“smm platformalari bilan tanishish” mavzusida olib borgan mashg`uloti muhokamasining bayonnomasi


Download 7.56 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi7.56 Kb.
#1553602
Bog'liq
1-bayonnoma..azim


Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti Intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti 4-kurs talabasi Ergashov Dilshod Nurobod tumani 69-umumta`lim maktabi 8-“B” sinfda “SMM platformalari bilan tanishish” mavzusida olib borgan mashg`uloti muhokamasining
BAYONNOMASI

Samarqand tumani


___.__.202_-yil
Darsga qatnashganlar: Metodist, fan o`qituvchisi, talabalar va boshqalar.
O`qituvchi: Talaba darsni tashkiliy qismdan boshladi. O`tilgan mavzuni qisqa takrorlab o`tdi va mavzuga doir savollar berdi. Bu esa o`quvchilarning o`tgan mavzudagi tushunchalarni mustahkamlashga va yangi mavzuni tushuntirish uchun yordam berdi. Yangi mavzu “SMM platformalari bilan tanishish” bo`lgani tufayli uni o`tgan mavzudagi barcha tushunchalarga bog`lab tushuntirdi. Masalalar yechib namunalar ko`rsatdi. O`quvchilarni baholash uchun ularni doskaga chiqarib savol-javob asosida baholadi. Bu darsda talaba boshqa o`quvchilarni ham nazardan chetda qoldirmadi, ularni uyga vazifa bajarganligini tekshirdi.
Talaba mavzuni tabiat bilan bog`lab tushuntirdi. Talaba yangi mavzuni butun sinf bilan birgalikda muhokama qildi, bunda o`quvchilar yangi mavzu bo`yicha fikr mulohaza aytishdi va bu mavzu o`quvchilar uchun tushunarli bo`ldi. Darsda ko`rgazmali o`quv qurollaridan foydalandi. Talaba dars oxirida mavzuga oid xulosa berdi.
Metodist: Bugun biz Norbekov Azimbek ning 8-“B” sinfga “SMM platformalari bilan tanishish” mavzusida o`tgan sinov darsini muhokama qilamiz. Talaba darsni mazmunli tashkillashtira oldi, bu uning matematika fanidan yetarlicha bilim, ko`nikma va malakaga ega ekanligini bildiradi. Dastlab, u o`tilgan mavzuni tushuntirishda, o`quvchilarga an`anaviy usullardan foydalanib dars o`tdi. Dars davomida o`quvchilar ham faol ishtirok etishdi. Darsda ko`rgazmali o`quv qurollaridan foydalandi. Dars oxirida esa uyga vazifalar berib darsni yakunladi.
Amaliyotchi: Bugungi darsim “SMM platformalari bilan tanishish” mavzusida edi. Darsni tashkiliy qismdan boshladim, davomatni tekshirdim. O`quvchilarni uyga vazifalari bajarilganini va darsga nechog`lik tayyor ekanligini ko`zdan kechirdim. O`tgan mavzuga oid savollar berdim. Yangi mavzuni tushuntirishda avval, nazariy qismini yoritib berdim va keyin namunaviy misollar ko`rsatdim.
Opponent: Talaba darsga kirdi, darsni boshladi, deyarli o`quvchilarni barchasini darsga qiziqtira oldi, uyga vazifalarni vaqtida berdi va darsni yaxshi o`tdi.
Amaliyotchi o`qituvchi Norbekov Azimbekning ushbu darsi uchun ____ ball qo`yildi.
Metodist: ______________
O`qituvchi: _______________
Opponent: _______________
Amaliyotchi: ________________
Download 7.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling