Sopollitepa madaniyati
Download 151.6 Kb.
|
sopollitepa madaniyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sopollitepa manzilgohi. plani
- Sopol idishlar to’plami. Sopollitepa madaniyati
Sopollitepa madaniyatiSopollitepa madaniyati Surxondaryo viloyatidagi Sherobod cho’lida Qaynarbuloqsoy hududida topilgan. U Termiz shahridan 70 km shimoliy g’arbda joylashgan. Bu manzilgoh Sherobod cho’lini o’zlashtirish jarayonida 1968-yilda L.Albaum tomonidan topilgan. Uning tadqiqotlar ishlari bilan 1969-1974-yillarda A.Asqarov shug’ullangan. Ushbu madaniyatga tegishli 20 dan ortiq yodgorlik topilgan. Sopollitepa koridorsimon bloklar sistemasi asosida qurilgan, uch qator mudofaa devorlari bilan o’rab olingan yirik qishloq bo’lgan. Uning umumiy maydoni 4 ga ga yaqin. Katta qismi paxta maydoniga qo’shib yuborilgani sababli, faqatgina uning markaziy qal’a qismi saqlanib qolgan. U kavadrat 82X82 m bo’lgan istehkomdir. Qal’a mudofaa devorlari qalinligi 2 m bo’lib, somon qo’shilgan xom g’ishtdan qurilgan.
Shuning uchun Sopollitepadagi 2 ta quyi qatlam “sopolli bosqichi”, uning yuqori qatlami “Jarqo’ton bosqichi” deb ataladi.
Sopol idishlar to’plami. Sopollitepa madaniyatiJo’mrakli sopol buyum. sopollitepaSopollitepa manzilgohida urug’ jamoa a’zolari olamdan o’tsa, uni o’zi yashagan xonaning poli ostiga, eshik yoki o’choq oldiga yoki xona devorlari ostiga ko’mish odati bo’lgan. Agar o’lgan kishi jamoada nufuzli obro’ga ega bo’lsa, yoki urug’ oqsoqoli bo’lsa, u holda uning qabri unga ajratilgan xonaning qoq o’rtasida bo’lgan. Shuning uchun o’lgan kishi qabriga o’z shaxsiy mulki va urug’doshlar keltirgan idish-tovoqlardagi ovqatlar bilan ko’mganlar. Har bir qabrda 2-3 tadan to 50 tagacha buyumlar topilgan. Download 151.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling