Xarorat datchiklari
Download 46.04 Kb.
|
Doc1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harorat datchiklari
- Suyuqlik datchiklari
XARORAT DATCHIKLARI Хarorat barcha texnalogik jarayonlarning muxim ko‘rsatkichlaridan biridir. Qishloq va suv xo‘jaligida ko‘pgina texnologik jarayonlar ular o‘tayotgan sharoit xaroratiga bog‘liq. Jism, suyuqlik yoki gazning xarorati nazorat qilayotgan muxitning yoki u bilan issiqlik kontaktida bo‘lgan mahsus elementning xaroratini o‘lchab aniqlanadi. Amalda xarorat datchiklarining sezgir elementlari sifatida issiqlik tasirida o‘zining fiziko-mexanikaviy xususiyatlarini keng diapazonda o‘zgartirib, boshqa kattaliklar (namlik, muxitning tarkibi, xavo bosimi ta‘sirida xususiyatlarini o‘zgartirmaydigan materiallardan foydalaniladi. Хarorat datchiklarining sezgir elementlari issiqliqga kengayish koeffensenti maksimal ko‘rsatkichiga ega bo‘lishi kerak. Ishlash prinsipi jihatdan xarorat datchiklari suyuqlik, bimetallik va dilatometrik datchiklariga hamda termoparalar va termorezistorlarga bo‘linadi Harorat datchiklari- Harorat datchiklari apparatlarning qismlaridagi, quvurlarda oqayotgan va rezervuarlarga to’lg’azilgan suyuqlikning issiqligini o’lchashda foydalaniladi. Haroart datchilariga yaqqol termoqarshilik va termojuftlik qurilmalari misol bo’ladilar. Suyuqlik datchiklari- Suyuqlik datchiklari -2000S dan +7500 C gacha oralig‘idagi xaroratni o‘lchashda ishlatiladi. Shisha termometrlarning ishlatish usuli sodda, aniqligi yetarli darajada yuqori va arzon bo‘lganligi sababli sanoatda keng tarqalgan. Suyuqlikli termometrlarning ishlash prinsipi termometr suyuqligining xajmi xarorat ko‘tarilishi yoki pasayishi tufayli o‘zgarilishiga asoslangan. Shishali termometrning suyuqligi sifatida simob, toluol, etil spirti, efir va boshqalar ishlatiladi. Suyuqlikli datchiklarning kirish signali xarorat o‘zgarilishi t bo‘lib, chiqish signali kapilyardagi ustunning balandligi bo‘ladi: ΔH=ΔV/S, bu yerda: ΔV=V(B-3*ΔQ) - suyuqlik xajmining o‘zgarilishi; B- suyuqlikning issiqlikka kengayish koeffitsiyenti; V- suyuqlikning boshlang‘ich hajmi; I- kapilyar materialining issiqlikga kengayish koeffitsiyenti. Suyuqlik termometrlariga qo‘shimcha elementlar kiritish natijasida ular avtomatika tizimlarida qo‘llanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar . Тakomillashtirish natijasida suyuqlikli datchiklarning chiqishida xarorat o‘zgarilishi bilan aktiv, induktiv, sig‘im qarshiliklari yoki nurlar intensivligi o‘zgartiriladi.
Dilatometrik va bimetallik datchiklarning ishlash prinsipi xarorat o‘zgarishidagi qattiq jism chiziqli miqdorining o‘zgarishiga asoslangan. Хarorat o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan qattiq jism chiziqli miqdorining o‘zgarishi quyidagicha ifodalanadi: Lt=L0(1+B*t), (2.15) bu yerda: Lt ― xaroratdagi qattiq jismning uzunligi; L0 ― shu jismning 00S dagi uzunligi B ―chiziqli kengayishning o‘rtacha koeffitsiyenti (00S dan t0S gacha bo‘lgan xaroratlar intervalida). Download 46.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling