Aslida bilishimiz kerakki


Download 77.43 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi77.43 Kb.
#1800811
Bog'liq
O`TKIROVA FARANGIZ


Bolalarning tasavvur dunyosi shu qadar keng boʻladiki, u yerda butun borliq koinot jilvalanib turadi. Biz bilib bilmasdan shu kengliklarga daxl qilib qoʻyamiz. Ularga oʻzimizning mavjud dunyoqarashimizni singdirishga urinamiz. Aslida bilishimiz kerakki, biz ularga hech narsani oʻrgata olmaymiz. Bizning eng muhim vazifamiz shu boʻlishi kerakki, ularga oʻzlarini oʻzlari rivojlantirishlari uchun imkoniyat qilib berishimiz, uni tabiatan mavjud bo’lgan qobiliyatlarini yuksaltirishga yo’naltirishimiz kerak.
Buyuk rus yozuvchisi va metodisti Lev Tolstoy “Bolalarni oʻqitishni bas qiling” deganda, aslida, ularning oʻzlari ustida ishlashlari uchun imkoniyat qilib berishlik, ularning oʻzlarini oʻz ustlarida ishlashga oʻrgatishni nazarda tutgan edi. Bugun ta’lim tizmidagi hayotiy kompetensiyaviylikning ham mohiyati bolalarni jonsiz dars jihozlaridan koʻra hayotiy faoliyatga olib chiqishni, dars jarayonini hayot bilan bogʻlashni pirovard maqsad qilib qoʻyadi.

Ta’kidlaganimiz kabi harflarni bolaga zoʻraki tiqishtirishdan koʻra, shu harflarni obrazlarda tavsiya etish, ularni qiziqarli koʻrinishda oʻrgatish qiziqqon bolajonlar uchun yana-da maroqli va quvnoqroq boʻladi. Ta’lim va tarbiya jarayoni shunday tashkil etilganda, bolalarga bilim berishning hojati ham qolmaydi. Ularning oʻzlari bilimni sizdan tortib olishadi. Faqat buni qanday tashkil qilish ma’qul ekanligini bila olsangiz bas.Bundan tashqari savod oʻrgatish jarayonida har bir harf haqida ertak aytib berishlik bolalarni harfga nisbatan qiziqishini yanada orttiradi. Siz majburlamasangiz-da kechasi bilan bola shu harf haqida oʻylab chiqadi. Shu harfning boshidan oʻtgan sarguzashtlari, qilgan qahramonliklari haqida xayol suradi. Axir oʻqituvchining asl maqsadi ham shu emasmi. Maqsadga olib boradigan turli yoʻl va usullar turganda oʻrinsiz va eski metodlardan foydalanishga hojat yoʻq.
Bolalarning ichki dunyosi goʻyo shudgorlanib qoʻyilgan poyonsiz dalalarga oʻxshaydi. U yerga nima eksangiz, shu narsa unib chiqadi. Shuning uchun keling, bu dalalarni bogʻ-boʻstonlarga aylantirishni xohlar ekanmiz, bu bogʻlardan barcha bahramand boʻlishiga imkoniyat yaratishimiz lozim.
Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish bu bosqichning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Qolaversa, nutq har qanday aqliy faoliyat va muloqotning asosi hamdir. O‘quvchilarning taqqoslash, tasniflash, tahlillash, mustaqil va mantiqli mulohaza yuritish, tizimlash hamda umumlashtirish, xulosalar chiqarish singari aqliy faoliyat bilan bog‘liq ko‘nikmalari nutq orqali shakllanadi. Ayni vaqtda, o‘quvchining og‘zaki va yozma nutqiy faoliyatida ham namoyon bo‘ladi. O‘quvchining aqliy rivojlanganlik darajasi og‘zaki va yozma nutqidagi mantiqiy tiniqlik, qarashlarning dalillanganligi va obrazliligida ham ko‘rinadi. Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqi, ya’ni matn yaratishdagi muvaffaqiyatlari boshqa o‘quv fanlarini o‘zlashtirishdagi imkoniyatini ham oshiradi. Bundan tashqari, o‘qish ko‘nikmalarining to‘laqonli shakllanishini va imlo savodxonligi ortishiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Nutqni o‘stirish o‘qish va imlo savodxonligi, to‘g‘ri yozish qoidalarini o‘zlashtirish jarayonining shakllaridan biridir. So‘zdan ibora, jumla va bog‘lanishli matn yaratishda to‘g‘ri hamda o‘rinli foydalanish qoidalari ustida ishlash, bexato va savodli yozish, asosan, boshlang‘ich sinflar ona tili darslarining vazifasi hisoblanadi. Ona tili ta’limi Milliy dastur asosiy bandlarining nomi (o’qib tushunish, tinglab tushunish, nutq so’zlash, yozish va grammatik svodxonlik) ham nutq o‘stirishning boshlang‘ich ta’lim amaliyotida qanchalar ahamiyatli va zarur ekanini ko‘rsatadi. Boshlang‘ich ta’lim amaliyoti ham nutq o‘stirish ishlariga bevosida daxldordir.
Nutq ichki fikr va qarashlarni ifodalash ehtiyojidan paydo bo‘ladi. Nutq jumlalarni to‘g‘ri tuzishga o‘rgatish, ya’ni so‘zlarni qoldirmay, ma’lum izchillikda, bir-biri bilan to‘g‘ri bog‘lash va talaffuz qilish so‘ngra uni yozma shaklda ifodalash demakdir. O‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini shakllantirishda ularga nazariy ma’lumotlar berish ham maqsadga muvofiq. Ya’ni bilim va ko‘nikmalar anglangandagina yaxshi o‘zlashtirilishi, nutq faoliyatida kutilgan samarani berishi mumkin.
O‘quvchilar boshlang‘ich ta’limning dastlabki bosqichidan boshlab har xil mashqlarni bajarish asnosida mavzu bo‘yicha gapirish, asosiy masalani ochish, fikrini to‘g‘ri ifodalash va bog‘lanishli nutq nima ekani bilan tanishib boradilar. O‘quvchilarga qayta hikoya, tahlil, tavsif va muhokama nima ekanini anglashga ko‘maklashiladi. Ularda predmetni tasniflash bilan biror surat yoki kuzatishlarini tasniflash orasidagi tafovutni farqlash ko‘nikmasini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zi ko‘rgan-bilganlari va kuzatganlarini tasniflash bilan surat va kuzatishlari haqida hikoya qilish bir-biridan nimasi bilan farqlanishini, batafsil yoki tanlab hikoya qilish nima ekani, didaktik tahlil, og‘zaki va yozma inshoning farqi, bayon va insho nima ekanini o‘quvchilar boshlang‘ich sinflar davridan farqlab borishlari kerak. Bularning barchasini kichik o‘quvchilar amalda bajarish asnosida o‘zlashtirib boradilar.
Savod o‘rgatish darslarida tashkil etilgan suhbat jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlari samaradorligi nafaqat savolning to‘g‘ri qo‘yilishi, balki o‘qituvchining har xil xarakterdagi javoblar orasida o‘zini yo‘qotmay suhbatni boshqara bilishiga ham bog‘liq. Yaxshi tashkil qilingan suhbatlarda o‘qituvchi-o‘quvchilar fikr va qarashlari bilan hisoblashadigan teng huquqli suhbatdoshlarga aylanadilar. O‘qituvchi o‘quvchi javoblaridagi silliqlikni birinchi o‘ringa ko‘tarmasligi kerak. O‘qituvchining o‘quvchi javoblarini muntazam ravishda tuzatib, to‘ldirib borishi ham noto‘g‘ri. Albatta, o‘quvchining xulosasi o‘qituvchining fikridek to‘kis bo‘lmaydi. U to‘mtoq, jo‘n, jaydari, tarqoq bo‘lsa ham ta’lim amaliyoti uchun olimnikidan qadrliroq, o‘qituvchinikidan qimmatliroqdir. Chunki o‘quvchi hech kimni muallifni ham, muallimni ham takrorlayotgani yo‘q. Boshlang‘ich ta’limga olib kirilayotgan zamonaviy suhbatlar – bu ovoz chiqarib mulohaza yuritish, bir savol atorfida birgalikda o‘ylash, ovoz chiqarib his etishdir. O‘quvchilar hamisha ham tuyg‘ularini so‘z vositasida ochiq ifodalayvermaydilar. Asl tuyg‘ularning tabiati shunaqa, ularni hamisha ham so‘zga ko‘chirib bo‘lmaydi. Tortishuvlar uchun vaziyat yaratish suhbat jarayonida o‘quvchilarni faollashtirishning muhim shartlaridan biridir.

1-Mashq
Qish manzarasi berilgan. Ushbu rasmga qarab 5-6ta gapdan iborat og`zaki matn tuzing.
2.Mashq
Mushuk,sichqon,daraxt,lola so`zlarining talaffuziga e`tibor bering va harf kassasi yordamida ushbu so`zlardan gaplar tuzing.
3-Mashq
Maktab,daftar,qalamdon,kitob,rubob,tabiat so`zlarini namunada berilgan bo`g`in ko`chirish usulida yozing.
Namuna:Mak-tab
4-Mashq
Olma,olcha,o`rik,jirafa,zebra,ayiq.Berilgan tovush-harfdan kesma harf va bo‘g‘inlar asosida bo‘g‘in, so‘z, gap tuzing.
5-Mashq

Berilgan rasm asosida “Ona allasi”mavzusida 4-5ta gapdan iborat matn tuzing.
Test topshiriqlari
1.Maktab so`zi qanday bo`g`inga ajraladi?
A)mak-tab B)ma-ktab
D)makt-ab


2.Vatan so`zi nechta tovush va harfdan iborat?
A)4ta tovush ,3ta harf B5ta tovush 5ta harf
D)2ta tovush,3ta harf
3.O`zbek tilimizda nechta harf bor?
A)24ta B)29ta
D)17ta
4.Alifboda nechta undosh harflar bor?
A)24ta B)30ta
D)23ta
5. odo….,ofto….., Nuqtalar o`rniga qaysi harf qo`yiladi?
A)b B)p
D)to`g`ri javob yo`q
6.Uchta undosh ishtirok etgan javobni toping.
A)do`st B)maktab
D)qimmat
7.Bodring so`zida nechta unli harflar bor?
A)2ta B)unli harflar yo`q
D)3ta

O`quvchilarga savod o`rgatish darslarida nutqiy faoliyati takomillashtirish,nutqiy madaniyatini oshirish maqsadida “Kim chaqqon”didaktik o`yiniorqali ”Unli tovushlar va harflar” mavzusiga oid: Berilgan rasmlarning nomlarini topib, tushib qolgan unli harflarni o‘z o‘rniga qo‘yamiz.Bunda qo`l ko`targan o`quvchi birinchi so`zni to`g`ri aytib,va yoza olsa shu o`quvchi g`olib bo`ladi.


Download 77.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling