Sonlarni bir sanoq sistemasidan boshqasiga o’zgartirish. Reja: sanoq sistemasi. Sanoq sistemasi haqida tushuncha


Download 99.47 Kb.
bet1/3
Sana19.04.2023
Hajmi99.47 Kb.
#1365418
  1   2   3
Bog'liq
ANUSH4


SONLARNI BIR SANOQ SISTEMASIDAN BOSHQASIGA O’ZGARTIRISH.

REJA:

1. SANOQ SISTEMASI.
2. SANOQ SISTEMASI HAQIDA TUSHUNCHA.
3. SANOQ SISTEMASINING TURLARI.
4. XULOSA.



Sanoq tizimi — sonlarni maxsus belgilar (raqamlar) toʻplami yordamida yozish usuli. Sanoq tizimining pozitsion va nopozitsion koʻrinishlari mavjud. Nopozitsion Sanoq tizimi rim raqamlari bilan, pozitsion Sanoq tizimi esa biz oʻrgangan va arab raqamlari (aslida hind raqamlari) deb ataladigan belgilar bilan yoziladi[1]. Pozitsion Sanoq tizimida oʻrniga qarab raqamning qiymati oʻzgarib boradi. Masalan, 34 soni 4 ta birlik va 3 ta oʻnlikni bildiradi. Agar ularning oʻrni almashtirilsa 43 soni hosil boʻladi. Bu sonda 3 ta birlik va 4 ta oʻnlik mavjud, yaʼni 3 ning qiymati 10 marta kamaydi va aksincha 4 ning qiymati 10 barobar oshdi. Bunday oʻnlik Sanoq tizimidagi sonlarning raqamlari uni 10 lik asos darajalari yigʻindisida tasvirlashning koeffitsiyentlari hisoblanadi. Hisoblash ashinalarida, odatda, G.V. Leybnits taklif qilgan ikkilik sanoq istemasi ishlatiladi. Bunday sonlarni tasvirlash uchun 2 ta — 0 va 1 raqamlaridan foydalaniladi. 2 lik Sanoq tizimining ishlatilishi EHMlar quriladigan elementlarning faqat 2 ta turgʻun ishchi holatda boʻlishi bilan bogʻliq. Bu elementlar kalitlarga oʻxshash boʻlib, ular yozilgan yoki oʻchirilgan holatlarda boʻladi. Uchinchi holat yoʻq. Bu holatlarning biriga 1, 2siga 0 mos qoʻyilsa, bunday elementlarning ketma-ketligi 2 lik Sanoq tizimidagi songa mos keladi.EHM - bu elektron raqamli qurilmadir. Elektron qurilma deyilishiga sabab har qanday ma’lumotlar EHM da elektr signallari orqali qayta ishlanadi. Raqamli deyilishiga sabab EHM da har qanday ma’lumot sonlar yordamida tasvirlanadi.
Sonlarni yozish usuliga sanoq sistemasi deb ataladi. Sonlarni yozish uchun har bir sanoq sistemasida o‘ziga xos turli belgilar to‘plamidan foydalaniladi. Foydalanilgan to‘plamdagi belgilar ularning soni, sanoq sistemasini xarakterlovchi asosiy kattaliklardir. Sanoq sistemasida foydalaniladigan belgilar soni sanoq sistemasining asosini tashkil etadi. Berilgan sanoq sistemasida sonlarni yozishdagi foydalanilgan belgilar soniga qarab, o‘nlik, ikkilik, sakkizlik, o‘n oltilik va boshqa sanoq sistemalarni kiritish mumkin. Shu bilan birga sanoq sistemalarini 
pozision va nopozision turlarga ajratish mumkin. Pozitsion sanoq sistemasida berilgan sonning qiymati sonni tasvirlovchi raqamlarning egallagan o‘rniga bog‘liq bo‘ladi. Misol sifatida, 0,1,2,3,. . . ,9 arab raqamlaridan tashkil topgan o‘nlik sanoq sistemani qarash mumkin. Nopozitsion sanoq sistemalarida, belgining qiymati uning egallagan o‘rniga bog‘liq emas. Misol sifatida rim raqamlari sanoq sistemasini keltirish mumkin. Masalan, XX sonida X raqami, qayerda joylashganiga qaramasdan o‘nlik sanoq sistemasidagi 10 qiymatini anglatadi.
Quyidagi jadvalda o‘nlik sanoq sistemasida berilgan 1 dan 16 gacha sonlarning ikkilik, sakkizlik va o‘n oltilik sanoq sistemalaridagi ko‘rinishi keltirilgan.



Download 99.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling