Sunniylikvyat diniy-huquq mazhablaridan biri. Abu Hanifa Nuʼmon


Download 98.58 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.11.2020
Hajmi98.58 Kb.
#154652
Bog'liq
Hanafiylik - Vikipediya

background image
Hanafiylik

Hanafiylik — sunniylikvyat diniy-huquq

mazhablaridan biri. Abu Hanifa Nuʼmon

ibn Sobit (qarang Imomi Aʼzam) asos

solgan. H. qoidalari Abu Yusuf Yoqub

(795 yil v.e.), Muhammad ashShayboniy

(804 yil v.e.), Quduriy (1036 yil v.e.) va

boshqa asarlarida ishlab chiqilgan. Bu

mazhab tarafdorlari fiqhning 4 asosiy

manbaini eʼtirof etish bilan birga boshqa

mazhablar vakillariga nisbatan fiqh

talablariga rioya etishning qiyos va ijtihod

usullaridan kengroq foydalanadi. Bu


background image
mazhabning asosiy xususiyatlari quy-

idagilardan iborat: Qurʼoni karimdan

hukm olishda oyatlarning nosix va

mansuxlarini obdon aniqlab olish; hadisi

shariflardan huquqqa doirlarini sharʼiy

hukmlarga asos qilib olishda har bir

hadisning sahihli-giga katta eʼtibor berish

va ularning nosix, mansuxligini chuqur

aniqlash; sahobalarning ittifoqlik ila

chiqargan qarorlari (ijmoʼ) hamda qiyos

va ijtihod usullariga binoan huquqiy

xulosa chiqarishdan tashqari istihson

deb ataluvchi qoʻshimcha manbadan

ham foydalanish.

H. mazhabi oddiy huquq (urf-odat)dan

ham huquqning keng mustaqil yordamchi


background image
manbai sifatida foydalanadi, bu hol

hayotiy ehtiyojlarni va mahalliy odatlarni

hisobga olib huquqiy qarorlar qabul qilish

imko-nini beradi. Bu mazhab qoidalari

moʻʼtadilligi, birmuncha yumshoqli-gi,

qulayligi, xalqlarning mahalliy anʼanalarini

eʼtiborga olganligi sababli 11-asrdan

boshlab shimol va sharqqa keng

yoyilgan. Kichik Osiyo, Bolqon, Shim.

Kavkaz, Qora dengiz, Volga boʻyilari, Oʻrta

Osiyo mamlakatlari, Afgʻoniston,

Hindiston va Xitoyning olis hududlariga

tarqalgan. Hozirgi davrda dunyo

musulmonlarining qariyb yarmi, shu

jumladan, yurtimiz musulmonlari H.

mazhabiga amal qilgan holda


background image
musulmonchilik qonun-qoidalarini bajarib

kelmoqda.

Abdulaziz Mansur.

 

Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada



Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

 

 



Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin. 

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.


background image
  Soʻnggi tahrir 2 yillar avval EdgarsBot tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


"

https://uz.wikipedia.org/w/inde

x.php?

title=Hanafiylik&oldid=2003132



dan olindi 



Download 98.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling