So‘zning o‘z va ko‘chma ma’nosi Quyidagi gapda yengil so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan?


Download 22.81 Kb.
bet1/4
Sana10.02.2023
Hajmi22.81 Kb.
#1187886
  1   2   3   4
Bog'liq
so\'zning o\'z va ko\'chma ma\'nolari


So‘zning o‘z va ko‘chma ma’nosi


1. Quyidagi gapda yengil so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan?
Sizlarni yengil ish bilan ta’minlaymiz.
A) ixcham B) kuchsiz C) o‘ynoqi D) oson
2. Quyida yer so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan?
Daraxt bir yerda ko‘karadi.
A) planeta B) yuza C) joy D) masofa
3. Quyidagi gapda yo‘l so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan?
Kechga borib avtobuslar o‘z yo‘lini o‘zgartiradigan bo‘lib qoldi.
A) safar B) masofa C) yo‘nalish D) tadbir
4. Quyidagi gapda so‘ramoq so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan?
Sizni birov so‘rab kelgandi.
A) savol bermoq B) axtarmoq C) talab qilmoq D) idora qilmoq
5. Quyidagi gapda bor-yo‘q so‘zi qaysi ma’noda qo‘llangan?
Bor-yo‘g‘i bitta kitob sotib oldim.
A) boylik B) bisot C) hamma D) atigi
6. Quyidagi gapda bog‘lamoq so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Dasturxonga shira bog‘lagan oltin rang uzum qo‘yildi.
A) tugmoq B) ulamoq C) yig‘moq D) o‘ramoq
7. Gaplardagi ajratilgan so‘zlarning qaysi birida maslahat ma’nosi bor?
A) So‘zdan so‘zning farqi bor, o‘ttiz ikki narxi bor.
B) Xalqda “boshga tushganini ko‘z ko‘radi” degan so‘z bor.
C) Do‘st so‘zini tashlama. Tashlab boshing qashlama.
D) Boshliq bilan uning o‘rtasida so‘z o‘tgan, shekilli.
8. Gaplardagi ajratilgan so‘zlarning qaysi birida voqea ma’nosi ifodalangan?
A) Gaplariga diqqat bilan quloq soling.
B) Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar.
C) Yig‘iq gaplar ko‘pincha ega va kesimdan tuziladi.
D) Uch yil burungi gapni aytmasang ham bo‘ladi.

Download 22.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling