Щтанова Ирода


Download 314 Kb.
bet1/10
Sana19.06.2023
Hajmi314 Kb.
#1602367
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Shaxs o’z-o’zini anglashi va “Men konsepsiyasi”


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI


Farg’ona Davlat Universiteti


Sirtqi bo’limi Psixologiya yo’nalishi
18.61-guruh talabasi -----------------------------------ning
Umumiy psixologiya fanidan yozgan
KURS ISHI


Mavzu: Shaxs o’z-o’zini anglashi va “Men konsepsiyasi”


Ilmiy rahbar …………………………………….
Farg’ona 2023
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………….............................3
I BOB. SHAXS O’Z-O’ZINI ANGLASHI VA “MEN KONSEPSIYASI”NING NAZARIY ASOSLARI…………………………...….5
1.1. Olimlarning shaxs shakllanishida ijtimoiy muhitning о‘rni haqidagi fikrlari…………………………………………………….....................................5
1.2. Talaba shaxsining о‘ziga xos xususiyatlari……………..............................10
II BOB. SHAXS O’Z-O’ZINI ANGLASHI VA “MEN KONSEPSIYASI” MUAMMOSINI EMPERIK O’RGANISH…………………………………....22
2.1. Talaba yoshlar о‘z-о‘zini anglashining amaliy tahlili………………………..22
2.2. Shaxs о‘z-о‘zini anglashining ijtimoiy asoslari.……………………..........24
XULOSA……………………………………………………………....................29
TAVSIYALAR……………………………………………..................................30
ADABIYOTLAR RО‘YHATI………………………………............................31
ILOVALAR………………………………………………..................................33


KIRISH
Kurs ish mavzusining dolzarbligi.О‘zbekiston Respublikasida ta’lim islohotlarini amalga oshirish jarayoni, ta’limni boshqarishni demokratiyalashtirish va bozor iqtisodiyotiga о‘tish ta’lim muassasalari о‘quvchilarining ma’naviy qiyofasini, shuningdek, ta’lim, ayniqsa, tarbiya jarayoni maqsadi va usullarini sezilarli darajada о‘zgartirdi. Endi yosh avlod shaxsni oldindan belgilangan stereotip qarashlar asosida shakllantirish vaqti о‘tdi. Hozirgi zamon ta’lim-tarbiya ishlarining asosiy maqsadi shaxsga о‘z hayotida erkin tanlash imkoniyatni yaratib berish, tо‘g‘rirog‘i, erkin shaxsni shakllantirshdir. Hozirgi zamon ta’lim muassasalari, о‘qituvchi va murabbiylari oldida erkin fuqaroni, yuksak ma’navvyatli shaxsni shakllantirish, boshqacha aytganda, huquqlarini yaxshi biladigan, о‘z kuchi va qobiliyatiga tayanadigan, yuz berayotgan siyosiy, ijtimoiy -iqtisodiy, madaniy jarayonlarga shaxsiy nuqtai nazardan bildira oladigan, shu bilan birga, о‘z manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg‘unlashtirib, kasb-hunar sirlarini mukammal egallagan mutaxassislarni tarbiyalab voyaga yetkazish vazifasi turibdi. Albatta, bо‘lajak mutaxassislar shaxsining rivojlanishi ularning ijtimoiy-madaniy muhit va boshqa kishilar bilan maqsadli о‘zaro ta’siriga bevosita bog‘liq. Bunday maqsadli о‘zaro ta’sirni faqat pedagog-tarbiyachilar va bо‘lajak mutaxassislarning о‘zlari yо‘lga qо‘ya oladilar. Shu bois, endilikda ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan tarbiyaviy ishlarning mazmuni tubdan о‘zgartirish talab etilmoqda. Tashqi tarbiyaviy boshqarish jarayonining ichki о‘z-о‘zini boshqarish va tarbiyalash sistemasiga aylanishidagi psixologik mexanizm muhim masalalardan hisoblanadi. О‘z-о‘zini muvofiqlashtirish va о‘z-о‘zini boshqarish shaxsning struktura elementlaridan biridir. Ular shaxsning xususiyatlari tarkibiga kiritiladi. Biroq, ularning turli xususiyatlarida о‘zini namoyon qilish bir xil kо‘rinishda bо‘lmaydi, ba’zi hollarda bu xususiyatlar faqat endi belgilanayotgan bо‘lsa, boshqa hollarda bundan xususiyatlar ortiq darajada kо‘payib ketgan bо‘ladi. Masalan, shaxsning yо‘nalishini ifoda etuvchi xususiyatlarda bunday struktura elementlari irodaviy xususiyatlarga qaraganda ancha kamroq darajada namoyon bо‘ladi.
О‘z-о‘zini tarbiyalash va takomillashtirib borish-bu о‘z-о‘zini muvofiqlashtirish hamda boshqarishni rivojlantirishning oliy darajasi deb hisoblanmog‘i kerak.

Download 314 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling