Sharq yoki Gʼarb yozuvchilarining badiiy asarlari tahlili va taqdimoti. Jek London va Abdulla Qahhor ijodida badiiy psixologizm


Download 11.26 Kb.
bet1/5
Sana07.02.2023
Hajmi11.26 Kb.
#1174516
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Sharq yoki Gʼarb yozuvchilarining badiiy asarlari tahlili va taq-hozir.org


Sharq yoki Gʼarb yozuvchilarining badiiy asarlari tahlili va taqdimoti

Sharq yoki Gʼarb yozuvchilarining badiiy asarlari tahlili va taqdimoti.

Jek London va Abdulla Qahhor ijodida badiiy psixologizm

HOMIDOVA SABRINA


120 GURUH

XIX asr oxiri XX asr boshlarida o‘z faoliyati va asarlari bilan butun afkor ommanining diqqatini tortgan amerikalik adib Jek London ijodi va hayotiy biografiyasi adib bilan zamon nuqtayi nazaridan deyarli ketma-ket yashagan, ijtimoiy kelib chiqishi va hayot yo‘li ma’lum ma’noda yaqin bo‘lgan Abdulla Qahhor e’tiborini ham qozongan. Abdulla Qahhor, o‘zi e’tirof etganidek, Jek London asarlari bilan tanish bo‘lgan. Adabiyotshunoslarning kuzatishiga ko‘ra, u Jek London adabiy maktabidan bevosita ta’sirlangan. Abdulla Qahhor o‘zining hikoyalarini, «Sarob» romanini yaratishda amerikalik adibning «Martin Iden» romani syujeti skeletidan, shuningdek, yozuvchining biografiyasidan foydalangan Jek London hayotning butun mashaqqatlari, ziddiyatlari, miqyoslari bilan to‘qnash keladi va keyinchalik bularning barini o‘z asarlarida badiiy qayta gavdalantiradi. Mana shu hayotiyligi sabab adib romanlari, qator povest va hikoyalari, pyesalari butun jahon kitobxonlarining sevimli mulkiga aylangan. Jek London hikoyalarida hamisha qahramonning rang-barang ruhiy holati tasviriga duch kelamiz. Jek London ko‘p hollarda qahramonning ichidan turib uning ichki olamini kashf qiladi.


  • XIX asr oxiri XX asr boshlarida o‘z faoliyati va asarlari bilan butun afkor ommanining diqqatini tortgan amerikalik adib Jek London ijodi va hayotiy biografiyasi adib bilan zamon nuqtayi nazaridan deyarli ketma-ket yashagan, ijtimoiy kelib chiqishi va hayot yo‘li ma’lum ma’noda yaqin bo‘lgan Abdulla Qahhor e’tiborini ham qozongan. Abdulla Qahhor, o‘zi e’tirof etganidek, Jek London asarlari bilan tanish bo‘lgan. Adabiyotshunoslarning kuzatishiga ko‘ra, u Jek London adabiy maktabidan bevosita ta’sirlangan. Abdulla Qahhor o‘zining hikoyalarini, «Sarob» romanini yaratishda amerikalik adibning «Martin Iden» romani syujeti skeletidan, shuningdek, yozuvchining biografiyasidan foydalangan Jek London hayotning butun mashaqqatlari, ziddiyatlari, miqyoslari bilan to‘qnash keladi va keyinchalik bularning barini o‘z asarlarida badiiy qayta gavdalantiradi. Mana shu hayotiyligi sabab adib romanlari, qator povest va hikoyalari, pyesalari butun jahon kitobxonlarining sevimli mulkiga aylangan. Jek London hikoyalarida hamisha qahramonning rang-barang ruhiy holati tasviriga duch kelamiz. Jek London ko‘p hollarda qahramonning ichidan turib uning ichki olamini kashf qiladi.

Download 11.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling