Sud psixologik ekspertizasining predmeti va ekspert vakolati


Download 33.97 Kb.
bet1/5
Sana08.05.2023
Hajmi33.97 Kb.
#1443991
  1   2   3   4   5
Bog'liq
SUD PSIXOLOGIK EKSPERTIZASINING PREDMETI VA EKSPERT VAKOLATI


SUD PSIXOLOGIK EKSPERTIZASINING PREDMETI VA EKSPERT VAKOLATI
Reja:
Kirish

  1. Sud psixologik ekspertizasi mavzusini o‘qitishning nazariy va amaliy masalalari

  2. Sud psixologik ekspertizaning ustivor yo‘nalishlari

  3. Sud psixologik ekspertizasi mavzusini o‘qitishdagi innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalar

  4. Sud psixologik ekspertizasi mavzusi bo‘yicha ma’ruza matni

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Respublikamiz hayotining barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan tub islohotlar hamda qadriyatlarimizning qayta tiklanayotganligi, milliy, madaniy va ma’rifiy meroslarimizdan xalqimiz hayotida, bolalar tarbiyasida keng foydalanilayotganligi kishilar o‘rtasida mehr-oqibat, insoniylik, muruvvatlilik va olijanoblik kabi yuksak fazilatlarning shakllanishiga zamin yaratish bilan bir qatorda yurtimiz fuqarolari turmush faravonligining oshishiga, ularda ertangi kunga nisbatan bo‘lgan ishonch hissining shakllanishiga xizmat qilmoqda.
Mamlakatimizda iqtisodiy va siyosiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar bilan bir qatorda, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi, ertangi kuni, jismoniy va aqliy jihatdan barkamol rivojlanishlari borasida ham kishini quvontiradigan darajadagi ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko‘tarish, kelajak uchun barkamol avlodni tarbiyalash ishlari Davlat siyosatining ustivor yo‘nalishiga aylandi.
O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlardan asosiy maqsad, yurtimizda sog‘lom va barkamol, bilimli, yuksak ma’naviy-ahloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan avlodni shakllantirishdan iborat.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi, qolaversa, Respublikamizning birinchi Prezidenti I.A.Karimovning - “Mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan va kasb-hunarlarni puxta egallagan, o‘z yurti, o‘z xalqiga fidoiy, biz boshlagan ishlarni davom ettirishga qodir bo‘lgan, har tomonlama sog‘lom avlodni engib bo‘ladimi? Bugun biz o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak maqsadlarga etishda ana shu navqiron avlodimiz hal qiluvchi kuch bo‘lib maydonga chiqayotgani barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. YAna bir bor ta’kidlayman, doimo o‘rganish, izlanish, yangilikka intilib yashash kerak. Bugungi kunda qaysi davlat yuksak taraqqiyotga erishgan bo‘lsa – bu Janubiy Koreya yoki YAponiya bo‘ladimi, Evropa davlatlari bo‘ladimi – bularning barchasidan o‘rganish kerak. Bu borada biz uchun hech qanday mafkuraviy cheklashlar yo‘q. Biz uchun yagona mafkura – bu O‘zbekistonning taraqqiyoti, O‘zbekistonning ravnaqi, O‘zbekistonning hech kimdan kam bo‘lmasligidir” - deb ta’kidlashlari yurtimizda barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor berilayotganligini ko‘rsatib turibdi.
Oliy ta’lim muassasalarining ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishda ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, qonun osti hujjatlari jumladan farmonlar, farmoyishlar, qarorlar va buyruqlar kabi tashkiliy huquqiy hujjatlar qo‘llanilmoqda.
Yuridik psixologiya fanining nazariy va amaliy muammolari, fanni o‘qitishdagi innovatsiyalar, o‘quv dasturi, ma’ruza matnlari, keyslar, amaliy topshiriqlar, nazorat savollari shu kunga qadar oliy ta’lim muasasalari professor-o‘qituvchilari tomonidan etarli darajada o‘rganilmaganligi yuridik psixologiya fani muammolarini, xususan sud psixologik ekspertiza mavzusi muammolarini har tomonlama nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish va tahlil etishni dolzarbligidan dalolat beradi.
Sud psixologik ekspertizasi mavzusini o‘qitishning nazariy va amaliy masalalarini tadqiq etish, mavzu yuzasidan elektron o‘quv moduli ishlanmasini shakllantirish hamda fanni o‘qitishni takomillashtirish, o‘quv jarayonini sifatini ta’minlash, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Birinchidan, oliy ta’lim muassasalarining Psixologiya (umumiy psixologiya) yo‘nalishi talabalariga o‘qitilayotgan yuridik psixologiya fani doirasidagi Sud psixologik ekspertizasi mavzusini nazariy va amaliy tahlil qilish;
Ikkinchidan, Sud psixologik ekspertizasi mavzusini o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalari va ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish yo‘llarini yoritish;
Uchinchidan, “Yuridik psixologiya” fani o‘quv dasturi mazmun mohiyatini ochib berish;
To‘rtinchidan, Sud psixologik ekspertizasi mavzusidan elektron o‘quv moduli ishlanmasini tayyorlash;
Mustaqil respublikamiz yoshlarini yangicha ijtimoiy muhitga tayyorlash, ularni davr ruhida tarbiyalash - shu kunning dolzarb va ustuvor vazifalaridan biridir. Hozirgi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning taqdiri yoshlarning ma’naviy qiyofasiga, shaxsiy barkamolligiga bog‘liq. Bu vazifalarni amalga oshirish insoniy o‘zaro munosabatlarda demokratik tamoyillarni ongga to‘la singdirishni taqozo etadi. Insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar Sharqda o‘ziga xos va har bir millat psixologiyasiga mos holda shakllantirishdir.
O‘z kasbining bilimdoni bo‘lish uchun nafaqat yuridik fanlarni, balki shaxslarning ruhiy holati va kechinmalarini ham yaxshi bilish kerak bo‘ladi. Bu esa har bir huquq idorasi xodimidan psixologiya ilmining sir-asrorlaridan xabardor bo‘lish va shu asosda qonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirishni taqozo etadi.
XXI asr O‘zbekistonda madaniyat, iqtisodiyot, fan va texnika, ijtimoiy-siyosiy innovatsiyalar asri sifatida boshlandi va ana shunday sharoitda barkamol shaxs, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash nafaqat pedagogik, balki ijtimoiy zaruratga aylandi. Bu zarurat “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan “ta’lim oluvchilarning ma’naviy va axloqiy fazilatlarini rivojlantirish” masalasiga e’tibor qaratishni talab etdi.
Psixologiya fanlarini o‘qitish ta’lim-tarbiya birligiga asoslanib, ushbu fanlar o‘sib kelayotgan yosh avlodda siyosiy, g‘oyaviy, ma’naviy-axloqiy, jismoniy fazilatlarni, yuksak ong va madaniyatni shakllantiradi. Demak, yosh avlod, bo‘lajak mutaxassislarning, umuman, millatning qanday siyosiy, g‘oyaviy, axloqiy, g‘oyaviy tamoyillar asosida yashashi va mehnat qilishi bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimi samaradorligiga bevosita bog‘liq.
O`zbekiston respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2015 yil 23 yanvardagi qo‘shma majlisida hozirigi vaqtda dunyoda sodir bo‘layotgan voqealarga munosabat bildirib, “... keskinlik va xavf-xatarlarning tobora o‘sib, geosiyosiy qarama-qarshiliklar, o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga qaratilgan kurashning, radikalizm, terrorizm va ekstremizm kabi tahdidlarning kuchayib borayotgani barchamizni tashvish va xavotirga solmasdan qo‘ymaydi” , - deb ta’kidladi.
Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlik, mehr-oqibat muhitini asrash, mustaqillikning qadriga etish, Vatan taraqqiyoti uchun daxldorlik tuyg‘usini anglash, har qanday xavf-xatar va tahdidlarning oldini olishda gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy (psixologiya) fanlarining o‘qitilishini puxta o‘ylangan tizim asosida tashkil etish va ularning ta’sirchanligini keskin kuchaytirishni bugun boshimizdan kechirayotgan hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Shunday ekan, bu jarayon o‘ta aniq maqsad va vazifalarni belgilash asosida amalga oshirilmog‘i zarur.
Mazkur vazifalarni amalga oshirishda gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar (psixologiya) sohasidagi eng so‘nggi yutuqlar hamda ilmiy yangiliklarga tayangan holda, mavjud holatni ilmiy-nazariy o‘rganish, mazmunan boyitish, takomillashtirish hamda islohotlar talablariga to‘la javob beradigan darajaga keltirish tamoyillariga asoslanish zarur. Tizimning muvaffaqiyati fanlarning o‘qitilish sifati, fanlar o‘rtasidagi o‘zaro integratsiya, “uzluksiz tarbiya ob’ekti va sub’ekti” bo‘lgan talabalarning kamoloti, ongu tafakkurini yuksaltirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya jarayonining samarali tashkil etilishiga bog‘liq.
Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda yoshlarning dunyoqarashini boyitish, ularda Vatanga sadoqat, uning taraqqiyotiga daxldorlik hissi, milliy g‘ururni shakllantirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirish, hozirgi zamondagi keskin intellektual-ma’naviy raqobatga javob bera oladigan, mustaqil qarorlar qabul qilishga qodir bo‘lgan yuksak malakali mutaxassislar etib tarbiyalash oliy ta’lim tizimida o‘qitilayotgan gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy (psixologiya) fanlar oldida turgan muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimovning “YUksak ma’naviyat - engilmas kuch” asarida, ilgari surilgan konseptual fikr-g‘oyalar, ilm-fan sohasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar psixologiya fanlari mazmunini yanada takomillashtirishni talab etadi.
Ma’naviy-ma’rifiy va ta’lim-tarbiya sohasidagi o‘zgarishlar, dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari yoshlarning dunyoqarashi va tafakkurini shakllantirishda muhim o‘rin tutadigan, ma’naviy dunyosini boyitadigan, ularning ongida ma’naviy bo‘shliq yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaydigan gumanitar va ijtimoiy–iqtisodiy (psixologiya) fanlarini mazmunan takomillashtirish hamda ta’lim samaradorligini yanada oshirishni talab etadi.
O‘tgan davr mobaynida oliy ta’lim tizimida gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy (psixologiya) fanlarning me’yoriy hujjatlari, o‘quv-uslubiy majmuasini takomillashtirish va ularni o‘qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan ko‘plab ishlar amalga oshirildi.
Bu ishlar kelgusida yana izchil davom ettiriladi. Fanlarni o‘qitishda uzviylik va izchillikni ta’minlash, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni takomillashtirish, ilm-fan sohasidagi yangiliklarni ularda aks ettirish, bugungi va istiqboldagi vazifalarni yoritish, mustaqil ta’lim, o‘qitish jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalaridan keng foydalanish imkoniyatlari hisobga olinadi.
Psixologiya fanlarni o‘qitish borasida milliy va xorijiy tajribalarni o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish, fanlarning namunaviy o‘quv dasturlarini takomillashtirish va ular asosida ma’ruza matnlari, yangi avlod o‘quv adabiyotlari, elektron adabiyotlarni yaratish va ta’lim jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.
O‘quv fanlari bo‘yicha elektron o‘quv vositalarining yaratilishi mazkur fanlarni o‘qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi. Bu o‘z navbatida, talabalarning mazkur fanlar bo‘yicha bilimlarni chuqur o‘zlashtirishlarining asosiy omili bo‘lib, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshiradi.
Ayni shunday sa’y-harakatlar amalga oshirilishi ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng tadbiq etishni yanada jadallashtirish, professor-o‘qituvchilarni ilg‘or pedagogik bilimlar va texnologiyalar bilan qurollantirish, ularning mahoratini oshirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribasini chuqur o‘rganish hamda ulardagi samarali usul va vositalarni milliy ta’lim tizimimizga joriy etish imkonini yaratadi.
Sud psixologik ekspertizasi mavzusini o‘qitishdagi innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalar
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’kidlanganidek, “Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq atvorning andozalarini o‘zgartirish Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi, umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir”.
XXI asrda O‘zbekiston ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish ustivor vazifalardan biridir. Bu esa, o‘z navbatida psixolog olimlarimiz zimmasiga tegishli o‘quv fanlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlarini hozirgi davr talabi va ilm-fanning so‘nggi yutuqlarini hisobga olgan holda yangilab borish, ta’lim jarayoniga innovatsiya va ta’lim texnologiyalarini joriy etishni taqozo etmoqda.
Ma’lumki mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida “YUridik psixologiya” fani tarkibidagi “Sud psixologik ekspertizasi” mavzusini o‘qitish jarayonida innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalarni qo‘llash bugungi kunning dolzarb masalaridan biri hisoblanadi.
“Sud psixologik ekspertizasi” mavzusini o‘qitishda bugungi kunda rivojlangan xorijiy mamlakatlarda quyidagi innovatsiyalar va ta’lim texnologiyalari qo‘llanilmoqda.
Mavzuni o‘qitish jarayonida ilmiylik, tarixiylik, mantiqiylik, ob’ektivlik tamoyillariga amal qilgan holda zamonaviy usullar:
“Davra suhbati”,
“Savol-javob”,
“Baxs-munozara”,
“Aqliy hujum”,
”Grafik organayzerlar”
“Klaster”,
“Bumerang”,
“Rolli o‘yin”,
“Interfaol” metodlar slaydlar yordamida o‘tkaziladi va mashg‘ulotlardagi ma’lumotlar multimedia vositalari yordamida prezintatsiya qilinadi.
Innovatsion texnologiyalar talabalarning faol hayotiy munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan. Ularga o‘quv jarayonidagi yangi shakldagi intreaktiv usullar kiradi. Talabalar dars jarayonida mavzuni o‘zlashtirish uchun doira shaklida o‘tiradilar.
Psixologik ta’lim tizimiga mediatsiyaga kirish texnologiyasini kiritish mumkin. Talabalarga vujudga kelgan ijtimoiy nizolarni neytral vositachi - Mediator ishtirokida tinch yo‘l bilan hal etishni o‘rgatish. Bu holatda talabalar insonlarga beg‘araz yordam berishning o‘ta muhim tartib va vazifa ekanligini tushunib etadilar. Bu texnologiya bugungi kunda rivojlangan horijiy mamlakatlarning jumladan, Amerika Qo‘shma shtatlari, Germaniya, YAponiya va Rossiya davlatlarining oliy ta’lim muassasalarida ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishda keng qo‘llanilmoqda. Biz quyida dars jarayonida mediatsiya texnologiyasini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqamiz.
Dars jarayonida Mediatsiyani qo‘llash varianti:
Kurs talabalari 3-ta kichik guruhlarga bo‘linadi. Professor-o‘qituvchi 1- va 2-guruhlarga ijtimoiy nizo bilan tanishib chiqishni taklif etadi. Ijtimoiy nizo yozma, og‘zaki yoki kartochkalarda bo‘lishi mumkin.
1- Guruh bir tarafning manfaatlarini himoya qiladi, 2-guruh vujudga kelgan nizo bo‘yicha o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun o‘z fikrlarini bildiradi.
10-daqiqa o‘tgandan so‘ng xar bir guruhning a’zosi o‘zlarini manfaatlarini himoyasini ta’minlash uchun so‘zga chiqadi va himoya qiladi.
3-Guruh - mediatorlar. Ularning vazifalari taraflarni o‘zaro bir echimga kelish uchun ishontirish va yarashtirish hisoblanadi.
Mediatsiya texnologiyasining bosqichlari: (doskada)
1.Taraflarning so‘zga chiqishi.
2.Taraflarning manfaatlarini aniqlashtirish. Bunda mediatorlar u yoki bu taraflarga Siz nima uchun bunday qildingiz? Va shunga o‘xshash savollar bilan murojaat qilishadi.
3.Kun tartibini shakllantirish. Mediatorning fikricha qaysi masalalar bo‘yicha bir echimga (kompromissga) kelinadi.
4.Takliflarning ilgari surilishi. Har bir taraf nizoni bartaraf etish bo‘yicha o‘z variantlarini echimini taklif etadi.
5.Qarorni tanlash. Kelishuvni shakllantirish.
6.Kelishuvning bajarilishi.
Mediatsiya jarayonini mualliflarning fikricha quyidagi model bo‘yicha tushuntirish mumkin:
A – Mediatsiya;
O - mediatsiya jarayonini tashkil etish;
S - eshitish;
E – mediatorning har qaysi taraf bilan alohida uchrashuvi;
G, P – takliflarni generatsiya qilish;
E,F – extiroslarning faktlardan ajratilishi (muammoning asl ko‘rinishi);
R,R – resurslarning kengayishi (mediator taraflarga muammoni hal etish uchun nima etishmasligini tushunib etishiga yordam beradi va ularni mutaxassislarni oldiga yuboradi; masalan: yuristlar, psixologlar, ekspertlar ...).
N, – taraflarni muzokaralarda o‘zini tutishga o‘rgatish;
S, - harakatlarning oqibatlari, savollarga asosan takliflarning real qabul qilinishi holati, xodisalarning rivojlanishi.
Huquqiy, ijtimoiy psixologik ta’limni hozirgi zamon tizimi pedagog xodimlarga an’anaviy va innovatsion ta’lim texnologiyalarini amaliyotda optimal echimini topishga imkon yaratadi.
Sud psixologik ekspertiza bugungi kunda huquqshunoslik amaliyotiga chuqur kirib bormoqda. Sud psixologik ekspertizasining mohiyatini to‘laroq anglash va amaliyotga keng tadbiq etish uchun esa uning shakllanish yo‘lini, tarixini bilish talab etiladi.
Huquqbuzarlik jarayonidagi ishtirokchilarning (ayblanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlik beruvchi) psixik xususiyatlarini tadqiq qilish va o‘rganishga qiziqish qadim-qadimdan mavjud bo‘lgan.
Kishilik jamiyatining taraqqiy etib borishi, bir ijtimoiy tuzumning ikkinchi bir ijtimoiy tuzumga o‘rnini bo‘shatib berishi jamiyatda bir qator yangiliklarni, o‘zgarishlarni keltirib chiqargan. Shu tariqa jamiyat rivoji barcha sohalar singari psixologiya ilmining ham rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Natijada huquqshunoslik amaliyotida psixologik sinovlarning ahamiyati yanada ortib, uni o‘tkazish usullari takomillashib bordi. Bu o‘z navbatida, tergov va sudlov jarayonlarining oshkoralik asosida, odilona olib borilishini ta’minladi. Biroq, tergov va sudlov jarayonlarining oshkora va odilona olib borilishi ko‘p hollarda faqat sudya yoki tergovchining tajribasiga, ilmiga, malakasiga va vijdoniga bog‘liqligicha qolaveradi. Bunday holat tabiiy ravishda sudlov va tergov jarayoniga boshqa sohalarning ham aralashishi zaruriyatini keltirib chiqardi. Dastlab sudlov jarayonida psixologlar voyaga yetmaganlarning psixik rivojlanishi xususiyatlarini, xotira, tafakkur jarayonlarini tadqiq qilish bilan shug‘ullana boshladilar.
Huquqshunoslik amaliyoti tarixidan ma’lum bo‘lishicha, ilk marta 1810 yilda Napoleon “jinoyat kodeksi”ga o‘z xatti-harakatlarini boshqara olish yoki boshqara olmaslik (vnmenyaemost, nevmenyaemost) layoqatini aniqlash tushunchasini kiritdi.
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, bir qator mamlakatlarning jinoyat protsessual kodekslariga ayblanuvchining o‘z xatti-xarakatlariga javob bera olish yoki javob bera olmasligini aniqlashga doir tibbiy tushunchalar ham kiritila boshlandi.
Rossiyada 1864 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov nizomiga psixiatrik ekspertiza o‘tkazish zarurligi to‘g‘risidagi kodeks qo‘shilgan edi. Ushbu psixiatrik ekspertiza tarkibida psixologik ekspertiza o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan. Shu vaqtdan e’tiboran Rossiyada psixologik ekspertiza o‘tkazila boshlandi.
Asrimizning o‘rtalariga kelib, eksperimental psixologiya sohasi bo‘yicha erishilgan yutuqlardan sud amaliyotida ham foydalanila boshlandi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha laboratoriyalar tashkil etilib, ularda jinoyatchi shaxs xulqi o‘zgarishlari, fiziologik affekt holati va shu kabilar o‘rganila boshlandi.
1922 yilda Rossiya Federatsiyasida birinchi marta jinoyat protsessual kodeksi qabul qilindi. Asrimizning boshlarida sobiq ittifoqning bir qator shaharlarida jinoyatchi shaxsini o‘rganish bo‘yicha markazlar ochilib, ularda sud psixologik ishlari olib borila boshladi.
XX asrning 70-yillaridan boshlab, psixologik ekspertiza xizmati yana rivojlana boshladi. Psixologik ekspertiza sohasining rivojlanib borishi natijasida asta-sekin uning vazifasi, tergov va sud jarayoniga aralashuv chegarasi aniqlashib bordi. Bugunga kelib psixologik ekspertizaning vazifasi, o‘rganuvchi sohasi xususidagi anglashilmovchilik, tushunchovchiliklar barham topdi.
O‘zbekistonda XX asrning 70-80-yillaridan boshlab, psixologiya, huquqshunoslik psixologiyasi, kriminal psixologiya fanlari muayyan darajada rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ydi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, bu sohadagi o‘zgarishlar yanada yaqqol sezila boshladi. Qonunchiligimiz asosi rivojlangan dunyo mamlakatlari tajribasidan foydalanilgan holda xalqaro talablar asosida qayta ko‘rib chiqilib, yangilandi va takomillashtirildi. Sud ekspertizalari va shu jumladan, sud psixologik ekspertizasiga nisbatan yangicha yondashuvlar yuzaga keldi.


        1. Download 33.97 Kb.

          Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling