Statistik kuzatish statistik tekshirishning birinchi bosqichidir


Download 14.5 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi14.5 Kb.
#1529737
Bog'liq
Statistika


Xulosa
Statistik kuzatish statistik tekshirishning birinchi bosqichidir. U tasviriy statistikaning asosi, ommaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganishning eng muhim va mas’uliyatli davri hisoblanadi, chunki tekshirishning pirovard natijasi avvalom bor kuzatish jarayonida to‘plangan ma’lumotlarga bog‘liq. Aniqlik, to‘lalik va taqqoslamalik statistik kuzatishning asosiy ilmiy prinsiplari va qonunidir. Statistik kuzatish hisobdan, oddiy bir predmetli kuzatishdan ko‘p jihatlari bilan farq qiladi. Statistik kuzatish har doim ommaviy xarakterga ega, uning obyekti bo‘lib ommaviy hodisa va jarayonlar xizmat qiladi. Hisob esa har bir hodisani qayd etadi, u yakkalantirish, yolg‘izlantirish xarakteriga ega. Yolg‘iz hodisa hisob va bir predmetli kuzatishning obyekti hisoblanadi. Statistik kuzatish hisobni, oddiy bevosita kuzatishni o‘z ichiga oladi, chunki ayrim hodisalarni qayd qilish yo‘li bilan ularning to‘plami haqida ma’lumotlar olinadi. Bu holda ayrim hodisa statistik kuzatish obyektining birligi hisoblanadi. Statistik kuzatish qator dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalarni ilmiy asosda yechishni talab qiladi.
U haqqoniy ma’lumotlar yetkazib berishi uchun kuzatish obyekti va birligi to‘g‘ri aniqlanishi, chegaralanishi, uning dasturi, hujjati (statistik formulyari) va yo‘riqnomasi to‘g‘ri tuzilishi, vaqti va joyi to‘g‘ri belgilanishi kerak. Boshqa masalalar, chunonchi kuzatish usuli va turi, shakli, yo‘llari va hokazolar ham ilmiy asosda yechilishi lozim. 

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ўзбекистон Республикаси “Давлат статисатикаси ҳақида”ги қонуни, ноябр 2002 йил.
2. “Давлат статистика ҳисоботини тақдим этиш тартибини бузганлик учун
жавобгарлик ҳақида” Ўзбекистон Республикаси вазирлир Маҳкамасининг
Қарори.
3. SOATOV N.M., TILLAXO‘JAYEVA G.N. STATISTIKA oʻquv qoʻllanma.
4. Ё.Абдуллаев. Макроиқтисодий статистика. -Т.: Мећнат, 1998.
Download 14.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling