Sitologiya fanining rivojlanish tarixi Reja: Fanning mazmuni va asosiy vazifalari
Download 0.6 Mb.
|
Sitologiya fanining rivojlanish tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Fanning mazmuni va asosiy vazifalari.
Sitologiya fanining rivojlanish tarixi Reja: Fanning mazmuni va asosiy vazifalari. Fanning rivojlanishiga hissa qo`shgan olimlar. Hujayra biologiyasi fanining dolzarb muammolari va istiqbollari. 1. Fanning mazmuni va asosiy vazifalari. Sitologiya - hujayralarning taraqqiyoti, tuzilishi va faoliyatini o`rganadi. Bu fanning predmeti tirik organizmlardagi hujayralardir. Hujayra - barcha tirik organizmlarning takomillashishi, rivojlanishi, tuzilishi va yashash jarayonining asosi bo`lib hisoblanadi. Tirik organizmning hayotiy jarayonlari: moddalar almashinuvi va organizmni tashqi muhit bilan bog`lab turish hujayraning asosiy xususiyatidir. Sitologiya fanining asosiy vazifasi - hujayraning tuzilishi, vazifasi, moddalar almashinuvi jarayonini, rivojlanishi, ko`payishi va kelib chiqishini tashqi muhit munosabatiga bog`langan holda o`rganish. Sitologiyani o`rganish va sitologik o`rganish usullarning natijalari tibbiyot, qishloq xo`jaligi, biotexnologiya, gen injeneriyasi va veterinariya sohalarida keng ko`lamda qo`llaniladi. Odam organizmi ham hujayralardan tuzilgan ekan, barcha fiziologik, patologik jarayonlarni o`rganish sitologik asosda olib boriladi. Masalan, kasalliklarni aniqlashda, har bir hujayraning faoliyatini hisobga olish zarur. Qishloq xo`jalik ekinlari va hayvonlarini o`rganishda yoki ulardan samarali foydalanishda, yangi nav va zotlarini yaratishda bevosita hujayralardagi jarayonlar asos bo`lib hisoblanadi. Albatta, bu borada genetika va seleksiya asoslari fanidan foydalaniladi. Umuman olganda sitologiya fanini xalq xo`jaligi tarmoqlarini rivojlantirishdaga ahamiyati kattadir. Shu sababli ham bu fan asosida molekulyar biologiya, biotexnologiya, gen injeneriyasi, genomika kabi yangi fanlar taraqqiy etmoqda. Sitologiya fani o`z oldiga quyidagi asosiy vazifalarni qo`yadi: 1-hujayralarning ultrastrukturasi, vazifasi va rivojlanish qonuniyatlarini o`rganish; 2-o`simlik, hayvon va odam organizmining sitologik tuzilishidagi ekologik sharoitga va yoshga bog`liq o`zgarishlarni o`rganadi; 3- hujayralardagi morfogenez jarayonlarni boshqarishda nerv, endokrin va immun tizimlarining ahamiyatini aniqlashtiradi; 4-turli xil biologik, fizik, kimyoviy va boshqa omillar ta`sirida tirik organizm hujayralarinin moslanishuvini, o`zgarishlarni taxlil qiladi; 5- hujayralarning differensiyalanish va regenerasiyasi qonuniyatlarini o`rganadi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling