Sessiya oralig’i variant №21 1


Download 28.85 Kb.
bet1/6
Sana02.01.2022
Hajmi28.85 Kb.
#188238
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sessiya oralig


Sessiya oralig’i variant №21

1) 1989-yilning may – iyun oylarida farg’ona viloyatida fojiali voqealar ro’y berdi. O’sha yilning 20-may kuni Quvasoyda tub aholi bilan shu yerda istiqomat qiladigan mesxeti turklari o’rtasida to’qnashuv sodir bo’ldi. O’sha yilning iyun oyida Toshloq va Marg’ilonda shunday to’qnashuvlar yuz berib, keyinchalik Farg’onaning janubiga ko’chdi. 8-iyun kuni Qo’qon shahrida tinch namoyishchilar sobiq Ittifoq IIV ning ichki qo’shinlari tomonidan o’qqa tutildi. Ommaviy tartibsizliklar oqibatida 103 nafar kishi halok bo’ldi. Farg’ona voqealarining bir ancha sabablari bor edi. Bu viloyat rahbariyati, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodmlari tashkilotchilik ishlarida jiddiy xatolarga yo’l qo’yganlari, ijtimoiy-siyosiy vaziyatga obyektiv baho bera olmaganlari va yoshlarni ish bilan ta’minlashning chora-tadbirlari belgilanmaganlari bilan bog’liq edi.

Frag’onadagi voqealar tugaganidan so’ng ham har xil mish-mishlar natijasida Toshkent viloyatining Parkent va Bo’ka tumanlarida ba’zi kimsalar tomonidan noxush voqealar uyushtirildi. 1990-yilning avgust-sentabr oylarida Toshkent viloyatining Bo’ka tumanida janjal-to’polonlar bo’lib o’tadi.

1990-yil 3-mart kuni Parkentning markazida ommaviy tartibsizliklar tufayli shu yerlik M.Mirtursunov halokbo’ldi. Ushbu holat aholining kayfiyatiga salbiy ta’sir etib, norozilikni kuchaytirdi. 1990-yil 2-dekabr kuni Namangan shahrida ichki qo’shinlar harbiy xizmatchilari bilan mahalliy yoshlar o’rtasida kelib chiqqan janjal natijasida 5 nafar harbiy xizmatchi va 3 nafar mahalliy millatga mansub fuqaro halok bo’ldi.


Download 28.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling