Suiiste'mol qilishlariga yoʻl qoʻymaslik uchun ham tegishli tadbirlar
Download 40.62 Kb.
|
Hujjat (2)
suiiste'mol qilishlariga yoʻl qoʻymaslik uchun ham tegishli tadbirlar amalga oshirilgan. Yer egaligi munosabatlarida din ulamolarining o rni. Mamlakatda diniy ulamolarning nufuzi nihoyatda baland boʻlib, oʻrta asrlarga oid pandnoma ruhidagi asarlarning koʻpchiligida hukmdorlarning din ulamolari oldiga ularni ziyorat qilish uchun borishi va oʻz yurishlariga ulardan ruxsat olishi haqida tavsiyalar beriladi. Buxoro xonlarining deyarli barcha yurishlari mamlakat shayx ul- islomining fotihasi bilan amalga oshirilgan (Bunga Abdullaxonning 1551- yil Xurosonga, 1553-yil Shahrisabzga, 1558-yil Qarshiga, 1559-yil Balxga va h.k. yurishlarini misol keltirish mumkin). Fazlulloh ibn Roʻzbeh- xonning "Mehmonnomayi Buxoro" asarida Muhammad Shayboniyxon Buxoroda qozoqlar ustiga muqaddas urush qilishga qaror qilgani, urush oldidan Xoja Bahouddin Naqshband qabrini ziyorat qilgani va bu urushga Xoja Abu Nasr Porso (vaf. 1537) va buxorolik ulamolarning fatvo bergani haqida ma'lumotlar mavjud. Ubaydullaxonning 1524- va 1529-yillarda Xurosonga yurishi bevosita din peshvolari tashabbusi bilan tashkil etilgan. Chunki, bu davrda Xuroson Eron safaviylari (shia mazhabidagilar) qoʻl ostida boʻlib, hirotlik ulamolar movarounnahrlik shayxlar va qozilarni oʻz hukmdorlarini Hirotga yurish qilib, shialar hukmronligiga chek qoʻyish maqsadini hosil qilishga ko'ndirishga undaganlar. Bundan koʻrinadiki, bu davrda nafaqat Jo'ybor xojalari, balki boshqa diniy ulamolar ham xonlikdagi harbiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etganlar. Diniy ulamolarning mamlakatda yuqori mavqeiga ega boʻlib, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka erishish, xon hokimiyatini mustahkamlashga xizmat qilishi, mablagʻlarining ortib borishi sotib olingan yoki xonlar va sultonlar tomonidan hadya etilgan yer-suvlarga ega boʻlishiga olib keldi. Masalan, xonlikda mashhur boʻlgan karmanalik Qosim Shayx (XVI asr boshi - 1578-yil) shunday yirik taqvodor mulk egalaridan biri edi. Uning nomi Buxoroda ham mashhur boʻlib, keyingi asrlarda ham Buxoro shahrida uning nomida guzar va masjid boʻlganligi ayrim arxiv hujjatlarida keltirilgan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivida saqlanayotgan XIX asrga tegishli vaqf hujjatlarida Buxoroda Qosim Shayx masjidi va unga tegishli boʻlgan bir qancha yer-mulklarni Hazratning Buxoroda istiqomat qilayotgan avlodlariga merosiy vaqf qilib berilishi hamda ulardan keladigan daromadlarni Buxoro podshosi amir Muzaffar buyrug'i bilan berilgan vagf hujjatlari ham tasdiqlaydi. Mazkur hujjatda Qosim Shayxning shu davrlarda Buxorodagi avlodlari sanalgan Mir Solih valad Mir Moʻmin, Abdulgʻafur valad Abdurahmon Xoʻja, mullo XoʻjaNazar valad Abdullolarga tegishli Shirbudun mavzesidagi vagfi avlodiy (tanob) yerlarining chegaralari koʻrsatilgan. Ayrim tadqiqotlarda Marjonxotin qishlog'ida hazrat Qosim Shayxning 20 tanobdan ortiq ekin ekiladigan yerlari boʻlganligi haqida ma'lumotlar berilgan. Buxoro xonligida, ayniqsa, Joʻybor xojalarining yer-mulkining miqdori hamma vaqt ham manbalarda koʻrsatilavermaydi. Xoja Muhammad Islomning ombor va sandiqlarida saqlanayotgan naqd sarmoya va turli-tuman qimmatbaho matolardan tashqari, Buxoro, Miyonkol, Nasaf, Qorako'l, Marv va boshqa viloyatlarda 300 jufti gov (2500 gektar) ekin yerga ega boʻlganligi ma'lum. Bundan tashqari, 10 ming qoʻy, 700 ot va 500 tuyasi, 300 xizmatkori, lochin va shunqor kabi 100 ta ov qushi bor edi. Shuningdek, u Makka va Madina ziyorati uchun Jo'yboriy xojalardan Muhammad Tolibning ta'kidlashicha, Muhammad Islomning oʻg'li va vorisi Xoja Sa'dning undan ham koʻproq yer-mulki va moddiy boyliklari boʻlgan. Jumladan, uning boyliklari haqida shunday hikoya qilinadi: Bilib oling! "(U) ziroat tarhini tuzib, ekin-tikin qilib, raiyat va korandalarnikidan tashqari oʻziga ikki ming jufti gov xOssa yer qilib olgan edi (Taqgoslash uchun, otasi Muhammad Islomda 300 jufti gov yer bo lgan. - A.Z.). Agar har bir dalaning nomi keltirilsa, juda choʻzilib ketadi. Umumiy qilib aytganda, Buxoro va uning yetti tumani, Miyonkol, Nur, Samarqand, Toshkent, Sayram, Turkiston, Axsikat, Nasaf, Hisor, Termiz, Qubodiyon, Badaxshon, Vaxsh, shaharlar onasi Balx, dor us-saltanat Hirot, Marvi shohijahon, Murg'ob, Jahja, Mahna, Mashhad, butun Xuroson mamlakati, balki Iroq oʻlkasida ham mol-u mulk va asbobi boʻlib, Chorjo'y va Andxudda, har qishlog va shaharlarda g'allaning moʻl va barakali hosilini xazina-xazina, ombor-ombor qilib qoʻygan edi. Buxoro viloyatida toʻrt joyda ombor bor edi: biri Joʻyborda, ikkinchisi Sarrofonda, uchinchisi Poyiminorda (Minorai Kalon atrofi) va toʻrtinchisi Sumitanda. Bu omborlarning har birida Buxoro vazni bilan yuz ming man (Man – Buxoro vazni bo 'yicha 24 kg. - A.Z.) g'alla bor edi. Muazzama volidasidan meros qolgan Balx amlokida birgina Oʻnpaykal qishlogida bir yuz yigirma gumbaz ombor boʻlib, bug'doydan boshqa jins (bug'doydan boshga mahsulotlar) g'allaga 7000 ashrafiy tanga ham jamg'argan edi. toʻla edi. Biyobonmonand qora yerlarda bugʻdoyni son-sanogsizquduqlarga joylab, har quduqqa ming man miqdoridagi bug'doy toʻldirishardi. Yigirma besh ming qo'y, bir yarim ming yilqi, ba'zilari Qarshida, ba'zilari Balxda boʻlib, xonaki otlardan xushsurat yoʻrgʻa arg'umoqlar, shuningdek, podada mingta tuyasi bor edi. Hazrat eshonning sharbatxonasida tanga, rupiya va qirsh (nmis tanga) son-sanoqsiz boʻlib, gazmol va matolar toy-toy va sandiq-sandiq past- u balandni toʻldirib tashlagan edi. Har yili hazratning sarkori (ish yurituvchi) oʻn olti lak (1 lak - 100 ming) tanga yigʻar edi". Xonlikda agrar soha xoʻjalikning bosh boʻg'ini boʻlib, suvga egalik qilish va uni taqsimlashda ham Joʻyboriy xojalarning roli yuqori boʻlgan. Mamlakatning deyarli barcha hududlarida sugʻorish inshootlari, koʻpriklar qurdirgan va ariqlar chiqargan. Shunday bunyodkorlik ishlari bilan birga, manbalarda Jo'ybor shayxlari oʻzlarining deyarli chegaralanmagan hokimiyatlari va xon oldidagi yuksak mavqelaridan foydalanib, ba'zan oddiy dehqonlarga zoʻravonlik qilganliklari ham uchraydi. Masalan, bir kuni dehqonlar Xoja Sa'd ularning yerlari oʻtasidan ariq oʻtkazgani haqida Abdullaxonga arz qilishadi. Oʻsha paytda xon ot ustida o'tirgan boʻlib, ularga: “A gar hazrat eshon otimning ikki qulogi oʻrtasidan ariq oʻrkazsa ham, mening hech bir choram yoʻq', deb, yana bir vaziyatdagi xuddi shunday arzga “Agar eshon mening ikki qoshim oʻrtasidan ariq qazisa ham choram yoʻq", deb javob beradi. Bu yerda Muhammad Tolib biroz mubolag'a qilib boʻlsa-da oʻz ajdodlarining mamlakatdagi nufuzi xondan ham baland boʻlganligiga ishora qiladi. Hofiz Tanishning yozishicha, Badaxshon viloyatining Imom mavzesi atroflariga suv chiqarilib obod etilgach, o'zlashtirilgan yangi yerlardan 120 qoʻsh, ya'ni 6 ming tanobi Abdullaxon tomonidan Xoja Sa'dga in' om qilingan. Joʻyboriylardan boʻlgan Muhammad Tolib oʻz otasi Xoja Tojiddin Xasan (Xoja Sa'dning oʻgʻli)ning 50 ming oltin va Buxoro ogʻirlik oʻlchov birligida ellik ming man bugʻdoyi boʻlgan. Shuningdek, u Joʻybor qishlogʻida oʻzi, opa-singillari va farzandlari uchun shohona hovlilar qurdirgan. Har bir xonadon sharqiy, g'arbiy, janubiy va shimoliy hovlilarga boʻlinib, ularning ro'parasida hovuzlari mavjud bo'lgan chorbog, turli daraxtlar, gullar ekilgan oromgohlar bunyod etilgan. Joʻybor xojalarining, xususan, mamlakatda katta nufuzga ega boʻlgan - Muhammad Islom, Xoja Sa'd va Tojiddin Xasan xojalar boyliklarining ortishi omillaridan yana biri - ular barcha soliqlardan ozod etilgan edilar. Bu imtiyoz oliy va mahalliy hukmdorlarning farmonlari bilan tasdiqlangan. Jumladan, Abdullaxonning 1572-yilda chiqargan birfarmonida shunday deyiladi: "Abulg 'ozi Abdulla Bahodirxon soʻzimiz! Ushbu xalifatpanoh xonadonga nasib gilg 'on barcha baxt-u igbol oliy hazratlarining (Xoja Sa'dning) ezgu niyatlari va madadlari tufayligina amalga oshdi. Shu vajhdan ham, oliy hazratlarining ushbu alohida va oliyhimmat muruvwatlariga minnatdorchiligimiz ramzida ul zotning barcha so 'z-u mulohazalarini oʻzimiz uchun qonun deb bilamiz. Ushbu farmon berilishidan magsad shulkim, endilikda ma 'um bo 'ldikim, Marvi shohijahon viloyatida joylashgan mulk va suyurg 'ol tariqasidagi qishloqlar, nahrlar, ekinzorlar oliy darajali ... xoja Kalonga meros mulkdir. Bizning ravshan fikrimiz ul oliy hazratlarining ekinzorlari va boshga mnulklari tog risida qayg 'urish bilan band ekan, buyuramizki, mazkur qishloglar, nahrlar va ekinzorlar ul oliy hazratning mulk va suyurg 'ollari deb e 'lon qilinib, mol-u jihot, muqarrariy, ixrojot, koh, tarh, sobun va boshga turdagi soliq va majburiyatlar xususida ul tabarruk zotni bezovta qilmasinlar, ulardan hech narsa talab etilmasin, ularning raiyatlari boshqa joyga ko 'chirilmasin, ulardan yobisot (tashlandiq. qarovsiz yer. - A.Z) talab qilinmasin", deyiladi. Xojalar avlodiga mansub Muhammad Tolib tomonidan han Xoja Tojiddinning Buxoro viloyati va tumanlarida joylashgan 20 ming tanob atrofidagi yer-mulklaridan soliq olmaslik haqidagi farmon mavjud boʻlganligi haqidagi ma'lumot keltiriladi. Jo'yboriy xojalar moddiy farovonligining asosini avloddan-avlodga oʻ tib boradigan merosiy mol-mulklar tashkil qilgan. Shubhasiz, bu mol- mulkning asosiy manbaini xonlar, sultonlar va badavlat kishilar tomonidan tortiq qilingan yer-suv va qimnmatbaho hadyalar tashkil qilgan. Biror-bir yirik voqea, masalan, yangi hukmdorning taxtga oʻtirishi yoki yangi yurtlar zabt etilganidan keyin amirlar va sultonlar bilan bir qatorda diniy ulamolar ham taqdirlangan. Chunonchi, 1512-yil Ubaydullaxon G'ijduvon jangidagi g'alabadan keyin Muhammad Islomga Sumitanga tutash qishloqlardan 200 jufti gov yer va oʻnlab qullarni, Abdullaxon 1552-yil shayboniy Qilich Qora sultonni yengib, Nasafni egallaganidan soʻng, Mudin qishlogʻini Muhammad Islomga tortiq qilgan. Shayboniylar davrida Buxoro xonligida diniy ulamolarning vositachilik va murosasozlik faoliyati tufayli koʻp hollarda hukmdorlar oʻrtasida oʻzaro kelishuv sulhlari tuzilgan, natijada keraksiz urushlar va ortiqcha qon toʻkilishlarining oldi olingan. Shuningdek, ular shahzodalar oʻrtasidagi taxt talashlarga ham aralashib, mustahkam siyosiy kuch sifatida masalani oʻz tomoniga og'dirganlar. Ushbularning evaziga ularning mamlakatdagi moddiy va ma'naviy nufuzi ortib borgan hamda shu orqalisiyosiy qudratga ham ega boʻlganlar. Diniy ulamolar BuxOro xonligi tashkil topgan paytdan boshlab XIX asr oʻrtalariga qadar xonlik ijtimoiy tabaqalari orasida oʻzining mustahkam oʻrnini saqlab qoldi. 6. Sugʻorish tizimi va suv inshootlari. Shayboniyxonning Oʻrta Osiyoga harbiy yurishi, ayniqsa, o'zbek sultonlarining Zarafshon vodiysida toj-taxt uchun olib borgan oʻzaro urushlari oqibatida ekin dalalari va bogʻ-rogʻlarning poymol etilishi, buning ustiga harbiy xarajatlarning oʻrnini qoplash uchun aholidan undirib olinadigan soliqlarning koʻpayishi, shubhasiz, mamlakat iqtisodiga va uning asosi boʻlgan sugʻorma dehqonchilik xoʻjaligiga ma'lum darajada putur Fazlulloh ibn Roʻzbehxonning Mehmonnomayi Buxoro" asarida keltirilishicha, oʻsha davrlarda mamlakatda tinchlik va osoyishtalik yoʻqolib ketgani va soliqlarning koʻpligidan xalqning ahvoli ogʻirlashib qolgan va Samarqand viloyati aholisining bir qismi o`z mulklari, yerlarini tashlab, boshqa joylarga koʻchib ketgan. Natijada juda ko'p yerlarga ekin ekilmay, ular boʻsh qolib, yer solig'idan davlat xazinasiga tushadigan daromad miqdori keskin qisqargan. Biroq, shuni ta'kidlash lozimki, qisqa muddatga boʻIsa ham Muhammad Shayboniyxon (1500-1510), Ubaydullaxon (1533–1540), so'ngra Abdullaxon (1557-1598) davrida davlatning siyosiy jihatdan birlashtirilishi va yagona hokimiyatning oʻrnatilishi mamlakat ijtimoiy- iqtisodiy tizimining yaxshilanishiga olib keldi. "Mehmonnomayi Buxoro" asarida bayon etilishicha, Shayboniyxon yer-suv hamda soliq masalalarini tartibga solish maqsadida Samarqand yaqinida Konigil manzilida qonunshunos olimlarni toʻplab maxsus kengash oʻtkazgan. Kengashda qirg'inbarot urushlar, soliqlarning ogʻirligi va amaldorlarning zulmidan yer-suvlarini tashlab ketgan mulkdorlarning yerlarini ishga solish masalasi muhokama qilinib, bunday yer-suvlarni podshoh tasarrufiga topshirish, yer egalari qaytib kelgach, ularga oʻz mulk yerlarini qaytarib berish hamda yerdan davlat foydalangani uchun xazinadan ma'lum hag toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. 1502-yilda Muhammad Shayboniyxon tomonidan Zarafshon daryosining Oqdaryo va Qoradaryolarga ajralgan qismiga suv ayirg ich koʻ'prik qurilgan. XVI asr muarrixlaridan Kamoliddin Binoiyning yozishicha, 908-hijriy yilda (1502) Shayboniyxon Buxorodan Samarqandga qaytar ekan, shaharga kirish oldidan lashkarlari bilan u Koʻhak (Zarafshon) daryosining oʻng sohiliga tushgan. Aftidan, Cho'ponota yaqinida Zarafshon yetkazgan edi. daryosi ustiga qurilgan qadimgi koʻprik buzilib ketgan bo'lsa kerak, Zarafshondan oʻtish nihoyatda mushkul boʻlgan. Bu ahvolni koʻrgan Shayboniyxon davlatning oliy mansabdorlaridan biri - mehtari oliyga yangidan koʻprik qurish toʻgʻrisida farmon bergan. Qurilishga uning barcha lashkari safarbar etilgan. Tosh va shox-shabbalardan katta-katta qoraburalar (fashinalar) yasab, Zarafshonga toʻgʻon oʻrnatish va daryo oqimini toʻsish bilan band boʻlgan qoʻshin harchand zoʻr berib harakat qilmasin, baribir daryoni bogʻlay olmagan. Bu ishning tepasida turgan Shayboniyxon Samarqanddan muhandislar (loyiha tuzuvchi me'morlar) chaqirtirgan. Muhandislar daryoni bog'lash yoʻlini belgilab, unga quriladigan inshootning tarxini chizib bergan boʻlsalar kerakki, toʻg'on oʻrnatilib daryo boglangach, bir oy mobaynida koʻprik qurib bitkazilgan. Zarafshon vodiysida bunday yirik suv inshootining bino qilinishi, shubhasiz, mamlakatning xoʻjalik hayotida katta ahamiyatga ega boʻlgan edi. U yoki bu inshootni tuzatish yoki yangidan tiklash uchun daryo yoki kanal qirg'ogʻiga navolalar dumalatib keltirilgan va birin-ketin suvga tashlangan. Tashlanayotgan birinchi qator navolalarning oxirgisi suvga botmay sun'iy toʻsiq holini olishi bilan, uning ustidan ikkinchi, uchinchi va undan keyingi qator navolalarini suvga tushirishga kirishilgan. Natijada, sun'iy bir inshoot qad koʻtara boshlagan. Odatda navolalar oqimga qarshi tashlangan. Koʻpincha navolalarni suvga tushirish qirgʻoqning har ikki qarama-qarshi tomonlarida bir vaqtda boshlanib, oʻrtadagi oraliq to ʻsilguncha davom ettirilgan. Funksiyasi jihatidan mazkur suv ayirg'ich koʻprigi tarixiy asarlarda uch xil inshoot sifatida gayd etiladi. A.Xoroshxin, V.V.Bartold, V.L.Vyatkin, P.V.Shchusev va R.G.Mukminovalar koʻprik sifatida, M.Ye.Masson Suv ayirg'ichning qoldig'i sifatida qayd qiladi. A.A.Semyonov va A.Boboxonov ham koʻprik, ham suv ayirgʻich inshooti qoldig'i, deb yozadilar. Har holda bu suv inshooti har ikki funksiyani bajargan boʻlishi ehtimoldan holi emas. Afsuski, Shayboniyxon tomonidan Zarafshon daryosiga qurdirilgan bu suv ayirg'ich ko'prikdan bizning davrimizgacha faqat birgina ravogʻi saqlangan. Shuning uchun ham hozircha uning katta-kichikligi va necha ravoqdan iborat boʻlganligi aniq ma'lum emas. XVI asrning ikkinchi yarmida Buxoro xonligida markaziy hokimiyatning mustahkamlanishi, Dashti Qipchogdan koʻchib kelgan aholining oʻtroq dehqonchilik hayotiga koʻchish jarayoni kuchayishi bilan sugʻoriladigan unumdor yerlarga bo'lgan talabning ortib borishimamlakatda ishdan chiqib boʻsh yotgan yerlarga suv chiqarish va obikor yerlarni oʻzlashtirish uchun irrigatsiya ishlarining kengayishiga olib keldi. Arxeologik ma'lumotlar va tarixiy manbalarning shohidligiga qaraganda, XVI asrning ikkinchi yarmida Buxoro xonligida, ayniqsa, uning markaziy qismi hisoblangan Zarafshon vodiysida bir qancha yirik sugʻorish inshootlari qurilib, obikor yerlarning maydoni kengaytirilgan. 1578-yil Karmanadan G'ijduvonga boradigan yoʻlda, G'ijduvon tumaniga yaqin joyda 11 ravoqdan iborat boʻlgan koʻprik quriladi. Bu ravoqlar bir nechta daryodan bosh olgan tarmoqlarga boʻlinib, har bir tarmoq yana koʻplab rudlarga boʻlingan va mahalliy aholining yerlari mana shu ariqlardan boradigan suvdan sugʻorilgan. Karmanadan Gijduvonga boradigan yoʻlning Zarafshon daryosi ustida pishiq g'ishtdan mustahkam koʻprik quriladi. 1582-yili Abdullaxon tashabbusi bilan Zarafshon daryosi ustida “Puli Karmana" deb nomlangan suvayirgich va ko'prik bunyod etiladi. Bu koʻprik orqali Buxoroga boradigan suv 21 ravoqdan iborat boʻlib, u Buxoro tumanlariga taqsimlangan. Bu suvdan Hazora, Toshrabot, Uzilishkent va to Mehtar Qosim koʻprigigacha kanallar daryodan bosh olgan bir necha tumanlarga shu suvning 10 ravoqi berilgan, qolganlari esa boshqa tumanlarga ketgan. Natijada xonlikning dehqonchilik xoʻjaligi ancha rivoj topgan. Abdullaxon bandi Abdullaxon bandi. 1582- yilda Zarafshon vodiysining shimolida joylashgan Nurota tog* tizmasidan oqib tushadigan Oqchob soyining darasi ichiga Abdullaxon bandi" Suv ombori bino qilinib, Nurota vohasining sharqiy qismiga joylashgan Joʻsh va Oqchob atroflari sugʻorilib obod etildi. Bu haqda Hofiz Tanish oʻzining Abdullanoma asarida keltirilgan ma'lumotlarni ma’lum boʻldiki, 1582-yilning kuz oylarida Abdullaxon Dashti Qipchoqqa, Bobo sultonga qarshi yurishdan qaytib kelayotganda Nurota tizmasida, Joʻsh qishlog'i yaqinidagi Oqchob manzilidagi darada band qurish haqida farmon beradi. Ya'ni, bu yerda bahor oylarida juda koʻp tahlil qilish jarayonidamiqdorda sel suvlari toʻplana, ammo bu suvlardan dehqonchilikda deyarli foydalanilmas edi. Abdullaxon sel suvlarini bir joyga toʻplab, Oqchob darasida toʻg'on qurishni buyuradi. Bu haqda Abdullanoma" asari muallifi shunday hikoya qiladi: "Har koʻklamda oʻsha darada koʻp sel toʻplanib, lekin uning suvi ekinga yetishmas edi. Shuning uchun buyurdi: “Ahmadali otaliq nayman oʻsha daraga Somon yoʻli shaklida bir toʻg'on qursin, toki dehqonlar oʻsha joyda toʻplangan suvni boʻlishib ckinlarni sug'orsinlar". Bundan anglashiladiki, Oqchob qishlogʻining aholisi suv tanqisligi haqida Abdullaxonga arz qilgan va undan Oqchob soyini toʻsib, suv ombori qurishga ruxsat berishini iltimos qilgan boʻlishi, ehtimol. "Abdullaxon bandi" Nurota tog* tizmalarining janubiy yonbagʻirlaridan oqib chiquvchi hozirda Nurota tumanining Eski Oqchob qishlogʻidagi Beklarsoy ichida qurilgan. Oqchob qishlogʻi esa Nurotadan 65 km. sharqda, hozirgi "Qoʻshrabot" jamoa xoʻjaligida joylashgan. Qishloqning shimoliy va sharqiy tomonlari Nurota tog' tizmalariga yondashib ketgan adirlarga, janubiy hamda g'arbiy tomonlari esa, Nurota tog'ining Oqtog' va Qoratog tizmalari oraligʻida g'arbga tomon choʻzilgan Joʻsh vodiysining keng yaylovlariga tutashadi. Oqchob qishlogʻida adirlar osha soy qirg'ogʻi boʻylab yuqoriga koʻtarilgan sari uning sohillari balandlashib, qoyatoshli daraga aylanadi. Daraning tor yeri ulkan toʻg'on bilan toʻsilgan. Bu toʻg'on mahalliy aholi tilida “Abdullaxon bandi" nomi bilan mashhurdir. Tarixchi va davlat arbobi Mirza Salimbekning yozishicha, bahorgi yomg'ir suvlarini toʻplash uchun Abdullaxon tomonidan qurdirilgan toʻg'on ikki tog' oraligʻida joylashgan dara ichida tog harsang toshlaridan bino qilingan. Inshootning uzunligi 500 qadam boʻlib, har joy, har joyida ortiqcha suvning chiqib ketishi uchun temirdan dahanasi - quvurlari boʻlgan. Quvurlardan sizib chiqqan suv soy boʻlib Nurota tomon oqqan. Mazkur toʻg'on - "Abdullaxon bandi" 1957- va 1967-yillarda mashhur arxeolog olim Ya.G.G'ulomov tomonidan tekshirib oʻrganilgan. Akademik A.Muhammadjonovning yozishicha, toʻgʻon slanets (qatlam- qatlam tuzilishga ega bolgan, yupqa plastinalarga ajraladigan metamorfik tog' jinsi) toshlaridan qurilib, tosh palaxsalari suvga chidamli maxsus qir qotishmasi bilan biriktirilgan. Olib borilgan qazishmalar natijasida, to'g'onning umumiy uzunligi 73 metr, yuqorisida 83 metr, balandligi esa 14,5 metr boʻlganligi aniqlangan. Bunda suv bosimi va uning kuchi hisobga olingan holda to'g'on asosining qalinligi 15 metr-u 30 sm., ustki qismi 4,5 metr qilinib, zinapoya shaklida qurilgan. Toʻg'on oldida hosil boʻlgan suv omborining uzunligi 1500 metr, eni 75-125 metrboʻlgan. U oʻz vaqtida suvning oqib chiqishi uchun kerakli inshootlar majmuasi bilan ta'minlangan edi. “Abdullaxon bandi'ning aniq hisob- kitoblarga koʻra pishiq va puxta qilib qurilgani XVI asrdagi miroblarimizning geologiya va gidrogeologiya ilmidan yaxshigina xabardor ekanliklarini koʻrsatadi. Mazkur suv inshootlarining oʻrnini arxeologik jihatdan tekshirishda bevosita ishtirok etgan akademik A.Muhammadjonov suy omborning xususiyatlari haqida quyidagi fikrlarni keltiradi: "Tekshirishlardan ma'lum boʻlishicha, qadimgi inshootdan quyiroqda yer qobigʻining regional tektonik yoriqlari Beklarsoyning ikki yeridan kesib oʻtgan ekan. Shubhasiz, soyning mazkur qismida suv ombori barpo qilinsa, havzada toʻplanadigan suvning kattagina qismi tektonik yoriqlardan yer ostiga singib ketish xavfi muqarrar boʻlgan. Ahvol shunday ekan, oʻz-oʻzidan Abdullaxon bandini barpo etgan XVI asr gidrotexniklari Beklarsoyda bunday suv shimirgich yoriqlarning mavjudligini bilganmidilar, ular bundan bexabar boʻlsalar, quyiroqda har tomonlama qulay va kengroq dara ogʻzini emas, balki soyning yuqorirog'ida joylashgan torroq darani tosh toʻgʻon bilan toʻsishgan, degan savollar tugʻilishi tabiiy. Beklarsoy oqimini muttasil kuzatishlar XVI asr gidrotexniklari soyda suvning ma'lum darajada kamayib, dara tubiga singib ketishini bilgan boʻlishlari ehtimoldan uzoq emas, degan fikrga olib keladi. Chunki suv ombori barpo etish uchun aynan Abdullaxon bandi oʻrnashgan dara tanlanishining oʻzi Beklarsoyning gidrografiyasi uzoq vaqt oʻrganilib, uning oqimida sodir boʻladigan oʻzgarishlar sinchiklab kuzatilganidan guvohlik beradi. Shunday boʻlsa-da, tadqiqotlar Abdullaxon bandi suv omborini qurgan XVI asr irrigatorlari Beklarsoyning yillik oqimini faqat 10 foizinigina suv omboriga jamg'ara olganlarini koʻrsatdi". Zarafshon vodiysining irrigatsiya xoʻjaligini, jumladan, Buxoro vohasining sug'orish tarmoqlari boʻylab Zarafshon daryosi suvining taqsimotini tartibga solishda Zarafshon daryosi ustiga XVI asrning ikkinchi yarmida bino qilingan “Puli Mehtar Qosim", "Puli Chahorminor" va "Puli Jondor" (pul - ko 'prik ma 'nosida) kabi suv oʻlchagich va suv boʻlgich koʻpriklar, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega boʻldi. Mazkur suv inshootlarining vositasi bilan Buxoro vohasidagi sug'orish tarmoqlarining miqdori belgilanib, Zarafshon daryosining suvi shu inshootlar orqali sug'orish sistemalariga taqsimlangan. Shuningdek, Abdullaxon davrida mamlakat obodonchiligi yoʻlida koʻplab ishlar amalga oshirildi. XVI astning ikkinchi yarmida Tuyatortar kanalining chiqarilib, Jizzax vohasi suv ta'minotining yaxshilanishi hamdaMurgʻob vodiysining yuqori qismida Koʻshk soyi toʻsilib "Xovuzixon" suv omborining barpo etilishi oʻsha davrda amalga oshirilgan yirik irigatsiya qurilishlaridan edi. Abdullaxon hukmronlik qilgan davrda mamlakatda amalga oshirilgan qurilish va irrigatsiya ishlarini A.Muhammadjonov Badriddin Qashmiriyning "Ravzat ur-rizvon va hadiqatul g'ilmon" nomli asariga tayanib, shunday tasvirlaydi: ".Har bir shaharda masjid va oliy madrasalar bino qilinib, ularning toq-ravoqlari yetti rangli koshin, oltin va lojuvardlar bilan naqshlandi. Har manzilda ravotlar va sardobalar qurilib, daryolar ustiga toshkoʻpriklar oʻrnatildi. Kanallar qazilib, dashtlarga suv chiqarildi. Xaloyiq oʻrtasida omonlik, arzonchilik... va shodlik paydo Din ulamnolarining sug 'orish inshootlari qurilishidagi faoliyati. Buxoro xonligida sugʻorish ishlarini kengaytirib, yangi yerlarni oʻzlashtirishda mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida katta nufuzga ega boʻlgan oʻsha davrning eng yirik feodal ruhoniylaridan Joʻyboriy xojalar katta rol o'ynadilar. XVI asrning oʻrtalaridan boshlab, xonlikning idora ishlariga keng koʻlamda siyosiy ta'sirlarini oʻtkazib kelgan Joʻyboriy xojalar mamlakatning iqtisodiy va siyosiy hayotida tutgan oʻz mavqelaridan foydalanib, tasarruflaridagi katta-katta yer-suvlardan iborat mulklarini kengaytirishga intilganlar. Shuning uchun ham ular mehnatkash xalq ommasining kuchi bilan suv inshootlari qurish va dashtlarga suv chigarib, yangi yerlarni oʻzlashtirishdan manfaatdor boʻlganlar. Badriddin Kashmiriyning “Ravzat ur-rizvon va hadiqatul g'ilmon" nomli asari Jo'yboriy xojalarning olib borgan irrigatsiya qurilishlarining bayoniga bagʻishlanib, unda XVI asrning ikkinchi yarmida Buxoro xonligining turli viloyatlarida Amudaryo, Zarafshon, Chirchiq, Vaxsh va Murg'ob daryolaridan chiqarilgan yirik sugʻorish tarmoqlari toʻg'risida qimmatli ma'lumotlar keltiriladi. Badriddin Kashmiriyning ma'lumotiga koʻra, 1556-yilda Xoja Islom Buxoroning Shahrud sug'orish sistemasidan alohida kanal chiqarib, Mirzo Ulug'bek Koʻragon zamonidan (1409-1449) to Abdullaxon davrigacha suvsizlikdan qahrab yotgan Somonjuą dashtini (Somonjuq dashti Buxoro vohasining janubi-sharqiy chegarasida bo lib, u hozirgi Quyimozor suv omboridan janbda va To dako 'ldan sharqda joylashgan) sugʻorib obod etgan. Keyinchalik, bu kanal Xoʻja Kaab nomi bilan yuritilgan. 1559-yilda Xoja Islomning buyrugʻi bilan uning oʻg'li Xo'ja Qosim Zarafshon daryosidan Afshona qishlogʻigacha kanal chiqarib, Ismoil Somoniy zamonidan beri suvsiz yotgan biyobon va qumliklargacha suv boʻldi".olib boradi. Kanallar qazdirib, yangi yerlarni oʻzlashtirishda Xoja Islomning oʻgʻli va merosxo'ri Xoja Sa'd ham salmoqli ishlarni amalga oshirgan.U 1568-yilda kanal qazdirib, Amudaryodan Chorjo'y atroflariga suv olib keladi. Malikshoh Saljuqiy (1072-1092) zamonidan beri suvsiz qolgan va moʻgullar tomonidan butunlay vayron etil gan Chorjo'y atrofidagi yerlarni sug'orib obod etadi. Badriddin Kashmiriyning asarida Buxoro vohasining g'arbiy chegarasiga yondashgan qadimgi sugʻorilgan yerlarning XVI asrda qayta oʻzlashtirilishi toʻg'risida ham qimmatli ma'lumotlar bor. Masalan, 1577- yilda Xoja Kalon (Xoja Sa'd) boshchiligida Romitan tumani kanalidan shoxob kovlanib, Sevinj qishlogʻi etagidagi dasht yerlarga suv chiqarilib obod etilgan. Bu ma'lumotni esa, Romitan rayonining g'arbiy chegarasiga yondashgan qadimgi sugʻorilgan yerlarda olib borilgan arxeologik tekshirishlar toʻla tasdiqlagan. Daryolardan kanallar chiqarib, yangi yerlarni sug'orish, aholining qoʻlidagi yerlarni sotib olish va boshqa yoʻllar bilan XVI asrning ikkinchi yarmida Buxoroning Joʻyboriy xojalari yer-suvlaridan iborat juda katta mulk toʻplangan edi. Yangi kanallar chiqarishdan tashqari, oʻz qoʻl ostilaridagi ekin yerlarini suv bilan ta'min etishi uchun har yili Joʻyboriy xojalarga irrigatsiya tarmoqlarini loyqadan tozalash hamda suy inshootlarini tuzatib turishdek juda katta suv xoʻjaligi ishlarini bajarishga toʻg'ri kelgan. Ayrim ma'lumotlarga qaraganda, kanallarni loyqadan tozalash uchun har yili Joʻyboriy xojalar 3 mingta mardikorni hasharga chiqarganlar. Muhammad Tolibning "Matlab at-tolibin" nomli asarida keltirilgan ma'lumotlarga qaraganda, Joʻyboriy xojalardan Xoʻja Tojiddinning Hasanoboddagi yerlarini suv bilan ta'minlovchi kanalning Zarafshon daryosiga oʻrnatilgan bosh to'g'onini tuzatish uchun 1000 ta mardikor qatnashib, 10 ming xarvor shox sarflangan. Toʻg'on boshini suv olib ketgan vaqtlarda Hasanobod atrofida joylashgan toʻqqizta qishloqning aholisi toʻg'onni tuzatib, daryoni boglashga ojizlik qilar va bunday paytlarda mazkur xoʻjaning vakillari Buxoro tumanlaridan hasharchi chaqirib, shox-shabba yig'ar edilar. Suvni bogʻlash uchun kelgan behisob hasharchilar bir necha kun toʻg'onni tuzatish ishi bilan band boʻlganlar. Demak, tahlillar shuni koʻrsatdiki, XVI asrda Oʻrta Osiyoda davlatning siyosiy jihatdan birlashtirilishi va yagona hokimiyatning oʻrnatilishi mamlakat iqtisodiyotini yaxshilab, suv inshootlari qurilishlarining jonlanishiga olib kelgan. Bu davrda Zarafshon vodiysida, ayniqsa, uning quyi qismida joylashgan Buxoro vohasida ham bir qanchayirik sugʻorish tarmoqlari va suv inshootlari barpo etilib, vohaning sugʻorilib obod etilgan yerlarining maydoni birmuncha kengaygan. 7. Pul islohotlari. Shayboniylar sulolasi davrida Buxoro xonligi pul munosabatlarining holati va rivojlanishi toʻg'risida numizmatik va qoʻlyozma manbalarda yetarlicha ma'lumotlar saqlanib qolgan. Ushbu davlatda oltin, kumush, mis hamda turli tarkiblardagi kumush va mis qorishmalaridan iborat boʻlgan tangalar zarb qilingan. Ammo, tilla tangalarning ishlab chiqarilishi muntazam boʻlmagan. Hozirgacha fanda fagat ikkita shayboniy hukmdorlarining tilla tangalari ma'lum boʻlib, ular Muhammad Shayboniyxon (1500-1510) va Abdullaxon ibn Iskandarxon (1583-1598) tomonidan muomalaga kiritilgan tangalardir. 1558-yil Movarounnahrda boʻlgan Antoniy Jenkinsonning qayd etishicha, savdoda tilla tangalar bo'lmagan. Ehtimol, u biroz xato qilgan boʻlishi mumkin, nega deganda, Jenkison oʻzaro ichki nizolar avj olgan paytlarda (1558- 1559) Buxoroda boʻlgan. Xonlikdagi pul tizimini tadqiq qilgan Ye.A.Davidovich, XVI-XVII asrlarda muomala vositalari va toʻlov vositalari funksiyalari tillaga kamroq xos boʻlgan, lekin shunga qaramay, u Kumush va mis tangalarning zarb qilinishi va muomalada boʻlishi oʻzaro bogʻliq edi. XVI asrda, shayboniylar davrida asl kumush (sinonimi "tanga", "tangacha", "xoniy") va mis tangalar (asosiy nomlanishi "fulusi dinor, ya'ni "mis dinor" yoki "dinor") pul muomalasining asosini tashkil etgan. Hukumat mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib, ushbu metallardan zarb qilingan tangalar oʻrtasidagi qiymat muomalasini mustahkamlab va oʻzgartirib turgan. Doimiy muomalada boʻluvchi asl tangalardan tashqari, savdoning qulayligi uchun ba'zi vaqtlarda chaqalar (Qiymati tiyinga teng tangalar) ham ishlab chiqarilgan. Kumush chaqalar bizgacha yagona nusxalarda yetib kelgan, biroq, yozma manbalardan ma'lumki, shayboniylar davrida Movarounnahrda ikki barobar qiymatga ega yirik tangalar va asosiy muomaladagi tangalarning uchdan ikki qismi hamda yarnmini tashkil etuvchi mayda tangalar ham zarb etilgan. Xonlik hukmdorlari bir qancha chuqur iqtisodiy islohotlar amalga oshirganlar. Dastlab sulola hukmronlari tomonidan koʻplab ijtimoiy- iqtisodiy islohotlar, jumladan, 1507-1508, 1529-1530, 1583- va 1589- yillarda pul islohotlari amalga oshirilgan. Bu davrda shayboniy sultonlar nomi bilan yangi kumush va mis tangalar zarb etilgan boʻlib, oltin tangalar esa, faqatgina Abdullaxon ibn Iskandarxon davrida zarb etilgan. 1507-yili koʻp boʻlmasa-da, amal qilganligini qayd etadi. Sulolaning qudratli hukmdorlaridan biri Abdullaxon ibn Iskandarxonning mamlakatni birlashtirishdagi muvaffaqiyatli tadbirlaridan keyin, pul islohotlari oʻtkazilib, uning munosabatlari tartibga solindi. Mazkur islohot alohida ahamiyatga ega boʻlib, u ikki bosqichda amalga oshirilgan. Uning islohoti kumushning qimmatlashishi davriga toʻg'ri kelib, kumush tanganing qadrini koʻtarishga qaratilgan edi. Tanganing kursi 1,5 barobar koʻtarildi. Eski tanga 27 ta mis tangaga teng boʻlsa, yangi tanga 30 ta mis tangaga tenglashgan. Abdullaxon ibn Iskandarxon Buxoroni otasi Iskandarxon (1561-1583)ga topshirib, Buxoro, Samarqand, Balx, Toshkent, Andijon, Axsi va Yassi shaharlarida uning nomidan tangalar zarb ettirgan. Bu pul islohotlarining dastlabki bosqichi boʻlib, 1583-yilda Abdullaxon ibn Iskandarxon rasman Buxoro taxtini egallashi bilan oʻz nomi bilan tangalar zarb qildirdi va bu pul islohotining ikkinchi bosqichi edi. Xon tanga zarb etishni markazlashtiradi va zarbxona faoliyati faqat mamlakatning poytaxti Buxorodagina yoʻlga qoʻyiladi. Har yili Abdullaxon ibn Iskandarxon nomi bilan koʻplab tangalar zarb qilina boshlandi. Shayboniylarning Buxoro tangasi oʻzining bezagi, yozuvi va sifati bilan ajralib turgan. Abdullaxon shaharning kundalik ehtiyoji uchun Balx, Samarqand va Toshkent shaharlarida mis pullarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan. Kumushning chetga chiqib ketishini toʻxtatgan. XI asrda boʻlganidek, XVI asrda ham kumush va mis tangalarni tamg'alash uslubi davom etgan. Talab yuqori boʻlgan mahsulotlarning har kungi shahar savdosi uchun Abdullaxon bir nechta qiymatga ega boʻlgan mis tangalarni zarb qilishni yoʻlga qo'ydi. Abdullaxonning pul islohoti muvafaqqiyatli amalga oshdi. Ya'ni, pul muomalasining inqiroziga barham berildi, kumushning davlat tashqarisiga ommaviy chiqib ketishi toʻxtatildi, zarbxonaga xususiy metall gaytadan jalb qilindi. Mazkur islohot Abdullaxon ichki siyosatining bir qismi boʻlib, savdoning barcha turlari, xususan, tranzit, shaharlararo, shahar ichra savdo uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan edi. Pul savdosi daromadning eng muhim manbasi boʻlib, Abdullaxon gʻaznasi ham ushbu daromad hisobiga toʻlar edi. Xulosa qilib aytganda, temuriylarning oʻzaro bir-birlari bilan olib borgan urushlari, keyinchalik, Shayboniyxon va temuriylar oʻrtasidagi kurashlar mamlakat iqtisodiga, pul munosabatlarining rivojlanishiga salbiy ta'sir koʻrsatgan edi. Bosqinchilik emas, balki Movarounnahrda mustahkamlanib, oʻz davlatchiligini shakllantirish maqsadida kelgan shayboniylar mamlakat xoʻjaligini qayta tiklash uchun pul islohotlariniHunarmandchilik va savdoning rivojlanishi natijasida shaharlarning ma'lum bir mahsulot turini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi, u bilan birga savdoga ixtisoslashuvi ham rivojlanib bordi, ya'ni, ichki bozorning shakllanishi va rivojlanish jarayoni faollashdi. Ba'zi hududlarning na'lum qishloq xo"jalik yoki hunarmandchilik mahsulotlarini yetkazib beruvchi markazlar sifatidagi ahamiyati ortib bordi. Xususan, Qarshining tamakisi, Shahrisabz anorlari, Qorakoʻl gʻalla va qorakoʻlchilik mahsulotlari, Samarqand sifatli qogʻozlari va pishiq, jozibali etiklari, Buxoro qovuni va musallasi bilan mashhur boʻlgan hamda hududlarning shu mahsulotlari Movarunnahr bozorlarida nihoyatda xaridorgir boʻlgan. Buxoro xonligida savdogarlarga katta imtiyozlar berilgan, chunki savdo yoʻli dengizlarga koʻchganligi Buyuk Ipak yoʻlining ahamiyati pasayib borishiga olib kelgan edi. Buxoro xonligining shaharlari karvon yoʻllari tutashib ketgan, qoʻshni dasht va uzoq-yaqin mamlakatlar savdo karvonlari tez-tez gatnab turadigan tashqi savdo markazlari ham edi. Chunonchi, Rossiya bilan munosabatlar XVI asrning ikkinchi yarmidan rivojlana bordi. Abdullaxon ibn Iskandarxon Rossiya bilan savdo aloqalarini yaxshilashga harakat qilar ekan, bu orqali oʻz davlatining siyosiy ahvolini mustahkamlashga erishmoqchi edi. Chunki podsho Ivan Grozniy (1530-1584) davrida Rossiyaning mavqei kuchaya bordi. Uning davrida Qozon xonligi (1552), Hojitarxon xonligi (1556), Volga boʻylari va g'arbiy Sibir hududlari (1583) Rossiya tomonidan bosib olingan edi. Bu hol Rossiyaga savdo yoʻllarini nazorat qilish imkonini berdi. Volga atrofidagi viloyatlarda savdo-sotiq ishlarini olib borish Buxoro xonligidan kelgan savdogarlar uchun ancha qulay edi. Ularga eng yaqin qoʻshni mamlakat Rossiya boʻlib qolgandi. Bu hol koʻp jihatdan qozon tatarlari hamda boshqirdlar bilan din va til yaqinligi bilan izohlanar edi. Shuning uchun ham Abdullaxon tomonidan Moskvaga elchilar yuborilgan. Elchilar Astraxan orqali Moskvaga borib, Ivan Grozniy huzurida boʻladilar. Ular oʻz xonlari nomidan savdogarlarning Volga boʻylab erkin oʻtishlariga ijozat so'raydilar. Ayni paytda, Rossiya ham Buxoro xonligi bilan savdo-sotiq ishlarini rivojlantirishdan manfaatdor edi. Bu manfaatdorlik avvalo Buxoroning Rossiya tovarlarini sotish uchun qulay bozorligida edi. Ikkinchidan esa, Rossiya Buxoro xonligi orqali Osiyoning boshqa mamlakatlari bilan savdo aloqalarini rivojlantirish imkoniga ega boʻlardi. Bunda, birinchi navbatda, Hindistonga chiqish maqsadi hisobga olingan edi. Bundan tashqari, Rossiya hukumati Buxoro bilan oʻz tasarrufida boʻlgan vassal hududlarning savdo-sotiq munosabatlarini bog'lashgaharakat qilgan. Rossiya tasarrufida boʻlgan janubiy hududlarda savdo qilish Buxoro savdogarlariga foyda keltirishi, u yerlik mahalliy aholi uchun ta'minot masalasini hal qilishi mumkin edi. Bundan ma'lumn boʻladiki, xonlik tovar mahsulotlarini xorij mamlakatlariga eksport qilgan va shu bilan birgalikda xonlik ichki bozorini yevropa davlatlarining mahsulot tovarlari bilan ta'minlab ham turishgan. Buxoro xonligida shayboniylar sulolasi hukmdorlari tomonidan xorij mamlakatlari bilan bir qancha savdo va diplomatik munosabatlar ham amalga oshirilgan. Xonlikning tashqi savdoni tashkil etishida elchilarning xizmati katta boʻlgan, chunki diplomatik aloqalarning yaqinligi savdo tijoratining rivojiga ijobiy ta'siroʻtkazgan. Shayboniylar sulolasining hukmdorlari ham bir qancha qoʻshni davlatlar bilan tashqi savdoni tashkil etish tadbirlarini amalga oshirgan. Chunonchi, Rossiya, Hindiston, Yorkent xonligi, qisman Usmonli turklar bilan savdo-sotiq ishlarini olib borgan. Shu oʻrinda xonlik dargohida bir necha lavozimlar ham tashkil etilgan boʻlib, ularga elchilik vazifalarini va elchilarni qabul qilish xizmatlari yuklatilgan. Buxoro xonligiga yaqin boʻlgan hududlardan biri, bu Usmonlilar davlatidir. Usmonlilar davlati bilan Buxoro xonligi davlati oʻrtasida diniy mazhab birligi va qisman til yaqinligi ikki davlatning yaqinlashuviga ijobiy ta'sirini oʻtkazmasdan qolmasdi. Shayboniyxon vafotidan keyin savdo va diplomatik aloqalar toʻxtab qolmadi. O'sha davrlarda tashqi savdo uchun taqiqlangan tovar - qurol-yarogʻlar savdosi Usmonli davlati va Buxoro xonligi savdo-diplomatik munosabatlarida muhim oʻrin tutgan. Xususan, Usmonli hukmdorlari Buxoroga siyosiy, harbiy-strategik maqsadlar, ya'ni, Eronga qarshi ittifoqga umid bogʻlagan holda bir qancha oʻt ochar qurollarni va ularni ishlatishni oʻrgatadigan harbiy muhandislarni taklif qilgan. Yana Buxoro xonligiga qoʻshni boʻlgan davlat, bu - Boburiylar davlatidir. 1512-yil Movarounnahrda shayboniylar hukmronligi uzil-kesil oʻrnatilib, Boburning bu hududdagi ilinji butkul uzilgach, Bobur va boburiylar hamda shayboniylar oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar koʻpchilik adabiyotlarda ta'kidlangani kabi, uzilib qolmadi. Ikki davlat oʻrtasidagi siyosiy-iqtisodiy va diplomatik munosabatlar XVI asrning 70- yillaridan boshlab kuchaydi va muntazam ravishda davom etdi. Buxoro xonligi bilan Boburiylar davlati oʻrtasidagi bevosita savdo- sotiq munosabatlari haqida soʻz yuritiladigan boʻlsa, bunda Hindistondan dorivorlar, har xil boʻyoqlar, choy, Buxoro xonligidan esa, quruq va hoʻl mevalar asosiy mahsulotlar hisoblanganligini ta'kidlash joiz. ikkinchi joyga koʻchganda boshqa xoʻjalik ishlarida ham ularga yordam berar edilar. Shayboniylar davrida ham yerdan olinadigan soliq xiroj (mol) deb atalib, hosilning ma'lum qismidan undirilgan. XV-XVIII asr yozma manbalarda bu atama "mol", moli-jihot", "mol va jihot", koʻproq "xiroj" sifatida tilga olinadi. Bu toʻlovning miqdori sharoitga qarab 1/3, 1/4, 1/5, ayrim hollarda esa, 1/2 qilib belgilangan. Mulk yerlaridan hosilning 1/10 miqdorida soliq undirilib, u ushr deb atalgan. Xiroj asosan mahsulot sifatida undirilgan. Xirojdan tashqari "doimiy", "qonuniy" va "favqulodda" kabi boj va oʻlpon turlari mavjud boʻlib, ularning soni oʻzaro urushlar va davlat markazlashuvi davrida yanada koʻpaygan. Urush harakatlari davrida dehqonlar va hunarmandlardan olinadigan soliq "avarizot" deb atalib, u qisman pul bilan undirilgan. Markaziy hokimiyat vakillari foydasiga ham maxsus soliqlar undirilgan. Misol uchun, dorugʻalar foydasiga dorug'achi yoki dorugalik degan soliq pul koʻrinishida toʻlangan. Afsuski, shayboniylar davrida pul koʻrinishida toʻlangan oʻlpon va soliqlar haqida ma'lumotlar juda kam. Shunga qaramasdan “pul" atamasi qoʻshilgan pilla puli, koʻknor puli, sabzi puli, xarbuza (tarvuz) puli kabi oʻlpon va soliqlar ham pul koʻrinishida toʻlangan boʻlishi kerak. Shuningdek, shahar aholisi boʻlgan hunarmandlar va doʻkondorlar maxsus soliq tamg'a toʻlaganlar. Undan tashqari, yirik boylar va soʻdxoʻrlarga tegishli savdo rastalaridagi doʻkonlarni ma'lum haq evaziga ijaraga olib, oʻz mahsulotlarini sotganligi uchun taxti joy (tagjoy) deb ataluvchi soliq ham pul bilan toʻlangan. Shayboniylar davlati va huquqi boʻyicha maxsus tadqiqot olib borgan huquqshunos olim Z.Muqimovning yozishicha, doimiy toʻlanadigan, belgilab qoʻyilgan soliqlar asosan quyidagilar boʻlgan: V Yasoq (Qubur yasogʻi) - Bu soliq chorva mollaridan olinadigan soliq boʻlib, 1/100 qismi hajmida olingan, keyinchalik, oʻtroq aholiga ham yoyilib, 100 bosh hayvondan 70 tanga undirilgan. V Zakot va savoyim zakot. Zakot- xon va sultonlarning shaxsiy xazinasi uchun chorva boshidan undirib olinadigan soliq. Uning hajmi boʻyicha ma'lumotlar kam. Savoyim zakot esa, har qirq chorva boshidan birni tashkil etgan. Bu asosan shahar va qishloqlarning oʻtroq aholisidan olinib, daromadning 1/10 qismi miqdorida undirilgan. M Oshlig oziq-ovqat soligʻi boʻlib, bu ham asosan oʻtroq aholidan urush harakatlari borayotgan davrda toʻplangan qoʻshinni saqlabturish uchun yigʻim tarzida toʻplangan, shuning uchun uni doimiy boʻlmagan yigʻim deb hisoblash mumkin. M Tagʻor – bu ham oziq-ovqat solig'i boʻlib, qo'shinning ta'minoti uchun sarflangan. Hukmdorlar tag'orni oʻzlari xohlagan miqdorda to'plaganlar. Masalan, Shayboniyxonning 1509-yildagi qozoq sultonlariga qarshi yurishida Turkiston viloyati aholisiga 50 ming kishidan iborat qoʻshin ta'minoti uchun bir oyga yetadigan darajada tag'or solig'i solingan. M Shibogʻu (sibogʻu) – xonlar, sultonlar va oʻg'lonlar bir joydan ikkinchi joyga koʻchib oʻtayotganlarida ovullarning aholisi ularga oziq- ovqat toʻplab bergan. B.Ahmedovning yozishicha, u koʻpincha pishirilgan goʻshtdan iborat boʻlgan. V Sovurin va peshkash – bu ham shibog'uga oʻxshash boʻlib, lekin u koʻpincha qimmatbaho buyumlar, pul, koʻplab ot hamda boshqa qora mollardan iborat boʻlgan, hatto kitoblar (masalan, Qur'onning nodir nusxalari), qullar ham peshkash (tortiq) qilingan. Sovurin ham peshkash singari boʻlib, u koʻpincha magʻlub xalqdan g'olib chiqqan hukmdorga tortiq qilinar edi. Keyingi shayboniylar davrlarida davlat yerlari dehqonlarga muddatsiz merosiy foydalanishga berila boshlab, qoidaga koʻra, dehqonlardan hosil miqdoriga qarab xiroj - davlat solig'i, ckilgan yerning hajmiga qarab esa, tanobona soliqlari undirilgan. Shuningdek, Abdullaxon II davriga oid hujatlarda, masalan, uning Joʻybor xojalarining yer mulklarini har xil soliqlardan ozod qilish haqidagi 1572-yildagi farmonida bir qancha soliqlarning nomi keltirilgan. Shayboniylar sulolasi hukmronligining dastlabki yillarida turkiy nomda boʻlgan soliq nomlari keyinchalik forsiy atamalarga oʻzgarib borgan. Yuqoridagi hujjatda, jumladan, Xoja Sa'dning Marvdagi oʻziga ilgari suyurgʻol qilib berilgan nasliy mulklarini mol-u jihot va mahsulot olinadigan yer soligʻidan; mirobona mirob (suv amiri) foydasiga koʻp qismi mahsulot sifatida undiriladigan majburiyat; kox - armiya ehtiyojlari uchun pichan va yem undirish; tarh xazinaga tegishli boʻlgan omborlardan aholining majburiy tarzda don va boshqa mahsulotlarni oshirilgan narxlarda majburiy sotib olishi hamda dehqonlarning oʻz mahsulotlarini xazinaga arzon baholarda sotishlari; sabun - yer haydash va don ekish mavsumlarida aholini ma'muriyat tomonidan majburiy safarbar etish (hasharga oʻxshaydi); yabisat - ekin ekib jonlantirish, obod qilishga yer berish kabi turlari keltirilgan. Bu soliqlar umumlashtirilgan atamalarda ham uchraydi: Muqarrariy aniq belgilab qoʻyilgan, toʻg'ri soliqlar; ixrajot - davlat apparatining xarajatlarini qoplash uchun aholidan 157undiriladigan har qanday yig'im va soliqlar; mol (jihot) - mahsulot va naqd pul bilan olinadigan yer solig'i boʻlgan. Bu davrda soliqlarning xazinaga tushishi ustidan moliya muassasasining boshligʻi Mustavfiy nazorat qilib turgan. Soliq toʻlashdan bosh tortgan jamoa yoki qabila boshliqlari qattiq jazolanganlar. Abdullaxonning Xoja Sa'dga yozgan maktublaridan birida Markaziy Afgoniston, Mug'on, Darayi Suf atroflarida yashab kelayotgan Buxoro xonligiga tobe boʻlgan tulkichi qabilasining davlat xazinasiga muqarrariy (aniq belgilangan soliq) va oshlig' - qoʻshinni saqlash uchun oziq-ovqat solig'ini toʻlamaganligi, ilgari esa ular Balx xonligiga tobe bo'lgan davrida 12000 qo'y toʻlab turganligi koʻrsatilgan. Jumladan, xatda shunday deyiladi: “Bu kishilar bizga koʻp zarar yetkazdilar, ular muqarrariy soligʻini toʻlashlari lozim edi, ammo uch yildan beri toʻlamay keldilar., endi uning miqdori 36000 qoʻyga yetdi". Abdullaxon u yerga qoʻshin yuborib tulkichi qabilasini bu ishi uchun talon-taroj qilmoqchi boʻlgan. Shunda Xoja Sa'd va Balx hokimi Nazarbiy oraga tushib, xonni tinchlantiradi. Abdullaxon xojaga yozgan xatida "qalbimizda u qabiladan qasos olmaslikka qaror qildik" deb yozgan boʻlsa-da, aybdor shaxslar baribir jazolangan. Badriddin Kashmiriy (XVI asr)ning "Ravzat ar-rizvon" asarida hazrat xojaning oʻzi bilan xonning orasiga tushib, ba'zan soliq va yig'imlardan ozod qilish haqida ham turli ulus sultonlarining Xoja Sa'dga xatlari keltirilgan. Shu davr hujjatlarida juda koʻp xildagi soliqlar uchraydi, ammo boshqa davrlarda kam uchraydigan turlari ichida "himoyat" solig'i ham uchraydi. Bunga koʻra, chorvadorlarni oʻz himoyasiga olish, oʻziga qarashli yaylovlarni ularga foydalanishga berish evaziga soliq undirilib, ana shu himoyat" deb atalgan. Manbalarda Jo ybor xojalaridan Tojiddin Hasanga shunday soliq to'lab turilganligini tasdiqlaydigan ma'lumotlar mavjud. Shuningdek, manbalarda mamlakatda ta'siri kuchli boʻlgan otaliqlarni hatto ulus xonlarining vakolatlarini oʻzlashtirib olib yigʻilgan soliqlarni talon-toroj qilganliklari haqida ham ma'lumotlar uchrab turadi. Bunga dastlab Termiz hokimi Mahmud sultonning Xoja Sa'dga yozgan xatida keltirilgan ma'lumotlar guvohlik beradi. Xatda keltirilishicha, Xushbiy Jaloyirni Abdullaxon unga otaliq qilib (Xushbiy otaliq) tayinlashga bir yil ham boʻlmasdan, u barcha davlat ishlarini, hatto hokim xonadonini boshqarish sarkorligining ishlarini ham oʻz qoʻliga olib, viloyatdan toʻrt yil mobaynida toʻplangan muqarrari, ixrojot, oshlig', mol kabi soliq va yig'imlarni ham oʻzlashtirib olgan. Buning natijasidaviloyatning xonavayron boʻlganligi hamda Xojadan ushbu Xat mazmunidan Abdullaxonni ogoh qilib qo'yish soʻralgan. Shayboniylar davrida soliq va yig'imlar bilan bir qatorda, jarimalar ham boʻlgan. Misol uchun, koʻchmanchilar qishda iste'mol qilishi uchun har yili kuzda oʻz xoʻjayinlariga soʻyish uchun bitta boqilgan chorva molini berganlar. Bu - sugʻum deb atalgan. Shuningdek, xonlar, sultonlar va oʻg'lonlar bir manzildan ikkinchi manzilga koʻchib oʻtayotgan vaqtlarida ularga oziq-ovqat toʻplovi shibogʻu (sibogʻu) berilgan boʻlib, u koʻpincha pishirilgan goʻshtdan iborat boʻlgan", Sovurin va peshkash yigʻinlari ham jarimalar qatoriga kiritiladi. Bu yigʻinlar pul, mahsulot, chorva mollari, qimmatbaho buyumlar, qullar koʻrinishida hukmdorga tortiq qilingan. Bu davrda dehqonlar va shahar aholisi, ayniqsa, hunarmandlar mehnat nmajburiyat (mardikor, qal'a, begor va hokazo) larini bajarganlar. Bu majburiyatlardan ozod etilganlar esa, ma'lum miqdorda pul toʻlaganlar. Mardikor - yirik boylarga qaram boʻlgan dehqonlar majburiyati boʻlib, sugʻorish inshootlarini barpo etish, ta'mirlash hamda tozalash bilan bog liq ogʻir majburiyat boʻlgan. Bir necha yillar davom etadigan yangi kanallar qurilishida ming-minglab dehqonlar ishtirok etganlar. Oddiy aholiga, shuningdek, qal'alar va shahar devorlarini tiklash va ta'mirlash majburiyati ham yuklatil gan boʻlib, u qal'a yoki xarji qal'a deb atalgan. Hunarmandchilik hamda bozor savdosidagi yig'imlar xon xazinasining asosiy daromadi hisoblangan. Shuning uchun ham oliy hukmdor hokimiyati kuchaygan davrlar ayrim hukmdorlar (Ubaydullaxon, Abdullaxon) soliq tizimini tartibga solishga harakat qilganlar. Ammo, bunday harakatlar har doim ham kerakli natijalarni bermagan. Soliq turlari Asosiy soliq turlari M Xiroj (yerdan olingan hosilning beshdan bir qismi) M Zakot (chorvador va savdogarlar uchun molning qirqdan biri miqdorida) V Tamgʻa (hunarmandlar va doʻkonlar maxsus soliq toʻlagan) V Taxti joy - tagjoy (o*z mahsulotlarini ijaraga olingan doʻkonda sotuvchilar uchun) M Juzya (boshqa dinga mansub savdogarlar oʻz mahsulotining beshdan bir qismini toʻlagan) M Ixrojot (saroy xarajatlarini ta'minlash uchun yigʻiladigan soliq) M Qoʻnalgʻa (elchilar, amaldorlar, choparlarni tekinga mehmon qilish) 159 > Tarixiy manbalarda gayd etilishicha, xonliklarda 60 dan 90 gacha turdagi soliqlar undirilgan. Jumladan, Shayboniylar davlatida soliq, oʻlpon va majburiyatlar tizimi ancha murakkab boʻlib, rasman 90 ga yaqin soliq va oʻlponlar undirilgan. Xiva xonligi esa soliq, majburiyat va oʻlponlarning 25 ga yaqin turi boʻlgan. Turli majburiyatlar Buxoro xonligida eng ogʻir majburiyat bu yasoq boʻlib, unga koʻra aholi kanallar, xandaqlar qazish, yoʻllar qurish, oʻtin, samon, shox- shabba yigʻishga safarbar qilingan va tekin ishlab bergan. Shu bilan bir qatorda, begor (turli qurilishlarida tekinga ishlab berish) majburiyati ham boʻlgan. Undan bezor boʻlgan mehnatkash xalq tez-tez gʻalayon qilib turgan. Buxoro-Rusiya munosabatlari. Buxoro xonligining Rossiya bilan munosabatlari XVI asrning ikkinchi yarmidan rivojlana bordi. Abdullaxon II Rossiya bilan savdo alogalarini yaxshilashga harakat qilar ekan, bu orqali oʻz davlatining siyosiy ahvolini mustahkamlashga erishmoqchi edi. Chunki podsho Ivan Grozniy (1533-1 584) davrida Rossiyaning mavqei kuchaya bordi. Ivan Grozniy davrida Qozon xonligi (1552-yil), Hojitarxon xonligi (1556), Volga boʻylari va G'arbiy Sibir hududlari Rossiya tomonidan bosib olingan edi. Bu hol Rossiyaga savdo yoʻllarini nazorat qilish imkonini berdi. Volga atrofidagi viloyatlarda savdo-sotiq ishlarini olib borish Buxoro xonligidan kelgan savdogarlar uchun ancha qulay edi. Ularga eng yaqin qoʻshni mamlakat Rossiya boʻlib qolgandi. Bu hol koʻp jihatdan qozon tatarlari hamda boshqirdlar bilan din va til yaqinligi bilan izohlanar edi. Shuning uchun ham Abdullaxon II tomonidan 1557-1558-yillarda Moskvaga elchilar yuborilgan. 166 Elchilar Astraxan orqali Moskvaga borib Ivan Grozniy huzurida boʻladilar. Ular oʻz xonlari nomidan savdogarlarning Volga boʻylab erkin oʻtishlariga ijozat soʻraydilar. Qaytib kelgan elchilar Moskvadan juda koʻp oʻq, dori, ov qushlari va matolar bilan qaytganla. R.Alimovaning yozishicha, ingliz savdo kompaniyasining vakili Antoniy Jenkinsonning O'rta Osiyoga yuborilishi (XVI asr) bu harakatning yaqqol isboti edi. A.Jenkinsonning Oʻrta Osiyoga sayohat qilishidan asosiy maqsad Turon orqali Hindistonga boradigan eng yaqin va qulay yo'lni topishdan iborat boʻlgan. U Oʻrta Osiyoda savdo ishlarini yoʻlga qo'yish niqobi ostida Buxoroga borishga ruxsat olgan. Jenkinson Moskva Rusining Buxoroga yuborgan birinchi rasmiy elchisi edi. Jenkinsonning Rossiya nomidan 0ʻrta Osiyoga joʻnatilishi Rossiyaning Oʻrta Osiyo savdosida ma'lum bir manfaati boʻlgani tasdiqlaydi va Rossiya bilan O'rta Osiyo oʻrtasida savdo aloqalarining rivojlanishiga yoʻl ochgan. 1558-yil 23-dekabrda Jenkinson Rossiya podshosi Ivan IV (1533-1584)ning ishonch yorlig'i bilan Buxoroga keladi va u yerda savdoning holati bilan tanishadi. Jenkinson Moskvaga qaytayotganida u bilan birga Buxoro, Xorazm, Balx elchilari ham birga ketishgan. Jenkinson bilan Moskvaga kelgan savdo karvoni 1000 tuyadan iborat boʻlgani avvaldan Moskva-Oʻrta Osiyo savdo munosabatlari an'anaviy darajada boʻlgan, degan xulosani beradi. Haqiqatdan ham, 1556-yil Moskava podshosi tomonidan Astraxan bosib olinganda, bu yerda O'rta Osiyo savdogarlari boʻlgani ma'lum. Ular oʻz tovarlari bilan Moskva davlati ichkarisigacha kirib borgan. XVI asr ikkinchi yarmiga kelib Rossiya bilan savdo munosabatlari ancha oʻsdi. Buxoro xonligiga Rossiyadan tez-tez savdo karvonlari, elchilar tashrif buyura boshlaydilar. Masalan, 1574-yili Rossiyadan tashrif buyurgan Zaxariy Bogdanov elchilik karvoni ichida podsho Ivan Grozniyga yaqin boʻlgan aka-uka Stroganovlar ham hamrohlik qilishgan. Abdullaxonning elchisi Muhammad AIi 1585-yil 11-noyabrda 18 kishidan iborat hamrohlari bilan Astraxanda kutib olinadi va 50 nafar harbiylar kuzatuvi ostida Moskvaga yetib keladi. Muhammad Ali oʻzi bilan turli rangdagi 2000 zandoni (mato), 200 ipak gazlamasi, 100 ipak aralash mato, 100 yaltiroq va mayin mato, 1500 belbog, 100 ola-bula zandoni, 40 pud boʻyoq kabi mollarni keltirgan. Koʻrsatilgan mollar Astraxan, Qozon va Moskvada sotilib, u yerlardan rus mollari xarid qilingan. Muhammad Ali 1589-yilda ikkinchi marotaba Abdullaxon tomonidan Rossiyaga yuboriladi. Bu safarda unga Kadish hamda 167shahzodaning Doʻstim boshchiligidagi 18 nafardan iborat elchilari hamrohlik qiladi. Astraxan shahri yonida ularning mollari tortib olinib, savdogarlarga nisbatan zoʻravonlik va adolatsizlik qilinadi. Ushbu voqealardan soʻng, Muhammad Ali va Kadish rus podshosi Feodor Ivanovich (1584-1598)ga xat yozib, boʻlib oʻtgan voqealarni ma'lum qiladi va chora koʻrishini soʻraydi. Feodor Ivanovich elchilarni shikoyatini inobatga olib, tegishli chorani koʻradi hamda ularning xazina mollaridan boj olmaslik toʻg'risida farmon chiqaradi. Shu bilan birga, Muhammad Aliga 1000 rubl pul, 500 charm, 50 pud asal, 50 vedro vino, 10 nafar nemis asiri sotib olish va olib ketishga ruxsat beradi. Rossiya, Hindiston va Eron mamlakatlari oʻrtasidagi savdoda Buxoro vositachi vazifasini oʻtagan. XVI asrda Rossiya Hindiston bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatmagan, ammo Eron va O'rta Osiyo orqali savdo qilish yoʻli orqali Hindiston davlati bilan rasmiy munosabatlar o'rnatish sari yoʻ1 tutgan. Abdullaxon hali tirikligi paytida shahzoda Abdulmoʻmin (1567- 1598) islomning shia yoʻnalishini rasmiy din sifatida qabul qilgan Erondagi Safaviylar davlati bilan boshqa shayboniyzodalar singari murosasiz kurash olib bordi. U Xuroson va unga tutash hududlarda oʻz 164 mulkini kengaytirish va chegaralar daxlsizligini ta'minlash maqsadida 1589-yil safaviylar qoʻlida bo'lgan Mashhadga yurish qilib, uni qamal qildi. Qamalda qolgan mashhadliklar shaharni topshirish shartlari toʻgʻrisida Abdulmoʻmin bilan kelishib olish maqsadida uning oldiga oʻz vakillarini yuborishgan. Lekin Abdulmo'min buyrug'i bilan muzokaraga kelgan vakil qatl etiladi. Toʻrt oylik qamaldan soʻng Mashhad egallanib, uch kun mobaynida talanadi va yondiriladi. Koʻplab odamlar asirga olinib, Movarounnahrga joʻnatiladi. Mashhaddagi Muqaddas Ali Rizo mozori yaqinida dafn etilgan Eron shohi Tahmosp qabri buzib tashlanib, uning suyaklari g'ayriddinning suyaklari sifatida yondirildi. Bu bilan shahzoda Abdulmoʻmin goʻyo oʻz bobokaloni Muhammad Shayboniyxonning (1451–1510) safaviylar tomonidan tahqirlangan jonsiz jasadi uchun oʻch olgan. 1597-yilning oxirida Abdullaxonning elchisi Shoh Abbos (1587- 1629) saroyida qabul qilingan. Shoh qabul paytida elchiga nisbatan yaxshi munosabatda boʻlmagan va u orqali Abdullaxonaga kelasi yil (1598) bahorda Xurosonga yurish qilishini ma'lum qilgan. Shuni ta'kidlash joizki, Buxoro xonligi va Eron Safaviylari davlati oʻrtasidagi munosabatlar XVI asr mobaynida ziddiyatli kechdi. Shu bilan birga, Eron va Movarounnahr oʻrtasidagi savdo aloqalari toʻxtab golmagan. XVI asrda Oʻrta Osiyo bozorlarida eronlik savdogarlar ham savdo qilgan edi. Antoniy Jenkinson ma'lumotlariga koʻra, Erondan matolar, ip-gazlama, surup, guldor ipak, arg'umoqlar keltirilgan, Movarounnahrdan esa, oshlanmagan teri va rus tovarlari, jumladan, qullar ham olib ketilgan. Uning yozishicha, eronliklar matolar sotib olishmagan, chunki oʻ°zlari ularni Buxoroga olib kelgan. Jenkinsonning aniqlashicha, matolar Eronga Suriyaning Xalaf shahridan va Turkiyadan keltirilgan. Buxoro-Turkiya munosabatlari. Shayboniylar va usmoniylar oʻrtasidagi munosabatlar nisbatan yaxshi yoʻlga qoʻyilgan edi. Bunga asosiy sabablardan biri – Eron safaviylarning ikki davlat uchun umumiy dushmanligi edi. Xuroson uchun boʻlgan kurashlarni muvaffaqiyatli olib borish yoʻlida safaviylar uchun asosiy to'siq ularning shimoli-g'arbidagi qoʻshnilari va Usmoniy turklar saltanati edi. Safaviylar Xuroson bilan mashg'ul boʻlganlarida shimoli-gʻarb holi qolardi va, aksincha, bu holatdan shayboniylar unumli foydalanganlar. Ikki oʻrtadagi munosabatlarda davlat rahbarlari tomonidan olib borilgan elchilik aloqalari muhim oʻrin tutadi. Muhammad Shayboniyxon bilan Usmonli turk sultoni Boyazid II (1481-1512) oʻrtasida Eron safaviylariga qarshi kurash toʻg'risidashartnoma tuzilgan. Usmonli turk davlati bilan aloqalar Shayboniyxondan keyin ham davom etdi. 1515-yilda turk sultoni Sulton Salim (1512-1520) huzuriga shayboniylar elchisi bordi. Sulton Salimning elchisi Muhammadbek esa oʻsha yili Buxoro xonligiga sultonning maktubini olib keladi. Sulton oʻz maktubida Ubaydullaxonni "qizilboshlar"'ga qarshi kurashga chaqiradi. Usmoniylar va shayboniylarning safaviylarga qarshi kurashida din bir niqob edi, xolos. Aslida esa, bu G'arbiy Eron, Kavkaz va Xuroson uchun olib borilayotgan siyosiy kurashning natijasi edi. Sulton Sulaymon I Qonuniy (1520-1566) va Buxoro Xoni Ubaydullaxon Eronga qarshi birgalikda kurashish uchun harakat qilishgan. 1551-yil shayboniylarning Samarqanddagi hukmdori Abdulatifxonga Bir qator hujjatlarning tasdiqlashicha, Navro'z Ahmadxon va, keyinchalik, Abdullaxon II va boshqa hukmdorlar Usmoniy sultonlar bilan yaqinlashishga harakat qilganlar. Oʻz navbatida, Usmoniy sultonlar Shayboniylar davlatiga bir necha bor oʻz elchilarini yuborganlar. XVI asr oʻrtalarida Navro'z Ahmadxon (1532--1556) va boshqa xonlar xizmatida turk yanicharlari (yangi cherik) boʻlganligini tarixiy manbalar ham isbot qiladi. Muhammad Yusuf Munshiy oʻz asarida AbdullaxXon II ning oʻgʻli Abdulmoʻminning turk sultoni Murod II (1574- 1579)ga yozgan xati nusxasini keltiradi. Xatda 1589-yilda Mashhad olinganidan soʻng, yuzaga kelgan vaziyat nuqtai nazaridan kelib chiqib, Eronga qarshi hamkorlikda yurish qilish lozimligi haqida soʻz yuritadilar. Sulaymon I katta miqdorda qurol-yarog* jo'natgan. oʻyib yozilgan toshni oʻrnatishni buyurgan edi LNizomiddinovning XVI-XVII asrlarda Oʻrta Osiyo va Hindiston bagʻishlangan kitobida diplomatik va iqtisodiy munosabatlar haqida keng mulohaza yoritilgan. munosabatlariga Buxoro xonligining Hindiston bilan diplomatik aloqalari Abdullaxon va Akbarshoh (1556-1605) davrida, ayniqsa, faollashdi. Abdullaxonning elchisi Oltamish 1572-yili Dehliga boradi. Elchi Abdullaxonning har ikkala mamlakat oʻrtasida davom ctib kelayotgan do'stlik aloqalarini kuchaytirish haqidagi maktubini topshirgan. Akbar oʻzbek elchisini, 161 Gujarat yurishi muvaffaqiyatli tugagach, qabul qilgan. Akbar elchi orqali Abdullaxon nomiga yuborgan maktubida doʻstlik munosabatlarini oʻrnatishga rozi ekanligini bildirgan. Oʻzbek elchisi Hindistondan oʻz yurtiga qaytish arafasida Badaxshonda hokimiyat uchun oʻzaro kurash boshlanganligi ma' lum boʻladi. Akbarshoh bu kurashda Abdullaxonning qoʻli borligini gumon qilgan. 1577-yilda Abdullaxonning Hindistonga ikkinchi elchisi Mir Abdurahmon Xoʻja Sadr yuboriladi. Elchi Buxoro davlati bilan Hindiston oʻrtasida Eronni boʻlib olishni taklif qilgan. Bunga javoban Akbarshoh oʻz navbatida Mirza Fulod boshchiligida oʻz elchilarini Abdullaxon saroyiga yuboradi. Bundan maqsad, hind elchisi Eronning musulmon davlati ekanligini eslatib, Akbarshohning bu davlat yerlarini boʻlib olishga rozi emasligini bildiradi. Elchi zimmasiga ikkinchi vazifa ham yuklatilgan boʻlib, Abdullaxon davlatining tobora kuchayib borishi Badaxshonga xavf tugʻdirayotgani sabab bu hudud barqarorligi uchun diplomatik munosabatlardan foydalanishi kerak edi. Shuning uchun Mirza Fulod Buxoro xonining Badaxshonga nisbatan munosabatini aniqlash vazifasini ham bajarishi kerak edi. Keyingi davrlardagi harbiy-siyosiy jarayonlar Akbarning taxmini toʻg'ri ekanligini koʻrsatgan. Chunki Abdullaxon Balx va Hirotni cgallagach, Badaxshonni ham bosib olishni moʻljallagan edi. 1583-1584 yillarda oʻzbek qoʻshinlari Badaxshonga hujum qilib, uni bosib oldilar. Badaxshon va Kobul hokimlari oʻzlariga tugʻilgan xavfning oldini olish uchun Akbarshohdan yordam soʻrab murojaat qilgan. Shundan soʻng Akbarshoh katta qoʻshin bilan 1585-yilda Kobulni oʻz davlatiga qoʻshib olib, Abdullaxonning Kobul yurishini toʻxtatib qoʻygan. Bu holat Abdullaxon strategiyasini oʻzgartirishga majbur qilgan. Endi u Eronga nisbatan harbiy yurishini davom ettirishda bu masala yuzasidan hind hukmdorining roziligini olib, u bilan ittifoq boʻlishga majbur boʻldi. Hindiston va Turkiston aloqalari bilan maxsus shug'ullangan olim LNizomiddinovning ta'kidlashicha, 1585-yilda Abdullaxon tomonidan Hindistonga Mir Quraysh rahbarligida elchilar yuborilgan. Mir Quraysh elchiligi Hindistonga oʻzbeklar tomonidan Badaxshonning bosib olinish (1584) sabablarini tushuntirish uchun yuborilgan, chunki bu hodisa Boburiylar imperiyasi tomonidan Hindistonga nisbatan dushmanlik ishi deb qaralishi mumnkin edi. Akbarshoh kasallik sababli uzoq vaqt Mir Qurayshni qabul qilmagan, soʻngra bu hol elchilarni tashvishga solgach, Akbarshoh ularni qabul qilgan. 1586-yilning avgust oyida Mir Quraysh boshliq elchilar Hindistondan oʻz yurtlariga Akbarshoh tomonidan Abdullaxon saroyigayuborilgan Hakim Hoʻmom va Mir Sadrjahon elchiligi bilan birgalikda qaytadilar. Elchilar 1587-yili may oyida Abdullaxon saroyiga yetib keladilar va Buxoro hukmdori ularni katta tantana bilan gabul qiladi. Hind elchisi Akbarshohning Abdullaxon nomiga yozilgan maktubini topshiradi. Maktubda har ikki hukmdorning islom diniga boʻlgan munosabatlari haqida gap borgan. Shuningdek, unda Eron masalasida ham fikr bildirilgan. Lekin Akbarshohning maktubida Eronni bosib olish toʻg'risida aniq fikr aytilmagan. Akbarshoh elchilari 1589-yilda Hindistonga qaytadi. Abdullaxonning maktubini olib boradi va u bilan birga Abdullaxon Boburiylar imperiyasi saroyiga tayinlangan elchilari sifatida Ahmad Ali Otaliq va Mir Sadrjahonlar unga hamroh boʻlib boradilar. Abdullaxon Akbarshoh nomiga yozilgan xatda unga minnatdorchilik bildiradi, goʻyo Akbarning iltifoti bilan Abdullaxon Hirot va Xurosonni zabt etishga muvaffaq boʻlgan. Keyingi yil, 1590-yili Buxorodan Hindistonga yuborilgan Mavlono Husayn rahbarligidagi elchilik missiyasi oʻzaro savdo-iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qildi. 1591-1592 va 1597-yillarda Akbarshoh elchilarining Buxoroga kelganligi ma'lum. Har ikki davlat oʻzaro doʻstlik munosabatlarini saqlab qolishdan Demak, XVI asrning ikkinchi yarmida shayboniylar sulola hukmronlik yillari, aynigsa, Abdullaxon ibn Iskandarxon davrida Buxoro xonligi bilan Boburiylar davlati oʻrtasida olib borilgan elchilik munosabatlari muntazam ravishda davom etib turgan. Bunda har ikki davlat iqtisodiy va siyosiy munosabatlarining yoʻlga qoʻyilishida manfaatdor boʻlganligini bilish mumkin. Buxoro-Eron munosabatlari. Muhammad Shayboniyxon va Shoh Ismoil Safaviy oʻrtasida munosabatlar haqida “Movarounnahrda shayboniylar sulolasi hukmronligining oʻrnatilishi" mavzularida yetarlicha toʻxtab oʻtilganligi sababli Eron-Turon munosabatlarini UbaydullaXon va Shoh Tahmosb (1524-1576) davrlari bilan boshlash lozim topildi. Ma'lumki, 1510-yil Shayboniyxon Marv yaqinida halok etilgach, 1511-yilning mart oyida shayboniy sultonlar va Shoh Ismoil oʻrtasida muvaqgat kelishuv boʻlib, unga koʻra tomonlar Amudaryoni chegara qilib belgilashgan. Lekin bu kelishuv safaviylar tomonidan buzilgan. 1512-yil Najmi Soniy Eron qoʻshiniga bosh boʻlib Amudaryodan kechib oʻtgan va G'ijduvon jangida shayboniylar tomonidan tor-mor keltirilgan. Shundan soʻng, Ubaydullaxon boshliq shayboniy sultonlar qozoq xonlarini ittifoqchi sifatida jalb qilgan holda, 1513-yildan Eron tomon yurishlarni manfaatdor edi. Download 40.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling