Kimyo fanidan olimpiada test savollari (9-sinf uchun)


Download 17.79 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi17.79 Kb.
#1492104
Bog'liq
Kimyo fanidan olimpiada test savollari


Kimyo fanidan olimpiada test savollari (9-sinf uchun).


1. Quyidagi berilgan javoblarning qaysi biri kimyoviy asboblarga tegishli?
A) Kolba, probirka, menzurka, shtativ, spirt lampasi.B) Kolba, suv, osh tuzi eritmasi, uglerod oksidi C) Kolba, osh tuzi eritmasi, shtativ, marmar

D) Shtativ, fosfor, menzurka, vodorod.

2. 28 litr ammiak va kislorod aralashmasi katalizator ishtirokida reaksiyaga kirishda. Bunda 6 l kislorod ortib qoldi. Boshlang’ich aralshmadagi kislorodning hajmini (l) aniqlang? A) 20,2 B) 8,3 C) 18,2 D)12,6

3. Agar 2,69 gr metall xloriddan 1,95 gr metall gidroksid olingan bo’lsa, metallning ekvivalent massasini aniqlang?

A) 33,45 B) 31,75 C) 68,5 D)27,25

4. K4[Fe(CN)6] molekulasi markaziy atomning gibridlanish turi qanday?

A) Sp3d2 B) Sp3d1 C) Sp3 D) Sp3d3

5. 9,3 g ishqoriy metall oksidi 200 g suvda eritilganda hosil bo‘lgan birikmaning massa ulushi 5,73% ni tashkil qilsa, oksid tarkibidagi metallni toping.

A) Kaliy B) Litiy C) Seziy D) Natriy

6. Davr ichida element atom nomerining ortishi bilan elementlarning….?

A) Atom radiuslari va elektron manfiyliklari kamayadi

B) Atom radiuslari ortadi va elektron manfiyliklari kamayadi


C) Atom radiuslari kamayadi va elektron manfiyliklari ortadi
D) Atom radiuslari ham va elektron manfiyliklari ham ortadi
7. Kislorodning hajmiy ulushi 20% bo‘lgan vodorod va kisloroddan iborat 27 g aralashma portlatilgandan so‘ng ortib qolgan gaz va uning massasini (g) aniqlang.

A) Kislorod, 8,64 B) Vodorod, 17,28 C) Vodorod, 2,7 D) Kislorod, 0,32

8. Rux plastinka tarkibida 13,5 g mis(II) xlorid bo‘lgan eritmaga tushirildi. Plastinka massasi 0,01 gr ga o‘zgargan bo‘lsa, eritmada necha gramm mis(II) xlorid qoladi?

A) 13,11 B) 12,15 C) 2,4 D) 5,76

9. 6,39 g marganes oksidi alyuminotermiya usuli bilan qaytarilganda, 1,806.1022 ta alyuminiy oksidi hosil bo‘lsa, marganetsning qaysi oksidi qaytarilgan?

A) Mn2O3 B) Mn2O7 C) MnO D) Mn3O4 E) MnO2

10. Mis va ruxdan iborat 120 g qotishmadagi misning massa ulushi 60% bo‘lsa, unga necha gramm rux qorilganda Cu3Zn5 tarkibli qotishmaga aylanadi?

A) 122 B) 140 C) 92 D) 74

11. Quyidagi moddalarning qaysi biri bilan xlor bevosita birikmaydi?

A) Kislorod B) Vodorod C) Fosfor D) Natriy

12. Quyidagi yadro reaksiyasida 9,44 mg uran reaksiyaga qatnashib 12,04•1019 ta neytron ajralsa, hosil bo‘lgan izotopni ko‘rsating.

A) Enshteniy-249 B) Fermiy-248 C) Berkliy-248 D) Fermiy-257

13. Qaysi qatorda faqat izobarlarlar keltirilgan?

A)H,D,T B)K,Ca,Ar C)O,O,O D)H,O,O

14. 3,75% li HCI eritmasini hosil qilish uchun 1,3 l suvga qancha hajm (l,n.sh.) HCI gazini yuttirish kerak?

A) 47,8 B) 27,7 C) 50,65 D) 31,1

15. 20% li KON eritmasini hosil qilish uchun tarkibida 44 g KON tutgan 453 g eritmada qancha massali (g) kaliy oksidni eritish kerak? A) 47 B) 48 C) 45 D) 51

16. VIII B guruhidagi elementlardan faqat ikkitasi guruh nomeriga mos oksidlanish darajasi (+8) namoyon qilishlari mumkin, bular . . . . . ?

A) Fe,Pt B) Pd,Os C) Jr,Pt D) Ru,Os

17. Kalsiy digidroortofosfat bilan kalsiy gidrofosfat miqdorlari nisbati qanday bo‘lganda, ulardan tayyorlangan aralashmadagi kalsiyning massa ulushi 20% bo‘ladi?

A) 1,82 B) 1,79 C) 1,93 D) 1,87

18. Massasi 93 g bo‘lgan eritmadagi natriy gidroksid va natriy karbonatning massa ulushlari tegishli ravishda 1,42% va 2,7% bo‘lgan. Shu eritmaga 4,7 g natriy gidrokarbonat qo‘shilgandan keyin, eritmadagi natriy karbonat va gidrokarbonatning massa ulushlarini (%) hisoblang.

A) 6,15; 1,97 B) 5,90; 1,78 C) 4,24; 3,15 D) 5,28; 1,15

19. Kaliy sulfatning dissotsilanmagan molekulalari soni 80 ta bo‘lsa, eritmadagi ionlar sonini hisoblang. (α=75%). A) 25 B) 240 C) 320 D) 720

20. 0,001 mol/l konsentratsiyali xlorid kislota eritmasining pH ko‘rsatkichini aniqlang. (dissotsilanish darajasi 100%). A) 2 B) 5 C) 3 D) 6

21. 310 g 14,9% li mis sulfat eritmasi elektroliz qilinganda anodda 1,86 l (n.sh.) gaz ajralgandan so‘ng jarayon to‘xtatildi. Mis sulfatning massa ulushi (%)aniqlang.

A) 21,2 B) 5,63 C) 6,6 D) 10,6

22. Izobutilbromid, ikkilamchi butilbromid aralashmasiga natriy metalli qo‘shilib qizdirilsa qanday alkanlar hosil bo‘lishi mumkin?

1) 2,5-dimetilgeksan; 2) 2,3,4,5-tetrametilgeksan; 3) 3,4-dimetilgeksan;

4) 2,2,3,3-tetrametilbutan; 5) 3,3,4,4-tetrametilgeksan; 6) 2,4-dimetilgeksan;

7) 2,2,4-trimetilpentan; 8) 2,2,3-trimetilpentan; 9) 3,3-dimetilgeksan.

A) 1,3,4 B) 2,4,8 C) 1,3,6 D) 5,6,8

23. Izopren va kislorod aralashmasi yonishidan 2,6 mol SO2 hosil bo‘ldi. Ortib qolgan alkadienni to‘la bromlash uchun 0,6 mol Br2 sarflandi. Boshlang‘ich aralashmadagi izopren miqdorini (mol) aniqlang.

A) 0,47 B) 0,82 C) 0,52 D) 0,30

24. Uch molekula atsetilenni trimerlanishidan qanday modda hosil bo’ladi?

A) Geksan B) Etan C) Benzol D) Geksen

25. Suvsiz sirka kislota tayyorlash uchun 91% li 400 g sirka kislota eritmasida qancha miqdorda (g) sirka angidrid eritilishi kerak? A) 364 B) 151 C) 51 D) 204

26. 24,3% li 70 g kumush nitrat eritmasiga tarkibida ekvivalent miqdorda natriy galogenid bo‘lgan 80 g eritma qo‘shildi. Cho‘kma ajratilgandan so‘ng 6,48% li eritma hosil bo‘ldi. Reaksiyada qaysi tuzning eritmasi ishlatilgan?

A) NaBr B) NaCI C) NaF D) NaI

27. Molekulyar kristall panjaraga ega bo’lgan moddalarni ko’rsating.

A)Quruq muz, yod B)Olmos, yod C)kaliy xlorid D)Grafit,osh tuzi.

28. Dengizda o’sadigan laminariyada qaysi galogenning birikmasi to’planadi?

A)F B)Cl C)I D)Br.

29. Xona haroratida azot quyidagi metallarning qaysi biri bilan reaksiyaga kirishadi?

A) Ca B) Al C) Li D) Mg.
30. U rangsiz, tiniq, nur sindirish xususiyati kuchli, eng qattiq modda, gap uglerodning qaysi allotropik ko’rinishi haqida?

A) Grafit B) Olmos C) Fullerin D) Karbin

31. Mis va oltindan iborat 80 gr qotishmada misning massa ulushi 65% bo’lsa, unga necha gramm oltin qo’shilganda Cu3Au tarkibli birikma olinadi?

32. Quyidagi C6H12O6+KMnO4+36H2SO4 CO2+MnSO4+K2SO4+H2O

oksidlanish-qaytarilish reaksiyasidagi koeffisentlar yig’indisini toping?

33. Ma’lum sharoitda 10 litr SO2 va SO3 gazlari aralashmasining H2 ga nisbatan zichligi 36 ga teng bo‘lsa, dastlabki aralashmadagi SO2 va SO3 larning hajmini aniqlang?

34. Reaksiya tezligini 90 marta oshirish uchun haroratni necha gradusga oshirish kerak? Reaksiyaning temperatura koeffitsenti 2,7 ga teng.

35. Al4(P2O7)3 molekulasida kimyoviy bog‘lar soni nechta?

36. Uchuvchan oltingugurt ftoridida oltingugrt yuqori valentlikni namoyon qiladi, shu ftoridning vodorodga nisbatan zichligini aniqlang?

37.42 l propanni yondirish uchun tarkibida 10% ozon bo‘lgan kislorod-ozon aralashmasidan qanday hajmda (l, n.sh.) kerak bo‘lishini hisoblang.

38. Izobutan molekulasida uglerod atomlari oksidlanish darajalarining yig‘indisi nechaga teng?

39. Sanoatda eng arzon vodorod olishga imkon beradigan usul?

40. Skandiynning tashqi elektron qobig’i qanday tuzilgan?

Kimyo kalit

S

1


2

3


4

5


6

7


8

9


10

11


12

13


14

15


J

A


C

B


A

D


C

C


B

C


D

A


B

B


D

A


S

16


17

18


19

20


21

22


23

24


25

26


27

28


29

30


J

D


D

A


D

C


C

C


B

C


D

A


A

C


C

B
31.25,3

32.197

33.5 l, 5 l



34.45,3
35. 42 ta

36. 73


37.200

38.-10
39. Metanni suv bug‘i bilan konversiyalash



40. 3d1 4s2
Download 17.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling