlar mavzulari rang-barang bo'lganidek, obrazlar ?am hilma-hildir. Sho?lar, vazirlar, amaldorlar, ru?oniylar, olimlar, ?unarmandlar, de??onlar, darveshlar, o'?rilar, pa?lavonlar, savdogarlar va bosh?alar. SHartli tarzda nomlanuvi «Asir, podsho va vazir» ?a?idagi (asir podshoni so'kishi, ikki vazir ikki hil tal?in etishi), («Podsho va uch o'?li») kichik o'?ilning ko'rimsiz, ammo jasurligi), «Malik, ?ul va kema», «No'shiravon va kiyik ovlash», «Tosh bilan bo?li? ?ikoyat», «Pa?lavon va shogirdi» (shogirdning hiyonati va 360 usul), «Pa?lavon va so'kish», «O'?ri, shoir va itlar» kabi ?ikoyatlar harakterlidir.

Umuman, «Gulistoni bit-turkiy»dagi ?ikoyatlarni o'?ish, undagi mazmun va mo?iyatni anglash, ?ikoyatlardagi ?izi?arli tasvirlar ?ar bir o'?uvchini o'ziga rom eta oladi.

06

?AZALLAR


* * *

Taolallo?, zi?i surat, zi?i ma?bubi ru?oniy,


Kim oning ?usni shav?indin ko'ngullar bo'ldi nuroniy.

Mufarri? shevali dilbar, tili to'ti, so'zi shakkar,


Kiyik ko'zli, ?amar manzar, malo?at mulki sultoni.

Ko'ngul olur ko'zi oli, fara? berur engi oli,


Bo'yidur sarvning toli, yuzi jannat gulistoni.

Gunashtek belgili sho?id, jamoli ?avlima sho?id,


Kechar ?asrat bilan zo?id yiro?dan ko'rmaga oni.

Alo, ey dilbari manzur, bu ko'rkingga bo'lub ma?rur,


Ko'ngullar ?ilma?il ranjur, kechar bu ?usn davroni.

Bu muddatni ?animat bil, bu fursatda vafolar ?il,


Bu izzat birla bo'l ko'p yil, haloyi?ning sevar joni.

?oshing chun bayram oyidur, ja?on ?usning gadoyidur,


?ulung Sayfi Saroyidur, bukun ul sun' ?ayroni.

* * *


oblozhka.jpg

Ul yuzi oykim, ja?onning jonidur,


Bu zamona ho'blarining honidur.

Yosamin tan, ?omati sarvi ravon,


Zulfi jannat bo?ining ray?onidur.

?amzasining oltina olam asir,


Ko'zlari davri ?amar fattonidur.

Kirpugining o'?ina jonlar nishon,


?oshi yosining ja?on ?urbonidur.

SHams aning ?ar kun yo?osindan tu?ar,


Ul sababdan bu ja?on nuroniydur.

Beslasin ushsho? jonin, chun bukun


Ko'z ?amar, yuz ?usnining davronidur.

Ko'rgali Sayfi Saroyi ?ul ani


?a? taolo sun'ining ?ayronidur.

* * *


Bu falak nechun meni doim ?aro ?inda tutar,
Bu otim Sayf o'ldu?uchunmi ?aro ?inda tutar?

?anda bir erdam eri bo'lsa oni ko'zdan solib,


Tekma bir erdamsiz erni ko'z ?aro?inda tutar.

So'zlarimning jav?arin orif ko'rub, ?adrin bilib,


Ko'p ba?oli dur bekin doim ?ulo?inda tutar.

Ol bilan oldi ko'ngul mendin bir oy yuzli mali?,


Kim muanbar holi asvad ol yango?inda tutar.

?usn ichinda yo'? naziri, lekin ul joni ja?on


Doimo oshi?larini ishtiyo?inda tutar.

Odati budur ?amisha bevafo ma'shu?aning,


Kim aning vaslin tilasa, o'l firo?inda tutar.

Bu falak javri bekin Sayfi Saroyi ba?rini


Ul yuzi oy ?ajr o'tining i?tiro?inda tutar,

* * *


Dilbarimning zulfi sunbul, che?rasi gulzor erur,
Bo'yina oshi? sanavbar, yuzina gul zor erur.

O?zi fastu?, ko'rki tangsu?, o'zi mushfi? yor erur,


?usnining chovi Hitou Chin ichinda bor erur.

Asli alchin, so'zlari chin, ko'zlari totor erur,


Ming yashar ?arkim dudo?i sharbatin totor erur.

Ish?ining elchisina ko'nglum muna??ash dor erur.


Zulfina tushgan ko'ngullarning ma?omi dor erur.

Nechakim ish?i o'ti bu jon ichinda bor erur,


Ka?rabo o'zra ko'zumdan dam-badam durbor erur.

SHa?d so'zi, orif o'zi, vo?ifi asror erur.


Vasl bo'stonida hush oshi?larin asror erur.

Vasfina Sayfi Saroyining ishi ash'or erur,


Andin o'zga birla oshi??a emak osh or erur.

* * *


Ey ko'rklilar hayoli bilan mubtalo ko'ngul,
Ko'zi bilan keturgan o'zina balo ko'ngul.

Ne erda bir ?amar kibi yuz ko'rijak ravon,


Ko'zo'ng yumub tusharsan oning o'tino, ko'ngul.

Munisa, [14.04.2023 15:28]


Bir gul yango?li jodu ?ara?li?a u?rasang,
Joning fido ?ilursen o'shul dam ango, ko'ngul.

Sultonlar o'?li zulfina gustoh ?o'l sunan,


Sensan elinda bir yo'li yo'? benavo, ko'ngul.

Ul kim seni jafo bila o'lturmaga tilar,


Ming jon bilan ?ilursen anga hush duo, ko'ngul.

Tortib zamona ho'blarining javrini mudom,


Ko'rdungmi ?ech birinda bulardin vafo, ko'ngul.

Kuydum sening bila necha kez fur?at o'tina,


Yillar chekib sening bila javru jafo, ko'ngul.

?ozi evi ne erda, ajab mufti ?aydadur.


?il?ay edim sening bila hush mojaro, ko'ngul.

Sayfi Saroyini bu ?aro ?inda bo?lasang.


Ho'blar jafosi birla bo'lursen fano, ko'ngul.

* * *


Topulmas ?usn mulkinda senga teng bir ?amar manzar,
Na manzar, manzari sho?id, na sho?id, sho?idi dilbar.

Bu kun Yusuf jamolini ?ilibtur ?a? sanga bahshish,


Na bahshish, bahshishi davlat, na davlat, davlati mafhar.

So'zung durru javo?irdur, ko'ngullar ganjina loyi?,


Na loyi?, loyi?i hisrav, na hisrav, hisravi kishvar.

SHakardan totlidur hul?ung, karamda hotiring matlab,


Na matlab, matlabi ma'dan, na ma'dan, madani jav?ar.

Zi?i davlatli oshi?kim, sening birlan ?ilur ishrat,


Na ishrat, ishrati jannat, na jannat, jannati kavsar.

Bu ?usnung shav?i zav?inda ko'ngul to'tilari tobti,


Na tobti, tobti hush lazzat, na lazzat, lazzati shakkar.

Jamoling na?shina Sayfi Saroyi ba?ladi surat


Na surat, surati ?asno, na ?asno, ?usni jonparvar.

* * *


Ko'rkli yuzungga bo??an ko'zlarga jon ko'runur
Doyim murassa' o?zing gav?arfishon ko'runur.

Bozor ichinda ?usnung ishva sotib olur jon,


Bo'ston ichinda ?adding sarvi ravon ko'runur.

?a? sun'i oy yuzungni ?ilmo? uchun tamosho


?ar sub?idam ?opungda hal?i ja?on ko'runur.

Erta-kecha ko'zumdin ketmas uchun hayoling,


Ne erga bo?sam anda ?usnung ayon ko'runur.

Sayfi Saroyi nazmi ?usnung sifoti birla


Doyim bu el tilinda hush dilsiton ko'runur.

* * *


?urub ?oshi yosin ?aro ko'zlaring,
Otar kirpuk o'?in mango ko'zlaring.

Bir o'? birla Rustamni otdin yi?ar,


Necha otsa ?ilmas hato ko'zlaring.

?aro?chi balo ?ilsa tuz yozida,


?ilur doim elda balo ko'zlaring.

Olur sabr jondin, ko'nguldan ?aror


Kima bo?sa bir kez ?iyo ko'zlaring.

Ko'ngullarni bo?lab ?aro zulfina,


O'sanmasmi jonlar olo ko'zlaring.

Ne yo'ldan bu Sayfi Saroyining o'sh


To'kub ?onin ichar ?ano ko'zlaring.

Agar ?ay demasang, ja?onni harob


?ilur ?amza bilan yono ko'zlaring.

* * *


?amar yuzungdin bo'lur munavvar,
SHakar so'zungdan kelur mukarrar.

Gunash yuzungni ko'rub haloyi?,


Bo'lub tururlar sanga musahhar.

Ko'ngulga doyim fara? berurga


Kelib hayoling bo'dur musavvar.

Tugandi umrum firo? elinda,


?achon visoling bo'lur muyassar.

O'?ur sifoting bu Sayfi shaydo,


Yozib dafotir uza mufassar.

* * *


Yangi oydur ?oshing, ey ko'rkaboyim,
?ilur bayram yuzungni ko'rsa soyim.

Suv ichkanda dudo?ingdan suv tomsa,


Bitar ?andu shakar ul erda doyim.

Jamolingdur bu kun olam safosi,


Hayolingdur ?amisha jon fizoyim.

Kerak o'ltur, kerak asra, ?ulungman,


Muborak buyru?ungdur ?utlu royim.

Mufarri? nazm etib Sayfi Saroyi


Sifotingni o'?ur, ey ko'rkaboyim.

FI AVSOFI SHUARO

Ja?on shoirlari, ey gulshani bo?,
Kimi bulbul durur so'zda, kimi zo?

Kimi to'ti bekin chaynar shakarni,


Kimi lafzi bilan o'rtar dararni.

Kimining so'zlari mavzunu shirin,


Kimining loyi?i tashrifu ta?sin.

Kimi o'zganing ash'orin menim der,


Kimi ?alvo kibi shal?am cho'bin er.

Kimi ma'niy ?o'yub lafzin tuzotur,


Kimi vaznin buzub san'at kuzotur.

Alarning o'sh biri Sayfi Saroyi,


Ja?on oriflarining hoki poyi.

Ani sen jumla shoir kamtari bil,


?amar yuzga ?amisha mushtari bil.

?ASIDA


Oltun ?anotin ochti esa sub? sun?uri,
Ko'k ko'lga botti jumla kavokib kabutari.

Isfandiyori Rum chi?ib tiktisa alam,


Bo'ldi ko'rub ?azimat oni shom lashkari.

To'kti ?irmizi may ?on a?itib charh tosina,


Tunnung yurak tomirin ochib sub? nishtari.

?ushlar ko'rub ?avoda ani boshladi ravon,


Tili otilancha o'kmaga allo?u akbari.

Jannat mengiz bezadisa ul dam o'zin ja?on,


Ra?s urdi oshi?ona yurub charh chanbari.

Bo'ston ichinda turli chechak anjuman ?urub,


Ra?mat sharobi birla bo'lub mast ?ar biri.

Munisa, [14.04.2023 15:28]


Sundi piyola lola ?izil gulga gul ichib,
Bulbulga ?arshi ochti jamolin yana tari.

Bulbul mu?anniy bo'ldi navoda tuzub na?am,


Nargisni uy?arib yana esritti ab?ari.

Ma'shu?a ?omati kibi turlik chechak aro,


Hush ?o'llarin solib solinur sarv ari-bari.

Bo'ston ichinda mushk sota boshladi sabo,


To'ldi ja?on dimo?ina gullar muattari.

Ul anjuman ichinda edim, keldi noga?on


Bir hush ?abib manzaru ushsho? dilbari.

?addin ko'rub er o'pti aning sarvi bo'ston,


Zulfi buro?ti olama mushk ila anbari,

Aydi ravon ?asidan ?arro ?ilib bu kun,


Eltkil aning ?atinakim ul da?r mafhari.

Iskandariyaning maliki bo'zlar a?li jud,


Kim ?otami zamona kerak bo'lsa chokari.

?amza yurakli erdam eri Rustami zamon


Bu asr ichinda o'zlarining yo'? barobari.

Ey ma'dani shijoatu ma?diyi ro'zgor,


V-ey manbai sahovatu i?bol manzari.

Sen ul yagona forisi chobuksuvorsen,


Bir o'? bilan yi?arsen urubon ?azanfari.

SHatranji bahtu nardi saodat sening bilan


Kim o'ynadi utuldiyu bo?landi shash dari.

Bazmingda tutti Zu?ra bu ushsho? pardasin,


So?iy ?amar bo'lub sanga tegruchi mushtari.

Sayfi Saroyi hidmatinga mad? o'?ub to'kar


Ba?ri aruz ichindan olib durri jav?ari,

Bo'ldi ?idoyi ru?u ko'ngullar mufarri?i,


Ko'rkli sifatlaring bila devonu daftari.

Bu mad? ul ?asida?a ?ildim javobkim


Tun zulfini kesarda tutub sub? hanjari.

Necha to'zutsa bodi ba?oriy abiru mushk,


Necha chamanda bodi hazon ?ilsa zargariy.

Oncha?a tegru egu oting hayr uza ?olib,


So'zlansin el tilinda ja?onning dilovari.

?IT'ALAR


Nedur ul kim so'?ub tartib bungalmas,
Boshi zahmi davo birlan o'ngalmas.

* * *


Kim keldi esa ja?on?a, shak yo'?ki, ketar,
O?il kelibon bu erda ko'p hayr etar,
Sen eguluk et da?i tengizga sol?il,
Yozida sanga ya?in bil ul hayr etar.

ASARLARIDAN ?IKMATLAR

* * *

Yomon birla umrni zoe etma,


?uru naydan kishi shakkar emish yo'?.

* * *


?il ?azar dushman so'zindin, ey rafi?,
Nekim ul aytsa, aning aksin et.

* * *


O?il ul so'zni o'rinda so'zlagay,
?am javobini munosib ko'zlagay.

* * *


So'zung durru javo?irdur ko'ngullar ganjina loyi?.

* * *


?a?i?iy do'stung yoringdur ulkim,
?o'lung tutsa oyo?din tushganingda.

* * *


Ulu?lik tilasang sahiy bo'l, sahiy,
Sahiyni sevar ?a? taolo, ahiy.

* * *


Ichirib elga ?oshu? birla shurba,
CHo'much sopi bilan ko'zini chi?arma.

* * *


Nafsin o'lturgan er bo'lur ?oziy,
Er esang ?osil et aning bikin ot.

* * *


Dard o'zi sha?d, agar za?ar erur,
Badr kavokib aro anvar erur.
O'z eridin alar ?ilsa inti?ol,
Ikkisi ?am o'l?usi pajmurda ?ol.

* * *


Hotin sodi?, ani sevgil, aziz er,
?ar o?ir ishda ?am doim seni der.
Unga do'st bo'lgil, uni sevgil, ko'ngul ber.
Uning so'z ba?ridan gav?arlarin ter.

* * *


Bilursan za?mina chun to?ating yo'?,
?o'lingni su?magil a?rab inina.

* * *


Bu muddatni ?animat bil, bu fursatda vafolar ?il,
Bu izzat birla bo'l ko'p yil haloyi?ning sevar joni.

«SU?AYL VA GULDURSUN»


Doston

45.jpg


Emas afsona chin ushbu bitilmish,
Bu chin afsonatek ish?da etilmish.

Ayittim o?labon davrim jafosin,


Bir erning ?issayi a?du vafosin.

Temur Urganja tortib keldi lashkar,


Ko'rub ko'z — ko'r, bo'lib ?oldi ?ulo? — kar.

?o'zutti1 jang bilan olamda to'fon,


O?itti suv tekin er uzra ko'p ?on.

Ekinchi evlari yo?ildi o't?a,


Buday sovruldi, tupro? bo'ldi bo't?a.

O'lib katti so'?ishda6 To'htamishhon,


Tiri ayrildi tuv?ondin tu?ush?on.

Su?ayli alpni elttilar asirga,


?ama ?oldi bo'lub ojiz bu sirga.

Sipo?iylar ?ilolmay ?oldi chora,


Fa?at ?ondirdi bu ?am dilda yora.

Su?ayl ?usni erur Yusufdin oliy,


Etar mot olmani yuzining oli.

Biyik ardamlari bor, so'zi shirin,


Bo'lur oshi? ani ko'rganda Shirin.

Vale javr toshi yo?ib boshi uzra,


Eti?ti boshini ham ?oshi uzra.

Una yo'?tur zulmkorlarda parvo,


Kima mungaysin etib darda davo?

Fa?at ?olini ko'rganlar etur o?,


Uchar atrofda ?ushlar – dardli ?amro?.

Bo'lub mutrib gulistonlarda bulbul,


?ilur ming turli na?ma birla ?ul?ul.

Boshin egmish etib oltin bosho?lar,


Bosho?larni ekinchilar masho?lar.

Yi?or don el uchun shundan ekinchi,


Erur bor ekmagidindur ilinji.

O?ochlarda shakar tekin emishlar.


Bu erni ellari ujmo?6 demishlar.

Munisa, [14.04.2023 15:28]


Su?ayl shu yo'l uzar bormo?da ?amgin,
Sevinchi ?ora kiygan, ko'zi namgin.

Uning ko'nglinda so'l?inli? ?amisha,


Ko'rinmas unga gulzoru na besha.

Su?aylning cho?da yotmishi

Poyu ilkin etib zanjir bilan band,
O?ochnida anga ettilar poband.

Va oni tashladilar katta cho?ga,


Sira osmay alar go'sh o?u vo?ga.

Gunash dunyo yuzindin cho??a botti,


Uzulgan gul tekin tupro?da yotti.

U yotgan cho? ichi yo'? shu'layi nur,


O'langamas tiriga erdi bir go'r.

Va lekin erdami bor, suv o'lmas,


?avilar?a ?ech anda ?o'r?uv bo'lmas.

Falak aylanmasi-la davr etgay,


Adolat urlu?undin baht bitgay.

Su?aylning tush ko'rmishi

Azob ichra yotib zindonda Su?ayl,
Etardi ?or?onida uy?uni mayl.

Ko'rub uy?uda ?am ?o'r?uvli tushdin,


?olurdi ayrilib ?ar damda ?ushdin.

Bu tushda: bir pari bo?da yurarmish,


Yurub bo? ichra u gullar terarmish.

Deyub anga Su?ayl: «Ne gul terursen?


O'zing gulshanda ko'rkli gul erursen.

Nedur zoting, pari yo odamizod?


Manga ayt, odingi doim etay yod,

Shukurlar etoyin allo?a ming bor,


Ki etkurdi manga sentek gunash yor».

Javob kutti bo'lub u ish aro mast,


Vale ta?dir kulub tez bermadi dast.

?azoldek silkinib ?ochti parivash,


Su?ayl ko'ngli?a tashlab katta otash.

Su?ayl yurdi pari ?och?an sori?a,


Еtay deb ma?vashi — dilkash pari?a.

Еtolmay ko'rgoni ruhsori mo??a,


Yi?ildi yugrubon6 poy uzra cho??a.

Uyonib bildi shunda tush ekonin,


Va sezdi bot?anin andu? tikonin.

Sho? ?izi Guldursun Su?aylni ko'rgoni


va uni sevib ?ol?anin bayoni

O'lan uzra ?urul?an haymada sho?,


Zafardan shod bo'lub yotmishdi ogo?.

Bor erdi sho? ?izi, Guldursun oti,


Tilim evrilmas aytmo?a sifoti(n).

Emas gul yuzi Guldursundin ortu?,


Aning ko'nglinda ish? tengizdin ortu?.

Eturdi fasli gul sayri hiyobon,


Necha ma?ramlari birlan hiromon.

Shu on kelturdilar cho?ga Su?aylni,


Guldursun bo?ibon to'htatti saylni.

Su?aylni ko'rdiyu, aylandi birtek


Kunash girdinda yurgan misli – ertek.

O'zin gul bildiyu, bulbul — Su?aylni,


Uni sevdiyu, taslim etti maylni.

Va ne chora ?isin bulbul ?afasda,


Kerak gul ?unchasi ozod nafasda.

Sevar bulbul gulin, gul bulbulin ?am,


Nechun gul aylasin bulbul ko'zin nam?

Kelib Guldursun ko'nglina bu so'zlar,


Kejib kunlarki, bunga chora izlar.

U izlab chora, yahshi chora topti,


Solib ichina ?urni? evi yopti.

Evini istadi posbon?a bermak,


Kechin borib Su?aylni o'ldi ko'rmak.

Guldursunning cho??a tushub Su?ayl bilan so'zlash?oni

Kechin bo'l?ach, borib posbon?a o'tru,
O'zin ho?ishin aytti anda o'tru.

Epi eb, isrigach bir onda posbon,


Cho? ichra bo?ti tez hurshidi tobon.

Ne ko'rsunkim, bo'lub tupro?da be?ol,


Su?ayl yotur, toptolmish yan?li gul ol.

Ko'rub Guldursun o?lab ?oli?a yuz,


Cho? ichra kirdi, ?o'ydi yuzina yuz.

Su?ayl boshin ko'torib ko'rdi ?izni,


?ul ermas, podsho? deb sezdi o'zni.

O'nginda tushdakin ko'rganga u shod,


Alam toshi sinib, dil bo'ldi ozod.

Alar yuz ?o'yishib bir-bir yuzina,


Uzo? bo?ishtilar bir-bir ko'zina.

Guldursun aytti anga: Men fidoying.


Su?ayl aytti anga: O'ldim gadoying.

Seningsiz manga olamdur ?aron?u,


O'limda solma?ay bizlara ?ul?u.

Agar ming jonim o'lsa senga torti?,


Bo'lurmu do'stu yorli? shundan orti??

Su?ayl bilan Guldursunning cho?din


chi?ib ?och?onlari bayoni

Bu kech sengayu menga keldi bir gez,


Dedi Su?ayl?a Guldursun: «Turub tez

Chi?ib cho?din uzo?lar?a ?ochaylik,


Bu erda a?lamay ko'ngil ochaylik».

Su?ayl kiydi turub arvad ?umoshin,


Chi?arsa kimsa yo'?, cho?din u boshin.

Alar ?o'ydi ikkisi yo'l sari poy,


Bo?ib tur?onda yo'l?a zar sochib oy.

Birikib ketti oshi?lar uzo??a,


Ilinmay yo'l uza ?o'y?on tuzo??a.

Alar ko'p yurdiyu sa?ro?a kirdi,


Gunashdin sa?ro ichra do'zah erdi.

Yo'? erdi suv, emakka anda o'tmak,


Agar bo'lganda ?am a?chasi lak-lak.

Uchib kelmas edi ?ushlar bu erga,


Topilmas erdi suv, tashna ?ar er?a.

Yi?ildi tashna Guldursun ochindin,


Ko'mak kimdin kelur, cho'l ichra kimdin?!

Su?ayl bordi topur?a suv?a, don?a,


Vale darmon berolmay ?oldi jon?a,

U yol?iz sa?ro ichra ?oldi yol?iz,


Bo'lub tashna, ?urub ?ol?ontek ildiz.

Menga yahshi dedi yor birla o'lmak,


Na lozim ?am bilan dunyoda ?olmak!

Shu so'zni aytti, ti? urdi o'zi?a,


Ko'rinmay ?oldi keng olam ko'zi?a.

Munisa, [14.04.2023 15:28]


Su?ayl o?idin shu dam ?o'pti bo'ron,
Aningtekkim, buzuldi charhi davron.

Alar uzra to'kildi, ko'mdi tupro?,


Bu sirni tan?o sa?ro bildi ko'pro?.

Anga keldi sharaf mard o'lmagindin,


Na kelgay erdi ?o'r?ub ?olmagindin?!

O'lurmu sevgi ?am bil, shundin ortu?,


Ki ikkisi ?ilur jonini tortu?.

Hotin sodi?, ani sevgil, aziz er,


?ar o?ir ishda ?am doim seni der.

Unga do'st bo'l, uni sevgil, ko'ngul ber,


Uning so'z ba?ridan gav?arlarin ter!

Kelib ko'nglima Majnun, Layli yodi,


Dafotir ustina so'z seli yo?di.

Bo'lur bu bitikkim, tarihga yodgor,


Bu yodgorimda yol?on yo'?u chin bor.

Bitilgan nomani ellar o'?u?ay,


Su?aylning tarihini toza bil?ay.

Ilo?o, asragin Sayfi Saroying,


Halos aylab zulmdin keng saroying.

Edi yuz to'?son olti, navro'z oyi,


Hatm etti buni Sayfi Saroyi.

«GULISTONI BIT-TURKIY»DAN


?IKOYATLAR

Bir sultonning uch o'?li bor edi. Ikkisi uzun bo'yli, so?ibjamol da?i biri ?is?a bo'yli edi. Bir kun sulton bu ?is?a bo'yli o'?lina ?a?orat ko'zi bila bo?ti. O'?lon farosat bilan bildi, da?i aytdi: «Ey ota, uzun bo'yli a?ma?dan ?is?a bo'yli o?il yahshiro? durur…

She'r

Bir ori? o?il odamiy aytti,


Bir semiz abla?a kelib ?arshi.
Necha bo'lsa zaif toziy it,
Bir tavila eshakdan ul yahshi.

Bu latifa sulton?a hush keldi, da?i kuldi, ?arindoshlari eshitib malul bo'ldi.

?ikoyat

No'shiravoni odilga ovda kiyik shishladilar. Tuz yo'? edi. Bir ?ul kentga bordikim, tuz keturgay. No'shiravon anga aytti: «Tuzni ?iymat bilan olgilkim, rasm ?olib kent harob bo'lmasun». Ul ?ul aytti: «Bu ?adar tuz olmo? bilan ne halal kelgay?» Aytti: «Zulmning asosi avval oz edi. ?ar kim keldi mazid ?ildi, to bu ?oyat?a etti».

She'r

Raiyat bo?ining sulton olib esa bir olmasin,


Yuzor mundin egay bir ?ul barini ilmayin tishka.
Buyursa besh yumurt?ani olur?a kuch bila sulton,
Navkarlari tutub sanchar yigirma ?ozni bir shishka.

?ikoyat


Bir kurashchi pa?lavon uch yuz oltmish turli kurash ilmin bilur erdi. Tekma bir kun bir turli ilm bilan kurashur edi.Shogirdlarindan bir so?ibjamol o'?lon bilan hotiri mutaalli? bo'lub, uch yuz elli to'??uz turli kurash ilmin anga o'rgatti; o'?lon ul ?oyat?a ettikim, bu viloyatda ne ?adar kurashchi bor edi, barchasin bosti. Bir kun sulton hidmatina kelib, er o'pub aytti: «Ustodimning menim uza tarbiyat ?a??i bor, yo'?sa ?uvvatda va san'atda men andan ortu?man». Bu so'z sultonga hush kelmadi. Buyurdikim kurashsunlar. Ma?om tartib ?ildilar. Arkoni davlat va a'yoni ?azrat umaro va vuzaro ?ozir bo'ldilar. O'?lon usruk fil kabi maydona kirib, tasavvur ettikim, temurdan to? bo'lsa, erindan ?o'por?ayman.
Ustodi da?i bildikim, o'zindan ortu? turur. Ul bir ilmnikim mundane kizlab edi, ani amalga keturdi. O'?lon dav eta bilmadi. O'?lonni ko'tarib, ?avodan erga urdi. Hal?dan ?irev ?o'pti.

Sulton buyurdi: Ustodina hil'at va ne'mat berdilar. Da?i o'?lonni malomat ?ildilarkim, sen o'z ustoding bilan da'vo ?ilding, da'vong botil bo'ldi.

O'?lon aytti: «Ula menim uza ?uvvat bilan ?olib bo'lmadi, balki kurash ta'limindan bir da?i?ani kizlamish, ani bila ?olib bo'ldi».

Ustodi aytti: «Bali, ul da?i?ani bukun uchun kizlab edim».

O?illar masali turur: «Do'st?a ul ?adar yori ?il?ilkim, dushman bo'lsa zafar topma?ay».

She'r


YO vafo yo'? turur bu olamda,
YO kishi ?ilmadi ja?onda ani.
Mendan o'? ilmin o'granib ketkan,
O?ibat ?ildi ul nishona mani.

?ikoyat


Ikki hurosoniy fa?ir biri-biri su?batina mulozim bo'lur, sayo?at ?ilur edilar. Biri zaif va biri ?aviy edi. Zaif ?unduz uruj tutar,kecha iftor etar da?i ?aviysi kunda uch navbat emak er. Bir kun bularni bir sha?arning eshikinda josus deb tu?mat bilan tuttilar.

Ikkisini bir evga soldilar, da?i eshikni ma?kam bekitdilar.

Bir jum'adan so'ngra ma'lum ?ildilarkim, yozu?lari yo'? emish,kelib ko'rdilarkim, ?aviysi o'lmish, zaifi salomat ?olmish. Taajjub ?ildilarkim, nechuk bo'ldi deb. Bir ?akim ?ozir edi. Aytti: «Agar munung hilofi bo'lsa, ajab bo'l?ay edi. Ul biri ko'p er edi, ochli??a to?at keturmadi, o'ldi. Da?i bu biri oz er edi, odatincha sabr etib salomat ?oldi».

She'r


Munisa, [14.04.2023 15:28]
?ar kima bo'lsa tabiat oz emak,
Ollina kelsa masha??at sabr etar.
Kim badan beslar esa keng aysh uza,
Tor erga o'?rasa eldan ketar.

?ikoyat


Bir o'?ri bir tilanchiga aytti: «Uyalmasmisankim, tekma bir hasis ?atina borib buchuk ?abba uchun yuz suvun to'kub, aling uzatursan». Fa?ir aytti:

She'r


Ko'b yahshi alin uzatib andan tilamak
Kim, ikki diram uchun ?o'lun keskaylar.

?ikoyat


Bir tojir o'?lin ayturlar ko'b turli ilmu ?unar bilur edi.?achonkim, olimlar majlisinda o'tursa, bir kalima so'z so'zlamas edi.Bir kun otasi aytti: «Ey o'?lum, sen da?i so'zlagil onlardankim bilursan». Aytti: «?o'r?arman, bilmaganimdan so'r?aylar, javob topmayin hijil bo'l?ayman».

She'r


Hona?o? eshikinda bir so'fi
?ab?abina urur edi mismor.
Bir si?o?i engin tutib aytti,
Otima na'l ur?ul, ey baytor.

?ikoyat


Sulton Ma?mud ?ullarindan bir nechasini kelib, Hoja ?asan Maymandiyga so'rdilarkim: «Bu kun sulton senga ne aytti, falon masla?atda?» Aytti: «Ul sizga da?i o'rtukli ?olma?ay, eshitgaysiz». Onlar aytti: «Sen vaziri mamlakatsan, ul so'znikim, sulton senga ayt?ay, ani bizing tekinlarga aytmo? ravo degul». Hoja ?asan aytti: «Ul e'ti?od bilankim bilursiz, kishiga aytmo? kerakmas, bas nechun so'rarsiz?»

She'r


?ilmadi rozin bilikli yor, fosh,
Ketmasun deb sho? sirri birla bosh.

?ikoyat


Bir kun Rustam onasina ?atti so'zladi. Aning ko'ngli o?rib, yi?lab aytti: «Magar kichiklikni unuttungkim ulu?lu? etarsan».

She'r


Onasi injinib Rustamga aytti,
Ayo ko'rgan o'zun ?aybatli arslon.
Agar bo'lsa edi yodingda ul kun –
Kim, alimda eding bir yashar o'?lon.
Bukun bo'yla menga javr etmas eding –
Ki, sen bir pa?lavon, men bir ?ari jon.

?ikoyat


Bir ?akim o'?lonlarina nasi?at berur edikim: «Ey o'?lonlarim,erdam o'graningkim, dunyoning molina va mulkina va jo?ina e'tibor yo'? turur. Jo? bir kun eshikdan chi?ib ketar da?i oltunini, kumushni safarda ?aromiy olur, yo sha?arda o'?ri, yo so?ibi eb tugatur, ammo erdam – bir chashma dururkim, doim suvi toshib kela durur da?i erdam eyasi davlatindan tushsa, ?ay?usi yo'? turur. Aning uchunkim, erdam eyasining davlati turur da?i erdam eyasi ?anda borsa, oltun berurlar da?i yu?ori kechururlar va lekin erdamsizlar lu?ma tilanib, minnat yukin ko'tarib yururlar».

She'r


Shom elinda fitna ?o'bti bir zamon,
O'ylakim, bo'ldi ja?onda doston.

Hal?i ketti honumonin tark etib,


Еttilar o'zga viloyat?a kelib.

Topti erdamli kishi anda sharaf,


Ey necha erdamsiz er bo'ldi talaf.

Bo'ldi erdamli fa?ir o'?li vazir,


?oldi erdamsiz vazir o'?li fa?ir.

Erdam – erning davlatidur bil ya?in –


Kim, tuganmas mol erur matlablayin.

Asarni to'li? ?olda sa?ifa pastida mutolaa ?iling

IZO?TALAB SO'ZLAR

Munisa, [14.04.2023 15:28]


mukarrar – takror-takror
kunash – ?uyosh
musahhar – taslim
fara? – shodlik, ?uvonch
musavvar – mujassam, tasvir etilgan
elinda – ?o'lida
dafotir – daftarlar
mufassar – tafsir, shar?
zo? – ?ar?a
bekin – kabi, day
durar – durlar, marvaridlar
mavzun – vaznli
san'at kuzatur – san'atni ko'zlaydi, san'atbozlik ?iladi
hoki poyi – oyo?lari ostining tupro?i
mushtari – talabgor
o?labon – yi?lab, achinib
uyonib – uy?onib
hayma – chodir, o'tov
evrilmas – aylanmas
sifoti(n) – sifatlarini
tengiz – dengiz
ma?ram – dugonalari, kanizaklari
aylandi birtek – ?ayron bo'lib aylanaverdi
?isin – ?ilsin
kejib – kechib
?urni? – ?ulf, zanjir
o'ldi ko'rmak – ko'rmo?chi bo'ldi
kechin – kech
o'tru – 1) o'tirib va 2) ?arshisida
epi – sharob, bo'za
isrigach – mast bo'lgach
o?lab – yi?lab
?ul?u – judolik
gez – va?t, kez, payt
arvad – badan
?umosh – tovar, kiyim
o'tmak – emaklik, ov?at
?o'zutti – ?o'z?atdi
o?itti – o?izdi
tekin – kabi
ekinchi – de??on
buday – bu?doy
so'?ish – jang
tiri – tirik
yora – yara, jaro?at
oli – ?izil
ardam – fazilat, oliy hislatlari
una – unga
mutrib – kuychi, ashulachi
etib – pishib etilib
masho?lar – yi?ib oladilar, hirmon ?iladilar
o?ochlar – darahtlar, (mevali darahtlar)
emishlar – mevalar
ellari – hal?i, odamlari
ujmo? – jannat
namgin – namli, yoshli
besha – o'rmon
poyu – oyo?
o?ochnida – yo?och tahtakachda
cho? – ?udu?
go'sh – ?ulo?
gunash – ?uyosh
o'langamas – o'lganga emas
— erdam – nomusi, ori
urlu? – uru?
olingi – otingni
?azol (?izol) – o?u, jayron
ruhsori mo? – oy yuzli, yuzi oyday
yugrib-on – yugurib borib
o'lurmu – bo'ladimi
dafotir – daftarlar
bitik – yozuv, asar
yodi – etti
hatm etti – tugatti, tamomladi

0f3f92a5550ab82992827066a9ad44cd.jpg
Download 32.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling