Shokirjonova sarvinoz


Download 28.85 Kb.
Sana09.05.2023
Hajmi28.85 Kb.
#1449451
Bog'liq
Labaratoriya ishi №10


SHOKIRJONOVA SARVINOZ

17.11-guruh talabasi Abdullayev Rahmatillo

Labaratoriya mashg’uloti №10
Mavzu:Elektron pochta xizmatlaridan foydalanish.
Ishning maqsadi:Elektron pochta yaratish,pochtaning xavfsizligini ta’minlash, pochta orqali axborot yuborish va qabul qilish ko’nikmalarini xosil qilish.
Nazariy qism
Elektron aloqa(pochta) tushunchasi oddiy aloqa tushunchasiga o’xshashdir.
Elektron aloqa orqali ixtiyoriy ma’lumotlarni:matn,jadval,musiqa va boshqalarni uzatish mumkin.Ma’lumotlar manzilga bir zumda yetkaziladi.
Ma’lumot oluvchi bo’lmagan vaqtda aloqa qutisiga ma’lumotni qayta uzatish va saqlash imkoniyati mavjud.
Elektron aloqa quyidagi vazifalarni bajaradi:

Xatni elektron aloqa yordamida uzatishda manzilning 3xil turidan foydalanish mumkin:

  • shaxsiy - xujjatni bir manzilga yuborish;

  • guruhiy - hujjatni bir guruh oluvchilarga yo’llash;

  • umumiy - hujjatni axborot tarmog’idan foydalanuvchilarning barchasiga yuborish.

Shaxsiy manzillardan xat,hisoblarini yakka abonentlarga jo’natishda foydalaniladi.Yo’riqnoma,ko’rsatma yoki xabarnomalar uzatishni guruhiy manzillar bo’yicha amalga oshirish qulay.
Umumiy manzildan qonunlar,tarmoqning ishi haqidagi ma’lumotlar,
tarmoqning yangi imkoniyatlari haqidagi xabarlarni uzatishda foydalaniladi.
Eng sodda elektron aloqa tizimlari aloqa bo’limlariga ega bo’lmagan tizimlardir.
Topshiriqlar:
1.umail.uz milliy elektron pochta tarmog’iga kiring.
2.Kerakli maydonlarni to’ldiring va elektron pochta yarating.
3.Elektron pochta orqali turli formatdagi fayllarni yuboring.Qabul qilingan pochta axborotlari bilan tanishing.
Topshiriqlarni bajarilishi:
1.Umail.uz milliy elektron pochta tarmog’i bo’lib,u foydalanuvchilar o’rtasida axborot almashish uchun xizmat qiladi.Bu dasturni ishga tushirgandan so’ng ekranda dastur oynasi hosil bo’ladi.

2. Elektron pochta yaratish uchun Umail.uz milliy elektron pochta tarmog’i orqali ID.UZ yagona identifikatsiya tizimidan ro’yxatdan o’tish kerak bo’ladi.Agar siz bu tizimdan ro’yxatdan o’tgan bo’lsangiz http://Umail.uz sahifasiga kirasiz va ID.UZ tizimi orqali identifikatsiyadan o’tasiz.


Agar siz avval ID.UZ yagona identifikatsiya tizimidan ro’yxatdan o’tgan bo’lsangiz ammo Umail.uz pochtasiga ega bo’lmasangiz,http://Umail.uz sahifasiga o’tgan holda ID.UZ tizimida avtorizatsiyadan o’tasiz va pochta manzilini yaratasiz.
Avtoriztasiyadan so’ng siz,pochtangiz nomini va unga kirish tugmasini ko’rasiz.Pochtaga kirishdan avval interfeys tilini hamda interfeys ko’rinishini tanlashingiz mumkin.
Nazorat savollari:
1.Milliy elektron pochtaning nomi nima?
2.Elektron pochta yaratish qanday amalga oshiriladi?
3.Elektron pochta orqali qanday formatdagi fayllarni yuborish mumkin?
Xulosa
Men bu labaratoriya ishini tayyorlash jarayonida Elektron pochta yaratish,pochtaning xavfsizligini ta’minlash, pochta orqali axborot yuborish va qabul qilish ko’nikmalarini xosil qildim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.1.Norbek Taylaqov,Akrom Ahmedov.“IBM PC kompyuteri”.”O’zbekiston” nashriyoti.Toshkent – 2001-yil.
2.O.O.Hoshimov,M.M.Tulyaganov.”Kompyuterli va raqamli texnologiyalar”.
“Yangi asr avlodi” nashriyoti.Toshkent – 2009-yil.
3.M.Aripov,M.Fayziyeva,S.Dottoyev.”Web texnologiyalari”. “O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”nashriyoti.Toshkent – 2013-yil.


Download 28.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling