Soliqqa tortish asoslari fanidan Soliq munosabatlari va uning qatnashchilari


Download 49.75 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi49.75 Kb.
#1417207
Bog'liq
New Документ Microsoft Word (11)


SOLIQ QO’MITASI HUZURIDAGI FISKAL INSTITUT

SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH


fakulteti


Soliqqa tortish asoslari fanidan


Soliq munosabatlari va uning qatnashchilari
mavzusida


MUSTAQIL ISH


Bajardi: SST-03-22
Murodov Shaxriyor


Tekshirdi:Dusyariv Sherzod

Qabul qilingan sana ___________


Qo’llanilgan jarima (%) _______




TOSHKENT 2023


Reja:



  1. 2021 yildagi o’zgarishlar

  2. 2022 yildagi o’zgarishlar

  3. 2023 yildagi o’zgarishlar

1-2021 yildagi soliq yo’nalishidagi o’zgarishlar
O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 30 dekabrdagi “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat buyudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-659-sonli Qonuni 2021 yilgi soliq siyosatini takomillashtirishga qaratilgan.

Shuningdek mazkur qonun mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish, mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish, soliq ma’murchiligi samaradorligini yanada oshirish va budjetga soliqlarning to‘liq tushishini ta’minlashdan iborat. Ushbu Qonun bilan Soliq kodeksi normalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishini ta’minlash maqsadida, qat’iy belgilangan miqdorda o‘rnatilgan aksiz solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.


Xususan, yuridik va jismoniy shaxslar uchun yer solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan belgilangan 0,95 foiz soliq stavkasi saqlab qolinadi. Bunda meva-sabzavotchilik qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun meva-sabzavot mahsulotlari egallangan yerlar bo‘yicha, shuningdek, dehqon xo‘jaliklari uchun soliqni sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan qishloq xo‘jaligi yerlari uchun yer solig‘ining bazaviy stavkasi va yer uchastkasining sifat xarakteristikasini hisobga oladigan tuzatish koeffitsiyentlaridan kelib chiqib hisoblash tartibi bekor qilinmoqda. Ushbu toifadagi soliq to‘lovchilar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun belgilangani kabi soliq stavkasini belgilash bilan soliqni qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatidan kelib chiqib to‘lashga o‘tkazilmoqda.


Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq organlari yer uchastkasining joylashgan joyi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatini aniqlovchi organlar ma’lumotiga asosan soliq solinmaydigan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni chegirgan holda yer solig‘i hisoblanadi. Jismoniy shaxslarga yakka tartibda uy-joy qurish va yashash uylarini obodonlashtirish uchun berilgan tomorqa yer uchastkalariga, yakka tartibda uy-joy qurish bilan band bo‘lgan yer uchastkalariga jismoniy shaxslar uchun belgilangan soliq stavkasi qo‘llaniladi.


Shuningdek, soliq kodeksida yuridik va jismoniy shaxslar uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun hududlar kesimida bazaviy soliq stavkasi belgilanadi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun soliq stavkasining aniq miqdori Toshkent viloyati uchun 27.6 millon so‘m etib belgilandi. «Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun soliq stavkalarining aniq miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi: Toshkent viloyati xalq deputatlari Kengashi 0,5 dan 2,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, soliq stavkalarini belgilaydi;


Toshkent viloyati tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari, ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida belgilangan soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, ko‘cha kesimida kiritadi. Toshkent viloyati tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan keyingi soliq davri uchun soliq stavkalari har yili joriy soliq davrining 31 dekabriga qadar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga taqdim etadi. Yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlari ushbu soliq stavkalarini besh kun ichida soliq to‘lovchilarga ma’lumot uchun yetkazishlari kerak.


2. 2022-yildagi o’zgarishlar
Qo’shilgan qiymat solig’i

Qo‘shilgan qiymat solig‘i (15 foiz), foyda solig‘i (15 foiz, ayrim toifalar uchun — 20 foiz), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (12 foiz), yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i (2 foiz), qishloq xo‘jaligi yerlari uchun yer solig‘i (0,95 foiz), ijtimoiy soliq (xo‘jalik yurituvchi subyektlar — 12 foiz, budjet tashkilotlari — 25 foiz) va aylanmadan olinadigan solig‘i (bazaviy stavka — 4 foiz) bo‘yicha stavkalar saqlanib qolinmoqda. Qo‘shilgan qiymat solig‘I tushumidan qat’i nazar, QQS to‘lovchi korxonalar doirasi soliq maslahatchilari tashkilotlari, auditorlik tashkilotlari va notijorat (shu jumladan budjet) tashkilotlari hisobiga kengaytirilmoqda. Bunda notijorat tashkilotlari faqatgina tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan taqdirda QQS to‘lovchisi hisoblanadi.


Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari QQS to‘lashi lozim bo‘lgan sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekin maydoni ellik gektardan yigirma besh gektargacha pasaytirilmoqda. Quyidagilar bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinmoqda:jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari xizmatlari (budjet tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan jismoniy tarbiya va sport xizmatlari bundan mustasno);qiymati qat’iy summada belgilangan bank operatsiyalari. Moliyaviy va sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga bir oyda bir marta hisob varaq-fakturani taqdim etish huquqi berildi. Shu munosabat bilan Soliq kodeksida ular uchun xizmatlar ko‘rsatilgan kalendar oyining oxirgi kuni tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmani amalga oshirish sanasi deb hisoblanishi belgilanmoqda.


Ilgari tovarlarni (xizmatlarni) olish chog‘ida hisobga olish uchun qabul qilingan, QQS summasiga tuzatish kiritilishi lozim bo‘lgan holatlar ro‘yxati kengaytirildi. Eksport qilinadigan tovarlar uchun ishlatilgan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan (to‘langan) QQS summasini soliq to‘lovchining O‘zbekistondagi bank hisob varag‘iga chet el valyutasi tushumi kelib tushishidan qat’i nazar, hisobga olish tartibi belgilandi. Ushbu norma oxirgi bir yil davomida valyuta tushumlarini o‘z vaqtida ta’minlab kelayotgan va eksport shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi bo‘lmagan intizomli soliq to‘lovchilarga tatbiq etiladi. Tovarlar “eksport” bojxona rejimi ostida chiqarilgan kundan e’tiboran 180 kalendar kuni ichida valyuta tushumi yoki uning bir qismi eksport qiluvchining O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi hisob varag‘iga kelib tushmagan taqdirda, qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisobga olingan summasi yoki uning mos qismi belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining salbiy summasini o‘rnini qoplash (qaytarish) uchun soliq organlariga ariza bilan alohida murojaat qilish haqidagi majburiy talab bekor qilinmoqda.


Soliq to‘lovchi o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan soliq summasini qaytarishga doir soliq hisobotini taqdim etishda soliq organlarini bu haqda xabardor qilgan holda, soliqning salbiy summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) uchun murojaat qilish huquqiga ham ega bo‘ladi. Barcha toifadagi qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari uchun yagona soliq davri etib bir oy belgilanmoqda. 2022-yilning 1-aprelidan 31-dekabriga qadar tajriba tariqasida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ va Uzbekistan Airways AJ misolida shunday tartib joriy etiladiki, unga ko‘ra QQS salbiy summasi tovarlarni import qilishda to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasiga kamaytiriladi.


Aksiz solig‘i


Aksiz solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi saqlab qolinmoqda. Qat’iy summada belgilangan aksiz solig‘i stavkalari 2022-yil 1-iyundan o‘rtacha 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda. Shu tariqa, ishlab chiqariladigan alkogol va tamaki mahsulotlariga 2021-yil oktabr oyidan belgilangan soliq stavkalari 2022-yil 1-iyunga qadar saqlab qolinadi. Neft mahsulotlari, shu jumladan, yakuniy iste’molchiga sotiladigan neft mahsulotlariga soliq stavkalari bir marta 2022-yil 1-iyundan 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda. Polietilen granulalariga aksiz solig‘i stavkasi, ularni import qilishda ham joriy qilgan holda 20 foizdan 10 foizgacha pasaytirilmoqda. Suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchilariga aksiz solig‘i bekor qilinmoqda.


Foyda solig‘i


2022-yil 1-yanvardan foyda solig‘ini hisoblash maqsadida amortizatsiya qilinadigan aktivlarni tan olishning alohida tartibi joriy qilinmoqda. Foyda solig‘i bo‘yicha soliq bazasini aniqlash maqsadida amortizatsiya qilinadigan aktivlarga Soliq kodeksda keltirilgan mezonlariga javob beradigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar kiritiladi.


Zararlarni joriy soliq davri soliq bazasining 60 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda 10 yil mobaynida kelgusiga o‘tkazish bo‘yicha cheklovlar bekor qilinmoqda. Tijorat banklari tomonidan shakllantirilayotgan zaxiralar Markaziy bank tomonidan belgilangan normalar 80 foizi miqdorida foyda solig‘i hisoblanganda xarajatlarga kiritiladi. O‘quv-tarbiya muassasalariga yoki yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga moddiy yordam ko‘rsatishga xarajatlar chegiriladigan xarajatlar deb hisoblanadi. Faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezidentning soliq to‘langandan keyin o‘z tasarrufida qoladigan sof foydasi dividendlarga tenglashtiriladi va 10 foiz soliq stavkasi bo‘yicha soliqqa tortiladi.

Sof foyda deganda jami daromad va doimiy muassasa faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar o‘rtasidagi farq tushuniladi. Bunda joriy soliq davri uchun sof foyda ayni bir doimiy muassasa doirasida avvalgi soliq davrlarida ko‘rilgan zararning (zararlarning) umumiy summasiga, basharti ilgari bunday zarar (zararlar) sof foydani aniqlashda hisobga olinmagan bo‘lsa, kamaytiriladi. Foyda solig‘ini hisoblashda ijobiy va salbiy kurs farqlarini aniqlash tartibi belgilanmoqda. Valyuta qimmatliklari tarzidagi mol-mulkni va qiymati chet valyutasida ifodalangan talab qilish tarzidagi mol-mulkni qo‘shimcha baholashda yoki qiymati chet el valyutasida ifodalangan majburiyatlarning qiymatini pasaytirishda yuzaga keladigan kursdagi farq ijobiy farq deb e’tirof etiladi. Bunda berilgan (olingan) bo‘naklarni qayta baholashdan yuzaga keladigan kursdagi ijobiy (salbiy) farq soliq solish maqsadlarida hisobga olinmaydi. Soliq organlariga agar bitimning narxi tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan past bo‘lsa aynan qo‘shilgan qiymat solig‘i kabi foyda solig‘i bo‘yicha soliq bazasiga tuzatish kiritish huquqi berilmoqda.


Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘I, soliq to‘lovchilar safi, soliq stavkalari, soliqni hisoblab chiqarish tartibi, shuningdek shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob varaqlariga 0,1 foiz ajratmalar va soliq hisobotini taqdim etish muddati saqlab qolinmoqda. Soliqqa tortilmaydigan daromadlar tarkibi quyidagilar hisobiga kengaytirilmoqda:


yosh oila bo‘lgan er-xotinning olgan ipoteka kreditlarini hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lashga yo‘naltirilgan ish haqiga va boshqa daromadlar; soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlariga (foizlari bilan) qoplashga yo‘naltirilgan ish haqi summalari va boshqa daromadlari; soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlari; soliq to‘lovchining soliq davri davomida bazaviy hisoblash miqdorining 8-baravarigacha bo‘lgan miqdordagi xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallari hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga yo‘naltirgan ish haqi summalari va boshqa daromadlari.

Ijtimoiy soliq


Soliq to‘lovchilar ro‘yxati, soliq stavkalari, soliqni hisoblab chiqarish tartibi hamda soliq hisobotlarini taqdim etish muddatlari saqlab qolinmoqda.


“Hunarmand” uyushmasi a’zosi bo‘lgan hunarmandchilik faoliyati subyektlari ijtimoiy soliqni har oyda to‘lashdan bir yilda bir marotaba bazaviy hisoblash miqdorining bir barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda majburiy to‘lovlarni to‘lashga o‘tkazilmoqda. 2022-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-yanvarga qadar respublika tumanlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida belgilanmoqda. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha soliq to‘lovchilar ro‘yxati, shuningdek, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblash va to‘lash tartibi saqlanib qolinmoqda.


Mol-mulk solig‘ini hisoblab chiqarishda bino va inshootlar bo‘yicha soliq bazasi (liniyali obyektlar va tugallanmagan qurilish obyektlari bundan mustasno) bu obyektlarga 1 kvadrat metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatdan past bo‘lishi mumkin emasligi bo‘yicha quyidagi miqdordagi tartib kiritilmoqda:


Toshkent shahrida – 2 500 000 so‘m;


Nukus shahrida va viloyat markazlarida – 1 500 000 so‘m;boshqa shaharlarda va qishloq joylarda – 1 000 000 so‘m. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari belgilangan minimal qiymatga, tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab 0,5 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritishi mumkin.Agar obyektning 1 kvadrat metri qiymati belgilangan minimal qiymatdan past bo‘lsa, soliq to‘lovchi ko‘chmas mulk obyektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirish uchun baholovchilarni jalb etishga haqli. Bunda mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida e’tirof etiladi. Agar baholash natijalari qiymati 1 kvadrat metr uchun belgilangan minimal qiymatdan ko‘p bo‘lib chiqsa, ushbu holda soliq to‘lovchilar soliqni hisoblab chiqish maqsadida, 1 kvadrat metr uchun belgilangan minimal qiymatni qo‘llash huquqiga ega.

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘I turar joy fondi obyektlariga, shuningdek, ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylariga 2021-yilda amal qilgan soliq stavkalari 1,1 baravarga indeksatsiya qilinmoqda. Bunga jismoniy shaxslar uchun ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar tomonidan 2018-yilda belgilangan soliq solish obyektlarining (soliq bazasining) kadastr qiymatining miqdori saqlab qolinganligi sabab bo‘lmoqda. 2022-yilda jismoniy shaxslar uchun 2018-yilda belgilangan kadastr qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblangan soliq miqdori, 2021-yil uchun hisoblangan soliq miqdoridan 1,3 baravardan ortiq bo‘lishi mumkin emas.


Tadbirkorlik faoliyati uchun yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati va daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlarini soliqqa tortish tartibi ushbu obyektlarga yuridik shaxslar uchun belgilangan mol-mulk solig‘ini qo‘llagan holda (1,5 foiz) saqlanib qolinmoqda. Qonun hujjatlari bilan yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan oshirilgan soliq stavkalarini o‘rnatish yo‘li bilan ta’sir choralari ko‘rilishi mumkin bo‘lgan obyektlarni soliqqa tortish tartibi saqlab qolinmoqda. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘idan ozod etish nazarda tutilmoqda. Ushbu imtiyoz yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ular yigirma uch yoshga to‘lgunga qadar davlat tomonidan ajratilgan turar joy xonalariga tatbiq etiladi.


Yer solig‘i bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslardan yer solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorida belgilangan soliq stavkasi saqlab qolinmoqda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun 2021-yilda amalda bo‘lgan yer solig‘ining bazaviy stavkalari o‘rtacha 1,07 baravarga indeksatsiya qilinmoqda. Bunda soliq stavkalarining aniq miqdorini mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bazaviy stavkalar asosida tumanning iqtisodiy rivojlanishi va nufuzidan kelib chiqib oshiruvchi va kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda aniqlash tartibi saqlab qolinmoqda. Soliq yukining keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida 2022-yilda jismoniy shaxslar (tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalaridan tashqari) uchun hisoblangan soliq summasi 2021-yilda hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozimligi belgilandi.


Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq metallar bo‘yicha (qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallar, nodir elementlar va nodir yer elementlarini) soliq bazasi quyidagicha aniqlanadi: oltin, kumush, platina, palladiy, mis, rux, qo‘rg‘oshin va molibden bo‘yicha – o‘rtacha arifmetik birja narxi va o‘rtacha olingan realizatsiya qilish narxi o‘rtasida olingan eng yuqori narxdan kelib chiqib boshqa metallar bo‘yicha – ularga ishlov berish (ularni boyitish), qayta ishlash (affinaj) va (yoki) transport xarajatlari chegirib tashlangan holda o‘rtacha olingan realizatsiya qilish narxidan kelib chiqqan holda foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘i (yangi soliq)f oydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘i to‘lovchilari quyidagilarni qazib oluvchi yuridik shaxslar hisoblanadi: qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallar, nodir elementlar va nodir yer elementlari va (yoki) ularni texnogen mineral hosilalardan ajratib oluvchilar; uglevodorod xomashyosi (tabiiy gaz, gaz kondensati va neft). Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘i metall va uglevodorod xomashyolarini 2022-yil 1-yanvardan keyin qazib olish boshlangan, litsenziyalangan uchastkalarga tatbiq etiladi.


Aylanmadan olinadigan soliq amalda har choraklik bo‘lgan soliq hisoboti davri har oylikka o‘tkazilmoqda. Qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i to‘lashga o‘tish tartibi aniqlashtirilmoqda:


O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirishni (importni) amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar qaysi sana oldinroq kelishiga qarab, ular import shartnomasi tuzilgan yoki tovarlarni olib kirilgan (import qilingan) sanadan boshlab; aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi va (yoki) foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, alkogol mahsulotlari, shu jumladan, pivoni chakana sotish bo‘yicha turg‘un savdo shoxobchalari va soliq maslahatchilari tegishli ruxsatnomalar (litsenziyalar)ni olgan yoki faoliyatini boshlaganligi to‘g‘risida vakolatli organni xabardor qilgan sanadan boshlab; yuridik shaxslar — qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga, basharti ularda yigirma besh gektar va undan ortiq sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekin maydoni mavjud bo‘lsa, ko‘rsatilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquq yoki uning maydoni o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjatlar ro‘yxatga olingan sanadan boshlab oddiy shirkat ishlarini yuritish o‘z zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxsga – oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat bo‘yicha oddiy sheriklik shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab bozorlar va savdo komplekslari, notijorat tashkilotlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan, budjet tashkilotlari esa tashkil topgan sanadan e’tiboran to‘lashga o‘tadi. Soliq organlariga, agar bitimning narxi tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan past bo‘lsa, aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq bazasiga tuzatish kiritish huquqi berilmoqda, aynan qo‘shilgan qiymat solig‘idagidek.

Boshqa o‘zgarishlar


2022-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar bekor qilinmoqda: “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi doirasida alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun belgilangan yig‘im; avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im. Umumiy ovqatlanish korxonalariga mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan turib, soliq organlarini xabardor qilgan holda aylanmadan olinadigan soliq, foyda solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yig‘imlar bo‘yicha 2021-yil 15-avgust holatiga ko‘ra mavjud qarzdorlikni, shuningdek, barcha soliqlar bo‘yicha jarima va penyalarni 2022-yil 1-yanvardan 1-iyulga qadar foizlarni undirmasdan teng miqdorlarda kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi berilmoqda.

2022-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlik subyektlariga (bundan davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan korxonalar, yer qa’ridan foydalanuvchilar va aksiz osti mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar mustasno) umumiy maydoni 1 000 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan yer uchastkalariga va (yoki) bino va inshootlarga nisbatan huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishda qo‘lga kiritganda mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha hisoblangan soliqlarni to‘lashni olti oy muddatga kechiktirish huquqi berilmoqda. Kechiktirilgan soliqlar summasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yer uchastkalari, bino va inshootlar qiymatidan va (yoki) maydonidan kelib chiqib hisoblangan soliqlar miqdorida belgilanadi.


2022 -il 1-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-apreldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2863-son qarori bilan berilgan soliq imtiyozlari muddati tugamoqda. Shu bilan birga, soliq to‘lovchilarning mazkur toifasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarni qo‘llashga haqli bo‘ladilar: qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha:


tibbiyot xizmatlarini (bundan kosmetologik xizmatlar mustasno) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmani ozod qilish (243-modda); dori vositalari, tibbiyot uchun mo‘ljallangan buyumlar, shuningdek, dori vositalarini, tibbiyot mo‘ljallangan buyumlarni ishlab chiqarish uchun qonunchilikda belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kiriladigan xomashyoni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda ozod qilish (246-modda); o‘xshashi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalarni olib kirishni ozod qilish (246-modda va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-iyundagi 352-son qarori); foyda solig‘i bo‘yicha – nol darajali stavka belgilangan (kosmetologik xizmatlar tibbiyot muassasalaridan tashqari) (337-modda);mol-mulk solig‘i – sog‘liqni saqlash obyektlari ozod qilinishi (414-modda);yer solig‘i bo‘yicha – sog‘liqni saqlash obyektlari bilan band bo‘lgan yer uchastkalari ozod qilinishi (428-modda). Shuningdek, soliq ma’muriyatchiligi sohasidagi o‘zgarishlar ham nazarda tutilgan. Xususan, soliq organlariga o‘z vaqtida soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinmoqda.



  1. 2023 yilda soliq sohasidagi o’zgarish

2023-yilda soliq siyosatida qanday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda?


2023 yildan boshlab tadbirkorlar uchun QQS stavkasi 15 foizdan 12 foizga tushirilishi natijasida ular ixtiyorida qo‘shimcha 13 trln so‘m aylanma mablag‘ qolishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, 1 apreldan boshlab budjet mablag‘lari hisobidan ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha QQS imtiyozlari bekor qilinadi. 19 dekabr 2022, 19:17 Iqtisodiyot Dushanba kuni quyi palataning navbatdagi yig‘ilishida so‘zga chiqqan moliya vaziri Timur Ishmetov budjet daromadlarining oltin narxlariga bog‘liqligi yildan-yilga kamayishiga erishilayotganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2023 yil budjeti daromadlari asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, xom-ashyo tovarlarining jahon bozoridagi kutilayotgan narxlariga, soliq siyosatidagi o‘zgarishlar hamda soliq va bojxona ma’murchiligini takomillashtirishdan kelib chiqib rejalashtirilgan.
Vazirning aytishicha, 2023 yil uchun belgilangan soliq siyosatida asosiy soliq stavkalari foyda solig‘ining bazaviy stavkasi 15 foiz, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 12 foiz, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 1,5 foiz miqdorida saqlab qolinmoqda.
Shu bilan birgalikda, respublikada investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish maqsadida 2023 yil soliq siyosatini belgilashda bir qator muhim o‘zgartirishlar kiritish taklif qilinmoqda.

Birinchidan, tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash borasida soliq stavkalarini pasaytirish va unifikatsiya qilish hamda qo‘shimcha qulayliklar yaratish borasida quyidagilar taklif qilinmoqda. “Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi amaldagi 15 foizdan 12 foizgacha pasaytiriladi. Bu soliq siyosatimizdagi tarixiy muhim o‘zgarishdir. Soliq stavkasining 3 foiz bandga pasaytirilishi natijasida tadbirkorlar ixtiyorida qo‘shimcha 13 trillion so‘m aylanma mablag‘ qolishi kutilmoqda”, dedi vazir o‘z nutqida.


Shu bilan birga, 2023 yilda ushbu soliq bo‘yicha tushumlar joriy yilga nisbatan 16 trillion so‘mga ko‘p bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Shuningdek, tadbirkorlarga qo‘shimcha yengilliklar yaratish uchun aylanmadan olinadigan soliqning amaldagi 14 ta faoliyat turi bo‘yicha 4 foizdan 25 foizgacha belgilangan stavkalari unifikatsiya qilinib, yagona 4 foiz etib belgilanmoqda.

Ma’lumot uchun, tadbirkorlar bilan bo‘lgan muloqotda prezident korxonalarni yillik aylanmasiga qarab, 1 mlrd so‘mgacha — mikro, 10 mlrd so‘mgacha — kichik hamda 100 mlrd so‘mgacha bo‘lganini — o‘rta biznes sifatida toifalarga ajratish taklifini ilgari surgandi. Shundan kelib chiqib, ishbilarmonlarga bir qator imtiyozlar taqdim etiladi. Bunda, hudud va faoliyat turiga qarab, 1 foizdan 3 foizgacha belgilangan pasaytirilgan stavkalar saqlab qolinadi. Tovar aylanmasi 500 million so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlar uchun yiliga 20 million so‘m, aylanmasi 500 million so‘mdan yuqori bo‘lganlar uchun 30 million so‘m miqdorida qat’iy belgilangan soliqni har oyda teng ulushlarda to‘lash huquqi berilmoqda. Ushbu soliq to‘lovchilar buxgalteriya hisobini yuritishdan hamda foydasidan to‘lanadigan dividend solig‘idan ozod etiladi. Shu qatori, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni rag‘batlantirish maqsadida tovar aylanmasi 1 milliard so‘mdan oshgan kichik biznes toifasiga kiruvchi tadbirkorlar uchun 1 yil davomida foyda solig‘i stavkasini 2 baravarga pasaytirish ko‘zda tutilmoqda.


Ikkinchidan, mahalliy budjet daromadlari barqarorligini ta’minlash uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari va bazalari inflyatsiya doirasida yoki 10 foizga indeksatsiya qilinishi nazarda tutilgan. Bunda aksiz solig‘i stavkalari indeksatsiyasi 2023 yil 1 fevraldan amalga oshirish ko‘zda tutilgan.


Uchinchidan, soliq imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilish ishlari ham davom etmoqda. Jumladan, 2023 yil 1 apreldan boshlab budjet mablag‘lari hisobidan ko‘rsatiladigan bir qator xizmatlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘idan imtiyozlar bekor qilinmoqda. Shu bilan birgalikda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan berilgan soliq va bojxona imtiyozlarini muddatlari tugashi ham budjet daromadlarida inobatga olingan.
To‘rtinchidan, soliq hamda bojxona ma’murchiligini takomillashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning qariyb 1 foiz miqdorida yoki 9,2 trln so‘m qo‘shimcha reja budjet daromadlarida ko‘zda tutilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, davlat budjeti daromadlari 232,6 trln so‘m miqdorida rejalashtirilgan. Joriy yilning avgust oyida prezident tadbirkorlar bilan bo‘lgan ochiq muloqotda 2023 yil 1 yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 12 foizga tushirishni va’da bergandi.
Download 49.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling