Sintoizm dinirecommended by


Download 37.72 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi37.72 Kb.
#1021469
  1   2   3
Bog'liq
Sintoizm dini-WPS Office

Sintoizm dini

Sintoizm dinirecommended by

GRANDSTAVKA

Qit’adagi eng zur sport sayti

BATAFSIL O'QISH

SINTOIZM

Sintoizm dini Qadimgi YAponiyada vujudga kelgan (sinto – «xudolar yo’li»). Bu dinning vujudga kelishiga oid aniq ma`lumotlar yo’q. Biroq, u YAponiyada Xitoy ta`siridan xoli bir sharoitda paydo bo’lgan va rivojlangan. YAponlar sintoizmning mohiyati va kelib chiqishini bir-biri bilan aralashtirmaslikka harakat qiladilar. Sintoizm ular uchun ham tarix, ham an`ana, ham butun hayot demakdir.

Sintoizm ta`limotiga ko’ra, mikado (imperator) – osmon ruhlarining davomchisidir. Har bir yapon kishisi ikkinchi darajali ruhlar(kama)ning vorisidir. YAponlar kamani ajdodlar va qahramonlarning ruhlari deb e`tiqod qiladilar. Xudojo’y yapon o’lgandan keyin o’zining ham o’sha kamalardan biri bo’lishiga ishonadi.

Sintoizmda «Oliy ilohiyat» tushunchasi mavjud emas. U ajdodlar ruhiga va tabiatga sig`inishga o’rgatadi. Sintoizmda umumiy hayotiy rioya qilinishi lozim bo’lgan qoidalardan boshqa diniy urf-odatlar yo’q. Unda bir umumiy ma`naviy qoida – «Umumiy qonunlarga rioya qilgan holda tabiat qoidalariga mos harakat qil» g`oyasi mavjud. YAponlar tasavvurida ular yaxshilik va yomonlik tushunchalarini tabiatan bilganlar, shu tufayli, jamiyatdagi qoida va talablarga rioya qilish tabiiy. Agar shunday bo’lmaganda, ular o’rgatilmagan yovvoyi hayvonlardan ham pastroq darajada bo’lar edilar.

Sintoizm haqidagi ma`lumotlar «Kodziki» («Qadimiy yozuvlar») va «Nixongi» («YAponiya annallari») manbalarida uchraydi.

Kodziki – bu sintoizmning muqaddas kitobi. U har bir yaponning eng yaqin kitobidir, boshqacha aytganda, bu kitob YAponiyani, yapon xalqini tushunishning kaliti hisoblanadi. Unda ikkita asosiy mazmun mujassam: qon-qabilaviy birlik va siyosiy hokimiyat g`oyasi.

YApon yozuvlarida ta`kidlanishicha, olamda avval tartibsizlik (xaos) hukmronlik qilgan. Undan so’ng er osmondan ajralib chiqqan hamda ayol va erkak jinsi paydo bo’lgan. Ayol jinsi timsolida ayol xudo Izdanami, erkak jinsi timsolida uning eri Izdanagi yuzaga keldi. Ulardan ayol jinsidagi quyosh ilohiyati Amaterasu, erkak jinsidagi oy ilohiyati TSukiyomi, shamol va suv ilohiyati Susanoo tug`ildi. Amaterasu g`alaba qilib osmonda qoldi, Susanoo esa erdagi Idzumo mamlakatiga quvildi. Susanooning o’g`li Okuninusi Idzumo hokimi bo’ldi. Amaterasu bu holatga chidab tura olmay, Okuninusi hokimiyatini o’z nabirasi Ninigiga topshirishga majbur qildi. Ninigi osmondan tushib, Idzumo davlati rahbarligini qabul qildi. Unga hokimiyatning ramzi sifatida uch muqaddas narsa – ko’zgu (ilohiylik timsoli), qilich (qudrat timsoli) va yashma (sadoqat va fidoiylik timsoli) topshirildi. Ninigidan Dzimmutenno kelib chiqdi. Tinno unvoni «oliy hukmdor» ma`nosini anglatadi. Bu so’z boshqa tillarda imperator ma`nosini bildiradi. Dzimmutenno mikado – yapon imperatorlari sulolasining birinchi vakili, YAponiyaning birinchi afsonaviy imperatori hisoblanadi. Ko’zgu, qilich, yashma o’sha qadim zamonlardan beri yapon imperatorlari xonadonining belgisi bo’lib qolgan.


Download 37.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling