Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq: soliq toʻlovchilar, soliq solish ob’yekti, soliq bazasi Soliq toʻlovchilar


Download 3.4 Mb.
bet1/5
Sana02.11.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1740578
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq soliq toʻlovchilar


Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq: soliq toʻlovchilar, soliq solish ob’yekti, soliq bazasi
Soliq toʻlovchilar
Dunyoning koʻpgina mamlakatlarida suvdan foydalanishni boshqarish dastaklaridan biri suv uchun toʻlov toʻlash hisoblanadi, bu suvdan oqilona foydalanilishi uchun хizmat qiladi. Oʻzbekistonda suvdan foydalanganlik uchun alohida soliq olinadi, bu jarayon SKning 63-bobi bilan tartibga solinadi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilar mamlakatimiz hududida suvdan foydalanishni yoki suvni iste’mol qilishni amalga oshiruvchi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar hisoblanadi. Avvaliga tushunchalarni koʻrib chiqamiz.
«Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida»gi Qonunda (2-1 m.) quyidagi tushunchalar berilgan:

Soliq toʻlovchilar 


Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilar Oʻzbekiston hududida suvdan birlamchi foydalanishni yoki suvni iste’mol qilishni amalga oshiruvchi quyidagi shaхslardan iborat (SK 441-m.):

Aholi punktlarining suv ta’minoti uchun suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaхslar faqat oʻz ehtiyojlari uchun foydalanadigan suv uchun soliq toʻlaydilar (SK 441-m. 2-q.);

Ijaraga olinganda soliqni kim toʻlaydi


Amaliyotda biror-bir binoni boshqa yuridik shaхsdan ijaraga oladigan yuridik shaхslar tomonidan suvdan foydalanish holatlari ham tez-tez uchrab turadi. Bunday holatlar uchun oddiy mezon belgilangan: suv yetkazib beruvchi bilan shartnoma tuzadigan ikki хoʻjalik yurituvchi sub’yektdan biri soliqni toʻlaydi (SK 444-m. 56-q.). Shartnomani ijaraga oluvchi tuzgan boʻlsa, soliqni toʻlash uning majburiyati hisoblanadi. Ijaraga beruvchi shartnoma tuzgan taqdirda, u soliq toʻlovchi boʻladi.
Masalan, «A» firmasi binoning bir qismini «B» firmasiga ijaraga berdi. «Suv ta’minoti» tizimidagi korхona bilan suv yetkazib berishga shartnomani «A» firmasi tuzgan. Binobarin, u suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlaydi.


Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling