Statistika” kafedrasi
Download 27.42 Kb.
|
kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- STATISTIKA” KAFEDRASI “Moliya statistikasi” fanidan KURS ISHI Mavzu: Banklarni reyting usulida baholash Bajardi
- TOSHKENT – 2023 Reja
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
“STATISTIKA” KAFEDRASI “Moliya statistikasi” fanidan KURS ISHI Mavzu: Banklarni reyting usulida baholash Bajardi: Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti, ST-52 guruhi talabasi Shomurodov Behruz Tekshirdi: ______________________________
TOSHKENT – 2023 Reja: I. Kirish II. Asosiy qism: 1. Bank va bank tizimining rivojlanish bosqichlari 2. Tijorat banklari faoliyati samaradorligini baholash 3. Tijorаt bаnklаri fаoliyatini reyting tizimi аsosidа bаholаshning dolzаrb mаsаlаlаri 4. Tijorat banklari faoliyatini "CAMELS" reyting tizimi baholash 5. 6. III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarini kreditlash orqali qo`llab quvvatlash hamda pul muomalasini boshqarish jarayonlarida tijorat banklarining ahamiyati juda katta. Iqtisodiyotning rivojlanish darajasi ko`p jihatdan tijorat banklari o`zlariga yuklatilgan vazifalarni qay darajada bajara olayotganliklariga ham bog`liq bo`ladi. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev alohida ta’kidlab o`tganidek, bu borada hal qilinishi zarur bo`lgan muammolar hali juda ko`p. Jumladan, “bank tizimiga xususiy va xorijiy kapital kirib kelishi hisobidan biz davlat banklari ulushini bosqichma-bosqich kamaytirib boramiz. Bu esa sohada raqobat muhitini yaxshilashga, tijorat banklari faoliyatini, kreditlash sifati va madaniyatini har tomonlama oshirishg xizmat qiladi. Shuningdek, moliya bozorlari, jumladan, fond bozorini rivojlantirish ham yangi iqtisodiy sharoitda asosiy maqsadlarimizdan biri bo`lishi kerak iqtisodiyotni moliyaviy jihatdan qo`llab-quvvvatlash imkoniyatlari yanada oshishiga iqtisodiy zamin yaratiladi. XXI asrda keng tus olgan globallashuv jarayonida xalqaro banklar amaliyotida raqobatning kuchayib borishi xalqaro reyting agentliklari tomonidan ularning faoliyatiga to`g`ri baho berish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Banklar faoliyatiga turli tashkilotlar va reyting agentliklari tomonidan to`g`ri baho berish bank xizmatlaridan foydalanish darajasining oshishiga olib kelmoqda. Jahon banki tomonidan har yili bank aktivlari hajmi reytingi ham e’lon qilib boriladi. Jahon bank tizimida bank risklarini boshqarish, kreditorlarning to`lovga layoqatliligini baholash, banklarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, ularda inqirozga qarshi kurashda moliyaviy boshqaruvni tashkil etish, raqobat bozorida ustunligini ta’minlash, tashqi investorlarni jalb etish hamda mijozlarning bankka bo`lgan ishonchini oshirishda bank reyting tizimining ahamiyati tobora ortib bormoqda.Qolaversa, Bazel qo`mitasining bank risklarini boshqarish va bank kreditorlariningto`lovga layoqatliligini baholash bo`yicha yangi talablarini bajarishda reyting tizimieng muhim omillardan biri sanaladi. Ushbu holat, rivojlanayotgan davlatlarningjahon bank bozorida o`z o`rnini egallashda banklarning reytingini aniqlashdagiko`rsatkichlar tizimini yanada takomillashtirish borasidagi ilmiy yondashuvlarga kattae’tibor qaratish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Xususan, jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozidan keyin har bir davlat banklarining faoliyatini tahlil qilishda reyting tizimini yaratish borasidagi ilmiy-iqotlarni olib borilishi, Mamlakat bank tizimiga bo`lgan ishonchning ortishiga sabab bo`lmoqda.O`zbekistonda bank tizimidagi muammolarni aniqlash va echimini topishda tijorat banklari faoliyatini reyting tizimi asosida baholashni takomillashtirish jarayonlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasida bank tizimini isloh etishga qaratilgan «milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash, bank faoliyatini tartibga soluvchi zamonaviy tamoyil va mexanizmlarni joriy etish, naqdsiz hisobkitoblar hajmi va qamrovini oshirish, bank kassalariga naqd pul tushumini rag`batlantirish, kreditorlarning huquqlarini himoya qilish» kabi muhim vazifalar belgilab berildi(Farmon, 2017). Shuningdek, 2017 yil 2 sentyabrdagi «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo`yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to`g`risida»giPF-5177-son farmonlari, 2017 yil 12 sentyabrdagi «Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-3270-son Qarori va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar mamlakatimizda reyting tizimini rivojlantirishga asos bo`ldi. Download 27.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling