Sig’im datchiklari va ularning qo’llanish sohalari
Download 11.88 Kb.
|
Amaliy 8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Хarorat datchiklari
8-Amaliy mashg’ulot Sig’im datchiklari va ularning qo’llanish sohalari.Sig‘im datchiklarida xilma-xil kirish kattaliklarni (chiziqli va burchak xarakatlarni, mexanik kuchlanish, satx va kabilar) sig‘im o‘zgarilishiga aylantiri- ladi. Amalda sig‘im datchiklari kondensatorlardan yasaladi. O‘lchaydigan kattal- iklariga qarab sig‘im datchiklari (2.10-rasm) yuzasi o‘zgaruvchan, oraliq masofasi o‘zgaruvchan va dielektrik singdiruvchanligi o‘zgaruvchan turlariga bo‘linadi. 2.10- rasm. Sig‘im datchiklarining turlari. Тekis kondensatorning sig‘imi quyidagi tenglama orqali ifodalanadi: (2.13)bu yerda: 0=8,85 10-12 F/m - vakuumning dielektrik singdiruvchanligi; - kondensatorning plastinalararo muhitining dielektrik singdiruvchanligi; S - plas- tinalarning yuzasi; plastinalararo masofa. Oraliq masofasi o‘zgaruvchan datchiklar (2.10, a-rasm) 0,1...0,01 mkm aniqliqda chiziqli xarakatlarni, yuzasi o‘zgaruvchan datchiklar (2.10, v-rasm) chiziqli va burchak xarakatlarni nazoratida va dielektrik singdiruvchanligi o‘zgaruvchan (2.10, s - rasm) namlik, sath, kimyoviy tarkib kabi kattaliklarni o‘lchashda qo‘llaniladi. O‘lchash aniqligini va sezgirligini oshirish maqsadida sig‘im datchiklari ko‘priksimon sxemalarga ulanadi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan prinsip asosida sig‘im manometrlari ishlaydi. O‘lchash aniqligini va sezgirligini oshirish maqsadida sig‘im datchiklari ko‘priksimon sxemalarga ulanadi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan prinsip asosida sig‘im manometrlari ishlaydi. (2.11-rasm). O‘lchanayotgan bosim asbobga quvur 1 orqali uzatilib, membrana 2 orqali qabul qilinadi. Membrana o‘z navbatida plastina 3 bilan kondensatorni hosil qi- ladi. Kondensator sxemaga klemma 4 lar yordamida ulanadi. Bosim ta‘sirida membrana egilib plastinaga yaqinlashadi va kondensatorning sig‘imini o‘zgartiradi. Shunday qilib kondensator sig‘imi o‘lchanayotgan bosimga pro- porsionaldir. 2.11-rasm. Sig‘im manometrining sxemasi. Sig‘im datchiklarining afzalliklari: soddaligi, ixchamligi, arzonligi va kichik inersionligi. Kamchiliklari: chiqish signalining quvvati pastligi, o‘lchov natijalari atrof muhit ko‘rsatkichlariga bog‘liqligi, ulaydigan simlar va qurilma metall qismlarning sig‘imlari turlicha ta‘sir qilib, detallarning o‘zaro joylashishiga bog‘liq. Хarorat datchiklariХarorat barcha texnalogik jarayonlarning muxim ko‘rsatkichlaridan biridir. Qishloq va suv xo‘jaligida ko‘pgina texnologik jarayonlar ular o‘tayotgan sharoit xaroratiga bog‘liq. Jism, suyuqlik yoki gazning xarorati nazorat qilayotgan muxit- ning yoki u bilan issiqlik kontaktida bo‘lgan mahsus elementning xaroratini o‘lchab aniqlanadi. Amalda xarorat datchiklarining sezgir elementlari sifatida issiqlik tasirida o‘zining fiziko-mexanikaviy xususiyatlarini keng diapazonda o‘zgartirib, boshqa kattaliklar (namlik, muxitning tarkibi, xavo bosimi ta‘sirida xususiyatlarini o‘zgartirmaydigan materiallardan foydalaniladi. Хarorat datchiklarining sezgir el- ementlari issiqliqga kengayish koeffensenti maksimal ko‘rsatkichiga ega bo‘lishi kerak. Ishlash prinsipi jihatdan xarorat datchiklari suyuqlik, bimetallik va dila- tometrik datchiklariga hamda termoparalar va termorezistorlarga bo‘linadi. Download 11.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling