So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari Sinonimiya


Download 16.01 Kb.
Sana02.12.2023
Hajmi16.01 Kb.
#1779799
Bog'liq
8-mavzu


So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari
Sinonimiya (ma’nodoshlik)
Bir necha til birligi (so‘z, ibora, qo‘shimcha)ning bir ma’no doirasida o‘zaro birlashuviga sinonimiya (ma’nodoshlik) deyiladi. Sinonimiya, asosan, so‘zlar doirasida ko‘p uchraydi. Yunoncha “synonymos yoki synonymon” – “bir nomli” degan ma’noni bildirib, bir umumiy ma’noni ifodalaydigan kamida ikkita so‘zdir. Ma’nodosh so‘zlar ikki yoki undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lgan sinonimik qatorni tashkil etadi. Bu qatordagi ma’nosi betaraf bo‘lgan, ko‘p qo‘llanadigan so‘z asosiy so‘z (dominanta, bosh so‘z) deb ataladi. Bosh so‘z qo‘llanilish doirasining kengligi, zamonaviy qatlamga oidligi, uslubiy betarafligi kabi xususiyatlari bilan sinonimik qatorda ajralib turadi. Sinonimlar lug‘atida bosh so‘z birinchi bo‘lib keltiriladi. Masalan: jilmaydi, iljaydi, irjaydi, ishshaydi, tirjaydi; yuz, bet, aft, bashara, turq, oraz. Sinonimlar quyidagi turlarga ajratiladi.
1.Leksik sinonimlar. So‘zlarning o‘zaro sinonim bo‘lib kelishi leksik sinonimiya hisoblanadi. Ular nutqda takrordan qochish, ma’noni aniq va ta’sirli ifodalash uchun qo‘llanadi. Leksik sinonimlar ma’nodagi o‘xshashlikka ko‘ra 2 turdir:
a)to‘liq sinonimlar (aynan yoki mutloq bir xil ma’no): tilshunoslik-lingvistika, kosmos-fazo.
b)ma’noviy sinonimlar (uslubiga, darajasiga, ma’no qirrasiga ko‘ra farqlanadi): shivirlamoq-gapirmoq, baqirmoq (ovoz toniga ko‘ra); issiq-iliq-jazirama, nam-ho‘l-shalabbo (darajasiga ko‘ra); jilmaydi-kuldi-irjaydi-ishshaydi (ijobiy yoki salbiy bo‘yog‘iga ko‘ra); keldi-tashrif buyurdi, qadam ranjida qildi (uslubiga ko‘ra).
2.Frazeologik sinonimlar (iboralarning o‘zaro sinonim bo‘lishi): qo‘lini yuvib qo‘ltiqqa urish – hafsalasi pir bo‘lish, kayfi uchdi – yuragi yorilayozdi.
3.Grammatik sinonimlar. Qo‘shimchalarning (qo‘shimchalarning shakl va ma’no munosabati mavzusiga qarang) sinonimligi:
kelyapti – kelayotir – kelmoqda, borishdi – bordilar
Omonimiya (shakldoshlik)
Bir xil shakldagi bir necha birlik (so‘z, ibora, qo‘shimcha) omonimiya hosil qiladi. Omonimiya asosan, so‘zlar orasida ko‘p uchraydi. Omonim so‘zlar shaklan bir xil bo‘lganligi uchun shakldosh so‘zlar deb ham yuritiladi. Shakldosh so‘zlar aytilishi va yozilishi bir xil bo‘lib, turli atash ma’nolarni bildiradi. Omonimlar bilan ko‘p ma’noli so‘zlar bir qarashda bir-biriga o‘xshab ketadi. Biroq ular quyidagicha farqlanadi. Omonimlarning quyidagi turlari mavjud.
1.Lug‘aviy omonimlar. So‘z va iboralarning omonimik munosabatga kirishishiga lug‘aviy omonimiya deyiladi. yuz, kul.
2.Frazeologik omonimlar (iboralarning o‘zaro omonimiyasi): dam bermoq (havoga to‘ldirmoq) – dam bermoq (hordiq chiqarmoq); boshiga ko‘tarmoq (hurmat qilmoq) – boshiga ko‘tarmoq (shovqin qilmoq); dam olmoq (nafas olmoq) – dam olmoq (hordiq chiqarmoq).
3.Grammatik omonimlar: (qo‘shimchalarning shakl va ma’no munosabati mavzusiga qarang). Grammatik omonimlar asosan, qo‘shimchalarning omonim bo‘lishidir. Masalan: -siz (so‘z yasovchi; shaxs-son qo‘shimchasi): kuchsiz odam –sensiz ahvolim nima kechadi; -chi (so‘z yasovchi; yuklama), -(i)sh (harakat nomi; sifat darajasi; fe’l nisbati), -dir v.b.
Antonimiya (zid ma’nolilik)
Qarama-qarshi ma’no ifodalovchi birliklar antonimlar deyiladi. Yunoncha “anti” – “zid”, “qarama-qarshi”, “onoma yoki onyma” – “nom” degani bo‘lib, qarama-qarshi tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlardir. Antonimik juftlikdagi so‘zlar faqat bir xil so‘z turkumlariga oid bo‘ladi: yer-osmon (ot), uzun-qisqa (sifat), ko‘p-oz (ravish), keldi-ketdi (fe’l). Antonimik juftlik hosil bo‘lishi uchun ikkita mustaqil tushuncha ma’no jihatdan o‘zaro qarama-qarshi bo‘lishi kerak. Fe’llardagi bo‘lishli-bo‘lishsizlik xususiyati antonimlikni vujudga keltirmaydi. Masalan: keldi-kelmadi; bordi-bormadi bular antonim emas.
Ko‘p ma’noli so‘zlar har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so‘zlarga antonim bo‘lishi mumkin: qattiq yer – yumshoq yer; qattiq (xasis) odam – saxiy odam. Antonimik juftlar ko‘chma ma’no ifodalab, yangi so‘zlar hosil qilishi mumkin: tun-u kun – “hamma vaqt” ma’nosida; achchiq-chuchuk – “salat” ma’nosida; yosh-u qari – “hamma” ma’nosida; uzoq-yaqin – “hamma yoqdan” ma’nosida.
Antonimlar quyidagi turlarga ajratiladi:

  1. Lug‘aviy antonimlar.

kuldi – yig‘ladi; keng – tor, past – baland.
2, frazeologik antonimlar – bunda iboralar o‘zaro antonim bo‘lib keladi: Aravani quruq olib qochdi – Qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldirdi.
3. Grammatik antonimlar, asosan, qo‘shimchalarning zid ma’noli bo‘lib kelishidir: aqlli – aqlsiz (-li,-siz); noo‘rin – o‘rinli (no-, -li); be-bo, ser-siz, dor-siz. Antonim qo‘shimchalar asosan sifat so‘z turkumida ko‘p uchraydi.
Paronimlar
Paronimlar (talaffuzdosh so‘zlar) – ruscha “para”, ya’ni “juft” va grekcha “onoma yoki onyma”, ya’ni “nom” degani bo‘lib, aytilishi bir-biriga yaqin, ammo yozilishi va ma’nosi har xil bo‘lgan so‘zlardir. Paronimlar talaffuzda o‘xshash tovushlar bilan, yozuvda bir harf bilan farqlanadi. Masalan: yondash (yaqinlash) – yondosh (yonma-yon), asr-asir, uxlamoq-uhlamoq.
Download 16.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling