Silning destruktiv shakllari


Download 77.16 Kb.
bet1/3
Sana18.10.2023
Hajmi77.16 Kb.
#1707948
  1   2   3
Bog'liq
Silning destruktiv shakllari

Silning destruktiv shakllari

Bajardi: 2-d.411-a. Ishonqulov Jaloliddin

Reja:

  • Kavernali o’pka sili
  • Fibroz-kavernali o’pka sili
  • Sirrotik o’pka sili

O’pkaning kavernali va fibroz kavernali sili

Silning ravon kechishida infiltratsiya va yangi o’choqlar tez so’riladi hamda ularning o’rni chegaralanib kaverna hosil bo’ladi. U chegaralangan va yupqa devorli bo‘lib, atrofdagi o‘pka to‘qimasida yaqqol namoyon bo‘lmagan infiltrativ, o‘choqli, fibrozli morfologik o‘zgarishlarning orqaga qaytishidir. Tuberkulez kavernasi tuberkulez bilan shikastlangan sohadagi shakllangan bo‘shliq bo‘lib, atrofdagi o‘pka to‘qimasidan uch qavatli devor bilan chegaralangandir.

Kaverna

Kaverna doimiy infeksiya o‘chog‘i bo‘lib, tuberkulez jarayonining avjlanishiga olib keladi va natijada o‘pkaning fibroz-kavernoz tuberkuleziga transformatsiyasi kuzatilishi mumkin. Fibroz-kavernoz tuberkulezning rivojlanishini o‘z vaqtida adekvat kompleks davolash chora-tadbirlarini o‘tkazish bilan to‘xtatish mumkin. Fibroz-kavernozli tuberkulez bir yoki bir necha yaxshi shakllangan devorli fibroz qavatlardan iborat bo‘lgan, atrofidagi o‘pka to‘qimalarida yaqqol fibroz va polimorf o‘choqlar kuzatiladigan jarayondir

Klinik shakllari

Fibroz-kavernozli tuberkulezning uchta asosiy klinik varianti ajratiladi. 1. Chegaralangan va nisbatan barqaror; 2. Rivojlanib boruvchi; 3. Asoratlangan;

Klinikasi

Bemorlar kam miqdordagi balg‘amli yo‘tal, holsizlik, ishtaxa yo‘kligi, kayfiyat tushishiga shikoyat kiladi. Bu shikoyatlar uzoq davom etgan davo va ko‘p mikdorda doridarmonlar ichish natijasida kelib chikadi. Kavernoz tuberkulezda boshlanish boskichida ko‘pincha bemor xech narsaga shikoyat qilmaydi

O‘pka perkussiyasida kaverna bor joyda bo‘g‘ik perkutor o‘pka tovushi aniqlanadi, bu tovush plevrani qattiklashishi va kaverna atrofini o‘pka to‘qimasi bilan o‘ralganligi tufayli kelib chikadi. Ko‘pchilik bemorlarda fizikal usullar yordamida kavernalar aniqlanmaydi. Bu kabi kavernalar «soqov» kaverna deb ataladi. Yo‘talgandan keyin va chuqur nafas olgandan so‘ng jaroxatlangan sohada biroz nam va quruq xirillashlar eshitiladi.


Download 77.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling