Sovun olish


Download 251.5 Kb.
Sana14.09.2023
Hajmi251.5 Kb.
#1678263
Bog'liq
11 Sovun olish


Sovun olish.

Kir yuvish va yuvinishda ishlatiladigan odatdagi sovun olish uchun xom ashyo xayvon yoglari(qattiq) yoki usimlik moylari(suyuq) hisoblanadi. Yoglar glitserin va yuqori molekulyar karbon kislotalarning murakkab efirlaridir. Xayvon yoglari tarkibiga yuqori molekulyar tuyingan kislotalar aralashmasi kiradi (laurin S11N23SOON, palmitin S15N31SOON, stearin S17N35SOON) usimlik moylari tarkibiga esa tuyinmagan kislotalar kiradi (olein S17N33SOON, geksadetsen S15N29SOO, linol S17N29SOON).


Hozirgi vaqtda sovun olish uchun asosiy xom ashyo usimlik moylari bo’lib, ular katalizator ishtirokida (masalan, nikel) vodorod bilan gidrogenlab qattiq yogga (salomas yoki margarin deb ataladi) aylantiriladi. Sovun olish bir necha boskichda olib boriladi:
1. Gidroliz, avtoklavda (moddalarni yuqori bosim ostida qizdirish uchun ishlatiladigan apparat) 523-573 K haroratda va 25·105 va 30·105 Pa bosimda yoglarni suv bugi bilan parchalash.
2. Olingan yog kislotalarini tozalash.
3. Kislotalarni natriy yoki kaliy gidroksidi (yoki kaltsinatsiyalangan soda) bilan sovunlash
Sovun olishni quyidagi reaksiyalar yordamida sxematik tarzda ko’rsatish mumkin:

bunda R = C11H33, C15H31, C17H31 va boshqalar
Yuqori molekulyar yog kislotalarining natriy yoki kaliyli tuzlari bu odatdagi sovun hisoblanadi.
Natriyli sovun qattiq, kaliylisi esa suyuq sovunning navi, uning tarkibida yog kislotalarining foiz miqdoriga bog’liq bo’ladi.
Bizning sanoatimizda 72%, 70 % va 60% li sovunlar ishlab chiqariladi. Yuqori sifatli sovunlarga rang va yokimli xid beruvchi moddalar qo’shiladi.
Ishning maqsadi. ozik-ovkat xom-ashyosidan sovun olish va namunada yog kislotasi miqdorini aniqlash,
Kerakli jihozlar va reaktivlar: chinni stakan (100-150 ml hajmli, 2 dona),100-250 ml hajmli kolba, shisha tayoqcha, yog, natriy gidroksidi, etanol
yoki prapanol, natriy xloridning tuyingan eritmasi (r=1,16-1,18 kg m3),atir sovun, xlorid kislota.
Ishning bajarilishi. Sovun olish. Natriy gidroksidining spirtdagi eritmasi bilan yog’lar gidroliz qilinadi. Buning uchun 6g yog o’lchab olinib, chinni stakanga solinadi va suyuqlanguncha qizdiriladi. Natriy gidroksid eritmasi 2,5 NaOHni 6ml suv va 15 ml etanol yoki prapanol-1da eritib tayyorlanadi. NaOHning spirtdagi eritmasi suyuqlangan yog’ ustiga aralashtirib turilgan holda quyiladi. Hosil bo’lgan eritma 10-15 minut qaynatiladi, so’ngra uning ustiga 10-15 ml natriy xloridning tuyingan eritmasi quyiladi va sovuk suvli hammomda sovutiladi. Aralashma yuzida hosil bo’lgan sovun qavatini stakandan ajratib olinadi, filtr qog’ozi bilan yaxshilab quritiladi va o’lchanadi. Olingan yog’ga nisbatan sovunning unumi aniqlanadi.
Download 251.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling