Shaxs tarbiyaning ob’ekti va sub’ekti sifatida. Ma’ruza 2


Download 25.96 Kb.
Sana29.11.2020
Hajmi25.96 Kb.
#154853
Bog'liq
2-mavzu (1)
O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastlabki qarashlar, 2019 ЙИЛНИНГ ДАСТЛАБКИ ЯКУНЛАРИ СОЛИҚЛАР БЎЙИЧА, DesignandImplementationofSmartCarParkingSystem, 4 lab , 3 Mavzu - 1-qism, 2-mavzu (1), 2-mavzu (1), 2-mavzu (1), 2-mavzu (1), 3-4 (1), akbar, geografiya darslik tahlili (6)-1, Тест по истории, MAJBURIYATLAR AUDITI

SHAXS TARBIYANING OB’EKTI VA SUB’EKTI SIFATIDA.

MA’RUZA 2

Reja:


  • Xuquqiy va iqtisodiy tarbiya

  • Ekologik va ahloqiy tarbiya

  • Aqliy va jismoniy tarbiya

  • Siyosiy va demokratik tarbiya

  • Tarbiyada oilaviy munosabatlar

Xuquqiy va iqtisodiy tarbiya-Markaziy Osiyo xalqlari shu jumladan o‘zbek xalqi ko‘p asrlik boy madaniy tarixga ega. Xuquqiy tarbiyani amalga oshirishda xuquqiy madaniyatimiz tarixini o‘rganishda, davlatimiz xududida to‘la ma’noda amal qilib kelingan ijtimoiy qoidalar, urf – odatlar, ularning mohiyati va shakllari ijrosini ta’minlash muhim axamiyat kasb etadi.

Huquqiy tarbiya-Bu shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy munosabatlarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko‘nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi uyushgan, aniq maqsadni ko‘zlagan holdagi faoliyatdir. Huquqiy tarbiyani bolaning kichik yoshidan boshlab amalga oshira boshlash, huquqiy axborotlarning birinchi darajali tus olishiga erishish, shaxsning umumiy dunyoqarashi va ijtimoiy yo‘naltirilganligining tarkibiy qismi tarzida huquqiy qarashlariga asoslanishi zarurdir.

YOshlar orasida xuquqiy tarbiyaviy ishlarini tashkil etish va sodir etiladigan xuquqbuzarlikning oldini olish borasidagi pedagogik faoliyatni yanada kuchaytirish uchun quyidagilarni amalda oshirish kerak.

Umumiy ta’lim maktablarida, xuquqiy maktablarida, xuquqiy bilimlarni targ‘ib qiladigan xonalar tashkil qilishga alohida ahamiyat berish

Barcha maktablarning sud, prokuratura,advakatura,birinchi navbatda voyaga etmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi komissiyalar bilan aloqani mustaxkamlashi

Doimiy ravishda ilg‘or tajribalarni o‘rganish, ommalashtirish va ularni keng tadbiq etish



Iqtisodiy tarbiya-Mazmuni sharq mutafakkirlari tomonidan muntazam ravishda boyitib kelingan. CHunonchi, Muxammad ibn Muso al-Xorazmiy matematika fani inson xayotida asosiy o‘rin tutishini aloxida ta’kidlaydi. Uning fikricha,” kishi hisob ilmini bilishi va o‘z ishiga pishiq bo‘lishi kerak. SHunda o‘z mexnatining natijalarini o‘lchovlar orqali aniqlay olishi mumkin

Abu Nasr Farobiy-Inson yashash uchun ko‘p narsalar kerakligi va ularni vujudga keltirish yo‘lida boshqa shaxslarga murojaat qilishni e’tirof etadi. Bu o‘rinda olim iqtisodiy aloqa zaruriyatini ko‘rsatib o‘tgan edi.

Abu Ali Ibn Sino-Bolalarni hayotga tayorlash uchun ularga xunar o‘rgatish lozim deb ko‘rsatiladi. Inson xunarni puxta o‘rganishi shart. CHunki xunar kelajakda ro‘zg‘or tebratish uchun kerak. Bu shunday olib borilishi kerakki, u o‘z mexnatining natijalarini ko‘ra bilsin. SHundagina bola o‘z imkoniyatidan to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri foydalanayotganini his qila oladi.

Ekologiya-yunoncha so‘z bo‘lib, tirik mavjudotlarning yashash sharoiti va atrof muhit bilan o‘zaro munosabatlari, xamda shu asosida yuzaga keladigan qonuniyatlarni o‘rganadigan fandir. Ekologiya so‘zi "tom" yoki "uy" degan ma’noni anglatib, nemis olimi Ernest Gekkel’ tomonidan birinchi bor fanga kiritilgan.



Ekologik tarbiya berishning mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi

Atrof – muhit va shaxs ma’naviy dunyosiga ta’sir;

tabiat va uning ahamiyatini aniqlash

Tabiat va uning ahamiyatini aniqlash

Tabiatga muxabbatni rivojlantirishda maktab va oila xamkorligi

Ekologik munosabatlarga: Hayotga munosabat, YAxlitlik hissini tarbiyalash, Javobgarlik hissini tarbiyalash, Tabiat go‘zalliklarini his etish kabi komponentlarni kiritish mumkin.

Axloqiy tabiya-Bu o‘z navbvtida o‘quvchilarga atrofdagi kishilar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu, qaysilari yomon ekanligini anglab olishga yordam beradi.

Axloqiy tushunchalarning turli yosh davrlarida shakllanishi darajasi turlichadir.

Axloqiy tushunchalar: axloqiy onglilik, axloqiy qadriyatlar, axloqiy his-tuyg‘ulardir

Jismoniy tarbiyaning maqsadi-O‘quvchilar tanasidagi barcha a’zolarni sog‘lom o‘sishini ta’minlash barobarida ularni aqliy va jismoniy mexnatga, shuningdek, Vatan mudofaasiga tayyorlash yotadi. Abdulla Avloniyning fikricha, “sog‘lom fikr, yaxshi axloq va ilm-ma’rifatga ega bo‘lmoq uchun badanni tarbiya qilish zarurdir”.

Siyosiy va demokratik tarbiya-Tarixdan ma’lumki bizning ajdodlarimiz siyosiy tarbiyaga

katta etibor berganlar. Ayniqsa amir, xon, zodagon oila farzandlariga davlatni boshqarish yo‘l – yo‘riqlarini o‘rgatganlar. Ularni vatanparvarlikka, mardlikka, ziyraklikka chopqirlikka, donolikka o‘rgatganlar. Buning natijasida o‘lkamizda Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur,

Zaxiriddin Muxammad Bobur kabi davlat arboblari etishib chiqqan va dunyoni xayratga solganlar. Ularni olib borgan ishlari, qurdirgan imoratlari, adolatli ishlari maqtovlidir. Tarixiy manbaalarda bu shaxslarni hayotlari etarlicha yoritilishi bilan birga yosh avlodni darsliklariga kiritilgan.

Tarbiyada oilaviy munosabatlar-Oila jamiyatning bir bo‘lagi. SHunday ekan, inson shaxsini shakllantirish oiladan boshlanadi. Oila murakkab ijtimoiy gurux bo‘lib, biologik, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruxiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi. Oila tor maishiy tushuncha emas, balki u ijtimoiy jamoadir. SHu sababli oilalar birlashib jamiyatni tashkil etadi. Jamiyatdagi o‘zgarishlar oilaga ta’sirini ko‘rsatganidek, oiladagi o‘zgarishlar ham jamiyatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Oila-Voyaga etgan ikki jinsning sevilish, ardoqlash, xurmat qilish asosida, ixtiyoriy ravishda, qalb xohishi bilan tuzilgan qonuniy ittifoqidir.

Oila maqsadi-Ikki jinsning o‘zaro kelishuvi asosida farzandni dunyoga keltirish hamda tabiat va jamiyatning davomiyligini ta’minlash.

Oilada

Erkakning vazifasi-Oilani ma’naviy, iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash. Ayoli va farzandlarining tashvishlariga sherik bo‘lish. Oilaga soya solayotgan xavf-xatarlarga qalqon bo‘la bilish. Oila a’zolariga g‘amxo‘r bo‘la bilish.

Ayolning vazifasi-Oilada farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanish. Ularni oq yuvib, oq tarash. Erkaknning tashib kelgan oziq-ovqatlarini pishirish, mehmon kutish. Er va bolalarini ishga va o‘qishga kuzatish, kutib olish.

Glossariy

Ekologiya – (yunoncha so‘z bo‘lib,”ekos-uy-joy,logos-fan”,uy-joy haqidagi fan) tirik mavjudotlarning yashash sharoiti va atrof muhit bilan o‘zaro munosabatlari, xamda shu asosida yuzaga keladigan qonuniyatlarni o‘rganadigan fandir.

Ekosan - mamlakatda ekologik muammolarni bartaraf etishda kirishiladigan harakatlardir.

S i yo s a t sh u n o s l i k - yunoncha politika - davlatyoki ijtimoiy ishlar hamda Logos - ta’limot degan so‘zlarning birikishidan tashkil topgan bыlib, siyosat ta’limot ma’nosini anglatadi.



Axloq – jamiyatda qabul qilingan, jamoatchilik fikri bilan ma’qullangan xulq odob-normalari majmui.

Oila - voyaga etgan ikki jinsning sevilish, ardoqlash, xurmat qilish asosida, ixtiyoriy ravishda, qalb xohishi bilan tuzilgan qonuniy ittifoqidir.
Download 25.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling