SURXONDARYO VILOYATI RESPUBLIKA IQTISOSLASHTIRILGAN KO’Z MIKRO XIRURGIYA ILMIY AMALIY TIBBIYOT MARKAZI
reja
Respublika iqtisoslashtirilgan ko’z mikro xirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi
Viloyat ko’z kasalliklar tibbiyot markazi
Viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazi bilan tanishish.
Viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazi bolalar kasaliklar bolimi hodimlarini ish rejalari .
Viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazi xodimlar ish haqqi tariff setkalari.
Viloyat ko’p taroqli tibbiyot markazi ona va bola sog’lomliga haqida qilayotga ishlar tartibi.
Viloyat ko’p taroqli tibbiyot markazi qariyalarga bo’lgan etibori.
RESPUBLIKA IQTISOSLASHTIRILGAN KO’Z MIKRO XIRURGIYA ILMIY AMALIY TIBBIYOT MARKAZI
“Mana, hozir kelgan bolalar nimadan shikoyat qiladi? Ko‘pchiligi shikoyat qilmaydi. Ota-onasidan so‘rasangiz, qandaydir notabiiy holat sezyapmiz – ko‘zini sal siqib, yonbosh bilan televizorning yoniga borib qaraydigan bo‘ldi yoki partadoshidan ko‘chiryapti, deyishadi. O‘qituvchisi “Bolangiz doskaning yoniga borib ko‘chiryapti”, degan gaplarni aytadi. Orqa yoki o‘rta partalarda ham o‘zlashtirish darajasi past bo‘ladi. Lekin bola o‘zidagi bironta muammoni sezmaydi. Odatda bir ko‘zi xira ko‘radi. Hayot shunday ekan deb, tasavvur qiladi xolos. Yaxshi ko‘rmasligi yillar o‘tgan sari bolaning bilim saviyasining pasayishiga hamda boshida og‘riq paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu kelajakda ko‘zning ko‘rish nervi yaxshi rivojlanmasligi hisobiga ko‘rish analizatori to‘liq ishlamaydi. Buning natijasida ko‘z yalqovligi rivojlanadi. Ko‘zoynak taqsa ham yaxshi ko‘rmaydi. Mening xuddi shunaqa bemorim bor. U bola tayinli ko‘zoynak taqmagan, ko‘zi yalqov. Bu holatda vaqtida aniqlab ko‘zoynak berilsa, to‘g‘ri ko‘zoynak berilsa, 50-60 hatto 70 foizgacha ko‘zoynakda ko‘rishini tiklasa bo‘ladi. Kelajakda 18 yoshdan keyin, lazerli korreksiya qilib turib, ko‘rishini ko‘zoynaksiz tiklasa bo‘ladi”, – dedi mutaxassis.
Ko‘z shifokoring alohida ta’kidlashicha, noto‘g‘ri ko‘zoynak taqish natijasida bolalardagi ko‘z xiraligi aks ta’sir ko‘rsatmoqda.
“Ba’zida bemorlar 13, 14 va 15 yoshlarida keladi. Avval ham tekshiruvdan o‘tib, ko‘zoynak taqib yurgan bo‘ladi. Lekin noto‘g‘ri berilishi natijasida ko‘rish 4-5 foizga tushib ketadi. Ya’ni ko‘zoynaksiz ko‘rish yomon, ko‘zoynak bilan esa ko‘rishi yaxshi. Nega ko‘rishi xiralashyapti? Minus ko‘paygani yo‘q. Bunday holatda asosiy sabab bemorga uzoqni ko‘radigan ko‘zoynak yozib berilgan, bu ko‘zoynak bilan ko‘p o‘qigan. Ota-ona bilmaganki, uzoqni ko‘rishga alohida, o‘qish uchun esa alohida yoki progressiv ko‘zoynak olish kerak edi. Bunday holatda bemorga uzoq va yaqinga alohida ko‘zoynak beramiz. Uch yoki olti oydan keyin ko‘zoynaksiz ko‘rish qobiliyatining ko‘tarilgani ko‘ramiz. Hech qanday muolaja kerak emas. To‘g‘ri ko‘zoynak tanlash bilan natijaga erishsa bo‘ladi”, – dedi Hikmatulla Sodiqov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bolaning ko‘zi xiraligini shifokorga olib bormasdan ham bilish mumkin.
“O‘zingiz o‘qiy oladigan uzoqdagi predmetni o‘qitasiz. Bir ko‘zini yopib, televizordagi yozuvlarni 5-6 metrdan o‘qitib ko‘rsa bo‘ladi. Agar bola siz ko‘rgan narsani ko‘ra olmayaptimi, bu yomon. Odatda 6-7 yoshga kirgan bola siz qatori ko‘rish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak”, – dedi shifokor.
Do'stlaringiz bilan baham: |