Servis xizmati
Download 35.94 Kb.
|
Gazlamaning zichligi tuchunchasiga ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.T o‘ quvchilik o‘ rilishlari haqida malumot bering.
- Polotno о ‘rilishi
- 4. Yirik gulli o‘rilishlar va ularga misollar keltiring.
- 5. Murakkab o‘ rilishlarni misollar bilan tushuntiring.
- 6. Qanday mayda gulli o‘ rilishlarni bilasiz
- 7. gazlamaning orilishlarini rangli qagozda tasvirlang
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI AL-ХОRAZMIY NОMIDAGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI “MEHNAT TA’LIMI” YO’NALISHI 181-GURUH TALABASI EGAMOVA MOMOJONNING “SERVIS XIZMATI”FANIDAN TAYYORLAGAN UY ISHI 1.Gazlamaning zichligi tuchunchasiga ta’rif keltiring. Gazlamaning zichligi. Gazlamalarning zichligi, odatda respublikada amal qiladigan meyoriy hujjatlarga muvofiq 10 santimetrga tо‘g‘ri keladigan arqoq va tanda iplar soni bilan ifodalanadi.Tanda va arqoq zichligi bir-xil bо‘lgan gazlamalar ham ishlab chiqariladi, bunday gazlamalarni zichligi bir tekis gazlama deb ataladi. Agar gazlamaning arqoq va tanda iplari zichligi har xil bо‘lsa, bunday gazlamalar zichligi notekis gazlamalar deb ataladi. Bundan tashqari gazlamaning haqiqiy, maksimal va nisbiy zichligi degan tushunchalar ham mavjud. Gazlamalarning haqiqiy zichligi 10 sm gazlama namunasiga tо‘g‘ri keladigan iplarning haqiqiy soni bilan belgilanadi. 2.To‘quvchilik o‘rilishlari haqida malumot bering. Gazlamalarning о‘rilishi, о‘zining tuzilishiga kо‘ra 4 ta sinfga ajraladi: oddiy (silliq) urilish, mayda naqshli о‘rilish, murakkab о‘rilish va yirik naqshli о‘rilishlarga bo’linadi. 3. Oddiy o‘rilishlar deganda nimani tushunasiz? Gazlamaning oddiy о‘rilishlar sinfiga polotno, sarja, atlas-satin о‘rilishlari kiradi. Barcha turdagi silliq о‘rilishlarga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat: tanda ipi arqoq ipi bilan bitta rapport ichida faqat bir marta о‘riladi; xar doim tanda bо‘yicha rapport, arqoq bо‘yicha rapportga teng bо‘ladi. Polotno о‘rilishi – gazlamalarning о‘rilishi ichida keng tarqalgan о‘rilish bо‘lib, bunda tanda va arqoq iplari navbatma-navbat keladi, gazlama о‘ngiga bir gal arqoq ipi, bir gal tanda ipi chiqadi. Sarja о‘rilishdagi gazlamalarning polotno о‘rilishdagi gazlamaga nisbatan farqli tomoni shundaki, gazlamaning о‘ng sirtida chapdan о‘ngga, pastdan yuqoriga diagonal bо‘ylab ketgan yо‘llar bо‘ladi. Ba’zi hollarda bu yо‘llar о‘ngdan chapga ham bо‘lishi mumkin. Satin va atlas о‘rilishli gazlamalarning о‘ngida chо‘ziq yopilishlar bо‘ladi, shuning uchun gazlamalarning о‘ngi odatda silliq bо‘ladi va tovlanib turadi. Satinning о‘ngida arqoq iplari, atlasning о‘ngida esa tanda iplari kо‘p bо‘ladi. Satin va atlas о‘rilishlar rapportida kamida beshta ip bо‘lishi kerak. 4. Yirik gulli o‘rilishlar va ularga misollar keltiring. o’lcham 2 santimetrdan katta bo’lgan yirik naqshlar, kuponlar yubka qiyiqlari ko’rinishidagi gul, hoshiyali gul va hokazo. «Kupon» gazlama - yirik gulli o’rilishdagi, oqartirilgan, tandasi 10 teksli kalava ipni 2 qavat qilib pishitilgan ipdan va arqog’i 14 teksli yakka kalava ipdan to’qilgan gazlama, uning eni 85 sm 1 kv. m. gazlamaning vazni 114 g. «Giasint» gazlamasi - yirik gulli o’rilishdagi yupqa, oqartirilgan gazlama. Tandasi qayta tarash usulida yigirilib, pishitilgan 14 teksli va arqog’i 10 teksli kalava ipni 2 qavat qilib pishitilgan ipdan to’qiladi, uning eni 85 sm, 1 kv. m. gazlamaning vazni 136 g. 5. Murakkab o‘rilishlarni misollar bilan tushuntiring. Murakkab о‘rilishlar ikki va undan ortiq iplar tizimidan hosil bо‘ladigan gazlama о‘rilishidir. Murakkab о‘rilishlar jumlasiga ikki tomonli, ikki qatlamli, tukli, pike, halqali va о‘ramali о‘rilishlar kiradi. Murakkab o’rilishlar hosil qilishda qo’shimcha iplar tizimini qo’llash natijasida gazlama qalinlashadi va issiqni saqlash xossasi yaxshilanadi. SHuning uchun qalin gazlamalar issiqni yaxshi saqlaydi va qishki kiyimlar tikish uchun ishlatiladi. 6. Qanday mayda gulli o‘rilishlarni bilasiz? Rogojka, Rogojka о‘rilishda naqsh polotno о‘rilishdagidan kо‘ra yaqqolroq nomoyon bо‘ladi , gazlamaning sirtida tо‘g‘ri tо‘rtburchak shaklidagi naqshlar sezilib turadi. Mayda naqshli о‘rilishlarning hosil turiga kuchaytirilgan sarja , murakkab sarja , teskari sarja va siniq sarja kiradi 7. gazlamaning o'rilishlarini rangli qag'ozda tasvirlang Download 35.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling