Stansiyalardagi smb qurilmalarining normal ishlash


Download 42.66 Kb.
bet1/3
Sana02.11.2023
Hajmi42.66 Kb.
#1740423
  1   2   3
Bog'liq
5.Stansiyalardagi SMB qurilmalarining normal ishlash sharoitlari buzilganda poyezdlarni qabul qilish va joʻnatish.




  1. laboratoriya ishi


Stansiyalardagi SMB qurilmalarining normal ishlash sharoitlari buzilganda poyezdlarni qabul qilish va joʻnatish.


Ishning maqsadi:


Talabalami Stansiyalardagi SMB qurilmalarining normal ishlash sharoitlari buzilganda Stansiya navbatchisining harakatlari va burchlari bilan tanishtirish.


Stansiyalardagi SMB qurilmalarining normal ishlash sharoitlari buzilganda poyezdlarni harakatini tashkil etish va shu bilan birga meʻriy poyezdlar harakat grafigi talablarini bajarishga oʻrgatish.


Ish rejasi:


Laboratoriya ishi kafedra laboratoriya bazasidagi Strunino Stansiyasi poligonining immitaciya trenajerida bajariladi.


Stansiyadagi SMB qurilmalarining toʻgʻri ishlash holatlarini buzilish turlarini oʻrganish.
Stansiyalardagi SMB qurilmalarining normal ishlash sharoitlari buzilganda Stansiya navbatchisining harakatlarini va burchlarini oʻrganish.
Strunino Stansiyasi poligonida berilgan topshiriqni Stansiya navbatchisi sifatida bajarish.
Laboratoriya ishini bajarishni boshlashdan oldin talaba tavsiya etilgan
adabiyotlar bilan tanishib chiqishi va meʻyoriy hujjatlami rasmiylashtirishni oʻrganishi lozim.
Stansiyalardagi SMB qurilmalarining normal ishlash sharoitlari buzilishining asosiy turlari.
SMB qurilmalaming toʻliq yoki qisman shikastlanishi, taʻmirlanishi va boshqa sabablar bilan bogʻliq hollarda qurilmalaming normal ishlash sharoiti buziladi va qurilmalar marshrutlami toʻgʻri yoki notoʻgʻri tayyorlanganligini nazorat qila olmaydi. Bunda Stansiya navbatchisi, elektrmehanik, yoʻl ustasi, poyezd dispetcheri va boshqa aloqador shahslaming oʻz vazifalarini aniq va toʻgʻri bajarishlari poyezdlar harakat havfsizligini taʻminlaydi. Bunday mavsumda poyezdlarni qabul qilish va joʻnatish hamda Stansiyadagi poyezdlar harakati poyezdlar harakati va manevr ishlari boʻyicha yoʻriqnoma, harakat havfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma va Stansiya tehnikalarini taqsimlash dalolatnomasi talablari boʻyicha amalga oshiriladi. Poyezd dispetcheri va Stansiya navbatchisi bu talablami yahshi bilishi va unga rioya qilishlari zarur. Chunki ularning hatoliklari poyezdlar harakat havfsizligini keltirib chiqarishi va nohush holatlaming kelib chiqishiga sabab boʻlishi mumkin.
Stansiyalardagi SMB qurilmalarining normal ishlash sharoitlari buzilishining asosiy turlari:
Yoʻl bandligining notoʻgʻri nazorati. Nosozlik shundan iborat boʻladiki Stansiya yoʻli boʻsh boʻla turib Stansiya navbatchisining boshqaruv pultida u bandlikni koʻrsatib turadi;
Strelka uchastkasi bandligining notoʻgʻri nazorati;
Yoʻl va strelka uchastkalari boʻshligining notoʻgʻri nazorati;
Strelkalar holati nazoratining yoʻqolishi. Strelkaning sinishi. Bunday holat yuzaga kelganda Stansiya navbatchisi boshqaruv pultida «Vzrez strelki» qizil chiroqi yonadi, uning nazorati yoʻqoladi va qoʻnqiroq chalinadi;
Markazlashtirilgan strelkalami boshqaruv pultidan oʻtkazishning imkoni yoʻqiigi;
MKq ga ulangan markazlashtirilgan strelkalardagi nazorat qulflarining nosozligi, bunda qulfni ochish yoki yopishning imkoni boʻlmaydi;
Kirish, chiqish, marshrut svetoforlarini ochishning imkoni yoʻqiigi; Svetofor belgisining oʻz-oʻzidan oʻzgarib qolishi.
Stansiyalardagi SMB qurilmalarining normal ishlash sharoitlari buzilganda Stansiya navbatchisining harakatlari tartibi:
Stansiyalardagi SMB qurilmalarining normal ishlash sharoitlari buzilganda Stansiya navbatchisi buning sababi shu qurilmalardan foydalanishda oʻzi yoki boshqa bir aloqador shahslar tomonidan hatolikka yoʻl qoʻyilmaganligini tekshirib
koʻrishi lozim, yaʻni quyidagilami tekshirib koʻradi:
Poyezd kelishi kutilayotgan yoʻl marshruti boʻyicha ajratilgan uchastkalaming boʻshligini;
Barcha strelka oʻtkazgichlarining nazoratini va ularning toʻgʻri belgilanganligini;
Talab etilayotgan yoʻl marshrutidagi strelkalar boshqa yoʻl marshrutlari bilan tutashib qolmaganligini;
Boshqaruv pultidan jezl-kalit olinmaganmi yoki u toʻgʻri joylashtirilganmi;
Stansiya chegarasida joylashtirilgan pereezdagi chegaralovchi svetofor yoqilib qolmaganligini;
Tayyorlangan marshrutning poyezd harakat yoʻnalishiga va belgilangan blokirovka yoʻnalishiga mosligini.
Oʻz harakatlarida hatolik topmagan Stansiya navbatchisi darhol nosozliklami koʻzdan kechirish jumali (DU-46)da kerakli yozuvlami kiritadi va nosozlik toʻgʻri sida elektrmehanikka habar beradi.
Nosozlik bartaraf etilib, belgilangan tartibda elektrmehanik DU-46 jumalida kerakli yozuvlami kiritmaguncha nosoz qurilmalardan foydalanish taʻqiqlanadi.
Nosozlikning harakteridan qatʻiy nazar Stansiya navbatchisi elektrmehanik yetib kelguncha oʻz qoʻl ostidagi barcha vositalami ishga solgan holda nosozlik sababini aniqlashga harakat qilishi lozim. Misol uchun:
Yoʻlning notoʻgʻri bandligi koʻrsatilanda avvalom bor yoʻl yoki strelka uchastkasi begona buyum bilan rels zanjirida tutashib qolmaganligini tekshirib koʻrishi lozim;
Agar strelka oʻtkazgichi boshqaruv pultidan oʻtmayotgan boʻlsa, ostryak hamda rama relslari orasiga biron narsa tushib qolmaganligini tekshirib koʻrishi lozim.
Agar shunday tekshiruvlardan soʻng Stansiya navbatchisi nosozlik sababini aniqlasa va uni barham topdirsa unga ushbu qurilmadan foydalanishni yoʻlga qoʻyishga ruhsat beriladi. Nosozlikning sababi va u bartaraf etilganligi toʻgʻri sida DU- 46 jurnalining ohirgi grafasida belgilab qoʻyiladi.
qurilmalaming normal ishlash sharoiti buzilganligi haqidagi habami olgan elektrmehanik uni markazdan uzib turish kerakligin aniqlashtirishi lozim va bu haqida jumalga ham yozib qoʻyishi kerak.



Download 42.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling