Suv uchun to‘lov


Download 1.19 Mb.
bet1/2
Sana06.05.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1436319
  1   2
Bog'liq
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq


Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
1982 yildan 1998 yilga qadar suvdan foydalanayotgan korxonalar “Suv uchun to‘lov” to‘lashar edi. Iste’molchilarning suvdan samarali tejab foydalanish maqsadida respublikamiz soliq qonunchiligiga hamda O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra 1998 yil 1-yanvardan boshlab suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq joriy etildi. Ushbu soliq umumdavlat soliqlari tarkibiga kirib, respublika budjetining asosiy daromad manbalaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda asosiy, davlat budjeti daromadlarini ushbu manba bo‘yicha ob-havo qiladigan, ya’ni ta’minlab beradigan soliq to‘lovchilar bo‘lib, Shirin GRES, Taxiyatosh GRES, Toshkent GRES va boshqa shu kabi GESlar hisoblanishadi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilar (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi hududida suvdan birlamchi foydalanishni yoki suvni iste’mol qilishni amalga oshiruvchi quyidagi shaxslardan iborat: O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari; faoliyatini O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasalari orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslardan suvdan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar; dehqon xo‘jaliklari. Aholi punktlarining suv ta’minoti uchun suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faqat o‘z ehtiyojlari uchun foydalanadigan suv uchun soliqni to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.
Soliq to‘lovchilar yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalanilgan suv resurslari hajmlarining alohida hisobini yuritadi. Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan suv keladigan vodoprovod tarmog‘idagi suvdan foydalanilgan soliq bazasi manbaning har bir turi bo‘yicha alohida aniqlanadi. Suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar vodoprovod tarmog‘iga suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan kelib tushadigan suv hajmlarining nisbati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq organlariga joriy soliq davrining 15 yanvariga qadar taqdim etishi kerak. Soliq organlari uch kun ichida ushbu ma’lumotlarni soliq to‘lovchilar e’tiboriga yetkazishi lozim. Issiq suv hamda bug‘ hosil qilinishi bo‘yicha soliq bazasi soliq to‘lovchi tomonidan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun o‘zi foydalangan suv resurslari hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Binolarning bir qismi, alohida inshootlar ijaraga berilganda soliq bazasi suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan ijaraga beruvchi tomonidan aniqlanadi. Binolarning bir qismini, alohida inshootlarni ijaraga olgan va suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar bilan shartnoma tuzgan yuridik shaxslar soliq bazasini mustaqil ravishda aniqlaydi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash va to‘lash tartibi ham saqlab qolindi.
Soliq stavkalari o‘rtacha 1,1 baravarga, iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari (sanoat korxonalari, elektr stansiyalari va kommunal xo‘jaliklardan tashqari) uchun esa 1,3 baravarga indeksatsiya qilindi.
Bunda qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliq yetishtirish (o‘stirish), shu jumladan dehqon xo‘jaliklari uchun foydalaniladigan suv hajmi bo‘yicha soliq stavkalari saqlab qolindi – 1 м³ uchun 40 so‘m.
Soliq to‘lovchilar yuridik shaxslar bilan suv yetkazib berilishi yuzasidan solishtirib ko‘rish jarayonida olingan suvning hajmini aniqlashtirishda suv hajmining farqini solishtirish amalga oshirilgan davrdagi hisob-kitoblarda aks ettiradi. Yuridik shaxslarning hududida ta’mirlash-qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajaruvchi soliq to‘lovchilar ushbu ishlarni bajarish jarayonida foydalaniladigan suv uchun soliq to‘lamaydi. Ta’mirlash-qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajarayotganda foydalaniladigan suv hajmi uchun bu ishlar qaysi yuridik shaxslar uchun bajarilayotgan bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxslar soliq to‘laydi. Qurilish ishlari yangi qurilish maydonchasida bajarilgan taqdirda qurilishda foydalaniladigan suv hajmi uchun qurilish tashkiloti soliq to‘laydi.
Yuridik shaxslar qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarga taalluqli qism bo‘yicha soliq bazasini soliq davrida bir gektar sug‘oriladigan yerlarni sug‘orish uchun sarflanadigan suvning butun xo‘jalik bo‘yicha o‘rtacha hajmidan kelib chiqqan holda aniqlaydi. Dehqon xo‘jaliklari uchun soliq bazasi soliq organlari tomonidan ushbu moddaning to‘qqizinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq aniqlanadi. Soliq to‘lovchi soliq to‘lash nazarda tutilmagan faoliyat turlarini amalga oshirgan taqdirda, soliq bazasi soliq solinadigan va soliq solinmaydigan suv resurslari hajmining hisobini alohida yuritish asosida aniqlanadi. Alohida hisob yuritish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, soliq bazasi qaysi faoliyat bo‘yicha soliq to‘lash sof tushumning umumiy hajmida nazarda tutilgan bo‘lsa, o‘sha faoliyatdan olinadigan sof tushumning solishtirma hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 2 %dan 1,5 %ga, normativ muddatda tugallanmagan qurilish obyektlariga nisbatan 4 %dan 3%ga pasaytirildi. Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblash va hisobotlarni taqdim etishda quyidagi o‘zgartirish va qo’shimchalar kiritildi:
Mol-mulk solig‘ini hisoblab chiqarishda bino va inshootlar bo‘yicha soliq bazasi (liniyali obyektlar va tugallanmagan qurilish obyektlari bundan mustasno) quyidagi miqdorlarda 1 м² uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatdan past bo‘lishi mumkin emas: 
📍Toshkent shahrida – 2,5 mln so‘m; 
📍Nukus shahrida va viloyat markazlarida – 1,5 mln so‘m; 
📍boshqa shaharlarda va qishloq joylarda – 1 mln so‘m. 
Agar obyektning 1 м² qiymati belgilangan minimal qiymatdan past bo‘lsa, soliq to‘lovchi ko‘chmas mulk obyektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirish uchun baholovchilarni jalb etishga haqli. 

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling