Shagapova Saida so‘z birikmasida tobe aloqa turlari. Moslashuv, bitishuv, boshqaruv aloqalari bo‘yicha tahlil
Download 74 Kb.
|
HO'AT 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’nglima orzular solgan qishlog’im… (1)
- ! Eslatma. birga o’qish, birdan gapirish, qunt bilan tinglash, zavq bilan tinglash, yo’lg’ondan gapirish
- 1.Oppoq paxta, 2.hasharchilarning koʻmagi, 3.dalani bezatmoq, 4.mehnatning rohati, 5.rejani bajarish, 6.tajribali dehqonlar, 7.yuqori hosil yetishtirish, ahil jamoa
- M- ma’noviy omil; J-joylashuv omili(jipslashish yoki erkin); Sh- shakliy omil
Shagapova Saida SO‘Z BIRIKMASIDA TOBE ALOQA TURLARI. MOSLASHUV, BITISHUV, BOSHQARUV ALOQALARI BO‘YICHA TAHLIL 1-amaliy ish. 1. Quyidagi savollarga batafsil javob berish orqali qishlogʻingiz (yoki shahringiz) toʻgʻrisida kichik ma’rifiy matn tuzing. Matnga mos sarlavha qoʻying. 2. Matnda gap bolaklarini oddiy va oʻzgargan tartibda qoʻllang. 1. Qishlogʻingiz (shahringiz) qayerda joylashgan? 2. Qadrdon hamqishloqlaringiz (hamshaharlaringiz), asosan, qanday mashgʻulot bilan shugʻullanishadi? 3. Qishlogʻingiz (shahringiz) yoshlari boʻsh vaqtlarida qanday ish bilan shugʻullanadilar? 4. Qishlogʻingizga (shahringizga) tez-tez tashrif buyurasizmi? Nima maqsadda? 5. Qishlogʻingizga (shahringizga) qanday etib olasiz? 6. Sinfdoshlaringiz maktabni tugallagach, qanday mashgʻulot bilan shugʻullanishmoqda? 7. Sinfdoshlaringiz bilan qishlogʻingizda (shahringizda) tez-tez uchrashib turasizmi? 8. Qishlogʻingiz (shahringiz) qaysi jihatdan sizga qadrli? 9. Nima sababdan qishlogʻingiz (shahringiz)ni eng obod qishloq (shahar) hisoblaysiz? 10. Siz tugʻilib oʻsgan qishloq (shahar) va Vatan tushunchalari oʻrtasida qanday farq bor? Ko’nglima orzular solgan qishlog’im… (1)Har insonga o’zi yashab turgan mahalla, shahar, qishloq, yurt azizdir . (2)Men Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani “ Yulduz ” qishlog’ida tug’ilganman. (3)Vatan hidini, vatan taftini dastlab shu kichik go’shada his qilganman. (4)Sodda, bag’rikeng hamqishloqlarim, asosan, dehqonchilik bilan shug’ullanadi. (5)Qishlog’imizda kutubxona, suzish havzasi, futbol maydoni bor. (6)Qishlog’imiz markazida qad roslagan umumta’lim maktabi hamda kasb- hunar kolleji yoshlar uchun zamonaviy bilimlarni egallashning asosiy omili bo’lib xizmat qiladi. (7)Qishloq yoshlari, asosan, ota- onalariga yordamlashish va kasb- hunar egallashga, bilim olishga harakat qiladilar. (8)Shu sababli bizning qishloqdan vataniga xizmat qiladigan o’qituvchi, harbiy, shifokor, arxitektor, tadbirkorlar ko’plab topiladi. ( 9)Keng , bepoyon dalalar, oppoq gulga kirgan bog’lar, sharqirab oqqan anhorlarga qarab bahor mening qishlog’imdan boshlanadi , degan o’yga boraman. (10)Men mana shunday qishloqda tug’ilib voyaga yetganimdan faxrlanaman. O‘zbek tilida so‘z birikmalarining tobe so‘zi, asosan, hokim so‘zdan oldin keladi. So’z birikmalari tarkibidagi tobe va hokim soz’ning hech qanday qo’shimchalarsiz faqat ohang va ma’nosiga ko’ra bog’lanishi bitishuv deyiladi. Ishchan o’quvchi, tez gapirmoq, chiroyli yozmoq. Bitishuvda doimo ergash so‘z avval, bosh so‘z keyin keladi. Ularning o’rnini almashtirsa, gap hosil bo‘ladi. bitishuvda ergash so’z vazifasida shu vazifaga xoslangan sifat, ravish hamda ular vazifasidagi boshqa so’z keladi. ! Eslatma. birga o’qish, birdan gapirish, qunt bilan tinglash, zavq bilan tinglash, yo’lg’ondan gapirish kabi birikmlardagi ergash so’z tarkibidagi chiqish, o’rin-payt, jo’nalish kelishigi qo’shimchasi va ko’makchi bo’lishiga qaramay, boshqaruvli emas bitishuvli so’z birikmasi sanaladi. Tobe so’zning hokim soz’ga tushum, jo’nalish, o’rin- payt va chiqish kelishigi qo’shimchalari yoki ko’makchilari yordamida bog’lanishi boshqaruv deyiladi. Do’stlarni hurmat qilish, g’alaba uchun kurashmoq, yoshlarga g’amxo’rlik qilmoq, sharoitga ko’ra yondashmoq. Tobe soz’ning hokim so’zga qaratqich kelishigi qo’shimchasi yordamida, hokim soz’ning esa tobe soz’ga egalik qo’shimchasi yordamida bog’lanishi moslashuv deyiladi. Ukamning kitobi. Bunday a’zolari shaxs va sonda moslashadi. Ega va kesim ham moslashuv usuli yordamida bog’lanadi. Men keldim. Lekin u gap bo’lganligi uchun soz’ birikmasi doirasida o’rganilmaydi.
2-amaliy ish. Oppoq paxta, hasharchilarning koʻmagi, dalani bezatmoq, mehnatning rohati, rejani bajarish, tajribali dehqonlar, yuqori hosil yetishtirish, ahil jamoa, ilgʻor terimchilarni ragʻbatlantirish. 1. Berilgan soʻz birikmalari ishtirokida “Ona yer saxovati” mavzusida publitsistik matn tuzing. 2. Matndagi gaplarni so’z birikmalariga ajrating. 3. Har bir so‘z birikmasining birikuv usullari, omillari va lisoniy sintaktik qolipini aniqlang. Ona yer saxovati. Mana o’lkamizga kuz fasli kirib keldi.2. Dalalarda oppoq paxtalar qiyg’os ochildi. 3.Bu yilgi hosil dalalarni bezab ko’zni yashnatadi. 4.Har bir tajribali dehqon oldiga qo’ygan rejasini bajarish uchun astoydil bel bog’lagan.5. Butun yil davomida mashaqqatli mehnat ortidan yuqori hosil yetishtirgan bobodehqon mehnatining rohatini ko’rish uchun hosil tezroq yig’ib olishni ko’zlaydi. 6.Albatta, bunday vaziyatda, tajribali dehqonlar hasharchilar ko’magiga ehtiyoj sezadi. 7. Xalqimiz mashaqqqatli mehnat ortidan paydo bo’lgan hosilni ahil jamoa bo’lib yig’ib olishda o’z hissani qo’shadi. 1.Oppoq paxta, 2.hasharchilarning koʻmagi, 3.dalani bezatmoq, 4.mehnatning rohati, 5.rejani bajarish, 6.tajribali dehqonlar, 7.yuqori hosil yetishtirish, ahil jamoa
Lisoniy sintaktik qolip- LSQ [Wq.q.-We.k.=qaratuvchi - qaralmish] [Iq.k.-F] qolip (ism- Fe’l) I-O=sifatlovchi-sifatlanish] M- ma’noviy omil; J-joylashuv omili(jipslashish yoki erkin); Sh- shakliy omil Download 74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling