Saxaraza fermentining sanoatdagi ahamiyati Mavlonov Ulug’bek Shukurov Shohrux O’rinov Sunnat


Download 5.89 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi5.89 Kb.
#1387007
Bog'liq
Saxaraza fermentining sanoatda qo’llanilishi-fayllar.org


Saxaraza fermentining sanoatda qo’llanilishi

Saxaraza fermentining sanoatdagi ahamiyati

Mavlonov Ulug’bek

Shukurov Shohrux

O’rinov Sunnat

Reja


  • Saxaraza (invertaza) ning sanoatda olinishi

  • Saxarazaning oziq ovqat sanoatida qo’llanilishi:

  • Shakar sanoati chiqindilarini qayta ishlashda

  • Shirinliklar ishlab chiqarishda

  • Etanol ishlab chiqarishda

Saxaraza (invertaza) ning sanoatda olinishi


  • Bu ko'p bosqichli jarayon bo‘lib, dastlab achitqilarga benzol, xloroform, toluol kabi moddalar ta'siri ettirish orqali ularning hujayralarini o‘diriladi va devorlarini yo'q qilinadi, ushbu moddalar ta‘sirida hujayra strukturalari buziladi va cho‘kmaga tushadi. Bunda achitqilarning hujayra devorlariga bo‘lgan invertaza supernatant suyuqlikka o'tadi. Supernatantni ajratib olinadi va sirka kislotasi bilan pH 5,0 gacha kislotalanadi; 0 ˚C gacha sovitiladi, hosil bo'lgan cho'kma ajratib olinadi va 2-5 ˚C gacha sovutilgan etanol bilan yuvib tashlanadi va tozalangan invertaza cho'kmasi olinadi

Foydalanish


  • Melassani fermentatsiyalash orqali sut kislotasini ishlab chiqarishda eng ko'p ishlatiladigan ferment.

  • Invertaza - oziq -ovqat sanoatida, ayniqsa murabbo va shirinliklar tayyorlashda asosiy ro‘l o‘ynaydi.

  • Invertaza, shuningdek, uglerod manbai sifatida saxarozadan etanol ishlab chiqarishda ham ishlatiladi.

Shakar sanoati chiqindilarini qayta ishlashda saxarazaning ahamiyati


  • Melassa - shakar ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan chiqindi mahsuloti; o'ziga xos hidli to'q jigarrang rangli siropli suyuqlik.

Tarkibi: U 20-25% suvdan, taxminan 9% organik azotli birikmalardan (asosan amidlardan), 58-60% qoldiq uglevodlardan, asosan saxaroza va rafinozadan iborat. Bundan tashqari, lavlagidan hosil bo’ladigan melassa tarkibida 7-10% gacha minerallar bor.


Saxaraza (Invertaza) – melassa tarkibidagi saxarozaning tarkibiy qismlarga: glyukoza va fruktozaga qadar parchalaydi. Invertaza saxarozaning b-D-1,2-glikozidli bog'lanishlarini gidrolizlaydi, D-glyukoza va D-fruktozaning bir xil molyar aralashmasini chiqaradi. Jarayonda hosil bo‘lgan glukoza va fruktozadan yana qaytadan toza shakar ishlab chiqarishda foydalanish mumkin bo‘ladi, shuningdek hosil bo‘lgan glikozadan sanoatda sut kislota ishlab chiqariladi.


  • Saxaraza (Invertaza) – melassa tarkibidagi saxarozaning tarkibiy qismlarga: glyukoza va fruktozaga qadar parchalaydi. Invertaza saxarozaning b-D-1,2-glikozidli bog'lanishlarini gidrolizlaydi, D-glyukoza va D-fruktozaning bir xil molyar aralashmasini chiqaradi. Jarayonda hosil bo‘lgan glukoza va fruktozadan yana qaytadan toza shakar ishlab chiqarishda foydalanish mumkin bo‘ladi, shuningdek hosil bo‘lgan glikozadan sanoatda sut kislota ishlab chiqariladi.

Invertazadan qandolatchilikda foydalanish

Invertaz konfet ishlab chiqarish sohasidagi maxfiy ingredientlardan biridir. Bu odatda konfet suyuqligi markazlari, murabbo, jele va boshqa shirinliklar tayyorlash uchun ishlatiladigan ferment. Invertaza odatda achitqilardan, non zavodlaridan yoki pivo zavodlarida olinadi. U tiniq suyuqlik holida yoki suvda erishi mumkin bo'lgan kukun shaklida sotiladi.

Qandli shairinliklar retseptlariga invertaza qo'shilsa, u asta -sekin shakarni suyultiradi. Bu shirinliklarda suyuqlik markazini ishlab chiqarishning bir usuli. Reaksiya bir necha kun davom etadi, shuning uchun invertaza bilan suyuq markazlarni tayyorlashda kutish davri bor. Bu ferment shirinlik tarkibidagi saxarozani parchalab glukoza va fruktozadan iborat silliq ko'rinishga olib keladi.


  • Qandli shairinliklar retseptlariga invertaza qo'shilsa, u asta -sekin shakarni suyultiradi. Bu shirinliklarda suyuqlik markazini ishlab chiqarishning bir usuli. Reaksiya bir necha kun davom etadi, shuning uchun invertaza bilan suyuq markazlarni tayyorlashda kutish davri bor. Bu ferment shirinlik tarkibidagi saxarozani parchalab glukoza va fruktozadan iborat silliq ko'rinishga olib keladi.

  • Garchi invertaza laboratoriyada ishlab chiqarilgan ko‘rinsada, invertaza turli xil tabiiy jarayonlarning bir qismidir. Invertazning qandolatchilikda qo‘llaniladigan aniq miqdori ko'p omillarga bog'liq. Bularga invertazaning tozalik darajasi, atrof -muhit harorati va retseptning o'zi kiradi. Invertazaga saxarozani parchalash va uni suyuqlikka aylantirish uchun vaqt kerak bo'ladi. Qattiq moddani suyuqlikka aylantirish uchun invertaza solingandan so‘ng bir necha kundan kamida bir haftagacha saqlanadi.

Saqlanishi

Invertazaning o'zi muzlatgichda uzoq vaqtgacha saqlanishi mumkin,ammo sovuq harorat invertaza aktivligini pasaytirib yuboradi. Eng yaxshi va tez natijaga erishish uchun invertaza qo‘shilgan shakarlar muzlatgichda emas, balki xona haroratida saqlanishi kerak. Agar saxarozali eritma salqin holda saqlansa, invertaza saxarozani parchalay olmaydi va suyuqlanish jarayoni sodir bo'lmaydi (yoki ancha uzoq davom etadi).

Etanol ishlab chiqarishda


  • Invertaza, shuningdek, sanoatda etanol ishlab chiqarishda ham foydalaniladi, bunda u saxarozani glyukoza va fruktozagacha parchalaydi, bu jarayonda hosil bo’lgan glyukozadan esa keying bosqichlarda etanol olinadi. Ushbu jarayonlar sanoatda mikroorganizmlar ishtirokida olib boriladi. Shu bilan birga, sanoatda etonol olishda boshqa bir qator usullardan ham foydalaniladi.

Polisaxarid saqlovchi massa


Shakar
(Saxaroza)
Glyukoza
Etanol
Invertaza

E’tiboringiz uchun rahmat!



http://fayllar.org
Download 5.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling