Mavzu: Qarzdor yuridik shaxs qayta tashkil etilganda va tugatilganda undiruvni qaratish tartibi. Kim oshdi savdosini o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish


Download 1.04 Mb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1531090
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Zaripboyev Sarvar Ijro ishini yuritish1

Mavzu: Qarzdor yuridik shaxs qayta tashkil etilganda va tugatilganda undiruvni qaratish tartibi. Kim oshdi savdosini o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish.

212- guruh talabasi Zaripboyev Sarvar

0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-moddasi 5-qismiga ko‘ra, qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etish hollarini istisno qilganda, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab, yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hisoblanadi.

0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-moddasi 5-qismiga ko‘ra, qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etish hollarini istisno qilganda, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab, yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hisoblanadi.

Yuridik shaxs unga boshqa yuridik shaxsning qo'shib olish shaklida qayta tashkil etilganida qo'shib olingan yuridik shaxsning faoliyati to‘xtatilgani haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reestriga kiritilgan paytdan boshlab yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hisoblanadi.

Qarzdor yuridik shaxs qayta tashkil etilgani yoki qayta tashkil etilayotganligi haqida ma’lumotlar boigan taqdirda sud ijrochisi qarzdor yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi shaklini aniqlash uchun yuridik shaxslarni davlat ro'yxatidan o‘tkazuvchi organga so‘rovnoma yuboradi va olingan javobga qarab zaruriyat boiganda «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 12-moddasida belgilangan tartibda qarzdorni uning huquqiy vorisi bilan almashtiradi. Ijro ishi yuritish taraflari almashtirilgandan so‘ng ijro umumiy qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.

Qonunda qarzdor yuridik shaxs qayta tashkil etilgan (qo‘shib yuborilgan, qo‘shib olingan, bo‘lingan, ajratib chiqarilgan, o'zgartirilgan) taqdirda, ijro hujjatlari bo'yicha undiruv qarzdor yuridik shaxsning majburiyatlari yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq zimmasiga javobgarlik yuklatilgan yuridik shaxsning pul mablag'lari va boshqa molmulkiga qaratilishi belgilab qo‘yilgan.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling