Solieva Dilnoza anvarovna


Download 133.51 Kb.
bet1/4
Sana13.04.2023
Hajmi133.51 Kb.
#1355873
  1   2   3   4
Bog'liq
Innovatsion menejment

Xakimov Muslimbek

Innovatsion Menejment

ITTKIning vazifalari, tamoyillari va bosqichlari Ilmiy – tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari(ITTKI)ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - tabiat va jamiyatni rivojlanishi sohasida yangi bilimlar olish, ularni qo’llashning yangi sohalari: - ishlab chiqarish sohasidagi materiallashtirishning tashkilot tovarlari raqobatbardoshligi me’yorlarining strategik marketingi bosqichida ishlab chiqilgan imkoniyatlarni nazariy va tajribaviy tekshirish; - yangiliklar va innovatsiyalar portfelini amalda bajarish.

ITTKIning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 1. Ilmiy yondashuvlik. 2. Muammolarni hal qilishda ratsional boshqaruv qarorlariga asoslanish. 3. Vazifalar, usullar va harakatlar birligi. 4. Ilmiy menejment tarkibiy qismilarining murakkablikda qaralishi. 5. Boshqaruvning maqsadliligi. 6. Innovatsion foliyatni kishilik kapitalni rivojlanishiga qaratish. 7. Riskka borish va uni minimallashtirish.

ITTKI lar quyidagi bosqichlariga bo’linadilar: - fundamental tadqiqotlar (nazariy va uslubiy izlanishlar); - amaliy tadqiqotlar, ular: - tajriba – konstruktorlik ishlari; - eksperimental ishlar va tajriba.

Ishlab chiqarish yangi materiallar, mahsulotlar yoki qurilamalarni yaratish, yangi jarayonlar, tizimlar va xizmatlarni tadbiq etish yoki ishlab chiqarilayorgan va amalda kiritilganlarni ancha takomillashtirishga qaratiladi. Ularga quyidagilar kiradi: а)muhandislik ob’yekti yokitexnik tizimning belgilangan konstruksiyasini ishlab chiqish (konstruktorlik ishlari); b) g’oyalar va yangi ob’yektiv , shu jumladan notexnik, chizma yoki belgili vositalarni tizim darajasida ishlab chiqish (loyiha ishlari); c) texnologik jarayonlarni, ya’ni fizik, kimyoviy, texnologik va boshqa jarayonlarni belgilangan foydali natijani ishlab chiqaruvchi mehnatning yahlit tizimi bilan birlashtiruvchi usullarni ishlab chiqish (texnologik ishlar).

Yangi mahsulotni sanoat ishlab chiqarishni o’zlashtirilishi ITTKIning yakunlovchi bosqichi bo’ladi.


Download 133.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling