Sifat tahlili maqsadi — tarkibi noma’lum aralashmaning tarkibiy qismlarini aniqlash. Miqdoriy tahlilning maqsadi
Download 15.44 Kb.
|
analitik kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Miqdoriy tahlil qismida
Analitik kimyo — har xil moddalar va ular aralashmalarining sifat va miqdoriy tarkibini o'rganish bilan shugfullanadigan fandir. Sifat tahlili maqsadi — tarkibi noma’lum aralashmaning tarkibiy qismlarini aniqlash. Miqdoriy tahlilning maqsadi — aralashmadagi bir yoki bir necha tarkibiy qismlarning miqdorini aniqlash. Sifat tahlili bo‘limida moddalami sifat jihatdan aniqlashning asosiy reaksiyalari: ko‘p uchraydigan kation va anionlar tahlili yoritilgan. Miqdoriy tahlil qismida hajmiy tahlilning: neytrallash, per- manganatometrik va kompleksonometrik usullarning asosiy nazariy qismlari yoritilgan. Har xil miqdoriy aniqlashga doir misollar va o‘z-o‘zini tekshirish uchun masalalardan namunalar keltirilgan. Analinik kimyoning vazifasi — materiyani kimyoviy nuqtayi na- zar bilan xarakterlash va ikkita asosiy savolga javob berish: ‘Nima’ (sifat analizi) ‘Qancha4 (miqdoriy) Sifat analizi — kimyoviy reaksiyalar asosida amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda infraqizil spektroskopiya (IQ), yadro magnit re- zonansi (YMR) va mass-spektrometriya kabi usullar asosida sifat analizi amalga oshirilmoqda. Analitik kimyo fartinmg yana bir muhim jihatlaridan biri — moddani kimyoviy va fizikaviy xossalarini o'rganishdir. XVIII asrda eritmalardan metallar (kationlar)ni guruhlari bilan ajratish usulining T. Bergman tomonidan joriy etilishi sifat analizining rivojlanishida alohida ahamiyatga ega boldi. Sifat analizining mikrokristalloskopik analiz usuli M.V. Lomonosov va ayniqsa, T.E. Lovisning ilmiy ishlari tufayli vujudga keldi. U kalsiy tuzlari ishtirokida alangani qizil tusga bo‘yalishidan foydalanib, tuzlar tarkibida kalsiy mavjudligini bilib olish mum- kinligini amalda ko'rsatdi. Lovis kashf etgan adsorbsiya hodisasi ke- yinchalik rus botanigi M.S. Svet tomonidan taklif etilgan xroma- tografik analizda keng tatbiq etildi. Miqdoriy analizni ilmiy fan sifatida M.V. Lomonosov asoslab berdi. 1859-yilda R. Bunzen va G. Kirxgof sifat analizining fizikaviy usullaridan biri — spektral sifat analizini ishlab chiqdilar. Organik reagentlar tomchi analizida va fotometrik analizda keng qo‘llaniladigan bo‘ldi. Tomchi usulini N.A. Tananayev ishlab chiqdi. Download 15.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling