«Shahar qurilishi va xo‘jaligi» kafedrasi «Shahar qurilishi va loyihalash asoslari» fanidan


Download 253.35 Kb.
bet1/10
Sana17.06.2023
Hajmi253.35 Kb.
#1544498
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi Nematov Dilshod 1








O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI QURILISHNI BOSHQARISH FAKULTETI
«Shahar qurilishi va xo‘jaligi» kafedrasi
«Shahar qurilishi va loyihalash asoslari» fanidan

Kurs ishi


Bajardi:54-21 gurux talabasi
Nematov Dilshod
Qabul qildi: Buronov Samandar
Toshkent 2022 yil

МУНДАРИЖА



  1. Kirish . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . -

  2. Shaharsozlikda mehnat resurslarining o’rni.. . . . . . . . . -

    1. Shahar hosil qiluvchi omillar . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . -

    2. Shahar tashkil etuvchi guruhning solishtirma salmog‘i. . . . . -

  1. Shahar aholisining sonini hisoblash . . . . . . -

3.1. Umumiy ko'rsatkichlar bo'yicha shaharning funktsional - zonalari hududlari maydonlarini hisoblash . . . . . . . . . . . . . . . .

    1. Shaharning aholisi sonini aniqlash

    2. Shaharning istiqbolli kelajak aholisi sonini aniqlash (10 yil ichida)

  1. Xulosa. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . -

  2. Foydalanilgan adabiyotlar. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . -

I.KIRISh


2022- yilning yanvar - iyun oylarida Buxoro viloyatida bino va inshootlar

qurilishi bo`yicha 2751,3 mlrd.so`m qurilish ishlari bajarilib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 102,2 % ni tashkil etdi. Shuningdek, fuqarolik obyektlarini

qurish bo`yicha 918,4 mlrd.so`m yoki, 2021-yilning mos davriga nisbatan

101,4 % hamda ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari bo`yicha 451,7 mlrd.so`m yoki o‘sish sur’ati 94,7 % ni tashkil etdi.
Buxoroda qiymati 2,5 milliard dollarga teng gaz-kimyo majmuasi quriladi

Loyiha 2 300 dan ortiq yangi ish o'rni va 2 milliard dollar soliq tushumlarini yaratishni nazarda tutadi.

Poytaxtimizda bo'lib o'tgan “MTO gaz-kimyo majmuasi: Yangi O'zbekiston texnologiyalari” biznes-forumida bir qator davlat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilariga O'zbekistonning Buxoro viloyati, Qorako'l tumanida joylashgan MTO texnologiyasi (“metanoldan olefingacha”) asosida gazkimyo majmuasi qurilishi va foydalanishga topshirilishi haqidagi ma'lumotlar taqdim etildi. Forumda majmuaning bosh dizayneri Wood (Italiya) vakili ham so'zga chiqdi.
Umumiy qiymati 2,5 milliard dollar bo'lgan mazkur loyiha 2023-yilning to'rtinchi choragida foydalanishga topshirilishi va O'zbekiston sanoatini mamlakat uchun strategik muhim xom ashyo hisoblangan olefinli uglevodorodlar bilan ta'minlashi kutilmoqda. Gaz-kimyo majmuasi MDH hududida o'xshashi bo'lmagan metanolni olefinga aylantirish bo'yicha litsenziyalangan texnologik jarayon asosida mahalliy xom ashyoni qayta

ishlashga mo'ljallangan. Qurilish tugallangandan so'ng majmua

O'zbekistonda import o'rnini bosishni sezilarli darajada tezlashtiradi, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishni ta'minlaydi. SHuningdek, respublikada turdosh tarmoqlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish maqsadida Qorako'l tumanida bir qator soliq, moliyaviy va sanoat imtiyozlari bilan mahalliy va xorijiy ishlab




chiqaruvchilarni jalb etgan holda erkin iqtisodiy zona (EIZ) tashkil etildi. EIZ

hududida ingliz huquqiy rejimi o'rnatiladi, shuningdek, chet el valyutasida biznes yuritishga ruxsat beriladi. Barcha korxonalarni tabiiy resurslar, jumladan, qisman qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlash kafolatlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, yangi zavod, shuningdek, eIZdagi turdosh tarmoqlar 2 300 dan ortiq yangi ish o'rni yaratib, kelgusi 20 yilda 2 milliard dollardan ortiq qo'shimcha soliq tushumlarini olib keladi.

— MTO tashabbusi mahalliy resurslardan foydalanish orqali mamlakatning

xabarberdi

iqtisodiy va ijtimoiy ehtiyojlari qondiriladigan “o'z maqsadiga javob beradigan” loyihaning ajoyib namunasidir, — dedi Wood (Italiya) kompaniyasining texnik direktori Andrea Ferrera. —Wood kompaniyasi tashkil etilganidan beri ushbu tashabbusning bir qismi bo'lganidan faxrlanishini ta'kidlab, u mamlakatni rivojlantirishga yordam beradi va mijozlarni samarali va ekologik toza muhandislik echimlari orqali zamonaviy ekologik toza texnologiyalardan foydalangan holda loyihani amalga oshirishda qo'llab-quvvatlaydi, debEnergetika vazirligi axborot xizmati.

Buxoro shahrida qurilishi tugallanmagan bino konstruksiyasi buzilishi oqibatida quruvchilardan biri jarohatlandi. Bu haqda viloyat FVB matbuot

Ma’lum qilinishicha, 31-oktabr kuni soat 16:03 larda fuqaro Sh.S.dan olingan ma’lumotga ko‘ra, Buxoro shahar Do‘stlik MFY T.Farog‘iy ko‘chasida joylashgan qurilishi uch qavatli binoning tom qismida qurilish materiallarining vazndan ortiq yuklanishi natijasida binoning yuk konstruksiyalari (regil plitalari) qulagan.
Oqibatda mazkur qurilishi tugallanmagan binoda quruvchi bo‘lib ishlayotgan K.R. (1973-yilda tug‘ilgan) bino qulashi oqibatida tan jarohati olgan. U viloyat FVB Yong‘in-qutqaruv otryadi tomonidan qutqarilgan va Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida yotqizilgan.
Hozirda Buxoro viloyati qurilishi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan binoning qulab tushishi bilan bog‘liq o‘rganish ishlari olib borilmoqda

Download 253.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling