Sohil bo`ylab chopayotgan olapar


Download 0.71 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1550279
Bog'liq
SOHIL taqriz


SOHIL BO`YLAB CHOPAYOTGAN OLAPAR


Sohil yoqalab chopayotgan olapar — taniqli qirgʻiz adibi Chingiz Aytmatov qalamiga mansub qissa. Asarnng asil nomi Pegi pyos, begushchiy kraem moray bo`lgan.Bu qissa 1977-yilda ommaga nashr etilgan. Chingiz aytmatov asarlarini qirgʻiz va rus tilida yozadi. Ilk hikoyalari 1950-yillarda bosilgan. „Bay-damtol sohillarida“ (1955), „Yuzma-yuz“ (1957) asarlari oʻtkir syujet, kuchli ichki ruhiy ziddiyatlarga boy. „Jamila“ (1958), „Sarvqomat dilbarim“ (1961), „Boʻtakoʻz“, „Birinchi muallim“ (1962), „Momo yer“, „Somon yoʻli“ (1963), „Alvido, Gulsari“ (1966) kabi qissalarida muhabbat mavzui katta ehtiros bilan ta-rannum etilgan. Chingiz Aytmatovning „Togʻ va choʻl qissalari“ turkumiga kirgan asarlari yuksak baholandi. Aytmatovning „Oqkema“ (1970) qissasida insoniy goʻzallik, ezgulik va hayot ziddiyatlari, ekologiya muammolari teran tadqiq etiladi. „Oq kema“ kinofilmi ham asar kabi shuhrat qozondi. „Sohil yoqalab chopayotgan olapar“ (1977) qissasida muhim maʼnaviy masalalar, shoʻro davridagi hayotning mashʼum manzaralari oʻz ifodasini top-gan."Asrga tatigulik kun" (1980), „Qiyomat“ (1986), „Kassandra tamgʻasi“ (1990) romanlarida zamonamizning umuminsoniy tomonlari, ona Sayyoramizning taqdiri, kuchli falsafiy, axloqiy va ijtimoiy muammolar koʻtarilgan. Oʻtmishini unutgan, hissiz, hamma narsaga loqayd, itoat-u, buyruqni bajarishdan boshqa narsani bilmaydigan, tuygʻu, noziq hissiyotlari soʻngan manqurt obrazi tasviri A. ijodining muhim qirralaridan biri boʻldi. 
„Sohil yoqalab chopayotgan olapar“ qissasini asarini oʻqish davomida siz oʻzingizni xuddi Oxoto dengizi sohillarida yurgandek his etasiz. Keyin Oqsoqol Oʻrxon, Emrayin, Milxun va ochiq dengizga birinchi bor chiqayotgan, tagʻinam ov uchun chiqayotgan Kirisk bilan bitta qayiqda boʻlgandik sizda tasavvur uygʻonadi
„Sohil yoqalab chopayotgan olapar“ adibning boshqa asarlariga qaraganda ancha ogʻir oʻqiladi. Chunki uning bosh qahramoni Kirisk birin-ketin yaqinlaridan ajraladi. Avvaliga bobosi, keyin amakisi, soʻngra esa otasi aynan tabiiy ofat yo kasallik, falokat yoki dushman bilan olishuv natijasida emas chorasizlikdan, bundan ortiq soʻngsiz azob-uqubatga mubtalo boʻlmaslik, yanayam boshqacha aytganda, oʻn gulidan bir guli ochilmagan, hali hayot atalmish buyuk neʼmatni yaxshi anglamagan Kirisk uchun oʻzlarini qurbon qiladi. Albatta, buni koʻrib-bilib, yurakdan oʻtkazib hech bir chora topolmayotgan jajji Kirisk uchun bundan-da ortiq azob-uqubat, bundan-da ziyoda gʻam-qaygʻu boʻlmaydi. Alaloqibat u dengiz bagʻrida qayiqdagi barcha yaqinlaridan ajraladi. Soʻng zaxirasidagi bor ichimlik suvi va yegulik ham tugaydi. Asarning eng qimmatli joyi shundaki, mana shu lahzada endigina ochiq dengizga chiqib koʻrgan, dengizda yuragidan oʻtkazgan qaygʻulari shu kungacha koʻrgan quvonchlarini yamlab ketadigan Kirisk har qancha qiyin boʻlmasin jamiki chekiladigan azoblardan bira toʻla qutulib qoʻya qolishdan tiyiladi.
Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling