Sevgi, sevganlik va yoqtirish


Download 66.5 Kb.
Sana25.05.2020
Hajmi66.5 Kb.
#109783
Bog'liq
SEVGI, SEVGANLIK VA YOQTIRISH


SEVGI, SEVGANLIK VA YOQTIRISH
Muhabbat (sevgi) juda ulug', nozik va bebaho tuyg'u. Bu Odam ato va momo Havvo yaratilganidan beri bor bo'lib, ko'rinishlarini ulamolar turli xillarga - navlarga bo'lganlar.

Kaysi mutafakkir yoki olim, shoir yoki yozuvchining asarini olib kurmang, ularning xech kaysisi uz ijodiy faoliyatida inson xissiyotlarining eng kuchli va sirlisi, serjilo va sexrlisi xisoblangan muxabbatni chetlab uta olmagan. Insoniyat bor ekan, muxabbat odamni sirli tuygular olamiga etaklagan, uni engib bulmas govlardan utishga va yuksak chukkilarni zabt etishga undagan, uni ragbatlantirgan, unga baxtiyor onlarni tuxfa etgan. Xatto ulim tushagida yotgan kishiga xam umid bagishlab, xayot nash’asini surdirgan, oddiy kunlariga kamalak jilolarini argumon etgan, uning atrof-muxitni xamda uzligini idrok klishi uchun turtki bulgan. SHaxs ruxiyatida xatto uziga xam noma’lum bulgan kudratni kashf etgan. Kuxna va xamisha navkiron xisoblangan bu insoniy tuygu barchaga barobar aziz va mukaddasdir.

Buyuk olim Abu Ali ibn Sino uz asarlaridan birida kuchli muxabbatni izoxlar ekan, uni kasallik sifatida ta’riflaydi va «davolanish» yullarini kursatib utarkan, muxabbat utida kiynalib azob chekayotgan kalbni birlashtirishni maslaxat beradi. SHuningdek, u ma’lum ob’ektiv sabablarga kura, ya’ni dinidagi, salomatligidagi, yoshi va ijtimoiy kelib chikishidagi va shu kabi tafovutlarga asoslanib kalblarni birlashtirish imkoni bulmasa, unda odamning ruxiy xususiyatlariga kura, turlicha davo choralarni kullashni tavsiya etgan. Masalan, xissiyotni boshidan kechirayotgan odamni sevgilisidan sovitish, xissiyotni zaiflashtirish, xissiyotni boshka shaxsga kuchirish, chalgitish, organik extiyojlarni kondirish orkali muxabbat xislarini susaytirish shular jumlasidandir.

Bulardan eng oliysi va cho'qqisi - Allohga bo'lgan muhabbatdir. Kishi o'z Yaratuvchisini jon dilidan sevmas ekan, uning yo'lida barcha narsasidan kechishga tayyor bo'lmas ekan, komil musulmon bo'la olmaydi. Shuning uchun ham ulamolar ibodatni (bandaning Allohga qiladigan amallarini, xoh kundalik ibodatlar bo'lsin, xoh barcha qiladigan ezgu ishlari bo'lsin) bir qushga o'xshatishib, uning boshi - Allohga bo'lgan muhabbat, sevgi, ikki qanoti esa - xavfu rajo - Allohning rahmatidan doim umidvor bo'lib, uning g'azabidan qo'rqib turishdir, deyishgan. Qushning boshi ketsa unda jon asari qolmaganidek, ibodat behislik bilan, muhabbatsiz, sevgisiz ado etilsa, o'sha boshsiz qushdek jonsiz ibodat bo'lib qoladi...

Undan keyingi o'rindagi muhabbat bu - Rosululloh :sw: ga bo'lgan muhabbatdir. Bu muhabbat - Allohga bo'lgan muhabbatdan tashqari barcha muhabbatlardan ustun bo'lmog'i kerak. Payg'ambar :sw: aytadilar: "Men biringizga o'zidan, otasidan, bolasidan, barcha odamlardan suyukliroq bo'lmagunimcha u kishi mo'min bo'la olmaydi".

Undan keyingi muhabbat bu - tabiiy muhabbat bo'lib, kishining o'z ota-onasi, bola-chaqasiga bo'lgan, boshqa yor-birodarlarga bo'lgan muhabbatidir.

Yuqoridagi so'zlarni asosiy mavzuga aloqador bo'lgani uchun, garchi ular haqida ixtilof bo'lmasada aytishni ma'qul topdim.

Endi mavzuimizning asosiy ustuni bo'lmish, ko'pchilikni hayronu sargardon etgan sevgi, g'ariziy muhabbat to'grisida bir ikki og'iz so'z aytsam.

Yigit kishining bir qizni, yoki aksincha, qizning biror yigitni sevib qolishi ayb emas, lekin, undan keyingi bo'ladigan tasarruflarga qarab, ayb va gunoh, yoki yaxshi ish qilingan bo'ladi.

Bu tuyg'u tabiiy tuyg'u bo'lib, uning uylangandan keyin kelishi shart emas. Muhimi, ushbu sevgi yuqoridagi Allohga bo'lgan, payg'ambariga bo'lgan muhabbatdan to'sib qolmasa bo'ldi.

Oila qurishda sevib uylanish juda ma'qul ish, lekin sevish bilan birga kishida oila mas'uliyatini his qilish albatta bo'lmog'i zarur. Zero, oilani parchalanishdan ushlab turadigan tuyg'u sevgidan ham ko'ra bu o'sha mas'uliyatni his qilishdir. Oilia bo'g'lami, bir begona qizning (yigitning) sizga mahram bo'lib, jonu taningizga aylanib ketishi, butun vujudi bilan sizniki bo'lishi oddiy ish emas, juda muqaddas narsadir. Shuning uchun ham Rosululloh :sw:: "Allohdan xotinlaringiz haqida qo'rqinglar. Chunki ularni Allohning amonati bilan oldinglar, ularning teginish harom bo'lgan yerlarini Alloh kalimasi ila halol qildinglar!" deganlar. Shunday ekan, bu muqaddas bog'lamni o'zaro sevgi bilan bir qatorda o'sha amonatni his qilish orqaligina mahkam tutish mumkin.

Xotin kishi shunday bir xazina ekanki, uni dastavval kashf qila olmas ekansiz, keyinchalik uning ijobiyatlari ko'zga tashlanar ekan. Ayniqsa, farzandlar dunyoga kelgandan keyin. Bu tuyg'uni so'z bilan ado etish qiyin..

Yuqoridagi Alloh va payg'ambariga bo'lgan muhabbat haqida aytilgan so'zlarni eshitib ba'zilar balki: "Biz ham Alloh va Rasulini yaxshi ko'ramiz", deyisharda, so'ngra bilgan ishlarini qilib, o'z seviklilari ila noshar'iy muomalalar, uchrashuvlar uyushtirishar, u narsa Allohga ma'qul ishmi, payg'ambari keltirgan yo'lga muvofiqmi, yo'qmi, qayrilib ham qaramaslar.

Shuning uchun bu yerda ta'kidlab o'tmoq zarur bo'lgan nuqta shuki, Alloh va Rasulining muhabbati quruq gap bilan da'vo qilib qo'yiladigan arzongina mato emas, balki kishining butun vujudini chulg'ab olgan, har bir so'z, har bir harakatini o'sha tuyg'uga hamohang tarzda bajarilishi kerak bo'lgan, AMAL bilan yo'g'rilgan bir bebaho gavhardir. Kishi modomiki barcha hatti-harakatini Payg'ambar keltirgan yo'lga muvofiq qilmas ekan, "Men Alloh va Rosulini bunday yaxshi ko'raman", "Mening muhabbatim unday" deb olamga jar solsada, uning so'zlari qup-quruq da'vo bo'lib qolaveradi.

Shuning uchun Payg'ambar zamonlarida yuqoridagi tuyg'uni da'vo qilganlarga Alloh subhonahu va taolo Oli Imron surasining 31 - oyatini nozil qildi: " (Ey Muhammad, siz o'sha da'vogarlarga qarata) ayting: Agar Allohni yaxshi ko'rsalaringiz, menga ergashinglar, shunda sizlarni Alloh yaxshi ko'radi, gunohlaringizni kechadi. Alloh gunohlarni kechiruvchi, rahmli zotdir".

Shunday ekan, har bir Alloh va Rasulini yaxshi ko'raman, degan kishi ushbu tarozida o'zini o'lchasin, Payg'ambarning yo'llariga bo'lgan payravligiga qarab uning natijasi ma'lum bo'ladi, qilgan da'vosi qay darajada to'g'ri-noto'g'riligi yuzaga chiqadi.

Ba'zilarning sevgisi esa shu darajaga borib yetadiki, ular bu sevgining badalida barcha narsadan, hatto dindan ham kechishga tayyor bo'lishadi. Boz ustiga, ana shunday Alloh va Rosulining muhabbatidan to'sadigan sevgini ko'klarga ko'tarib maqtaydigan, ularni qahramonlar darajasiga olib chiqqan qalamkashlar qadimda ham serob bo'lgan, hozir ham bor. Bu darajaga yetgan sevgi kishi iymoni uchun xatarli sevgi bo'lib, qalbida o'sha suyuklisiga bo'lgan sevgidan boshqa sevgiga joy qolmagan, shuning uchun suyuklisi tur desa, turadi, o'tir desa o'tiradi, mabodo sajda qil menga, deydigan bo'lsa, sajda qilishga ham tayyor bo'ladi. Bunday sevgi asosan kishining yoshligida ota-onasi tomonidan unga Alloh va Rasulining muhabbati kishi ko'nglida qay martabada bo'lishi kerakligi uqtirilmaganidan hosil bo'ladi. Shu bois, bolalarga go'dakliklaridanoq shu tuyg'ular singdirilmog'i lozim, toki ular voyaga yetganlarida o'shanday behudud (zero bandaga bo'lgan sevgining chegarasi bo'lmog'i darkor) sevgiga emas, shar'iy, me'yorli sevgiga ro'baro' bo'lsinlar.

Usmirlik yoshidagi ugil bolalarda giperseksuallik natijasida ularning xissiyotida jinsiy intilish ustunlik kiladi yoki uning axamiyati keskin ortadi. Kiz bolalarda esa ruxiy komponentning ustunligi saklanib turadi. 17-25 yoshli yigit-kizlarda uz juftini topishga intilish va xirs keskin ortadi. Sevish va sevilishga bulgan extiyojning kuchayishi natijasida yoshlar uz maxbubasini tezrok kidirib topishadi va oila kurishadi, ba’zan bunday yoshlar kiska vakt ichida ajralishga xam ulgurishadi.

25 yoshdan keyin kizlarning oila kurish imkoniyatlari ancha kamayib boradi. Unda bulgusi kuyovga (yigitga) nisbatan talabchanlik oshib, tankidiy karash kuchayadi. Endi unda xislarga berilish kamayib, uning urniga bulgusi turmush urtogiga butunlay boshkacha karay boshlaydi. Bunday ruxiy uzgarishlar yigitlarda xam kuzatiladi, ammo kizlardan farkli ravishda ularning oila kurish, uylanish imkoniyatlari kamaymaydi, aksincha birmuncha ortadi. CHunki bu yoshda ularning kupchiligi oliy ukuv yurtini yoki urta maxsus bilim yurtini bitirib, ma’lum bir ixtisosni egallagan, mexnat faoliyatini boshlagan buladilar. YA’ni oilani mustakil tebratish imkoniga ega buladilar.

Muxabbat xislari erkak va ayollarda uziga xos shaxvoniy xirs uygotadi. Erkak kishida deyarli doimo fiziologik komponent ustunlik kiladi. Jinsiy intilish, jinsiy xayot ular xissiyotida nixoyatda muxim urin egallaydi. Yigit sevgan kizining tashki kurinishiga kuprok e’tibor beradi.

YUkorida sanab utilgan xususiyatlarga kizlar xam befark karashmaydi. Bu xususiyatlarning yigit tomonidan idrok etilishi ayol uchun katta axamiyatga ega. Ammo shu bilan birga ayollarning erkaklardan fark kiluvchi tomonlaridan biri shundaki, ular kuprok yigitning buy-bastiga, xulkiga, muomalasiga e’tibor beradilar.

Erkaklarda jinsiy (fiziologik) intilish ustunlik kilgani uchun ularda xissiy konikish tezrok yuzaga kelsa kerak, deb taxmin kilinadi. Ayollarda esa aksincha, ruxiy intilish etakchi bulgani uchun ularning muxabbat xislari erkaklarnikidek tez orada sunmaydi va nisbatan uzok davom etadi. Ammo sunggi yillarda ayollar xissiyotida, jumladan, muxabbatda xam jinsiy xayotning va uning asosi xisoblangan jinsiy intilishning axamiyati keskin oshib borayotganligini kurish mumkin.

13-14 yoshli ugil bolalarning 40%, kizlarning 26% ilk sevgi xislarini boshidan kechirayotgan yoki kechirgan buladilar. Bu xol 15-16 yoshli ugil bolalarda –17%, kizlarda 30%, 17-24 yoshli yigitlarda –10%, kizlarda –9%ni tashkil kiladi.

A.R.Lemexova kizlar va yigitlar orasidagi uzaro munosabatlarni urganib, uni uch turga buladi*.

1. Uygun tur – bunda kiz va ugil bolalarda axlokiy tushunchalar shakllangan, xissiyot madaniyati rivojlangan bulib, ular muxabbatga, karama-karshi jinsga, oilaviy xayotga birmuncha anik karashadi

2. Oilaviy romantik tur-bunda muxabbat, jinslar orasidagi munosabatlar xayotdan yulingan xolda, nixoyatda ideallashtirilib olingan bulib, xayotdagi mavjud borlik bilan tuknashganda esa barcha tasavvurlari parchalanib, ruxan tushkunlikka uchraydi.

3. Ma’naviy kambagal tur- bunda yoshlar muxabbatni notugri tushunadilar. Muxabbatda ma’naviy yakinlikni, ruxiy omilning axamiyatini kura bilmaydilar. Muxabbatda asosiy rolni jinsiy yakinlik uynaydi, deb biladilar. Bunday toifadagi yoshlar kup xollarda jinsiy xayotni erta boshlaydilar.

Ugil va kiz bolalarning turli yosh boskichlaridagi uzaro munosabatlarni usib rivojlanishiga nazar tashlaydigan bulsak, kuyidagicha yakkol ifodalangan manzarani kurishimiz mumkin.

Bogcha yoshidagi kizlar ugil bolalar bilan birga uynash jarayonida juda yakin muammolada bulishib, bir-birlari bilan dustlashadilar. Xatto ba’zan bolalikning ilk sevgi xislarini xam boshlaridan kechirishadi. Bu, albatta, ularning kattalarga xavas kilishi, ularga taklidi okibatida kelib chikadi.

Boshlangich sinflardan usmirlik yoshigacha ugil bolalar kupincha ugil bolalar bilan, kiz bolalar esa kiz bolalar bilan yakin munosabatda bulishi tufayli jinslarning bir-birlaridan uzoklashishi kuzatiladi.

Usmirlik yoshidan boshlab ular orasida yakinlashish mayli paydo bula boshlaydi. Usmirlik birinchi davrida bolalar uzaro biror narsadan kurkkan tengdoshiga «kiz bolamisan, kurkasan», «uz suzining ustidan chikmagan kiz bola» kabi iboralarni kullashadi. Bu jumlalar ularning uz jinsini ustun kuyishga intilishi, kiz bolalarni tan olmasligini kursatsa, kizlar xam uz navbatida ugil bolalarni nazar-pisand kilmasliklarini kuramiz.

Tabiatda yil fasllarining uzgarib turishi, xar bir faslning uziga xos takrorlanmas guzalliklari borligini bilamiz. Tabiatdagi uzgarishlarni orzikib kutamiz, ulardan zavklanamiz. Lekin uz ruxiy olamimizda sodir buladigan uzgarishlarni kura bilmaymiz. Bu esa bizning xissiyotlarimizga, oilaviy xayotimizga salbiy ta’sir kursatishi mumkin. Bu urinda suz muxabbatdagi fasllar uzgarishi, undagi eng murakkab va xavfli bulgan ikkinchi boskichdan uchinchi boskichga utish xakida boryapti.

Utish xar kanday davr uchun ma’lum bir inkirozlar bilan kechgani sababli bu boskichda xam kator kiyinchiliklarga, turmush urinishlariga rubaru kelish mumkin. CHunki aynan shu davrdan boshlab sevgilisini ideallashtirib idrok kilishga moyillik kamayib boradi. Endi shaxs kanday bulsa, shundayligicha, real, anik va xolisona idrok kilinadi. Mexr-muxabbatning yunalishi uzgarib, u farzandlar tomonga ogadi va turmush urtogiga nisbatan esa kamayib boradi. Ruxiy tuyinish- er-xotinning bir-biridan tuyib kolishidan, oiladagi turli ikir-chikirlardan nizolar kelib chika boshlayodi.

Er-xotin kanchalik yosh bulsa, bu davr shunchalik ogir utadi. Uzaro kelishmovchiliklar kupayadi. Ularning yoshligi, xayotiy tajribalarining yukligi okibatida «muxabbatimiz uldi» yoki «muxabbatda, umr yuldoshi tanlashda adashdim, men xali yoshman xatoimni tugrilab olaman», deb oilaviy yonginni alanga oldirish bilan axvol yanada ogirlashadi. Kuyov uzicha: «Kucha tula xotin», desa, kelin: «Er kurib kolibdimi, kuchaga chiksam son mingta er, xoxlasam ertagayok birontasiga tegib olaman» degan xayolga borishlari mumkin. Natijada tuyinishga uchragan xissiyotlarni va uzaro munosabatlarni ruxiy jixatdan taxlil kilib, tugri xulosa chikarish urniga salbiy munosabatlar yuzaga keladi va ikki yosh xam bu munosabatning kuliga aylanib kolishadi.

Bunda, albatta, kelin yoki kuyovning ota-onasidagi kamchiliklar, dusti yoki karindoshining nikoxdan avval ogoxlantirgani yoki tuygacha sevishganlar orasida bulib utgan mayda-chuyda gaplar kuyov va kelin ma’lumotidagi tafovutlar: «Savodsiz bulmasa shu ishni kilarmidi?», «Oliy ma’lumotli xotin olgandan kura uylanmasdan utgan yaxshi»; yosh orasidagi tafovutlari: «Xotining pedagog bulsa, bir umr tarbiyalaydi», «Ering san’atkor bulsa, oilaviy xayotining saxnaga aylanadi, xotining san’atkor bulsa, vafosizlik soya kabi ajralmaydi»; milliy tafovutlar: «Uz millatim bilan turmush kurganimda shunday xorlanmasedim»; ota-onaga alokadorlik: «badmast otaning ugli kim bulardi?», «it emganiga tortadi» va shu kabi uzini oklab, bor gunoxni umr yuldoshiga agdarishga intilish salbiy munosabatlarning shakllanishiga imkon yaratadi.

Bunday munosabat shakllangandan sung oilaviy xayotdagi xar kanday kelishmovchilik va nizolar xuddi shu munosabat zaminida xosil bulayotgandek idrok etiladi. Bunga taalukli bulmagan vokealar xotira saklanmaydi, unga alokadorlar esa uzok muddatgacha yodda muxrlanib koladi. SHundan sung er-xotin salbiy munosabatlar kuliga aylanishadi. Bu esa asta-sekin ooila poydevorini emirib, uning barbod bulishiga olib keladi. Endi uzaro er-xotinlar emas, balki ular orasida yuzaga kelgan salbiy munosabatlar kurashadi. Er va xotin esa mazkur munosabatlarning «jasur jangchilari»ga aylanadi. Ular orasidagi ixtilof muxabbat tamomila barbod bulgunicha davom etaveradi. Lekin barcha oilalarda xam utish davri yukorida ifodalangadek kechavermaydi.

Xayot murakkab jarayon, unda nimalar bulmaydi, deysiz. Arzimas sabablardan janjal chikarishga, uni avj oldirishga xarakat kilmaslik kerak. Bizda «er-xotinning urishi – doka rumolning kurishi», degan ibratli gap bor. Xususan, urtada farzandlar paydo bulgandan keyin juda extiyot bulish zarur. Barbod bulayotgan muxabbat tuygusini xech bulmaganda norasida gudaklar xurmati uchun, ular takdirini uylab xam asrab kolish shart. Loakal oila saklab kolinmaganida xam sevgi-muxabbat xislarining nafratga aylanib ketmasligiga yul kuymaslik zarur.

Oilaviy xayotdagi xursandchiliklarni, utib ketgan shirin damlarni, ilik munosabatlarni eslash xam arzimas nizolar ruyobga chikishining oldini oladi. Bu urinda er-xotin bir-birlarining xulk-atvorlaridagi ijobiy xususiyatlarini eslab turishlari xam muxim rol uynaydi. SHuni eslatib utish kerakki, muxabbatning ikkinchi – alangalangan boskichi umrini uzaytirishga, uzaro xurmat boskichiga inkirozsiz, nizolarsiz utishga yoshlarni tayyorlash zarur. Bu esa oilaning totuv yashashiga yordam beradi. Buning zaruriy shartlari uta madaniyatli bulish, oilaviy turmushga ijodiy yondoshishdir.



Xulosa shuki, sevib uylanish juda yaxshi, agar noshar'iy ishlar aralashib ketmasa. Keyin eng muhim narsa shuki, oilani Allohning kalimasi asosida qurasiz, bunga panja orasidan qaramang, bu ish bilan hazillashmang.
Download 66.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling