1A-21 met gurux talabasi pardaqulova mahliyo
Download 171.17 Kb.
|
kimyo
Kirish Bu guruxga rux kadmiy va simob metallari kirib rux guruxchasi nomi bilan ataladi. Ushbu guruxchadagi elementlar atomlarida faqat tashqi electron quyidagi elektronlargagina valent elektronlar hisoblanadi, shu jihatdan mis guruxchasi elementlaridan faqr qiladi. Simob ba`zi birikmalarga bir valentlikni namoyon qiladi Zn: [Ar] 3d10 4s2; Cd: [Kr] 4d10 5s2; Hg: [Xe] 4f14 5d10 6s2; Bu elementlarning hammasi og`ir metal hisoblanadi. Simob odatdagi haroratda suyuq buladi. Bu havoda kam oksidlanadi, odatdagi haroratda suv bilan reaksiyaga kirishmaydi, gidroksidlar kuchsiz asoslardir. Rux gidroksid esa amfoterdir. Manbaa:https://arxiv.uz/uz/documents/slaydlar/kimyo/ rux-kadmiy-simob-elementlarining-olinishi-xossalari-va- birikmalari MAVZU: RUX, KADMIY, SIMOB ISHLATILISH SOXALARINI VA QO`LLANILISHI REJA: I bob. Kirish Rux, kadmiy, simob elementlariga tasnif etilishi. II bob. Xulosa Ruxning olinishi, xossalari, birikmalari. Rux (lotincha: Zincum), Zn — Mendeleyev davriy sistemasining 12- (avvalgi, yigʻiq jadval boʻyicha II) guruhiga mansub kimyoviy unsur. Tartib raqami 30, atom massasi 65,39. Rux och zangori rangli, kumush kabi yaltiroq metalldir. Nam havoda ruxning sirti oksid parda bilan qoplanadi. Ruxning suyuqlanish harorati 419,53°C, qaynash harorati 907°, xona haroratidagi zichligi 7,133 g/sm3. Rux kimyoviy jihatdan faol metallarga kiradi. Kislotalarda yaxshi eriydi. Qizdirilsa, ishqorlarda ham eriydi. Yod va oltingugurt bilan xona haroratida birikadi. Qizdirilganda rux faol metallmaslar bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi. Boshqa metallar bilan rux qotishmalar hosil qiladi. Butun dunyoda ishlab chiqariladigan ruxning 40 foizi poʻlatni korroziyadan saqlash uchun sarflanadi. Rux kukuni yordamida kadmiy, mis va nodir metallar birikmalardan ajratib olinadi. Ruxdan ishlangan listlar konstruksion material sifatida, shuningdek, quruq elementlarning idishlarini tayyorlashda qoʻllanadi.(2) Manbaa: https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Rux Rux oksid, ZnO — ruxning kislorod bilan birikmasi. Oq rangli kristall modda. Zichligi 5,7 g/sm³; 1800 °C da sublimatsiyalanadi. Suvda oz eriydi; kislotalarda erib tegishli tuzlarni beradi. Amfoter — ishqorlarda erib sinkatlar hosil qiladi. Rux oksid tabiatda sinkit (qizil rux rudasi) minerali koʻrinishida uchraydi. Sirlar tayyorlashda, oq boʻyoq, kauchuk, selluloza, plastmassa, rezina toʻldirgichlari, tibbiyotda malham sifatida ishlatiladi. Rux oksid zaharli, uni hidlagan odam isitma chiqaradi, boshi ogʻriydi, koʻngli ayniydi va yoʻtal tutadi. Yuqori haroratda (1200 °C) rux oksid ishqoriy yer metallari bilan reaksiyaga kirishib MeZnO2 tarkibli tsinkatlar hosil qiladi.(3) Manbaa: https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Rux Tabiatda uchrashi va olinishi : Ruxning atom massasi 65,39 (Z-30)ga teng. Uning tabiatda tarqalgan barqaror izotoplari: 64Zn(48,87% ); 66Zn(27,81% ); 70Zn(4,11%); 68Zn(15,68%) bo'lib, radiofaol izotoplari ichida eng muhimi 65Zn dir. Rux tabiatda birikmalar holida uchraydi, uning eng ko'p uchraydigan birikmasi rux sulfid ZnS (rux aldamasi) va rux karbonat ZnCO3 (galmey) lardir. Ruxning ko'p minerallari polimetall rudalar jumlasiga kiradi. Rux rudasi flotasion usulda boyitiladi, natijada rux konsentrati hosil bo'ladi. Rux asosan qaytarish va elektroliz usuli bilan olinadi. Qaytarish usulida ruda quydirilib, rux oksidlanadi, 10000S da koks bilan qaytariladi: 2ZnS+ 302 → 2ZnO +2SO2 ZnCO3 ZnO + CO2 ZnO + C→ Zn + CO; XIV.UZ ZnO + CO→ Zn + CO2; Qaytarilgan rux bug'i sovitkichda suyuqlikka aylantirilib qoliplarga quyiladi, bunda qo'rg'oshin, mishyak kabi qo'shimchalar bo'ladi. Yuqoridagi yo'l bilan olingan rux oksid sulfat kislotada eritiladi, natijada rux sulfat tuzi hosil bo'ladi, uni elektroliz qilib, rux ajratib olinadi. Download 171.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling