Servis faoliyati asoslari


Download 322.53 Kb.
bet1/25
Sana26.06.2023
Hajmi322.53 Kb.
#1656220
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
MAVZU Xizmat ko’rsatuvchi mutaxasisning kasbiy tayyorgarligi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI





IQTISODIYOT FAKULTETI TURIZM (O’ZBEK) YO’NALISHI
1 KURS 221-GURUH TALABASI SODIQOV OXUNJONNING
SERVIS FAOLIYATI ASOSLARI” FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI


MAVZU: Xizmat ko’rsatuvchi mutaxasisning kasbiy tayyorgarligi


Topshirdi: Sodiqov Oxunjon _____
Qabul qildi: ___________________ ______

Urganch-2023


Reja


Kirish
I BOB XIZMATLAR SOHASIDA XODIMLARNING KASBIY MAHORATI
1.1.Xizmat ko’rsatish sohasida zarur bo’lgan kasbiy ko’nikmalar
1.2. Xizmat ko’rsatishda ekskursiya rahbari – gidga qo‘yilgan talablar
II BOB TURIZM SOHASIDA XAVFSIZLIK VA BOSHQARUVDA KKASBIY KO’NIKMANING O’RNI
2.1.Turist politsiya organlari xodimlari faoliyatida kasbiy mahorat va muomala madaniyatining ahamiyati
2.2.Menejerning kasbiy mahorati va unga qo’yilgan talablar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Mazuning dolzarbligi. Xizmatlar bugungi kunda jahondagi eng ko`p foyda keltiruvchi sohaga aylangan. So`nggi yillarda uning jahondagi tovarlar va xizmatlar savdosining 10 % to`g`ri kelmoqda. Shuning uchun ko`pgina mamlakatlarda bu sohaga alohida e`tibor qaratilmoqda.
Turizm rivojlanishi deyarli barcha sohalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatib mamlakat iqtisodiyotining dinamik tarzda o‘sishiga olib keladi. Shuningdek, sohaga kiritilayotgan sarmoya qisqa fursatda o‘zini oqlashi, turistik kompaniyalar imkoniyatlari kengayishi hamda yuqori foyda olish mumkinligi sohaga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmini oshirishga xizmat qiladi. Shuning uchun, ko‘pginа dаvlаtlаr vа tаdbirkоrlаr turizmni rivоjlаntirishga kаttа e’tibоr bеrmоqdаlаr.
O‘zbekiston Respublikasida turizm va ekskursiya biznesini rivojlantirishga oid rasmiy hujjatlarda turizmni rivojlantirish nafaqat sayohat qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tabiiy, madaniy va tarixiy qadriyatlar bilan tanishish orqali belgilab qo‘yilgan1. Respublikada turizm iqtisodiyotni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholining barcha qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning ustuvor tarmog‘i hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirish uchun barcha sharoitlar mavjud: madaniy-tarixiy qadriyatlar, tabiiy-iqlim sharoitlari.
Turizm sanoatida ish o'rinlari, soliq tushumlari va moliyaviy aylanmalar uchun katta imkoniyatlar mavjud. Respublika va uning hududlari madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy hayoti barqarorligini ta’minlashda turizm sohasining hissasi katta. Jahon turizm bozorlarida o‘ziga xos kurashning kuchayishi kadrlar kasbiy mahoratini oshirish zaruratini belgilab beradi. Mutaxassislarni tayyorlash turizm tashkilotlari, hududlar va umuman butun turizm industriyasining raqobatbardoshligini ta'minlaydigan dasturlarni ishlab chiqish strategiyasining eng dolzarb tarkibiy qismi hisoblanadi.

Download 322.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling