Smp tizimlar numa tizimlari mpp tizimlar


Download 25.44 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi25.44 Kb.
#1556282
  1   2   3   4
Bog'liq
17- маъруза


17 –ma’ruza
Kompьyuterning asosiy ko’rsatkichlari. Massiv-parallel tizimlar (MPP), simmetrik multiprotsessorli tizimlar (SMP)
Reja:

  1. SMP tizimlar

  2. NUMA tizimlari

  3. MPP tizimlar



1.SMP tizimlar
SMP arxitektura (symmetric multiprocessing) – simmetrik ko’pprotsessorli arxitekturadir.

SMP arxitekturasining asosiy xususiyati barcha protsessorlar orasida teng taqsimlanadigan yagona xotiradan tashkil topganligi xisoblanadi. Bunda ushbu xotiraga murojaat qilish barcha protsessorlardan turlicha amalga oshirilishi mumkin. Lekin manzilli muxit protsessorlar uchun yagona xisoblanadi. Xotira bloklarga ajratilgan bo’lib, bundan maqsad bir nechta protsessorning bir vaqtdagi murojaatlarida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan to’qnashuvlarni oldini olishdir. Xotirga murojaat shina bo’yicha amalga oshiriladi (1-4 tagacha protsecsorlardan iborat bo’lgan tizimlarda) yoki kommutator yordamida keshlardan foydalangan xolda amalga oshiriladi.
Masshtablashtirish juda past darajada. Umumiy xotirani mavjudligi protsessorlarning o’zaro xarakatini yengillashtiradi. Ammo ularning miqdoriga nisbatan katta cheklovlar qo’yilishiga sabab bo’ladi. Ko’pincha, 32 tadan oshmaydi. SMP asosida masshtablashtirilgan tizimlarni qurish uchun klasterli yoki NUMA arxitekturalari qo’llaniladi.
Operatsion tizimi- Barcha tizim yagona Operatsion tizim boshqaruvi orqali ishlaydi (odatda UNIX, lekin INTEL platformasi uchun Windows NT dan foydalaniladi). Operatsion tizim jarayonlarni protsessorlar bo’yicha avtomatik tarzda o’zi taqsimlaydi, lekin ayrim xollarda aniq buyruqlarni keltirish mumkin.
Dasturlash modeli- Umumiy xotirali modellarda dasturlash (POSIX threads, OpenMP) orqali amalga oshiriladi. SMP tizimlar uchun solishtirma samarador bo’lgan avtomatik parallellashtirish vositalari xam mavjud. Bunda protsessorlar o’rtasida ma’lumot almashinuvi xotraning taqsimlanadigan qismi orqali amalga oshiriladi. Bu qismga kirish imkoniyati maxsus sinxronlash mexanizmlari yordamida cheklangan bo’ladi (mutekslar, semaforlar).
Qulayliklari- Dasturlash uchun sodda va universalligi. SMP arxitekturasi ilovalarni yaratishda qo’llaniladigan dasturlash modeliga cheklovlar qo’ymaydi: odatda parallel tarmoqlar modelidan foylalaniladi. Qachonki protsessorlar bir-biridan mutlaqo mustaqil ravishda ishlaganda.

Download 25.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling