So’nggi yillarda fan va ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilishi tadqiqotchilar oldiga qator nazariy va amaliy sohalarda mas’uliyatli vazifalarni qo’ydi


Download 62.76 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi62.76 Kb.
#1542513
  1   2   3   4
Bog'liq
K I R I SH


K I R I SH
So’nggi yillarda fan va ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilishi tadqiqotchilar oldiga qator nazariy va amaliy sohalarda mas’uliyatli vazifalarni qo’ydi. Bunday vazifalardan biri, shubhasiz, chet tillarni o’rganish va o’rgatish masalasidir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning ta’biri bilan aytganda, “Bugun jahon hamjamiyatidan o’ziga munosib o’rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o’z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo’qdir”.
Darhaqiqat, xorijiy tillarni, jumladan, koreys tilini har tomonlama chuqur tadqiq etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo’lmog’i lozim. Shuni hisobga olgan holda, biz ham ushbu bitiruv malakaviy ishimizda o’zbek-koreys tillari frazeologiyasidagi o’ziga xos xususiyatlarni o’rganishni oldimizga maqsad qilib qo’ydik.
Mavzuning dolzarbligi. Tillar har xil bo’lsa ham ularning sistemasidagi muayyan kategoriyalarni ifodalovchi birliklarlarda umumiy jihatlarni kuzatish mumkin. O’zbek va koreys tillarida bog’lovchilarning sintaktik funksiyalarini turli til sathlari asosida semantik, grammatik jihatdan qiyoslash shu kategoriyalarning ifodalanishidagi mushtaraklik hamda farqlanishlarning to’g’ri talqin etilishiga zamin yaratadi. Zotan, bu jarayonga aloqador masalalarni chuqur tadqiq etish tilning morfologik-sintaktik sathigagina daxldor bo’lmay, uning boshqa sathlarida lingvistik, ekstralingvistik omillar ta’siri asosida yuz beradigan o’zgarishlarini atroflicha tavsiflashni talab qiladi. Bu esa til tizimining muhim uzvi bo’lgan bog’lovchilarga aloqador ko’plab masalalar xususida ikki til nuqtai nazaridan aniq xulosalar chiqarish imkonini beradi.
Darhaqiqat, bog’lovchilarning o’ziga xos xususiyatlari, koreys va o’zbek tillaridagi bog’lovchilar orasidagi tafovut hamda o’xshashliklar, ularni vujudga 1 Каримов И.А. Баркамол авлод - Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. – Т.: Ўзбекистон, 1998. 8-бет. 5 keltiruvchi omillar, bog’lovchilarning semantik, grammatik tabiati kabi masalalarni o’zbek-koreys tillarining ichki qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda ilmiy-nazariy jihatdan tavsiflash zarurati, mazkur ish va ish uchun tanlangan mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi.
Zero, «Faqat bahs, munozara, tahlil mevasi bo’lgan xulosalargina bizga to’g’ri yo’l ko’rsatadi» 1 . Chunki, har qanday «fan – jamiyat taraqqiyotini olg’a siljituvchi kuch, vositadir»2 . Tanlangan mavzuning dolzarbligi bog’lovchilarni o’zbek va koreys tili materiallari asosida tavsiflashdan iborat ekanligi bilan izohlanadi.
Tilning grammatik qatlamiga mansub birliklarni ikki til misolida ko’rib chiqish koreys hamda o’zbek tilidagi bog’lovchilarni chuqur o’zlashtirishga, unga xos lingvistik mohiyatni tavsiflashga, qolaversa, ularni turli matnlarda o’qib ma’no nozikliklarini tushunish jarayonida ham katta ahamiyat kasb etadi.

Download 62.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling