Solieva Dilnoza anvarovna
Innovatsion loyihalarni ekspertiza qilish
Download 133.51 Kb.
|
Innovatsion menejment
- Bu sahifa navigatsiya:
- Innovatsion loyihalarning ekspertizasini quyidagi tamoyillar asosida o’tkazish kerak: 1.
- Loyiha ilmiy mazmuning taxlilida quyidagilar hisobga olinadi: 1.
Innovatsion loyihalarni ekspertiza qilish. Innovatsion loyihalarning ekspertizasi – quyidagilarni majmuaviy tekshirish va nazorat qilish tadbirlaridir: А) loyiha tarkibiga va innovatsion menejment tarkibiga kiruvchi me’yoriy – uslubiy, loyiha – konstruktorlik va boshqa hujjatlar tizimining sifati; б) loyiha rahbari va uninga jamoasining kasbiy mahorati; в) innovatsion tashkilotning ilmiy – texnik va ishlab chiqarish salohiyati, raqobatbardoshligi; г) bajariladigan hisob – kitoblarning ishonchligi, xatarning darajasi va loyihaning samaradorligi; д) loyihani ishlab chiqarish va amalga oshirish mexanizmining sifatlari, qo’yilgan maqsadlarga erishish imkoniyatlari.Innovatsion loyihalarning ekspertizasini quyidagi tamoyillar asosida o’tkazish kerak: 1. Ekspertiza natijalari, mutaxassislarni tanlash bo’yicha munozarali vaziyatlarda hakamlik rolini bajaruvchi, uni o’tkazuvchi tadqiqotlarning mustaqil guruhini mavjudligi; 2. Tadqiqotlar sohasidagi faoliyatda qo’shimcha qiymatini hisoblashda yangilik kiritishlar ishlab chiqarishning sifatida ko’rib chiqiladi; 3. Nazarda tutilayotgan samaradorlikni belgilash imkoniyat va nazorat qilish uchun o’rta muddatli istiqbolda harajatlarni oldindan bashoratlash va rejalashtirishni o’tkazish; 4. Nazorat qilish usullari davlat darajasidagi ilmiy-texnik siyosatiga rahbarlik qilishni rivojlantirish istiqbollari bilan bog’langan bo’lishi kerak.Loyiha ilmiy mazmuning taxlilida quyidagilar hisobga olinadi: 1. Loyiha g’oyasini bayon qilinishining aniqligi (aniq, noaniq); 2. ;Tadqiqot maqsadlari va usullarining aniqligi (aniq, noaniq); 3. Loyihaning sifat ta’riflari (loyiha quyidagilarga ega: fundamental xarakter; fanlararo yoki tizimli xarakter; amaliy xarakter); 4. Ilmiy boshlanish (quyidagilar mavjud: loyihada shakllangan muammoni hal qilishda katta ilmiy va metodologik boshlanish; berilgan mavzu bo’yicha nashrlar; muammoni hal qilishning ilmiy – uslubiy ishlab chiqilishi yo’q); 5. Muammolarni qo’yilishinng yangiligi (tadqiqot muammosi muallif tomonidan birinchi marta shakllantirilgan va ilmiy asoslangan; muallif tomonidan muammoni hal qilishga noyob yondashishlar taklif qilingan; loyihada shakllantirilgan tadqiqot muammosi fanga ma’lum va muallif tomonidan muammoni hal qilishga noyob yondashishlar taklif qilinmagan).Download 133.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling