Шахснинг индивидуал психологик хусусиятлари ва уларни диагностика килиш


Download 37.23 Kb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi37.23 Kb.
#227244
  1   2
Bog'liq
boshqaruv psixologiya Shukurov Eldor MUSTAQIL ISH


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI


BOSHQARUV PSIXOLOGIYASI”

FANIDAN
MUSTAQIL ISH

SIRTQI 2-OLIY TA’LIM 2-KURS DEK-61 GURUX TALABASI SHUKUROV ELDOR

BAJARDI: SHUKUROV ELDOR

TEKSHIRDI:


Temperament va xarakter
REJA:
1. Psixologiyada xarakter tushunchasi

2. Xarakterning fiziologik xususiyatlari

3. Xarakter va temperamentning tuzilishi

4. Kobiliyat tushunchasi, uning sifat va mikdor xarakteristikasi

5. Kobiliyat turlari va kobiliyatlarning tabiiy shartlari

1. Psixologiyada xarakter tushunchasi Psixologiyada xarakater deganda mazkur shaxs uchun tipik xisoblangan faoliyat usullarida namoyon bo’ladigan, tipik sharoitlarda yuzaga chikadigan va shaxsning bu sharoitlarga munosabati bilan belgilanadigan individual

psixik xususiyatlar yig’indisi tushuniladi. Boshkacha kilib aytganda, xarakaterning xar bir xislati tegishli tipik sharoitlardagina namoyon bo’ladi. Buni shuning bilan tushuntirish mumkinki, xarakaterning xar bir xislatida odamning ma’lum sharoitlarga; vokealarning ma’lum tomonlariga bo’lgan munosabati ifodalanadi. Shu sababli bir o’kuvchining o’zi o’zini turli sharoitlarda turlicha tutishi mumkin. Maktabda ko’rkok, ikilanuvchi, uyda chakkon, dilkash, g’ayratli, mexmonda vazmin, o’ychan va x.k. Xarakater tug’ma bo’lmaydi. Fakat layokat nishonalari tug’ma bo’lishi mumkin, ular nerv sistemasining xususiyatlariga bog’lik bo’ladi. Xarakater esa muayyan jamiyat a’zosi bo’lgan kishining xayoti va faoliyati jarayonida tarkib topadi. Xarakater shaxsning individual xususiyatdir. Xarakaterlari mutlako bir xil bo’lgan ikki kishini topib bo’ lmaydi, lekin ayrim kishining xarakateridagi ko’p narsalar bir gurux kishilar uchun yoki xatto jamiyat tipik bo’lishi mukin. Jamiyat a’zosi bo’lgan kishining vokelikka bo’lgan munosabati vujudga keladigan va muning xulk-atvori xamda xatti-xarakati ta’sir koldiradigan muxim, barkaror psixik xususiyatlarining majmui xarakater deyiladi. Odam xarakatlarining sifati va usullari fakat shaxsning munosabatlarigina bog’lik bo’ lmay, balki iroda, xissiyot, dikkat, akliy xususiyalariga, ya’ni psixik xususiyatlarining individual xususiyatlariga xam bog’lik. SHuning uchun xam kishi faoliyatida kanday psixik jarayonlar ustun turishiga karab xarakter xususiyatlarini intellektallash, emotsional va iroda xususiyatlariga ajratish mumkin. Xarakaterning ko’p xislatlari odamning xatti-xarakatini belgilab beruvchi chukur va faol mayllar xisoblanadi. Ma’lumki, turli kishilarning xarakteri turlicha. SHu sababli xam bir xil sharoitlarda, aynan bir xil maksadga intiluvchi kishilar shu maksadga erishish uchun zarur bo’lgan xarakatning turli usullariga moyil b o’ ladilar. Bu erda xarakater xislatlari undovchi kuch sifatida namoyon b o’ layapti. Odam xarakater xislatlarining undovchilik kuchi sifatida yuzaga chikishi ta’siri ostida k o’ pincha ob’ektiv sharoitga zid va maksadga nomuvofik xarakat usullarini ko’llaydi. Odam ba’zida o’z xarakterdan o’zi xafa bo’lib ketadi, ammo boshkacha xarakat kila olmaydi.

Maksadga nomuvofik, lekin odam uchun xarakaterli bo’lgan xarakat usullarini tanlashga moyillik katta irodaviy zo’r berishlar sharoitida, jiddiylik (stress) vaziyatlarida xususan anik namoyon b o’ ladi. SHuning bilan birga, agar odam uchun xarakaterli bo’lgan xarakatlar asosli mazkur sharoitda maksadga muvofik b o’ lsa, unda u o’z xarakateriga mos kelmaydigan, bir kolipdagi, streotip xarakat usullaridan majburiy foydalanish xollariga karaganda ancha k o’ p kuch-kuvvat, kat’iylik va mexnatga kobiliyatlilik talab kiladi. SHunday kilib, agar xarakter xislatlari ob’ektiv sharoitlar talabiga karshi xarakat kilishga undaydigan b o’ lsa, odamning xarkter xislatlari o’ziga xalakit berishi mumkin. Aksincha b o’ lsa kishi ijodiy ish kila oladi, o’z kuchlaridan samarali foydalana oladi.

2. Xarakterning fiziologik xususiyatlari Xarakterning fiziologik asoslari. Xarakaterning namoyon bo’lishi va uning tarkib topishga juda ko’plab omillar ta’sir kiladi. SHu sababli xarakaterning fiziologik asoslari xakida taxminan xulosa chikarish mumkin. Pavlov maktabi fiziologlarning o’tkazgan tajribalari shuni

ko’rsatdiki, turli ko’zg’atuvchilar ta’siri ostida turlicha shartli bog’lanishlar majmuasi dinamik stereotipni tashkil kiladi. Xarakater xislatlarining shakllanishi mexanizmi k o’ prok ana shu dinamik stereotipning xosil bo’lishi bilan tushuntiriladi. Ikkinchi tomondan xususiyatlarining yuzaga chikishi nerv sistemasining umumiy tipiga, uning xususiyatlariga bog’lik. CHunonchi, sust nerv sistemasiga ega o’kuvchilarning yaxshi tanigan o’rtoklari tor, kam sonli tanish orttiradilar. Aksincha, xarakatchan narv sistemasiga ega bo’lgan o’kuvchilar odamlar bilan munosabatda faol, kirishuvchan bo’ladilar. O’kish, sport, mexnat faoliyatilar xarakat usullarining farklari xam shu mil ta’siri ostida paydo b o’ lishi aniklangan. (B.M.Teplov, V.S.Merlin, E.A.Klimov. Sizga ma’lumki, nerv sistemasining umumiy xususiyatlari

temperamentning xam asosidir. Demak, temperament tipi xarakaterning individual o’ziga xos xususiyatlarining paydo b o’ lishidagi muxim psixologik sharoitlaridan biridir.

3. Xarakter va temperamentning tuzilishi Odam xarakateri turli xususiyatlarining tasodifiy yig’indisidan iborat emas. Xarakaterning xususiyatlari bir-biri bilan bog’lik, bir-biriga tobe yaxlit tizimni tashkil kiladi. Mana shunday yaxlit tizim xarakater tuzilishi (strukturasi) deyiladi. SHu sababli kishi xarakaterining bir kanchasini bilgan xolda uning xarakaterining xali bizga ma’lum bo’lmagan (namoyon bo’lmagan) boshka xususiyatlari xakida xam fikr yurita olamiz. Turli odamlarda turlicha xarakater xususiyatlarining tizimi (simptomokomplekslar). Psixologiya fanida kishining atrofdagi vokelikka munosabati nuktai-nazaridan xarakter xususiyatlarining kuyidagi tizimi guruxlari farklanadi:

1. SHaxsning umumiy psixik tuzilishini (uning maslagini) ifodalaydigan xususiyatlar: g’oyaviylik, maksadga intiluvchanlik, xalollik, vatanparvarlik, mardlik, adolatga ishonish, faollik, intizomlilik.

2. SHaxsning boshka odamlarga munosabatini ifodalovchi xususiyatlar-jamoalilik, insonparvarlik, sezgirlik, saxiylik, samimiylik, xurmat-extirom. Bularga karshi: pismiklik, beparvolik, toshbag’irlik, ichidagi pishganlik, dag’allik, kishilarga nafrat bilan karash.

3. Kishining o’z-o’ziga kanday munosabatda bo’lishi xakida guvoxlik beradigan xususiyatlar-kamtarlik, mag’rurlik, uyatchanlik, jizzakilik, xudbinlik, egotsentrizm ( o’ z shaxsi, o’zining kechinmalari bilan band bo’lish, o’zini xamisha o’z dikkat markazida tutish).

4. SHaxsning mexnatga, o’z ishiga munosabatini k o’ rsatuvchixususiyatlar-kat’iyatlilik, tashabbuskorlik, mexnatsevarlik, ijodga ishtiyok, ishdagi xalolik.

5. Kishining narsalarga munosaabtini xarakaterlovchi xususiyatlar- puxtalik-beparvolik, kimmatli narsalarni bexuda sarf kilish yoki tejash (kimniki bo’lishidan kat’iy nazar). Xarakaterning ayrim xususiyatlari shaxsning ijobiy xususiyatlari, boshkalari esa salbiy xususiyatlari b o’ ladi. SHu narsani esda tutish kerakki, kishilarga bo’lgan mexr-muxabbatni yaxshi, nafratni yomon deb bo’lmaydi. Xamma narsa kimni yaxshi k o’ rish va kimdan nafratlanishga bog’lik. Xarakterning xususiyatlari orasidagi bog’liklik kelib chikkan xolda muxim pedagogik xulosa chikarish mumkin. Xarakaterning ayrim xususiyatlarini aloxida, ajralgan xolda tarbiyalab bo’ lmaydi. Xarakater

xususiyatlarining butun tizimini tarbiyalash lozim. Ammo xarakaterning bir butunligi mutlok emas. SHaxsda xarakaterning markaziy, asosiy munosabatlarni belgilab beruvchi xususiyatlar mavjud. Tarbiya jarayonida ana shu asosiy xususiyatlarni shakllantirishga e’tibor berish lozim. Xarakterning ijobiy xususiyatlari orasida axlokiy xususiyatlar,

xamda irodaviy xususiyatlar muxim o’rin egallaydi. Kishi xarakterining barcha xususiyatlarni bir-biri bilan bog’langandir, shuning uchun xam xarakter muayyan darajada barkarorligi bilan ajralib turadi. O’z xarakterini o’zgartirish, salbiy xususiyatlardan xalos b o’ lish va o’zida ijobiy xususiyatlarni tarbiyalash murakkab vazifa bo’lsa xam, lekin amalga oshirib b o’ ladigan vazifadir. Buning uchun avvalo o’z ustida ishlashni, xarakterni tarbiyalash (agar lozim b o’ lsa) kayta tarrbiyalash ustida ishlashni kat’iy va keskin maksad kilib ko’yish kerak. Kishida xarakterning irodaviy xususiyatlarini tarkib toptirishning eng muxim shartlaridan biri mexnat xisoblanadi.

Xarakter kanday shakllanadi? Xarkterning shakllanishi ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar oiladagi, o’kuv jamoasidagi muxim xayrixoxlik, zolimlik, badjaxllik, ichi koralik, kamtarinlik, rakobat, o’zaro yordam va boshkalarni o’z ichiga oladi. SHu sabali kishining g’oyaviy y o’ nalganligi, o’ziga, boshkalarga, mexnatga munosabati, dunyokarashining shakllanganligi darajasi jamiyatda, oilada,

o’kuv yurtida tarbiya jarayoni kanday tashkil kilinganligiga bog’lik. Ammo xarakterni umumiy nazariyalar, nasixatlar bilan shakllantirib bo’lmaydi. Bo’lar shaxsning bilimlarigagina aylanib kolishi mumkin, xolos. Xarakterning shakllanishi, tarkib topishi odamning aktiv faoliyati jarayonida r o’ y beradi. Faol xarakatlar jarayonida ma’lum xarakatlar tizimi, xarakat usullari shakllantiriladi va mustaxkamlanadi. Bunday xarakatlar tizimi odatlarni tashkil kiladi. SHaxsda shakllangan odatlarning majmui xarakterni belgilab beradi. Bolalarda foydali odatlarni shakllantirish uchun ular bilan ishlash, bir kancha vakt davomida takrorlash, xosil bo’lgan odatlarni mustaxkamlash kerak. Xarakter xislatlarining shakllanishida maksadga y o’ nalgan xolda odatlarni shakllantirishdan tashkari taklid xam o’ziga xos o’ringa ega. Bu borada ota-onalar, pedagoglar yoshlarga namuna b o’ lishi kerak, ular o’zlarida yaxshi xislatlarni namoyon kilishlari kerak. SHu xoldagina bola ularga taklid kiladi, ijobiy insoniy xususiyatlarni o’zida shakllantiradi. Xarakterning shakllanishida yukorida k o’ rsatilgan usullar xayotning barcha boskichlarida ta’sir kilib boradi. Ayniksa, ularning ta’siri maktabgacha va kichik maktab yoshida juda katta. Maktab yoshida bola o’zligini anglay boshlaydi, unda o’ziga nisbatan fikr, o’zini baxolash o’zgacha o’ringa ega b o’ lib boradi. Bu yoshlarda tarbiya jarayoni o’z-o’zini tarbiyalashgacha suyanishi lozim. Avvalambor o’kuvchida o’zini tarbiyalash motivi-yaxshi bo’lishga intilish istagi bo’lishi kerak. Tarbiyaning asosiy maksadi bolada o’smirda «yaxshi bo’lishga intilish» ni shakllantirishdir. Odam o’zining butun umri davomida o’z ish xarakatlari bilan o’z

xarakterini yaratadi. Temperament xarakterdan farkli o‘larok, tug’ma xususiyatlar majmuasi bo‘lib, oliy nerv faoliyat tiplarining inson xulk atvorida namoyon bo‘lishni ifodalaydi. Temperamentning aynan tarjimasi, lug’aviy ma’nosi «aralashma», « k orishma», «mijoz» ma’nolarini anglatadi. Temperament terminini birinchi bo‘lib fanga grek vrachi Gippokrat tomonidan kiritilgan. Kishining xulk-atvorini xarakterlaydigan xatti-xarakatlar majmui temperament deyiladi. Tempermentning to‘rtta tipi farklanadi: sangvinik, xolerik, flegmatik, melonxolik.

4. Kobiliyat tushunchasi, uning sifat va mikdor xarakteristikasi Kobiliyatlar odamning shunday psixologik xususiyatlaridirki, bilim, ko’nikma va malakalarni ortirishning samardorligi, tezligi shu xususiyatlarga bog’lik b o’ ladi, lekin bu xususiyatlarning o’zi bilim, ko’nikma va malakalarga taalukli bo’ lmaydi. Aks xolda, imtixonda ko’yilgan baxo, doskada kaytarilgan javob, muvaffakiyatli va muvaffkiyatsiz bajarilgan yozma ishiga karab odamning kobiliyatlari xakida kat’iy xulosa chikarish mumkin bo’lar edi. Ammo psixologik tadkikotlar va pedagogik tajribalarning ko’rsatishicha, ba’zan boshda dastavval nimanidir kila olmaydigan va buning natijasida atrofdagi boshka olimlardan ajralib kolgan odam ta’lim olish natijasida atrofdagi boshka odamlardan ajralib kolgan odam ta’lim olish jarayonida tez orada kuvlab etib oladi va shu ishning katta ustasi b o’ lib etishadi. Unda boshkalarga karaganda k o’ prok kobiliyatlar namoyon bo’ladi. Kobiliyatlar bilim, ko’nikma va malakalarni egallashda namoyon bo’lsa xam, ular bilim, ko’nikma va malakalarga taalukli bo’lmaydi. Kobiliyatlar va bilim, ko’nikma va malakalar bir-biri bilan aynan bir narsalar emas. Bilim, k o’ nikma va malakalarga nisbatan odamning kobiliyatlari kandaydir imkoniyat tarzida namoyon bo’ladi. Erga tashlangan urug’ ana shu urug’dan unib chikishi mumkin bo’lgan boshokka nisbatan fakat imkoniyat bo’lgani kabi odamning kobiliyatlari bilim, k o’ nikma va malakalarni egallash uchun fakat imkoniyat xisoblanadi. Bu bilim, ko’nikma va malakalar egallanadimi yoki y o’kmi, imkoniyat xakikatga aylanadimi yoki y o’kmi-bularning xammasi juda k o’ p sharoitlarga bog’likdir. Bolada bir namoyon bo’lgan muzika kobiliyati uning muzikachi bo’lishiga xech kanday kafolat bermaydi. Bola muzikachi bo’lishi uchun unga maxsus ta’lim berilishi, kat’iylik, salomatligining yaxshi b o’ lishi, muzika asbobi, notalar va boshka ko’p sharoitlar bo’lishi kerak. Bularsiz kobiliyat tarakkiy etmayok so’nishi mumkin. Kobiliyatlar fakat faoliyatda namoyon bo’ladi, shunda xam fakat ana shu kobiliyatlarsiz amalga oshirilishi mumkin bo’lmagan faoliyatlardagina namoyon bo’ladi. Agar odamni xali rasm solishga o’rgatmagan bo’lsa, agar u tasviriy faoliyat uchun zarur bo’lgan xech kanday malakalarni egallamagan bo’lsa, uning rasm solishga nisbatan kobiliyatlari xakida xech kanday gap bo’lishi mumkin emas. Rasm chizishga, tasviriy san’atga maxsus o’rgatish jarayonida o’kuvchining kobiliyati bor yoki yo’kligi namoyon bo’lishi mumkin.

Kobiliyat va bilim, k o’ nikma va malakalarning birligi nimada ifodalanadi? Kobiliyat va bilim, k o’ nikma va malakalarning o’zida k o’ rinmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo’ladi, ya’ni boshkacha kilib aytganda, mazkur faoliyat uchun zarur bo’lgan bilim, k o’ nikma va malakalarni o’zlashirish jarayoni turli sharoitlarda kanchalik tez, chukur, engil va mustaxkam amalga oshirilishida namoyon bo’ladi. Xuddi mana shu yuzaga chikadigan farklar kobiliyatlar bizga xakida gapirish imkonini beradi. Kobiliyatlarning sifat va mikdor xarakteristikasi. Kobiliyatlar

individual-psixologik xususiyatlar sifatida xarakterlanadi, ya’ni bir odamning boshka odamdan fark kiladigan sifatlarini ochib beradi. O’z-o’zida ma’lumki kishilar teng emas. Mana shuning uchun kobiliyatlar xakida gapirganda, bu farklarni xarakterlab o’tish zarur. Ular sifat va mikdor jixatdan xarakterlanishi, fark kilishi mukin. Kobiliyat xususiyatlarining sifat tomonidan karalishi maksadga turli yo’llar bilan borishga imkon beruvchi «o’zgaruvchan mikdor» to’plami sifatida, faoliyat muvaffakiyatini ta’minlovchi psixologik xususiyatlarning murakkab kompleksi sifatida ko’rinadi. Kandaydir faoliyatni bajarishdagi bir xil yoki nimalar bilandir o’xshash yutuklar asosida juda xilma xil kobiliyatlar birikmasi yotishi mumkin. Bizning k o’z o’ngimizda shaxs kobiliyatlarning muxim tomonini ochib beradi: bir xususiyatning o’rnini boshka bir xususiyatlar bilan to’ldirish (kompensatsiya kilish)ning imkoniyatlari bor bo’lib, buni odam o’zida chinakam va kat’iyatlilik bilan ishlash orkali rivojlanishi mumkin. Odamning kobiliyatlarida bor bo’lgan kompensatorlik imkoniyatlari, masalan, k o’ rish va eshitishdan maxrum bo’lgan odamlarni maxsus tarbiyalashda namoyon bo’ladi. Kobiliyatlarni mikdor jixatdan o’lchash muammosi psixologiyada katta tarixga egadir. XIX asrning oxiri XX asrning boshkalaridayok bir kator psixologlar (Kettel, Termen, Spirman va boshkalar) ommaviy ixtiisoslar uchun kasb tanlashni amalga oshirish zarurati bilan uzviy bog’lik bo’lgan talablar ta’siri ostida ta’lim olayotganlarning kobiliyat darajasini aniklashni talab kilib chikdilar.

O’sha paytlarda kobiliyatlarini o’lchash usuli sifatida akliy iste’dod testlari dan foydalaniladi. Akliy iste’dod testlarining yordami bilan bir kator mamlakatlarda (AKSH, Buyuk Britaniya va boshkalar) kobiliyatlarni aniklash va maktablarda o’kuvchilarni saralash, armiyada ofitserlik xizmatini bajarish, ishlab chikarishda raxbarlik lavozimini tanlash va shu kabilar amalga oshiriladi. Akliy iste’dod testlari o’zlarining mazmunlariga k o’ ra muvaffakiyatli echilishi (ko’pincha sarflangan vaktni xisobga olib) ball yoki ochkolar yig’indisi bilan xisobalnadigan bir kator savollardan yoki masalalardan iboratdir. Test natijalari maxsus ravishda standartlashtiriladi, maxsus koeffitsentlarga aylantiriladi. Bular «akliy iste’dod koeffitsenti» (10) ni aniklash imkonini beradi.

5. Kobiliyat turlari va kobiliyatlarning tabiiy shartlari Kobiliyatlar umumiy va maxsus bo’ladi. Umumiy kobiliyatlar mavjud bo’lganda kishi faoliyatning turli xillari bilan muvaffakiyatli shug’ullana oladi. Maxsus kobiliyatlar kishiga kandaydir bir muayyan faoliyat bilan muvaffakiyatli shug’ullanish imkoniyatini beradi. Masalan, matematik, texnikaviy, adabiy, musikiy, tasviriy va boshka Kobiliyatlar bo’ladi. Umumiy kobiliyatlarga k o’ p xollarda intellekt, tafakkurning reaktivligi va shaxsning psixomotor kobiliyatlari kiradi deb xisoblaydilar. Psixomotor Kobiliyatlar - xarakatlar va xarakatlar tizimini amalga oshirish va boshkarishning psixologik va motor (xarakat) asoslari. Ularga kuyidagilar kiradi: statistik kuch; dinamik kuch; Keskin xarakatlardagi kuch; umumiy moslashuvchanlik kobiliyati; epchillik; umumiy chidamlilik; maxsus faoliyatga chidamlilik; muvozanatni tuta olish. Biror faoliyatning ayniksa muvaffakiyatlit mustakil va original tarzda bajarilishi takoza kilinadigan zo’r Kobiliyatlar birikmasi talant deyiladi. Ijodiy faoliyatga kobiliyatli bo’lgan kishilarni talantli kishilar jumlasiga kiritish mumkin. Talantlilikning yukori boskichi geniallik deb ataladi. Ijtimoiy xayotda, fan, adabiyot, san’at va shu kabi soxalarda prinsipial ravishda yangi bo’lgan biror narsani yaratgan kishilar geniylar deb xisobalandilar. Genial kishilar insoniyat tarakkiyotida yo’l ko’rsatuvchi boskichlar bo’lib xizmat kiladilar, tarixiy shaxslar bo’ladilar. Kobiliyatlar, masalan, olim, yozuvchi konstruktor va xokazolar shug’ullanadigan a k liy mexnat bilan mashg’ul bo’lgandagina paydo b o’ lib kolmaydi. Faoliyat turlari «oliy» va «kuyi» xillarga bo’linmaydigan va texnika tarakkiyoti oddiy ishchini yoki kishlok x o’ jaligi soxasida ishlayotgan mexnatchini ijod bilan shug’ullanishga, ratsionalizator

bo’lishga, ishlab chikarishda yukori k o’ rsatkichlarga erishishga undayotgan, ayniksa bizning mamlakatimizda jismoniy ishda xam kobiliyatlar namoyon bo’laveradi. Kobiliyatlarning tabiiy shartlari. Xar bir kishida tug’ma layokat nishonalari, ya’ni miyaning oliy nerv faoliyatining analizatorlarining o’ziga xos xususiyatlari bor b o’ ladi, binobarin, kelgusida biror kobiliyatni rivojlantirishga bo’lgan moyillik ana shunga bog’likdir. Tabiiy anatomik-fiziologik layokat nishonalari kobiliyatning fiziologik asosini tashkil kiladi. Keyinchalik kobiliyatga aylanadigan layokat nishonalarining majmui kishining iste’dodi deyiladi. Lekin bu tabiiy layokat nishonalari muvaffkiyatli faoliyatning to’la-to’kis shart-sharoiti bo’ la olmaydi. Layokat nishonalarini rivojlantirish kerak, bu esa faoliyat jarayonidagina ro’y berishi mumkin. Layokat nishonalari ko’p kiymatlidir, yana tegishli sharoitlar mavjud bo’lganda, faoliyatga karab layokat nishonalari asosida kobiliyatlar rivojlanishi mumkin. Masalan, yaxshi eshitish va o x angni sezish kobiliyati mavjud bo’lganda bir kishi kompozitor, ikkinchisi yaxshi ijrochi, uchinchisi yaxshi dirijer, to’rtinchisi muzika tankidchisi va xokazolar b o’ lib etishmog’i mumkin. Kulay sharoitlar mavjud bo’lganda ayrim kishilarda kobiliyat juda erta rivojlanadi. Odatda muzika va tasviriy san’atga bo’lgan layokat ancha ertarok paydo bo’ladi. Masalan, M.M. Glinka 3-4 yoshidayok shunday o’yinni juda yo k tirgan: u ovoz chikaradigan turli buyumlarni (mis tog’oracha, kastryulka) yo g’ och bilan chalgan. Bunda kattalarni xayron koldiradigan darajada oxangdosh tovushlar paydo bo’lganki, ularni eshitish marokli edi. Keyinchalik bu bola buyuk kompozitor bo’lib etishdi. Birok shunday xam bo’ladiki, kishilar bolalikda favkulodda kobiliyatlarini namoyon kilganlaru, birok katta bo’lgach, ulardan maxrum bo’lganlar. Lekin bunday xollar nisbatan kam uchraydi. Kobiliyatlar faoliyat davomida rivojlanadi. Kobiliyatlarni rivojlantirishning birinchi sharti–faoliyatga bo’lgan e x tiyojni tarbiyalashdir. Mexnatga b o’lgan extiyojni tarbiyalash uchun ishga kizikish

va unga odatlanish katta axamiyatga egadir. Kobiliyatlar shaxsning boshka sifatlari bilan chambarchas bog’langan. Kishining talantli ekanligi ma’lum darajada uning psixik

jarayonlari, shuningdek, k o’ pgina psixik xususiyatlarning rivojlanish darajasiga bog’lik b o’ ladi. Ayrim kobiliyatlarni rivojlantirishda tegishli bilish jarayonlarining yukori darajada bo’lishi xal kiluvchi rol o’ynaydi. Masalan, muzikachi uchun eshitish, rassom uchun ko’rish idroklari katta a x amiyatga ega. Kishi o’z kobiliyatlarini rivojlantirish bilan shug’ullanar ekan, bu rivojlanish kuruk maksaddan iborat bo’lib kolishi kerak emas. Asosiy vazifa jamiyatning munosib, foydali a’zosi b o’ lib etishishdan iboratdir.





Download 37.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling